Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT MAMLAKAT IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING GAROVI'

RAQAMLI IQTISODIYOT MAMLAKAT IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING GAROVI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / e-tijorat / innovatsiya / xizmatlar / tizim / strategiya / “Elektron xukumat“.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po‘Latov Sharifjon Yigitaliyevich

XXI asr axborot texnologiyalari asrida raqamli iqtisodiyot juda ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish, yangidan yangi g‘oyalarni ishlab chiqarish asr talabi bo‘lib qolmoqda. Bunday sharoitda ko‘plab mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar va qarorlar ishlab chiqarmoqda. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishlarda istiqbolli harakatlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati hamda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni jadaj sur'atlarda joriy etish masalasi o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT MAMLAKAT IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING GAROVI»

RAQAMLI IQTISODIYOT - MAMLAKAT IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING

GAROVI

Po'latov Sharifjon Yigitaliyevich

Qo'qon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti decani, t.f.d., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11192099

Annotatsiya. XXI asr - axborot texnologiyalari asrida raqamli iqtisodiyot juda ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish, yangidan yangi g'oyalarni ishlab chiqarish asr talabi bo'lib qolmoqda. Bunday sharoitda ko'plab mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha yangi rejalar va qarorlar ishlab chiqarmoqda. O'zbekistonda ham bu yo'nalishlarda istiqbolli harakatlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati hamda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotnijadaj sur'atlardajoriy etish masalasi o'rganiladi.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, e-tijorat, innovatsiya, xizmatlar, tizim, strategiya, "Elektron xukumat".

Аннотация. В 21 веке - веке информационных технологий цифровая экономика развивается очень быстрыми темпами. Использование информационных технологий и производство новых идей остаются требованием века. В таких условиях многие страны разрабатывают новые планы и решения по развитию цифровой экономики. Перспективные действия в этих направлениях осуществляются и в Узбекистане. В данной статье рассматривается значение цифровой экономики в устойчивом развитии экономики страны и вопрос быстрого внедрения цифровой экономики в Узбекистане.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровые технологии, электронная коммерция, инновации, услуги, система, стратегия, «Электронное правительство».

Abstract. In the 21st century - the age of information technologies, the digital economy is developing very rapidly. The use of information technologies and the production of new ideas remain the demand of the century. In such conditions, many countries are developing new plans and decisions on the development of the digital economy. Prospective actions in these directions are also being carried out in Uzbekistan. This article examines the importance of the digital economy in the sustainable development of the country's economy and the issue of the rapid introduction of the digital economy in Uzbekistan.

Keywords: digital economy, digital technologies, e-commerce, innovation, services, system, strategy, "Electronic government".

Raqamli iqtisodiyotning turli xil nufuzli manbalari tomonidan taklif etilgan quyidagi ta'riflari mavjud[1; 10]:

Raqamli iqtisodiyot — raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi.

Raqamli iqtisodiyot - internet orqali, elektron tijorat orqali tovarlar va xizmatlar savdosiga imkon beradi va uni amalga oshiradi. Raqamli iqtisodiyot uchta tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: infratuzilma (qurilmalar, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya va boshqalar), elektron biznes (raqamli jarayonlar, tashkilotlarda) va elektron tijorat (tovarlarni onlayn sotish ).

Raqamli iqtisodiyot — bu xo'jalik faoliyati, bunda ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli ma'lumotlarni ishlab chiqarish, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish bo'lib, ular an'anaviy boshqaruv shakllariga nisbatan har xil turdagi mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, saqlash, sotish, etkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir, ammo ko'p jihatdan raqamli iqtisodiyot Internet va Butunjahon internet tarmoqlariga asoslangan bozorlarda biznes operatsiyalarini amalga oshirishini tushunamiz.

Akademik S. G'ulomov va boshqalar muallifligidagi "Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari" nomli o'quv qullanmada raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta'rif berilgan:-"Raqamli iqtisodiyot (elektron) bu - axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishning o'ziga xos xususiyati bo'lgan iqtisodiyotdir. Bu axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subyektlari -tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayoni obyektlari va subyektlarining to'laqonli o'zaro aloqa qilish imkoniyatini ta'minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo'lishi mumkin"[2; 29].

Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko'prog'ida beqiyos o'zgarishlar keltirib chiqarishi ta'kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko'payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o'rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi. Dunyoda raqamli iqtisodiyot o'sishining sur'atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o'zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko'rishmoqda. Xususan, Amerika Qo'shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko'proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko'prog'i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog'liq sohalarga to'g'ri keladi. 2025 yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qo'shimcha 20 trln. dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste'mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo'lishi ta'kidlanmoqda. Turli tadqiqotlar natijalari bo'yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog'i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo'shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog'liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo'shma

Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi [3].

2021-yil holatiga ko'ra, raqamli iqtisodiyotning O'zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 1,6 %, AQShda - 9,3 %, Xitoyda - 3,8 %, Hindistonda - 8 % ni tashkil etdi. 2022 yil yakuni bo'yicha raqamli iqtisodiyot sohasining O'zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,77 foizga yetkazildi. Bunda, AKT sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3,6 barobarga oshib, 22,9 trln.so'mni tashkil etdi. Shu bilan birga, 7-8% o'rtacha optimal ko'rsatkich hisoblanadi, masalan, Buyuk Britaniyada - 12,4%, Janubiy Koreyada - 8%, Xitoyda - 6,9%, Hindistonda - 5,6%, Rossiyada esa - 2,8%. %, Qozog'iston - 3,9%. O'zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasiga muvofiq, 2025-yilga qadar AKT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5,0 foizga, 2030-yilga borib esa 10 foizga yetkazish rejalashtirilgan [4].

Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirish maqsadida ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Misol tariqasida Prezidentimizning quyidagi fikrlariga nazar solsak "Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli 0'zbekiston2030" dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o'stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi"1.

"Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo'yicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini ta'minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda "axborotlashgan jamiyat" muhitini yaratishga xizmat qiladi [5].

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni joriy etish masalasi jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Raqamli iqtisodiyot turli xil yangi bilim, yangi g'oya va ko'nikmalarni talab qiladi. Aynan shu sababli ham mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun raqamli iqtisodiyot muhimdir. Yaqin kelajakda mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotining rivojlanishida zamonaviy raqamli texnologiyalar: Big Data, sun'iy intellekt, neyro-texnologiya, kvant texnologiyasi, robototexnika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari, kraudsorsing va va kraudfanding raqamli texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D texnologiyasi hayotimizda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham biz bu texnologiyalardan foydalanishni chuqur o'rganishimiz va uni hayotga tezroq tatbiq qilishimiz kerak.

"Raqamli tengsizlik tengsizliklarning doyasi" bo'lib turgan bir paytda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv, dunyo bozorida o'z o'rniga ega bo'lish, iqtisodiy ravnaq topish, aholiga qulayliklar yaratishning asosiy shartidir. Quvonarlisi, bu mamlakatimizda asosiy kun tartibidagi masala. Raqamlashtirish borasida O'zbekiston dadil odimlar bilan ildamlamoqda.

Shunday qilib, "Raqamli iqtisodiyot" ni shakllantirish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, uning

iqtisodiy jarayonlarga ta'siri ko'p qirrali bo'lib, bu ta'sir barqaror bo'lib, jamiyat, davlat va aholi

hayotining barcha jabhalariga kirib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. G'.M. Porsaev, B.Sh. Safarov, D.Q. Usmanova. Raqamli iqtisodiyot asoslari. (Darslik) -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b.

2. S.S. G'ulomov va boshq. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. O'quv qo'llanma.TOSHKENT. "IQTISOD-MOLIYA". 2019. 380 b.

3. Цифровая экономика: 2022: краткий статистический сборник / Г. И. Абдрахманова, С. А. Васильковский, К. О. Вишневский и др.; Нац. исслед. ун-т «Высшая школа экономики». — М.: НИУ ВШЭ, 2022. — 124 с.

4. Развитие электронного правительства и ИКТ-инфраструктуры Узбекистана Белая книга Март 2023 г.

5. https://yuz.uz/uz/news/raqamli-iqtisodiyot-taraqqiyot-sari-qisqa-yol

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 5 oktabr, PF-6079-son ""Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.