Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIY JAMIYATDA BOSHLANG’ICH TA’LIMDA IQTISODIY SAVODXONLIKNING KIRITILISHINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY MASALALARI'

RAQAMLI IQTISODIY JAMIYATDA BOSHLANG’ICH TA’LIMDA IQTISODIY SAVODXONLIKNING KIRITILISHINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli iqtisodiy jamiyat / raqamli texnologiyalar / iqtisodiy madaniyat / iqtisod / iqtisodiy savodxonlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sharipova Go’Zal Jumanazar Qizi

Maqolada raqamli iqtisodiy jamiyatdagi ta’lim va tarbiya masalalari, muammolari va uni yechimlarini yaratishda boshlang’ich sinflarda iqtisodiy savodxonlikni kiritilishining muhimligi, raqamli iqtisodiy madaniyat haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIY JAMIYATDA BOSHLANG’ICH TA’LIMDA IQTISODIY SAVODXONLIKNING KIRITILISHINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

RAQAMLI IQTISODIY JAMIYATDA BOSHLANG'ICH TA'LIMDA IQTISODIY SAVODXONLIKNING KIRITILISHINING TA'LIMIY VA TARBIYAVIY

MASALALARI Sharipova Go'zal Jumanazar qizi

Nizomiy nomidagi TDPU magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11061291

Annotatsiya. Maqolada raqamli iqtisodiy jamiyatdagi ta'lim va tarbiya masalalari, muammolari va uni yechimlarini yaratishda boshlang'ich sinflarda iqtisodiy savodxonlikni kiritilishining muhimligi, raqamli iqtisodiy madaniyat haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli iqtisodiy jamiyat, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy madaniyat, iqtisod, iqtisodiy savodxonlik.

Аннотация. В статье рассматривается значение внедрения экономической грамотности в начальных классах, цифровой экономической культуры в создании образования и воспитания, вопросы, проблемы и пути решения в цифровом экономическом обществе.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровое экономическое общество, цифровые технологии, экономическая культура, экономика, экономическая грамотность.

Abstract. The article discusses the importance of introducing economic literacy in primary school, digital economic culture in the creation of education and upbringing, issues, problems and solutions in a digital economic society.

Keywords: digital economy, digital economic society, digital technologies, economic culture, economics, economic literacy.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni isbotladiki, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati markazida aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish masalalari turadi. Bugungi globallashuv jarayoniga qadar shakllanib kelgan nazariyalar umumiy holda tadbirkorlikning rivojlanishi aholi farovonligi darajasining yuqori pag'onalarga ko'tarilishiga imkon yaratadi, degan g'oyani ilgari suradi. Shunga sababdan, bir qancha dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, uni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga e'tibor qaratilgan.

Iqtisodiy ta'lim-tarbiya o'quvchilar umumiqtisodiy madaniyatlarini shakllantirishda muhim komponent bo'lib hisoblanadi. Biz raqamli iqtisodiy madaniyatni, iqtisodiy bilimlarni egallash darajasi bola ongining rivojlanishida milliy g'urur mehnat faoliyatining takomillashtirish sifatini tushunamiz va shu nuqtai nazardan yondashamiz.

Raqamli iqtisodiy madaniyat - bu murakkab ma'naviy-amaliy ta'lim hisoblanib, uning mazmuni va tashkil qilinishi ma'lum murakkab strukturaga ega. Bola ongida turli elementlarning mujassamlashtirishi, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy axborot almashinuvi, iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy hisob-kitob yo'nalishlarning birligi bola ongida malaka va ko'nikma hosil qilinishini anglatadi.

Raqamli iqtisodiyotiga o'tish mamlakat aholisi va ayniqsa, yoshlarning iqtisodiy bilim, tafakkurini shakllantirish hamda insonparvarlik g'oyalari asosida yangicha fikrlaydigan, raqamli iqtisodiy jamiyatga xos shaxs va tadbirkorlar bazasini yaratish masalasni qo'ydi.

Zero, mamlakatni rivojlantirish uchun iqtisodiy ta'lim-tarbiyaning tarixiy ildizlarini, zamonaviy iqtisodiyot, biznes, marketing, raqamli iqtisodiyot asoslarini yoshlarga o'rgatish muhimdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Bu o'z o'rnida uzluksiz uzoq vaqt talab qiladigan jarayondir. Shundan kelib chiqib, o'quvchilarga boshlang'ich sinflardanoq nafaqat bilim berish balki tarbiya berish jarayonini ham birgalikda olib borilishi maqsadga yetishning eng oson yo'lidir. Bunga sabab shundaki, xalqimizda asrlar osha o'z tasdig'ini topib kelayotgan qator qadriyat va ta'lim berish metodlarida ko'rishimiz mumkin. Ya'ni ta'limni tarbiyadan, tarbiyani ta'limdan ajratib, ayro tasavvur qilib bo'lmaydi. Zero taniqli ma'rifatparvar va buyuk jadid yetakchilaridan biri bo'lgan Abdulla Avloniy o'zining ,, Turkiy guliston yohud axloq'' asarida ta'kidlaganidek, ,, Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir'' [3. 62-63b].

O'rta asrlarda islom dini Markaziy Osiyoda ilm-fan, savdo-sotiq, iqtisodiyot rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. U vaqtlarda iqtisodiy faoliyat yuritishda islom qoidalariga qat'iy amal qilingan. Xususan, savdo-sotiqda aldash, sudxo'rlik, birovning mulkiga xiyonat qilish katta gunoh hisoblangan. IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo tafakkur markaziga aylandi. Bu davrlarda butun dunyoga tanilgan mutafakkirlar yashab ijod etdi. Ular asarlarida iqtisodiyot, tijorat, mulkdorlik, hunarmandchilik sirlari, qarz olish, qarz berish, meros taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat ko'rsatish, xayr-ehson qilish, soliq turlari va miqdori, halol mehnat qilish, kasb egallash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanish haqida ibratli fikrlar bayon etilgan. Ular bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas [7, 294-b]

Buyuk mutafakkir, xamsanavis, g'azal mulkining sultoni A. Navoiy o'zining «Mahbub ul-qulub» asarida jamiyatning rivojlanishida savdo-sotiq, tijorat ishlarining ahamiyatini alohida keltiradilar. «Savdogar, — deb yozadi buyuk allomamiz,— yolg'iz foydani niyat qilmasligi», «savdo qilib foyda topaman», «mol va pul ko'paytiraman deb ortiqcha kema surmasligi», «mol va pul ko'paytiraman deb jonsarak bo'lmasligi kerak», «savdogar boj-xiroj berish o'rniga o'z molini yashirib, o'z obro'sini to'kmasa yoki topgan-tutganini merosxo'rlari sotib sovurishi uchun to'plab qo'ymasa yoki biror yomon hodisa qo'zg'ash uchun sarflamasa, jamg'arma yaxshi bo'ladi».

Barcha zamonlar uchun dolzarb bo'lgan tarbiya ayni globallashuv va raqamli jamiyat uchun ham muhimdir.

Savodxonlik, xususan, iqtisodiy savodxonlik qadimda nafaqat savdogarlarga, jamiyat boshqaruv doirasidagilarga, din ahillariga, balki xo'jalik faoliyati bilan mashg'ul bo'lgan barcha shaxslarga o'ta muhim hisoblangan. Buni qadimgi yodgorliklar, obidalar, qo'lyozmalar va boshqa manbalarda tasdig'ini ko'rishimiz mumkin.

Shu sababdan iqtisodiyot ham o'zining madaniyatiga ega deb qarash bu ayni to'g'ri yo'ldir.

Birinchidan, iste'molchi madaniyati - bu xaridorning o'zini tutishi, bilim darajasi, o'ziga xosligi, to'g'ri tanlovi, daromadini to'g'ri taqsimlash ko'nikmalari, foyda haqida to'g'ri tasavvuri, oila budjetini yurita olish malakasi va boshqa qator birlamchi va ikkilamchi faqtorlarni o'zida aks ettiradi.

Ikkinchidan, sotuvchi madaniyati - bu har bir foyda olishni ko'zlovchi shaxs sifatida gavdalanuvchi jamiyat a'zosi, ya'ni pul bilan muomala, ayriboshlash qonun - qoidalari va odob axloq normalari , bozorda talab va taklif orasida mutanosiblikni tushunadigan, o'zini tutish, to'g'ri so'zlik, halollik, tashqi ko'rinish va nutqiga ega shaxs madaniyatidir.

Uchinchidan, muomala madaniyati - bu juda muhim muloqot almashinuv jarayoni, foyda va zarar o'rtasidagi chegara sifatida qarash ham mumkin, chunki, har bir iqtisodchi o'z nutqi orqali boshqalarga ta'sir o'tkaza oladi va tovarni foda bilan sotadi yoki sotib oladi. Daromad va buromadning muvozanatini saqlab turuvchi muhim vosita va shu bilan birga boshqa madaniyat ko'rinishlarini ham keltirishimiz mumkin...

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Chunki bugungi hayotimizni raqamli televideniya, raqamli texnologiya va raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qila olmaydigan shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda yashamoqdamiz. Ertaga o'zligimizni yo'qotmasligimiz uchun ham bugun farzandlarimiz tarbiyasiga, ma'naviyati va madaniyati shakllanishiga jiddiy qarashimiz va ma'suliyat his qilishimiz juda muhim. Bunda maktab ilm maskani katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtisodiy bilimi albatta iqtisodiy ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta'lim esa integral tavsifga ega bo'lib, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog'liqlikda rivojlanib, takomillashib boradi. Ya'ni iqtisodni mehnat, matematika va shu qator boshqa fanlardan ayro sanab bo'lmaydi. Shuning uchunki, o'zi aslini olib qaraganda "Iqtisod" - grekcha so'zdan olingan bo'lib, "oykos" - uy, uy xo'jaligi, "nomos" - qonun degan ma'noni anglatadi. Ya'ni buni shunday tushunishimiz mumkinki, uy yoki ijtimoiy xo'jalik qonunlari ma'nosida. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati" nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asoslab, dunyoga tanitgan. Bu o'z davri uchun yagicha yo'nalish va yangi renesans ma'nosini anglatgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan shu narsani tushunishimiz mumkinki, hech bir fanni bir birida ayro qila olmaymiz va hayotimiz bilan bog'liq har bir jarayon o'quvchilardan ham bilim, ham tarbiyani talab qilmoqda.

Raqamli iqtisodiyot va Raqamli iqtisodiy jamiyat oldida bir qancha talab va vazifalar bor. Bu nafaqat ilmiy nazariyalar shu bilan birga tarbiyaviy mezonlarni ham o'zida mujassam qilishi kerak.

birinchidan, ,,Iqtisod" haqida olingan tafakkurni mustahkamlab, ularni yanada chuqurlashtirish, raqamli iqtisodiy jamiyat o'rtaga qo'yayotgan muammolarga yechim topishni osonlashtirish;

ikkinchidan, ,,Raqamli iqtisodiyot'' kategoriyalari va qonunlarining mazmun-mohiyatini tushunish va amal qilish mexanizmini o'rganish;

uchinchidan, Raqamli iqtisodiy jamiyat qarashlaridagi turlicha mushohadalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali ilmiy haqiqatga intilish;

to'rtinchidan, turli davrlarda yaratilgan, biroq bugungi kunda o'z ahamiyatini yo'qotgan nazariyalarni tanqidiy baholab, ularning tub mohiyatini ochib berish;

beshinchidan, turli davrdagi iqtisodiy ta'limotlarni, qarashlarni va amaliyotlarni o'rganib, bugungi raqamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimiga yaroqli ilmiy g'oyalami ilgari surish.

oltinchidan, Raqamli iqisodiyot uchun madaniyat normalari, mezonlarini ishlab chiqish va uni an'analarimiz va urf-odatlarga xosligini taminlash;

Zamonaviy globallashgan va raqamli iqtisodiy jamiyat egalari o'zlarida mujassam qilishi kerak bo'lgan qator sifatlar yildan yilga, kundan-kunga, qo'yingki lahzalarda o'zgarib, ilm oluvchidan to'xtab qolmaslikni , shu jamiyatga xos fikrlashni va milliylikni ham unutmaslikni talab qiladi.

Xulos o'rnida shuni takidlash joizki, umumiy o'rta ta'limda ta'lim oluvchilariga turli yo'nalishlarda uzviy ta'lim-tarbiya berish muammolari nazariy va amaliy jihatdan ko'plab olimlar tomonidan o'rganilganiga, tarixiy ildizlarining mustahkamligiga qaramay ular ichida umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich bosqichida ta'lim oluvchilarga ilk iqtisodiy ta'lim-tarbiya berish uzviyligiga bag'ishlangan tadqiqot ishlari olib borishni talab etadi. Tahlillar boshlang'ich sinf o'quvchilarida ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga turtki bo'lgan tushunchalar, ularga eng yaqin bo'lgan olam, ularni o'rab turgan atrof-muhit, narsa-hodisalar va bolalarning undagi faoliyati bilan bog'liq bo'lishi zarurligi, raqamli iqtisodiy jamiyatda o'z o'rnini topishining yo'l

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

yo'riqlari va boshlang'ich tushunchalarni berish, raqamli iqtisodiy madaniyatni qaror toptirish va

shuningdek ko'nikmalar shakllantirish zamon talabi.

REFERENCES

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni. 11.09.2023 yildagi PQ-300-son

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish choratadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son.

3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: Cho'lpon, 1994. - 182 b. - 62-63, 64 b.

4. Djumayeva M.M Tabiiy fanlarni oqitishda bolajak o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish.Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensive o'qitishning psixologik-pedagog jihatlari Respublika ilmiy amaliy anjuman.02.06.23

5. Umarova X.A. Boshlang'ich ta'limda iqtisodiy bilimlarni o'rganishga yo'naltirilgan modulli texnologiyalarning didaktik asoslari: Ped.fan.nom.... diss. - T.: 2006. -B. 202.

6. Xudoyqulov X.J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari. Ped.fan.nom. ... diss. - T.: 2008. -B. 235.

7. Sharipova G. J. Boshlang'ich sinflarda oqtisodiy savodxonlikni shakllantirishda tarixiy-milliy va ijtimoiy manbalardan foydalanish imkoniyatlari. Maqola. Farg'ona-2023y 294-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.