Научная статья на тему 'ONLINE ARBITRAJ JARAYONLARINI OLIB BORISHNING HUQUQIY TARTIBI'

ONLINE ARBITRAJ JARAYONLARINI OLIB BORISHNING HUQUQIY TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
26
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onlayn arbitraj / ODR / ADR / kiber arbitraj / kibertraj / kiberfazo arbitraji / virtual arbitraj / elektron arbitraj / an’anaviy arbitraj / UNCITRAL / Nyu-York konvensiyasi / kiberfazo / kiberxavfsizlik / videokonferensiya / audiokonferensiya / AKT / elektron imzo / CD-ROM / Face-ID / delokalizatsiya. / online arbitration / ODR / ADR / cyber arbitration / cybertration / cyberspace arbitration / virtual arbitration / electronic arbitration / traditional arbitration / UNCITRAL / New York Convention / cyberspace / cyber security / video conference / audio conference / ICT / electronic signature / CD-ROM / Face-ID / delocalization.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Azizboyeva, Zamira Malik Qizi

Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro miqyosda huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi va rivojlanishi alohida e'tibor talab qiladi. Hayotning deyarli barcha jabhalariga kirib borgan raqamlashtirish hatto to’liq tartibga solinishi qiyin bo’lgan xalqaro tijoratda nizolarni hal qilishga ham tatbiq etilishi kuzatilmoqda. Ushbu maqolada aynan onlayn arbitraj tushunchasi, bir qator muhim jihatlari muhokama qilinib, uning jarayonini olib borishning huquqiy tartibi tahlil qilinadi. Shuningdek, bugungi kunga kelib, arbitrajning ahamiyati ortib, unga bo’lgan ehtiyoj ko’paygan, jarayoni va ijrosi bilan bog’liq xususiyatlari keng muhokamaga sabab bo’layotgan davrda, ushbu maqola shu kabi ba’zi omillarni oydinlashtirishtiradi. Bundan tashqari, maqolada arbitrajni olib borishning masofaviy shaklning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL PROCEDURE FOR CONDUCTING ONLINE ARBITRATION PROCEEDINGS

In the course of today's globalization, the regulation and development of legal relations at the international level requires special attention. Digitization, which has penetrated into almost all aspects of life, is even being applied to the resolution of disputes in international trade, which is difficult to fully regulate. This article discusses the concept of online arbitration, a number of important aspects, and analyzes the legal procedure for conducting its process. Also, today, when the importance of arbitration has increased, the need for it has increased, and the features related to its process and execution are the cause of wide discussion, this article will clarify some of these factors. In addition, the article talks about the positive and negative aspects of the remote form of conducting arbitration.

Текст научной работы на тему «ONLINE ARBITRAJ JARAYONLARINI OLIB BORISHNING HUQUQIY TARTIBI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ONLINE ARBITRAJ JARAYONLARINI OLIB BORISHNING HUQUQIY

TARTIBI

Azizboyeva Zamira Malik qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi G-mail: [email protected] +998337571050

ANNOTATSIYA

Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro miqyosda huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi va rivojlanishi alohida e'tibor talab qiladi. Hayotning deyarli barcha jabhalariga kirib borgan raqamlashtirish hatto to 'liq tartibga solinishi qiyin bo'lgan xalqaro tijoratda nizolarni hal qilishga ham tatbiq etilishi kuzatilmoqda. Ushbu maqolada aynan onlayn arbitraj tushunchasi, bir qator muhim jihatlari muhokama qilinib, uning jarayonini olib borishning huquqiy tartibi tahlil qilinadi. Shuningdek, bugungi kunga kelib, arbitrajning ahamiyati ortib, unga bo 'lgan ehtiyoj ko 'paygan, jarayoni va ijrosi bilan bog 'liq xususiyatlari keng muhokamaga sabab bo'layotgan davrda, ushbu maqola shu kabi ba'zi omillarni oydinlashtirishtiradi. Bundan tashqari, maqolada arbitrajni olib borishning masofaviy shaklning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so 'z boradi.

Kalit soizlar: onlayn arbitraj, ODR, ADR, kiber arbitraj, kibertraj, kiberfazo arbitraji, virtual arbitraj, elektron arbitraj, an 'anaviy arbitraj, UNCITRAL, Nyu-York konvensiyasi, kiberfazo, kiberxavfsizlik, videokonferensiya, audiokonferensiya, AKT, elektron imzo, CD-ROM, Face-ID, delokalizatsiya.

ЮРИДИЧЕСКИЙ ПОРЯДОК ПРОВЕДЕНИЯ ОНЛАЙН-АРБИТРАЖНОГО РАЗБИРАТЕЛЬСТВА

Азизбаева Замирa Малик кизи

Ташкентский государственный юридический университет Студент 3 курса факультета международного права и сравнительного

правоведения G-mail: malikovna3006@gmail .com +998337571050

АННОТАЦИЯ

В условиях современной глобализации регулирование и развитие правоотношений на международном уровне требует особого внимания. Цифровизация, проникшая практически во все стороны жизни, применяется

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

даже к разрешению споров в международной торговле, которую сложно полностью регулировать. В данной статье рассматривается понятие онлайн-арбитража, ряд важных аспектов, а также анализируется правовая процедура ведения его процесса. Также сегодня, когда значение арбитража возросло, необходимость в нем возросла, а особенности, связанные с его процессом и исполнением, являются причиной широкого обсуждения, данная статья внесет ясность в некоторые из этих факторов. Кроме того, в статье говорится о положительных и отрицательных сторонах дистанционной формы ведения арбитража.

Ключевые слова: онлайн-арбитраж, ODR, ADR, киберарбитраж, кибертраж, арбитраж в киберпространстве, виртуальный арбитраж, электронный арбитраж, традиционный арбитраж, ЮНСИТРАЛ, Нью-Йоркская конвенция, киберпространство, кибербезопасность, видеоконференция, аудиоконференция, ИКТ, электронная подпись, CD-ROM, Face-ID, делокализация.

LEGAL PROCEDURE FOR CONDUCTING ONLINE ARBITRATION

PROCEEDINGS

Azizbaeva Zamira Malik kizi

Tashkent State University of Law 3rd year student of the Faculty of International Law and Comparative Legislation

G-mail: malikovna3006@gmail .com +998337571050

ANNOTATION

In the course of today's globalization, the regulation and development of legal relations at the international level requires special attention. Digitization, which has penetrated into almost all aspects of life, is even being applied to the resolution of disputes in international trade, which is difficult to fully regulate. This article discusses the concept of online arbitration, a number of important aspects, and analyzes the legal procedure for conducting its process. Also, today, when the importance of arbitration has increased, the need for it has increased, and the features related to its process and execution are the cause of wide discussion, this article will clarify some of these factors. In addition, the article talks about the positive and negative aspects of the remote form of conducting arbitration.

Key words: online arbitration, ODR, ADR, cyber arbitration, cybertration, cyberspace arbitration, virtual arbitration, electronic arbitration, traditional arbitration, UNCITRAL, New York Convention, cyberspace, cyber security, video

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

conference, audio conference, ICT, electronic signature, CD-ROM, Face-ID, delocalization.

KIRISH

Arbitraj bu nizolarni hal qilishning muqobil mexanizm(ADR)laridan bin bo'lib, u orqali ikki yoki undan ortiq tomonlar o'z nizolari bo'yicha sudda emas, aksincha o'zlari tanlagan arbitr tomonidan nizo hal qiluvchi yakuniy va majburiy qarorni olishlari mumkin bo'lgan mexanizmdir. Tomonlar arbitrajdan foydalanishga, arbitraj jarayoni qonuniy kuchga ega bo'lishi va qarori majburiy bo'lishiga o'z ixtiyori bilan rozi bo'lishlari hamda arbitrning qaroriga rioya qilish majburiyatini olishlarini kerak. Bundan kelib chiqadiki, onlayn arbitraj arbitraj jarayonining texnologiya, ya'ni kompyuter va internet yordamida onlayn platformalar orqali amalga oshiriladigan shaklidir. Tomonlar bir-biri bilan yuzma-yuz uchrashmaydilar, aksincha, nizo virtual tarzda hal qilinadi. Onlayn arbitraj, shuningdek, kiber arbitraj, kibertraj, kiberfazo arbitraji, virtual arbitraj, elektron arbitraj kabi nomlar bilan nizolarni hal qilishning onlayn usuli (ODR) sifatida ham tanilgan1.

Bugungi jadal rivojlanayotgan dunyoda nizolarni hal etishning samarali mexanizmlariga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Globallashuvning kuchayishi bilan onlayn arbitraj muhokamasi nizolarni hal qilishning an'anaviy usullariga munosib alternativ sifatida e'tibor qozondi. Ayniqsa, Covid - 19 pandemiyasi nizolarni hal qilish shakllariga sezilarli ta'sir ko'rsatib, uning onlayn ko'rinishi(ODR)ning qo'llanilishining oshishiga katta sababchi bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Pandemiyaning ta'siri muhim protsessual qoidalarga jiddiy ta'sir ko'rsatdi, bu esa ma'lum o'zgartirish va tuzatishlarga olib keldi. Bu kabi tendensiyalar natijasi o'laroq, turli xil hakamlik sudlarida paydo bo'lgan qoidalar to'plamida, jumladan Germaniya Arbitraj Instituti (DIS) va Stokgolm Savdo Palatasining Arbitraj Instituti (SCC) tegishli qoidalarini qayta ko'rib chiqdilar2.

Demak, ODR raqamli asrda nizolarni hal qilishning muqobil usullari (ADR) ning ajralmas shakli sifatida paydo bo'ldi va bu nizolarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanadigan muhitda neytral arbitr tomonidan hal qilinish jarayoni sifatida maydonga chiqdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

2016-yilda birinchi marta blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda yirik tashqi savdo bitimi tuzilgani, bu esa yaqin kelajakda masofadan turib amalga oshiriladigan yirik tashqi savdo operatsiyalari sonining ko'payishini bashorat qilish

1 https://viamediationcentre.org/readnews/ODY4/IS-CYBER-ARBITRATION-LEGAL

2 Giupponi, B. O. (2022). "Chapter 3 "Virtual" Dispute Resolution in International Arbitration: Mapping Its Advantages and Main Caveats in the Face of COVID-19". In The Impact of COVID on International Disputes. Leiden, The Netherlands: Brill | Nijhoff.p.62.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

imkonini berganini ta'kidlash joiz. Shu munosabat bilan Ethereum platformasi tashkilotchisi V.Buterin mavjud sud tizimini to'ldirishi mumkin bo'lgan markazlashmagan arbitraj tizimini yaratish g'oyasi bilan o'rtoqlashdi3. Bu nizolarni onlayn hal etishni kelajakda rivojlanishda davom etadigan istiqbolli usul deb hisoblash mumkin degan xulosaga kelishimizga imkon beradi. Shunga qaramay, arbitrajning onlayn rejimiga o'tkazilishi arbitrajning hal qiluv qarorini ijro mexanizmini amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Arbitraj qarorlarini ijro etish mexanizmi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Chet el arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risidagi konvensiyasi (keyingi o'rinlarda Nyu-York konventsiyasi deb yuritiladi)4qoidalari yoki davlatning milliy qonunchiligi qoidalari bilan tartibga solinadi. Aksariyat davlatlar Nyu-York konvensiyasining ishtirokchilaridir va shuning uchun ularning xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etishni tartibga soluvchi qonunchiligi Nyu-York konvensiyasining tegishli qoidalariga asoslanadi. Muammo shundaki, bugungi kunda ko'pincha arbitraj bitimi shakliga, arbitrajning qaroriga, shuningdek, onlayn protsedurani o'tkazish tartibiga qo'yiladigan talablar nizoni an'anaviy shaklda (oflayn) hal qilishga qaratilgan. Ushbu standartlar elektron vositalardan foydalanishda yuzaga keladigan barcha xususiyatlarni hisobga olmaydi.

Nyu-York konvensiyasining 2-moddasida "Har bir Ahdlashuvchi davlat yozma shakldagi kelishuvni tan oladi, unga ko'ra tomonlar belgilangan huquqiy munosabatlarga nisbatan ular o'rtasida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday kelishmovchiliklarni arbitrajga topshirish majburiyatini oladilar". "Yozma shakldagi kelishuv" atamasi xatlar yoki telegrammalar almashinuvida keltirilgan tomonlar tomonidan imzolangan shartnoma yoki hakamlik kelishuvidagi arbitraj izohini o'z ichiga oladi". Boshqacha qilib aytganda, Nyu-York konvensiyasida arbitraj bitimini tuzishning mumkin bo'lgan vositasi sifatida elektron uzatish haqida hech narsa aytilmagan. Shunga qaramay, so'nggi o'n yil ichida ham xalqaro, ham milliy qonunlar elektron tijoratni rivojlantirishga va elektron shartnomalarni osonlashtirishga kirishdi. Elektron arbitrajda amaldagi protsessual qonun nuqtai nazaridan Nyu-York konvensiyasi, agar tomonlar amaldagi qonun bo'yicha kelishmagan bo'lsa, hakamlik muhokamasi o'tkazilgan mamlakat qonunchiligiga tegishli bir nechta qoidalarni o'z ichiga oladi. Ushbu qoidaga asoslanib, tomonlarning roziligi bo'lmagan taqdirda, arbitraj muhokamasiga arbitraj

3 http://www.coinfox.ru/novosti/5400-ethereum-creator-vitalik-buterin-suggests- a-decentraИzed-arЫtratюn-mechanism-2.

4 О признания и приведении в исполнение иностранных арбитражных решений /Конвенция Организации Объединенных Наций (заключена в г. Нью-Йорке в 1958 г.)

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

muhokamasi joyidagi protsessual qonun ham qo'llanilishi kerak, deb ta'kidlash mumkin.

Hozirgi kunda UNCITRAL tomonidan elektron arbitrajga tegishliligi nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan ikkita xalqaro konvensiya va takliflar mavjud. UNCITRALning "Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida"gi namunaviy qonunining 7(2)moddasida har qanday aloqa usuli kelishuv sifatida ko'rib chiqilishi mumkinligi aytiladi. UNCITRALning "Elektron tijorat to'g'risida"gi namunaviy qonuniga ko'ra, arbitraj kelishuvining boshqa mumkin bo'lgan tushuntirishi elektron uzatish yo'li bilan tuziladi, biroq arbitraj jarayonining o'zi an'anaviy shaklda amalga oshiriladi5.

Elektron arbitrajning milliy qonunchilikka muvaffaqiyatli integratsiyalashuvida "Elektron imzo to'g'risida"gi namunaviy qonunda belgilangan huquqiy baza muhim ahamiyatga ega. Ko'rinishidan, namunaviy qonunni tartibga solish nafaqat elektron hujjatlarda ifodalangan hakamlik kelishuvlarini, balki elektron qaror va boshqa protsessual hujjatlarni tasdiqlashni ham osonlashtiradi. Bu elektron arbitrajni milliy qonunchilikda ko'zda tutilgan an'anaviy huquqiy bazaga integratsiyalash tartibini osonlashtirishi mumkin. Masalan, ushbu namunaviy qonunning 6-moddasi 1-qismi, agar qonun shaxsning imzosini talab qilsa, ushbu talab ma'lumotlar xabariga nisbatan qondiriladi, agar elektron imzo maqsadga muvofiq bo'lsa, shu jumladan har qanday tegishli kelishuvda kuchga ega bo'ladi. Arbitrlar qarorni elektron shaklda elektron imzolar bilan ham imzolashlari mumkinligi haqida shubha bo'lishi mumkin, chunki bu hakamlik qoidalari talabiga mos keladigan deb hisoblanishi kerak. Bundan tashqari, elektron imzolar arbitraj protseduralarining boshqa bosqichlarini/elementlarini, masalan, elektron arbitraj ishtirokchilarini identifikatsiyalash, hujjatlarni tayyorlash, taqdim etish va hokazolarni amalga oshirishda ham foydali bo'lishi mumkinligini ta'kidlash kerak.

Ba'zi olimlarning ta'kidlashicha, onlayn arbitraj haqiqatan ham an'anaviy arbitraj qoidalar, tamoyillari va usullarini takomillashtirishdir. Negaki, kiber arbitrajga an'anaviy arbitraj shakllarini shunchki to'g'ridan-to'g'ri o'tkazib bo'lmaydi6.

Agar arbitraj onlayn tarzda o'tkazilsa, tomonlar elektron pochta orqali qonunni tanlash to'g'risida muhokama qilishlari, ular tomonidan raqamli imzolangan arbitraj bitimini tuzishlari va hakamlik muhokamasi o'tkaziladigan serverning geografik joylashuvini aniqlashlari, arbitr tomonidan qaror imzolangan joyni belgilashlari kerak. Onlayn arbitraj faqat onlayn mexanizmlar va an'anaviy arbitrajning kombinatsiyasi degan umumiy fikr to'g'ri emas. "Onlayn" - bu telefon yoki mobil, faks yoki elektron pochta vositalaridan yoki Internetda mavjud bo'lgan boshqa rejimlardan yoki

5 http://www.law.muni.cz/sborniky/dp08/files/pdf/mezinaro/herboczkova.pdf

6 De Sylva M.O (2001), Effective means of resolving distance selling disputes, 67 Arbitration, p.230-239.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

nizolami hal qilish uchun foydali bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa axborot va aloqa texnologiyalaridan foydalanishni o'z ichiga oladi.

Quyida onlayn arbitraj jarayonini tashkil etuvchi asosiy jihatlarni ko'rib o'tamiz.

i. Onlayn arbitraj bitimi

ODRni boshlash uchun asosiy talab barcha ishtirokchilarning o'zaro roziligidir. Uni belgisi hisoblanadigan quyidagi 3tasi onlayn arbitrajga nizo bo'yicha da'vo yuborish uchun asos bo'lishi mumkin:

• onlayn arbitraj bandini o'z ichiga olgan elektron shartnoma;

• onlayn arbitrajni nazarda tutuvchi yozma shartnoma;

• nizo yuzaga kelgandan keyin onlayn arbitrajga havola7.

Har qanday arbitraj kelishuvining asosiy jihati ikkala tomonning to'liq, aniq va asosli roziligidir.

Bundan tashqari, shartnoma yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak. Ushbu yozma shaklga elektron pochta kabi zamonaviy aloqa usullari orqali erishish mumkin, agar ular to'g'ri bajarilgan bo'lsa, Nyu-York konvensiyasi kabi xalqaro shartnomalarda belgilangan rasmiy talablarga javob beradi.

Onlayn arbitraj bitimlarini shakllantirish ularning haqiqiyligi va bajarilishini ta'minlaydigan bir qancha huquqiy jihatlar bilan tartibga solinadi. Asosiy masalalarga amaldagi qonunni tanlash, hakamlik bitimining aniq talablari, imzolar va hakamlik sudining belgilangan joylari zarurligi kiradi. Darhaqiqat, kiber arbitrajdagi asosiy masala arbitraj joyini hal qilishdir. An'anaviy rejimda asosan arbitraj joyi arbitraj o'tkaziladigan joy hisoblanadi. Ushbu mexanizmda tomonlar turli hududlarga tegishli bo'lishi mumkinligi sababli, hakamlik sudining joyi tomonlar tomonidan bir ovozdan hal qilinishi kerak. Agar tomonlar bir ovozdan qaror qabul qila olmasalar, hakamlik sudyasi qaror qabul qilishi mumkin.

ii. Arbitraj ochilishi xarajatlari

Taraflar odatda hakamlik muhokamasini qo'zg'atish uchun harajatlarni, shu jumladan ma'muriy to'lovlarni, hakamlik to'lovlarini va ishlarni boshqarish bilan bog'liq boshqa xarajatlarni oladi. Onlayn arbitrajda tomonlardan ushbu ochilish xarajatlarini qoplash uchun dastlabki depozit to'lash talab qilinishi mumkin. Bu depozit arbitraj instituti yoki arbitrning ish yuritishni boshlashi va ishni samarali boshqarilishini ta'minlaydi. Depozit miqdori nizoning murakkabligiga va protsessning kutilayotgan muddatiga qarab farq qilishi mumkin.

iii. Onlayn arbitraj jarayonini muvofiqlashtirish

7 chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://www.intemational-arbitration-attomey.com/wp-content/uploads/arbitrationlawOnline-Arbitration-Vivek-S.pdf

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu onlayn arbitrajni o'tkazish uchun maxsus ishlab chiqilgan protseduralar va protokollarni amalga oshirishni o'z ichiga oladi. U turli jihatlarni o'z ichiga oladi, masalan, ishlarni boshqarish, aloqa va hujjatlar almashinuvi uchun xavfsiz onlayn platformalardan foydalanish, videokonferensaloqa orqali virtual tinglovlarni rejalashtirish va o'tkazish, shuningdek, arizalar, iltimosnomlar, dalillar va taqdimnomalarni elektron tarzda taqdim etishni osonlashtirish. Onlayn arbitraj jarayonini qabul qilish jarayonni soddalashtirish, samaradorlikni oshirish va geografik masofa yoki logistika muammolari tufayli yuzaga keladigan uzilishlarni minimallashtirishga qaratilgan.

iv. Onlayn arbitrni tayinlash

Arbitrni tanlash va tayinlash arbitraj jarayonining shaffofligi va adolatliligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Onlayn arbitrajda arbitrlar ularning tajribasi va virtual muhitda ish yuritish uchun yaroqliligi asosida tayinlanishi mumkin. Tayinlash jarayoni hakamlik kelishuvida yoki amaldagi arbitraj qoidalarida ko'rsatilgan talablarga rioya qilishi, hakamlik sudyalarini tanlashda shaffoflik, xolislik va mustaqillikni ta'minlashi kerak.

v. Hujjatlar, da'volar yoki qarshi da'volar

Tomonlar o'z da'volarini yoki qarshi da'volarini arbitraj muhokamasining boshida tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga taqdim etishlari shart. Onlayn arbitrajda bu belgilangan onlayn platforma yoki aloqa kanallari orqali arizalar va tegishli hujjatlarni elektron tarzda topshirishni o'z ichiga oladi. Tomonlar arbitrga nizoli masalalarni tushunish va hal qilish jarayonini samarali osonlashtirish uchun hujjatli dalillar bilan tasdiqlangan o'z pozitsiyalarining aniq va qisqa bayonlarini taqdim etishlari kerak.

vi. Jarayonda nizoli holatlar bilan bog'liq masalalarni shakllantirish

Sud muhokamasi boshlanishidan oldin hakamlik sudyasi taraflarga hakamlik muhokamasi davomida ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan bahsli masalalarni aniqlash va shakllantirishda yordam berishi mumkin. Bu nizoning huquqiy va faktik masalalarini oydinlashtirishni, hakamlik muhokamasi doirasini belgilashni, isbot va dalillarni taqdim etish asoslarini o'rnatishni o'z ichiga oladi. Onlayn arbitrajda munozarali masalalar hal qilish jarayonida aniqlik, diqqatni jamlash va samaradorlikni oshirish maqsadida virtual konferensiyalar, elektron pochta yozishmalari yoki onlayn hujjat almashinuvi orqali amalga oshirilishi mumkin.

vii. Onlayn rejimda guvohnomalar orqali dalillarni olib borish

Tomonlar odatda hakamlik muhokamasi davomida o'z da'volarini qo'llab-

quvvatlash uchun dalillarni taqdim etadilar. Tomonlar arbitraj bitimida belgilangan protsessual qoidalarga rioya qilgan holda huquqiy hujjatlar, raddiyalar va dalillar

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

elektron formatda taqdim etilishi mumkin, jumladan, tasdiqnomalar, guvohlarning bayonotlari, ekspert xulosalari va boshqa hujjatlar. Tomonlar taqdim etilgan dalillarning haqiqiyligi, tegishliligi va maqbulligini ta'minlash uchun mas'uldirlar va tinglovlar oldidan o'z dalillarining nusxalarini qarshi tomon bilan almashishlari talab qilinishi mumkin. Hakamlik sudyasi har ikki tomon taqdim etgan dalillarni baholaydi va ishning mohiyatiga ko'ra faktlarni aniqlaydi.

viii. Tinglovni ko'rishgan holda o'tkazish

Onlayn arbitraj asosan videokonferensaloqa yoki boshqa onlayn aloqa vositalari orqali o'tkaziladigan virtual tinglovlarni o'z ichiga oladi, tomonlar zarur deb topilgan yoki o'zaro manfaatli bo'lsa, shaxsan tinglovlarni o'tkazishga rozi bo'lishlari mumkin. Bunday hollarda, tomonlar har ikki tomon kelishilgan joyda yig'ilishlari mumkin, ular og'zaki dalillarni taqdim etishlari, guvohlarni so'roq qilishlari va hakamlik sudyasi oldida har qanday protsessual yoki mazmunli masalalarni hal qilishlari mumkin. Biroq, bunday protses ikkala tomonning roziligi, iqtisodiy samaradorlik va mavjud holatlar, masalan, sayohat cheklovlari yoki sog'liq va xavfsizlik muammolari bilan bog'liq bo'lishi kerak.

ix. Onlayn qaror chiqarish

Arbitraj muhokamasi tugagandan so'ng, arbitr nizoning yakuniy yechimini tashkil etuvchi arbitraj qarorini chiqaradi. Onlayn arbitrajda qaror odatda belgilangan onlayn platforma yoki aloqa kanallari orqali tomonlarga elektron shaklda yetkaziladi. Qaror asosli, aniq ifodalangan va hakamlik kelishuvida yoki amaldagi arbitraj qoidalarida ko'rsatilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak. Tomonlar qaror loyihasini yakunlashdan oldin ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin va har qanday e'tirozlar yoki tushuntirish so'rovlari keyingi yozishmalar yoki taqdimnomalar orqali ko'rib chiqilishi mumkin. Qaror yakuniga etgach, u tomonlar uchun majburiy bo'lib qoladi va amaldagi qonunchilikka muvofiq ijro etilishi mumkin8.

Ushbu elementlar birgalikda hakamlik muhokamasini onlayn tarzda o'tkazish uchun asos bo'lib, jarayonning samarali, oshkoraligini va ishtirokchilar uchun adolatli va majburiy natijalarni taqdim etishini ta'minlaydi.

Kiber yondashuvning asosiy prinsipi texnologiya yordamida nizolarni hal qilishning yaxshiroq, tezroq va arzonroq usullarini topishdir. ODRga nisbatan suddan tashqari ADR yondashuvi asosan muzokaralar va vositachilikka, shuningdek, tomonlar o'rtasidagi aloqa va munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Arbitraj yondashuvi nizoni hakamlik sudyasining qarori bilan hal qilish uchun huquqlar va qonunlarning qo'llanilishiga urg'u beradi. Bu yondashuv ortida turtki an'anaviy

8 Agarwal, K. Anurag, Resolving Business Disputes Speedily, Economic and Political Weekly, Vol. 41, No. 24, June 17-23, (2006), pp. 2417-18

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

arbitraj muvaffaqiyati hisoblanadi. Agar u oflayn rejimda yaxshi ishlayotgan bo'lsa, uni onlayn tarzda moslashtirish kerak, degan fikr bor. ODRning asosiy ishtirokchilari quyidagilardir:

• biznes hamjamiyati;

• iste'molchilar;

• hukumat;

• ADR institutlari9.

Biznes hamjamiyat ODRni afzal ko'radi, chunki u xususiy, tez va arzon. Bu shuningdek, iste'molchilarning ishonchini rag'batlantiradi. Iste'molchi tashkilotlari uchun ODR iste'molchilar huquqlarini ta'minlaydi. Hukumat ODRni sudning yukini kamaytirish va elektron tijorat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishi uchun tanlashadi. ADR institutlari ODRni raqobatbardosh ustunlikka erishish imkoniyati sifatida ko'rishadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qo'llash kelajakda muayyan turdagi nizolarni hal qilishning muhim vositasi sifatida rivojlanmoqda.

Arbitraj huquqining partiyalar avtonomiyasi, muomala tengligi va axborotdan foydalanish kabi umumiy tamoyillari bu yerda ham juda dolzarbdir. Tomonlar hakamlik muhokamasining to'liq yoki bir qismi asinxron (masalan, elektron pochta) yoki sinxron (masalan, video yoki audio-konferensiya) elektron vositalardan foydalangan holda onlayn tarzda o'tkazilishiga rozi bo'lishlari mumkin. Demak, onlayn arbitraj jarayonining butun jarayoni shartnomaning arbitraj bandida yaxshi ishlab chiqilgan bo'lishi va ikkala tomonning mavjud texnologiyalardan teng foydalanishi ta'minlanishi talab qilinadi.

Elektron arbitraj muhokamasi har qanday hakamlik muhokamasini tartibga soluvchi adolatlilik tamoyillariga bo'ysunadi. Shu bilan birga, tomonlarning jarayonda elektron ishtiroki va ma'lumotlarning tez aylanishi, ikkita aniq tamoyilga putur yetkazmaslik uchun alohida e'tibor talab qiladi. Agar kompyuter resurslaridan foydalanish teng bo'lmasa, qarama-qarshilik prinsipi kuzatilmasligi mumkin. Nizodagi ma'lumotlarning elektron aylanishi tezligi esa arbitrajning maxfiyligiga tahdid soladi. Shuning uchun arbitraj instituti va tomonlar ushbu tamoyillarga rioya etilishini ta'minlashi kerak.

Onlayn arbitrajning ijobiy va salbiy jihatlari

Onlayn arbitrajda onlayn texnologiya juda zamonaviy va samarali rol o'ynaydi, chunki tomonlar bir-biridan uzoqda joylashganda juda qulaydir, chunki masofaviy aloqa sayohat qilish zaruriyatini bartaraf qiladi. Agar da'vogar Nyu-York shahrida

9 Agarwal, K. Anurag, Resolving Business Disputes Speedily, Economic and Political Weekly, Vol. 41, No. 24, June 17-23, (2006), pp. 2417-18

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

bo'lsa va javobgar Moskvada, hakam esa Londonda bo'lsa. Ular o'z shaharlarini tark etmasdan va hatto bir-birlarini ko'rmasdan, nizolarni onlayn arbitraj orqali hal qilishlari mumkin. Shunday qilib, hech qanday geografik cheklovlar yo'q. Asosiysi, onlayn arbitraj onlayn o'zaro munosabatlar va tranzaktsiyalardan kelib chiqadigan nizolar uchun ham, oflayn rejimda yuzaga keladigan nizolar uchun ham ishlatilishi mumkin. Biroq, bu, ayniqsa, nizolarni hal qilish uchun bir xil vositadan (Internet) foydalanish mantiqan to'g'ri keladigan va tomonlar ko'pincha bir-biridan uzoqda joylashgan elektron tijorat nizolari uchun juda mos keladi10.

Onlayn arbitraj nizolarni hal qilish imkoniyatlarini kengaytiradigan yangi va moslashuvchan aloqa vositasidir. Qisqacha aytganda, biz onlayn hakamlik tizimining ko'plab afzalliklarini ko'rishimiz mumkin. Ulardan ba'zilari quyidagilardir: 1) onlayn arbitraj ham onlayn, ham oflayn rejimda o'tkazilishi mumkin; 2) jismoniy cheklovlar yo'q; 3) onlayn tizim yurisdiksiyaviy to'siqlarni buzadi(shu o'rinda ta'kidlashimiz lozimki, kiberfazoda delokalizatsiyalangan arbitraj tushunchasi tobora kuchayib bormoqda, bunda lex arbitri qat'iy geografik joylashuvdan ko'ra qulaylik bilan belgilanadi11. Bu yondashuv, ayniqsa, jismoniy mavjudligi ortiqcha bo'lgan onlayn sharoitlarda dolzarbdir. Turli yurisdiksiyalar delokalizatsiyalangan arbitrajga nisbatan turlicha pozitsiyalarga ega. Misol uchun, Fransiya arbitrajning belgilangan joysiz haqiqiyligini tan oladi, ko'pincha boshqa joylarda bekor qilingan qarorlarni ijro etadi. Aksincha, ingliz sudlari an'anaviy ravishda "suzuvchi" arbitrajlarni qo'llab-quvvatlamaydi, garchi 1996 yildagi Angliya arbitraj qonuni, UNCITRAL Model qonuni ta'sirida lex arbitri bilan bog'liq bir oz moslashuvchanlikni ta'minlaydi); 4) nizolarni hal qilish vaqt va xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi; 5) jarayoni kamroq vaqt talab qiladi; 6) moslashuvchan yondashuv; 7) qulayligi; 8) ko'proq taraflar nazoratini ta'minlaydi; 9) tomonlarga turli vaqtlarda javob berish va muhokama qilish imkonini beradi. 10) elektron imzolar, CD-ROMlar va hatto Face-ID kabi zamonaviy texnologiyalarni huquqiy jarayonlarga integratsiyalash imkoniyati.

ODR ham ma'lum muammolarga ega. Ulardan ba'zilari quyidagilar: 1) Onlayn tizim foydalanuvchilari o'rtasida ishonchning yo'qligi; 2) Texnologiyadan foydalanishdagi tengsizlik; 3) Texnologiya to'rtinchi tomon bo'lib qolishi xavfi; 4) Elektron hujjatlarni isbotlash katta muammo; 5) kiberxavfsizlik va ma'lumotlar maxfiyligiga shubhalar; 6) Odil sudlovga kirishdagi muammo; 7) Insoniy elementning yo'qligi(yuzma-yuz muloqotning yo'qligi); 8) Til va madaniy to'siqlar; 9) Boshqaruv qonunining birligi yo'qligi; 10) Internetga ulanish va texnologik nosozliklar arbitraj jarayonida kechikishlar va uzilishlarga olib kelishi mumkinligi.

10 http://www.egov.ufsc.br/portal/sites/default/files/anexos/18561-18562-1-PB.pdf

11 Moses, Margaret L., The Principles and Practice of International Commercial Arbitration (Cambridge University Press 2008).p92.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ushbu muammolarni innovatsion yechimlar bilan hal qilish va huquqiy bazalarni moslashtirish orqali onlayn arbitraj nizolarni hal qilishning an'anaviy usullariga munosib alternativ sifatida rivojlanishda davom etishi mumkin.

Texnologiya taraqqiyotda davom etar ekan, onlayn arbitraj chegaralar va tarmoqlar bo'ylab nizolarni hal qilishda yanada muhim rol o'ynashga tayyor.

Kelajakka nazar tashlaydigan bo'lsak, onlayn arbitrajning evolyutsiyasi, shubhasiz, uni kengroq qabul qilishga yordam beradigan texnologik yutuqlarni qamrab olgan holda belgilangan muammolarni hal qilishga bog'liq bo'ladi. Mustahkam huquqiy va protsessual asosni yaratish ahamiyatlidir, chunki u arbitraj jarayonining yaxlitligini va uning natijalarining bajarilishini ta'minlaydi. Onlayn arbitrajda chuqurroq tushunish va ishonchni kuchaytirish orqali manfaatdor tomonlar raqamli asrda nizolarni adolatli, samarali va qulay hal qilishni ta'minlash uchun uning afzalliklaridan foydalanishlari mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, onlayn arbitraj jarayonlarini o'tkazish bugungi raqamli asrda nizolarni hal qilishning zamonaviy va samarali usulini taklif etadi. Huquqiy tartib-qoidalarni tushunib, tomonlar adolatli va samarali arbitraj jarayonini ta'minlashi mumkin. Onlayn arbitraj o'z qiyinchiliklariga ega bo'lsa-da, tegishli kafolatlar mavjud bo'lsa-da, u nizolarni hal qilishning an'anaviy usullariga qimmatli muqobil bo'lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENSES):

1. https://viamediationcentre.org/readnews/ODY4/IS-CYBER-ARBITRATION-LEGAL

2. Giupponi, B. O. (2022). "Chapter 3 "Virtual" Dispute Resolution in International Arbitration: Mapping Its Advantages and Main Caveats in the Face of COVID-19". In The Impact of COVID on International Disputes. Leiden, The Netherlands: Brill | Nijhoff.

3. http://www.coinfox.ru/novosti/5400-ethereum-creator-vitalik-buterin-suggests-a-decentralized-arbitration-mechanism-2

4. О признания и приведении в исполнение иностранных арбитражных решений /Конвенция Организации Объединенных Наций (заключена в г. Нью-Йорке в 1958 г.)

5. http://www.law.muni.cz/sborniky/dp08/files/pdf/mezinaro/herboczkova.pdf

6. De Sylva M.O (2001), Effective means of resolving distance selling disputes, 67 Arbitration

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

7. Chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefmdmkaj/ https://www.international-arbitration-attorney.com/wp-content/uploads/arbitrationlawOnline-Arbitration-Vivek-S.pdf

8. Agarwal, K. Anurag, Resolving Business Disputes Speedily, Economic and Political Weekly, Vol. 41, No. 24, June 17-23, (2006)

9. http://www.egov.ufsc.br/portal/sites/default/files/anexos/18561-18562-1 -PB.pdf

10. Moses, Margaret L., The Principles and Practice of International Commercial Arbitration (Cambridge University Press 2008)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.