Научная статья на тему 'Raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning ayrim huquqiy masalalari'

Raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning ayrim huquqiy masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Blokcheyn / texnologiya / arbitr / arbitraj. / Blockchain / technology / arbitrator / arbitration.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdusatarov Jaloliddin Sharafutdin O‘g‘li

Ushbu maqolada raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish hamda uning ayrim huquqiy masalalari ko‘rib chiqiladi. Hozirda mavjud bo‘lgan bir necha blokcheyn arbitraj jarayonlari tahlil etiladi hamda yakunda blokcheyn arbitraj qarori 1958-yilgi Nyu-York konvensiyasi orqali ijro etilishi hamda aqlli shartnomada ko‘rsatilgan kod ko‘rinishidagi arbitraj bandi Konvensiya 2-moddasining 2-bandi talablari (arbitraj bandi yoki shartnomasining yozma bo‘lishi qoidalari)ga mos kelishi kabi masalalar ko‘tariladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME LEGAL ISSUES IN RESOLVING DISPUTES RELATED TO DIGITAL ASSETS USING BLOCKCHAIN TECHNOLOGY

This article examines the use of blockchain technology in the resolution of disputes related to digital assets and some of its legal issues. Several existing blockchain arbitration processes are analyzed, and finally, the problems the enforceability of a blockchain arbitration award according to the1958 New York Convention and the problem of whether the form of an arbitration clause in a smart contract satisfy the requirements of Article 2, paragraph 2 (arbitration clause or written rules of the contract) of the Convention) are raised.

Текст научной работы на тему «Raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning ayrim huquqiy masalalari»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

SOME LEGAL ISSUES IN RESOLVING DISPUTES RELATED TO DIGITAL ASSETS USING BLOCKCHAIN TECHNOLOGY Abdusatarov Jaloliddin Sharafutdin ugli

Master's degree student of Tashkent State Law University E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11473028

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024 KEYWORDS

Blockchain, technology, arbitrator, arbitration.

This article examines the use of blockchain technology in the resolution of disputes related to digital assets and some of its legal issues. Several existing blockchain arbitration processes are analyzed, and finally, the problems the enforceability of a blockchain arbitration award according to the 1958 New York Convention and the problem of whether the form of an arbitration clause in a smart contract satisfy the requirements of Article 2, paragraph 2 (arbitration clause or written rules of the contract) of the Convention) are raised.

НЕКОТОРЫЕ ПРАВОВЫЕ ВОПРОСЫ ПРИ РАЗРЕШЕНИИ СПОРОВ, СВЯЗАННЫХ С ЦИФРОВЫМИ АКТИВАМИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

ТЕХНОЛОГИИ БЛОКЧЕЙН

Абдусатаров Джалолиддин Шарафутдин угли

Магистр Ташкентского государственного юридического университета Электронная почта: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11473028

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024 KEYWORDS

Блокчейн, технология, арбитр, арбитраж.

В данной статье рассматривается использование технологии блокчейн при разрешении споров, связанных с цифровыми активами, и некоторые ее правовые вопросы. Анализируются несколько существующих арбитражных процессов по блокчейну и, наконец, проблемы принудительного исполнения арбитражного решения по блокчейну в соответствии с Нью-Йоркской конвенцией 1958 года и проблема соответствия формы арбитражной оговорки в смарт-контракте требованиям пункта 2 статьи 2 Конвенции (арбитражная оговорка или письменные правила договора).

RAQAMLI AKTIVLAR BILAN BOGLIQ NIZOLARNI HAL QILISHDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AYRIM HUQUQIY

MASALALARI

Abdusatarov Jaloliddin Sharafutdin o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistri E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11473028

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024

Ushbu maqolada raqamli aktivlar bilan bog'liq nizolarni hal qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish hamda uning ayrim huquqiy masalalari ko'rib chiqiladi. Hozirda mavjud bo'lgan bir necha blokcheyn arbitra] jarayonlari tahlil etiladi hamdayakunda blokcheyn arbitra] qarori 1958-yilgi Nyu-York konvensiyasi orqali i]ro etilishi hamda aqlli shartnomada ko'rsatilgan kod ko'rinishidagi arbitra] bandi Konvensiya 2-moddasining 2-bandi talablari (arbitra] bandi yoki shartnomasiningyozma bo'lishi qoidalari)ga mos kelishi kabi masalalar ko'tariladi.

KEYWORDS

Blokcheyn, texnologiya, arbitr, arbitra].

Zamonaviy sharoitda raqamli texnologiyalar tobora keng tarqalib, jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarida, shu jumladan, qonunda ham o'zining sezilarli ta'sirini ko'rsatmoqda. Sir emaski, ana shunday yuqori istiqbolli texnologiyalar orasidan blokcheyn texnologiyasini alohida ajratib ko'rsatish mumkin.1 Blokcheyn bu xavfsiz raqamli ma'lumotlar bazasi bo'lib, foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlar (masalan, tranzaksiya yozuvlari)ni o'z ichiga oladigan, markazlashmagan hamda ommaviy bo'lgan ma'lumotlar reyestridir.2

2016-yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida blokcheyn dunyodagi istiqbolli texnologiyalar orasidan eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan hamda 2025-yilga kelib global kapitalning ajralmas qismi bo'lishi tahmin qilingan. Harvard Business Review jurnalidagi ma'lumotlar ham blokcheyn so'nggi yillarda katta obro qozonganligini e'tirof etadi.3 Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning muhimligini ko'pchilik davlatlar, shu jumladan, O'zbekiston ham ushbu sohani tartibga solishdagi o'zining so'nggi qabul qilgan qonun hujjatlari orqali tan oladi. Xatto bu yo'nalishda alohida vazirlik - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2022-yil 24-dekabrdagi PF-269-son Farmoni bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi - tashkil etilgan. Qo'shni davlatlar, shu jumladan, Qozog'iston qonunchiligida ham raqamli aktivga tegishli huquqiy status berilib, raqamli aktivlar hamda ular bilan bog'liq nizolarni hal qilish mexanizmlarining umumiy qoidasi qonunda aks etgan.4

Blokcheynga asoslangan eng qiziqarli texnologiyalardan biri bu turli shartlarni o'z ichiga olgan, o'z-o'zidan bajariladigan kompyuter kodlariga ega bo'lgan aqlli shartnoma (smart kontrakt)5 dir. Ushbu shartnomalar blokcheynda tuziladi va qayd etiladi.6 O'zbekiston

1 Генкин А., Михеев А. Блокчейн:Как это работает и что ждет нас завтра. М., 2018; Свон М. Блокчейн. Схема новой экономики. М., 2017; Могайер У., Бутерин В. Блокчейн для бизнеса. М., 2017.

2 Merriam-Webster // URL: https://www.merriam-webster.com/dictionary/blockchain.

3 См.: Webb A. 8 Tech Trends to Watch in 2016 // Harvard Business Review. URL: https://hbr.org/2015/12/8-tech-trends-to-watch-in-2016.

4 О регулировании цифровых активов в Республике Казахстан и МФЦА, https://online.zakoakz/Document/.

5 Keyingi o'rinlarda aqlli shartnomalar yoki smart kontraktlar deb yuritiladi.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "smartkontrakt raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma" ekanligi qayd etilgan.

Smart kontraktlar o'zining ko'plab afzalliklar(vositachilardan xalos bo'lish, xavfsizlik va xarajatlarning kamligi)iga qaramay nizolarning paydo bo'lishini ististo eta olmaydi. Biroq, mavjud nizolarni hal qilish usullari har doim ham global, raqamli, markazlashmagan iqtisodiyotda paydo bo'lgan nizolarni hal qilish uchun to'liq mos kelavermaydi. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi nizolarni hal qilishning mavjud usullarini yangilarini ishlab chiqish yoki mavjudlarini qayta ko'rib chiqish zarurligini anglatadi. Xalqaro advokatlar assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan 2017-yilda blokcheyn, kriptovalyuta, ularni huquqiy tartibga solish, ularning qonunchilikka va umuman yuridik xizmatlarga ta'siri bo'yicha e'lon qilingan hisobotda blokcheyndan foydalanish nizolarning yangi turlari va ularning mexanizmlari paydo bo'lishiga olib kelishi qayd etilgan.

Shu bilan birga, yaqin yillarda raqamli texnologiyalar sohasida yuzaga keladigan nizolarni hal qilish uchun maxsus markazlashtirilmagan tizim yaratish g'oyasi qo'llab-quvvatlanmoqda. Mana shunday fikrlardan biri Ethereum asoschisi V. Buterin tomonidan aytilgan bo'lib, uning so'zlariga ko'ra, blokcheyn texnologiyasi yordamida markazlashmagan sud tizimida tasodifiy tanlanadigan sudyalar xizmat qiladigan tizim qurish mumkin.7 Bunday tizimga misol sifatida Kleros loyihasini keltirishimiz mumkin, ushbu loyihaga ko'ra, smart kontraktlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish uchun mo'ljallangan markazlashmagan tizimda nizolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'lgan sudyalar xizmat qiladi.8 Bu loyiha ilgarigi barcha mavjudlaridan sezilarli darajada farq qilib, umumiy sud va ixtisoslashtirilgan sud bo'linmalaridan iborat "kvazi-sud" tizimini yaratishni nazarda tutadi.9 Bunda, har bir bunday bo'linma ichida mavju nizolarni hal qilishning ba'zi qoidalari, protsess vaqtining chegaralari, nizolarni ko'rib chiqish xarajatlari, sudyalar soni va boshqalar aniqlanadi. Nizolarni hal qilish belgilangan qoidalar - an'anaviy sud tizimidagi qonunlaiga o'xshash bo'lgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.10 Kleros orqali nizolarni hal qilish jarayoni juda oddiy: foydalanuvchilar smart kontrakt yaratadi va Klerosni nizoni hal qilish uchun qaror qabul qiluvchi vosita sifatida tanlashadi. Agar nizo yuzaga kelsa, tegishli ma'lumotlar shifrlangan shaklda Klerosga yuboriladi, keyin esa tizim tomonidan foydalanuvchilar orasidan arbitrlar tanlanadi. Tizimda aynan arbitr sifatida ro'yxatdan o'tgan hamda markazlashtirilmagan platforma - pinakoin (PNK) ichidagi, tegishli huquqlarini tasdiqlovchi tokenlarga ega foydalanuvchilargina arbitr bo'lishi mumkin bo'ladi. Tanlash tasodifiy

6 См.: Szabo N. Smart Contracts: Building Blocks for Digital Markets. 1996 // URL: http://www.fon.hum.uva.nl/rob/ Courses/InformationInSpeech/CDROM/Literature/LOTwinterschool2006/szabo.best.vwh.net/smart_contracts_2. html; Hourani S. Cross-Border Smart Contracts: Boosting International Digital Trade through Trust and Adequate Remedies // UNCITRAL Congress on Modernizing International Trade Law to Support Innovation and Sustainable Development. 4—7 July 2017. Vienna. P. 1.

7 Buterin V. Decentralized Court // URL: https://www.reddit.com/r/ethereum/comments/4gigyd/dece ntralized_ court/?st=jk5uaa08&sh=eae1485f.

8 Kleros // URL: https://kleros.io/ru/#solution.

9 Lesaege Cl., Ast F. Kleros: Short Paper v1.0.5. P. 3 // URL: https://kleros.io/assets/whitepaper.pdf.

10 Lesaege Cl., Ast F. Op. cit. P. 10.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

raqamlar generatsiyasi usuli yordamida, ro'yxatdan o'tgan shaxslarning depozitlari bo'yicha tokenlar miqdorini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi. Arbitr sifatida esa tokenlarining qiymati ko'proq bo'lgan shaxslarning tayinlanishi ehtimoli juda yuqori bo'ladi.11 Tomonlar arbitrlar sonini mustaqil ravishda tanlovchi odatiy arbitrajdan farqli ravishda, bunday vaziyatda smart kontraktning o'zida taraflar arbitrlar soni, shuningdek uning tegishli bo'linmasi (masalan, sudning dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo'limi; sug'urta bo'limi va boshqalar)ni tanlashi mumkin bo'ladi. Arbitrlarning shaxsi anonim va tomonlarga oshkor etilmagan ekan, ularning maksimal xolisligi va mustaqilligi ta'minlanadi va poraxo'rlik ehtimoli yo'qoladi. Arbitrlar hay'ati tuzilgandan so'ng ular taqdim etilgan dalillarni baholaydi va ovoz berish yo'li bilan qaror qabul qiladi. Bundan tashqari, smart kontraktda nizo yuzaga kelganda arbitrlar ovoz berish uchun tanlashi mumkin bo'lgan variantlar oldindan ko'rsatiladi.12 Masalan, oldi-sotdi shartnomasida turli xildagi variantlar, shu jumladan, "xaridorga pulni qaytarish", "tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun sotuvchiga qo'shimcha muddat berish", "sotuvchiga pul mablag'larini o'tkazish" variantlari bo'lishi mumkin.

Ovoz berish tugallangach, tizim ovozlarni sanab chiqadi. Eng ko'p ovoz to'plagan variant ustun deb hisoblanadi. Qaror qabul qilingandan so'ng, jarayon yakunlandi va smart kontrakt yordamida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Misol uchun, agar "sotuvchiga mahsulot nuqsonlarini bartaraf etish uchun qo'shimcha muddat berish" varianti qabul qilinsa, yangi nizolarni qo'zg'atish imkoniyati tegishli davrgacha to'xtatib turiladi va ushbu variant kelasi nizolarni hal qilishda olib tashlanadi. Agar qaror xaridor foydasiga qabul qilingan bo'lsa, mablag'lar uning hisobiga avtomatik ravishda o'tkaziladi. Shu bilan birga, arbitrlar hay'ati a'zolari tomonidan qabul qilingan qarorning adolatliligi Nobel mukofoti laureati T. Shelling tomonidan ishlab chiqilgan "Schelling nuqtasi" (yoki "fokus nuqtasi") maxsus tizim yordamida ta'minlanadi.13

Qarorga nisbatan e'tirozi bo'lgan tomon shikoyat qilish huquqiga ega. Bunday holda ish yangi tarkib bilan ko'rib chiqilib, bunda ularning soni birinchisiga nisbatan ikki barobar ko'p bo'ladi. Shu bilan birga, qarori ustidan shikoyat qilingan arbitrlar hech qanday to'lov olmaydi, bu esa o'z navbatdida birinchi ko'rishdayoq adolatli va asosli qaror chiqarishga harakat qilishlariga undaydi.

Shunday qilib, Kleros arbitraj va sud jarayonlaridan nizolarni hal qilishning maxsus usuli, bir qator xususiyatlari (arbitrlarning anonimligi, ularni tanlash usuli, qaror qabul qilish usuli va boshqalar), shuningdek, blokcheyn texnologiyasiga asoslanganligi bilan sezilarli darajada farq qiladi.

Aqlli shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni hal qiluvchi yana bir loyiha CodeLegit deb nomlanib, boshqalaridan tubdan farq qiladi.14 Kleros kabi blokcheyn texnologiyalariga asoslangan holda, CodeLegit nizolarni hal qilishning an'anaviy protsedurasiga, xususan, xalqaro tijorat arbitrajidagi nizolarni hal qilish usuliga ancha yaqin. Bunda nizolarni hal qilish tartibi CodeLegit tomonidan blokcheyn texnologiyasidagi ekspert Markus Kaularz bilan

11 Lesaege Cl., Ast F. Op. cit. P. 6.

12 Lesaege Cl., Ast F. Op. cit. P. 4.

13 Schelling T. The strategy of conflict. Cambridge, 1980.

14 CodeLegit // URL: http://codelegit.com/.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

hamkorlikda ishlab chiqilgan Blockchain arbitraj qoidalari bilan tartibga solinadi.15 Ushbu Qoidalar ko'p jihatdan standart arbitraj qoidalariga o'xshaydi, chunki hujjatning o'zi ham aynan UNCITRAL tomonidan nizolarni hal qilishni amalga oshirish uchun qabul qilgan Arbitraj qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Masalan, xuddi an'anaviy arbitrajdagi kabi, nizolarni blokcheyn arbitraji orqali hal qilishning zaruriy sharti etib aqlli shartnomada tegishli kod orqali arbitraj kelishuvining mavjudligi keltirilgan. Nizo yuzaga kelganda, "huquqim buzildi" deb hisoblayotgan tomon "Pause" funksiyasini tanlash orqali arbitraj kutubxonasini ishga tushiradi va arbitrga so'rov yuboradi. Shundan so'ng aqlli shartnoma amal qilishdan vaqtincha to'xtab turadi va kutubxona arbitraj haqida xabarnomani CodeLegitga jo'natadi. Arbitrlar CodeLegit tomonidan taqdim etilgan arbitrlar ro'yxatiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlanadi (tomonlarning o'zlari tanlaydi) yoki CodeLegitning o'zi tomonidan tayinlanadi.16 Oddiy arbitrajda bo'lgani kabi, "blokcheyndagi arbitr" ham mustaqilligi va xolisligini nazarda tutuvchi deklaratsiyani to'ldirishi kerak bo'ladi. Blokcheyn arbitri sifatida tayinlangan shaxs nafaqat o'z sohasida bilimlar kishi bo'lishi, balki balki blokcheyn texnologiyasi va aqlli shartnomalar haqida ham tushunchaga ega bo'lishi kerak bo'ladi. Arbitrlar (odatda bitta yoki uchta) tayinlangandan so'ng, da'vogar va javobgar protsessual hujjatlarni jo'natadilar, tizim orqali ular arbitrlarga yetkaziladi. Bunda barcha ma'lumotlar lmashinuvi elektron shaklda (odatda elektron pochta orqali) da amalga oshiriladi, dalillar esa Ethereum blokcheyniga joylashtiriladi. Agar zarur deb topilsa, arbitrlar tomonidan og'zaki eshituvlar (masalan, videokonferentsaloqa orqali)o'tkaziladi va keyin qaror qabul qilinadi. Shunday qilib, qabul qilingan qarorga qarab, CodeLegit "Shartnomani yangilash", "Shartnomani o'zgartirish" yoki "Shartnomani tugatish" kabi funksiyani bajaradi. CodeLegitdan kelgan tegishli xabarni olgandan keyin aqlli shartnoma tegishli qarorni avtomatik ravishda bajaradi. Qaror tomonlarga berilgan elektron pochta orqali yetkaziladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, aqlli shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni blokcheyn arbitraji orqali hal qilish juda ko'p afzalliklarga ega. Birinchidan, elektron aloqa vositalaridan foydalanish tomonlarga xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish hamda nizolarni hal qilish tezligini oshirishga imkoni beradi. Ikkinchidan, blokcheyn arbitraj tomonidan qabul qilingan qaror, qoida tariqasida, aqlli shartnoma yordamida avtomatik ravishda amalga oshiriladi va uni tan olish uchun davlat sudiga murojaat qilishni talab qilmaydi. Biroq, blokcheynda arbitrajni o'tkazish bilan bog'liq bir qancha savollar tug'ilishi tabiiy. Masalan, blokcheyn arbitraji qarori 1958-yilgi Nyu-York konvensiyasi orqali ijro etilishi kerakmi? Aqlli shartnomada ko'rsatilgan kod ko'rinishidagi arbitraj bandi Konvensiya 2-moddasining 2-bandi talablari (arbitraj bandi yoki shartnomasining yozma bo'lishi qoidalari)ga mos keladimi? Bu va boshqa ko'plab savollar uchun mavjud huquqiy tizimlarda hozircha javob yo'q. Shu munosabat bilan, blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda ish yuritish bilan bog'liq ko'plab masalalar qo'shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, blokcheyn arbitraji qarori 1958-yilgi Nyu-York konvensiyasi orqali ijro etilishi va aqlli shartnomada ko'rsatilgan kod ko'rinishidagi arbitraj

15 CodeLegit White Paper on Blockchain Arbitration // URL: https://docs.google.eom/document/d/lv_AdWbMu c2Ei70ghITClmYX4_5VQsF_28ü4PsLckNM4/edit.

16 CodeLegit White Paper on Blockchain Arbitration.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

bandi Konvensiya 2-moddasining 2-bandi talablari (arbitraj bandi yoki shartnomasining yozma bo'lishi qoidalari)ga mos kelishi kabu muammolar dolzarb bo'lib, bugungi kunda raqamli aktivlar bilan bog'liq nizolarni hal qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning ayrim muammolarini keltirib chiqarmoqda. Fikrimizcha, aqlli shartnomada yozilgan kod ko'rinishidagi arbitraj bandi Nyu-York konvensiyasining 2-bandi talablariga javob berishi mumkin. Muhimi shuki, bunday kelishuv yetarli darajada tushunarli va shartnomaning barcha tomonlari uchun ochiq bo'lishi va ziddiyatsiz talqin qilinishi kerak. Aqlli shartnomadagi kod ham shartnomaning barcha tomonlari uchun qonuniy va majburiy deb tan olinishi kerak.

References:

1. Генкин А., Михеев А. Блокчейн:Как это работает и что ждет нас завтра. М., 2018; Свон М. Блокчейн. Схема новой экономики. М., 2017; Могайер У., Бутерин В. Блокчейн для бизнеса. М., 2017.

2. Merriam-Webster // URL: https://www.merriam-webster.com/dictionary/blockchain.

3. См.: Webb A. 8 Tech Trends to Watch in 2016 // Harvard Business Review. URL: https://hbr.org/2015/12/8-tech-trends-to-watch-in-2016.

4. О регулировании цифровых активов в Республике Казахстан и МФЦА, https://online.zakon.kz/Document/.

5. См.: Szabo N. Smart Contracts: Building Blocks for Digital Markets. 1996 // URL: http://www.fon.hum.uva.nl/rob/

Courses/InformationInSpeech/CDR0M/Literature/L0Twinterschool2006/szabo.best.vwh.ne t/smart_contracts_2. html; Hourani S. Cross-Border Smart Contracts: Boosting International Digital Trade through Trust and Adequate Remedies // UNCITRAL Congress on Modernizing International Trade Law to Support Innovation and Sustainable Development. 4-7 July 2017. Vienna. P. 1.

6. Buterin V. Decentralized Court // URL: https://www.reddit.com/r/ethereum/comments/4gigyd/decentralized court/?st=jk5uaa08 &sh=eae1485f.

7. Kleros // URL: https://kleros.io/ru/#solution.

8. Lesaege Cl., Ast F. Kleros: Short Paper v1.0.5. P. 3 // URL: https://kleros.io/assets/whitepaper.pdf.

9. Lesaege Cl., Ast F. Op. cit.

10. Schelling T. The strategy of conflict. Cambridge, 1980.

11. CodeLegit // URL: http://codelegit.com/.

12. CodeLegit White Paper on Blockchain Arbitration // URL: https://docs.google.com/document/d/1v AdWbMuc2Ei70ghITC1mYX4 5VQsF 2804PsLckN M4/edit.

13. CodeLegit White Paper on Blockchain Arbitration.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.