Научная статья на тему 'RAQAMLASHTIRILGAN TA’LIM SHAROITIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM TA’LIM JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH OMILI SIFATIDA'

RAQAMLASHTIRILGAN TA’LIM SHAROITIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM TA’LIM JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
13
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Barakayev Murod, Allado’Stova Dilrabo, A’Zamov Yusupjon

Ma’lumki, zamonaviy ta’lim sharoitida raqamlashtirish muhim o’rin tutub, unga erishishda ixtisoslashtirilgan ta’lim muhim o’rin tutadi. Ta’lim jarayonini raqamlashtirish mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat va xizmatlar bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlashdek asosiy masalalarini samarali hal etilishiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLASHTIRILGAN TA’LIM SHAROITIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM TA’LIM JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH OMILI SIFATIDA»

RAQAMLASHTIRILGAN TA'LIM SHAROITIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM - TA'LIM JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH OMILI SIFATIDA *Barakayev Murod, 2Allado'stova Dilrabo, 3A'zamov Yusupjon

1Ped.f. n., professor v.b. (TDPU) 2II bosqich magistrant (TDPU) 3MI ta'lim yo'nalish IV bosqich talabasi (TDPU) https://doi.org/10.5281/zenodo.10676710 Ma'lumki, zamonaviy ta'lim sharoitida raqamlashtirish muhim o'rin tutub, unga erishishda ixtisoslashtirilgan ta'lim muhim o'rin tutadi. Ta'lim jarayonini raqamlashtirish - mamlakatimiz uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat va xizmatlar bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlashdek asosiy masalalarini samarali hal etilishiga olib keladi.

Rivojlangan mamlakatlat ta'lim tizimi tahlillari shuni ko'rsatadiki: ilm-fan jadal rivojlanib borayotgan;

zamonaviy axborot-kommunakatsiya texnologiyalari kundalik hayotga keng joriy etilgan; jamiyatda turli fan sohalarida bilimlar tez yangilanib borayotgan bir sharoitda o'quvchi-talabalar va barcha soha xodimlaridan doimiy ravishda mustaqil holda o'z bilimlimlarini oshirib borishmalakalariga ega bo'lishi talab etilar ekan. Bunda raqamli texnologiyalar asosidayaratilgan elektron ta'lim resurslarigrafik, matnli, nutqli, musiqiy, video, audio, foto va boshqa axborotlar to'pamidan foydalanish muhim hisoblanadi. [1, 2].

Elektron ta'lim resurslari ta'lim jarayonida elektron vositalar hisoblanib, bilimlarning mos ilmiy-amaliy sohasi bo'yicha tizimlashtirilgan, o'quvchi-talabalar tomonidan shu sohadagi bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy va faol egallashni ta'minlaydigan elektron nashrdan iborat bo'ladi [4]. Ular ishlarni samarali va sifatli bajarilishi, badiiy bezalishi, axborotlarning to'liqligi, metodik qo'llanmalarning sifati, ko'rgazmaliligi, mantiqiyligi va bayon qilish ketma-ketligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, multimedialarning imkoniyatlari katta o'rin egallaydi va an'anaviy ko'rgazmalilik o'rganilayotgan ob'ektning aniqligini hisobga olgan bo'lsa, kompyuter texnologiyasidan foydalanish ilmiy qonuniyatlar, nazariyalar va tushunchalarni ifodalash imkoniyatlari yaratiladi [5].

Mazkur vazifalarni hal etish dunyo hamjamiyatida o'zligini yuksak darajada anglab yetgan, o'z qobiliyati darajasida samarali kasbiy faoliyat yurita oladigan shaxslarni tarbiyalab yetishtirish talab etiladi. Chunki, bunday shaxslar: mustaqil fikrlovchi, ishbilarmon, shaxsiy yaratuvchanlik faoliyatiga ega, insonlarga nisbatan mehr-oqibatli, fidoiy, vatanparvar, o'z egallagan kasbi bo'yicha yuqori malakaga ega bo'lish kabi xislatlarni o'zida to'la mujassamlashtirgan bo'ladi.

Ushbu masalaga mamlakatimiz nuqtai nazaridan yondashsak, tan olish kerak bugungi ta'lim tizimimiz bitiruvchilarining juda katta qismi talab darajasidan ancha orqada.

Bu borada shuni alohida qayd etish joizki, haqiqatan ham XXI asr axborotlar asri. Bu juda to'g'ri. Ammo, har bir o'quvchi yoki talaba yoki mutaxassis juda ko'p axborotga ega bo'lishi (hatto aqliy bilimlarga asoslangan axborotlar bo'lsada) bu uning shaxs sifatada shakllanishi uchun yoki kelgusida biror oliy o'quv yurtida yetarli kasbiy bilimlarni egallashi uchun yoki samarali kasbiy faoliyat yuritishi uchun asos bo'la olmaydi. Ming afsuski, hozirgi kunda ko'pchilik bilim bilan axborotni farqiga bormay qoldi. Ya'ni, bugungi kun kishisi "zamonaviy axborot-kommunakatsion texnologiyalarni samarali boshqara olsa, shuni o'zi

yetarli" - degan aqidaga asoslanib ish yurita boshladi. Bu to'g'riyo'l emas ekanligini bugungi kun to'la ko'rsatib turibdi [3].

Xo'sh unda nima qilish kerak? Ta'lim jarayonini tashkil etishda nimaga e 'tiborni kuchaytirish kerak?

Bizning nazarimizda bitmas-tuganmas axborotlarni ongli ravishda egallash uchun birinchi navbatda, mamlakatimizdagi har bir o'quvchi yoki talaba yoki ishchi yoki oliy ma'lumotli mutaxassis dastlab hech bo'lmagandayetarli darajada fundamental bilimlarni egallashi zarur. Ana shunda insonni bugungi kunda yo'l qo'yadigan xatolari kamayadi va u komillik sari yaqinlashadi.

Bu borada ijobiy natijaga erishish uchun nima qilish kerak? (matematika fani misolida o'z fikrlarimizni o'rtoqlashmoqchimiz):

1) Ta'lim tizimini imkoni boricha tez shaxsga yo'naltirilgan ta'lim tamoyillari asosida, ya'ni ixtisoslashtirish, ya'ni ijtimoiy-gumanitar, aniq-tabiiy fanlar va kasbga ixtisoslashgan sinflarga ajratgan holda tashkil etish (To'g'ri hozirgipaytda bu borada ma'lum ishlar amalga oshirilmoqda, lekin u maktablarda har bir ta'limyo'nalishi bo'yicha o'qitiladigan fanlar mazmunini to'la islohga muhtoj).

Izoh: Bunday sinflarga ajratish hech bo'lmaganda VII sinfdan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'lib, bunda mumkin qadar o'quvchilar qiziqishlarini aniqlashda asosiy imkoniyatni tashxis markazlari amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, yigirma birinchi asrda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasi asosida ta'limni tashkil etmasdan turib, ta'lim maqsadlariga erishib bo'lmaydi. Ya'ni, hozirgi kunda shaxs ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta'limni tashkil etish nachog'li samarali ekanligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko'rsatib turibdi. Albatta, shaxs ehtiyojidan kelib chiqqan holda ta'limni tashkil etish deganda biz bitta shaxs nuqtai nazaridan yondoshmasligimiz kerak, balki bir xil ta'limiy ehtiyojga ega bo'lgan o'quvchilar guruhi nuqtai nazaridan yondoshish kerak. Hozirgi ta'lim tizimizda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim elementlari nazarimda faqatgini qog'ozlarda, hisobotlardagina mavjud. Aks holda biz bo'lg'usi buyuk tarixchi bilan bo'lg'usi buyuk matematik yoki bo'lgusi buyuk xuquqshunos bilan bo'lg'usi buyuk dorishunosni bittapartada to'qqizyil majburiy o'qitmagan bo'lar edi [3].

Shu o'rinda bir narsani alohida ta'kidlashni joiz deb bilaman: Ayrim pedagoglar, ayrim ota-onalar maktab o'quvchilarini dars jarayonida sho'xlik qilishini ularni tarbiyasizlikda ayblashadi. Tan olish kerak, tarbiyasiz, be'zorillikka moyilligi bo'lgan o'quvchi turli xil bahonalarni izlab topib bo'lsada, o'quv mashg'ulotlarida qatnashmaslikka harakat qiladi. Dars jarayonida darsni borishiga to'sqinlik qilayotgan o'quvchini yomon o'quvchiga yo'yish mutlaqo noto'g'ri deb hisoblaymiz. U bechora, o'qituvchi tushuntirayotgan narsalarga aqli yetmagani uchun, zerikkani uchun darsni borishiga zimdan halaqit bermoqda.

Vaholanki, har qanday kishi o'zi uchun tushunarli, o'z aqli yetgan va u uchun qiziqarli bo'lgan narsaga butun vujudi bilan quloq soladi. Aslida hattoki, yoshi katta kishilar ham biror tadbirda o'zi uchun tushunarsiz yoki qiziqarli bo'lmagan ma'ruzularni oxiricha tinglamasdan atrofidagilarni o'ziga jalb qilishga harakat qilishiga har birimiz juda ko'p bor duch kelganmiz.

Shuning uchun, maktablarimizda tashkil etiladigan ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi sinflarda o'rganiladigan matematika mazmunini keskin soddalashtirish kerak. Bunda bu o'quvchilarning kelgusida ijtimoiy-gumanitar soha xodimi bo'lishi uchun ta'lim oladigan muassasalarda o'qishida zarur bo'ladigan matematik bilimlarni va shaxs sifatida shakllanishi uchun yordam beradigan mazmundagi matematikani o'rgatish va bu orqali yuzaga kelgan bo'sh

soatlarni ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi fanlarni o'rganishga yo'naltirish ta'lim samaradorligini oshishiga olib keladi. Xuddi shuningdek, aniq-tabiiy fanlarni o'qitishga ixtisoslashgan sinflarda yuqoridagining aks holatidaga qoidaga amal qilish albatta ta'lim maqsadlariga erishishni kafolatlashda muhim o'rin tutadi.

To'g'ri yuqoridagilar asosan davlatdan ma'lum miqdorda qo'shimcha mablag'larni sarflashni talab etadi. Lekin ertangi kunimiz farovon va obod bo'lishi pirovard maqsadimiz ekan, buni amalga oshirish bosh maqsadlardan biri bo'lishi muhimdir. Bularga erishish, kelajakda har bitiruvchi ongli ravishda kasb tanlashiga va malakali kasb egasi bo'lmasdan turib mehnat va xizmatlar bozorida o'ziga munosib o'rin topa olmasligini, bu esa o'zining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini hech bo'lmaganda minimal darajada bo'lsa ham ta'minlash imkoniyatlaridan mahrum bo'lishini va pirovardida o'zi yashayotgan jamiyat uchun boqimandaga aylanishini anglangan holda oldindan tushunib yetishiga olib keladi. Bu esa ularning nafaqat bilim olishga, balki chuqur bilim olishga bo'lgan intilishlarini rag'batlantiradi. Natijada, mamlakat hayotiga sog'lom fikrli, bilimli, malakali shaxslar kirib keladi. Bu har qanday sharoitda mamlakatimiz ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy hayotida biz uzoq yillardan beri orzu qilib kelayotgan orzularni ro'yobga chiqishi uchun to'la asos bo'la oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni, "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasi.

2. Abduqodirov A.A., Pardaev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amalièti. Monografiya. T.: Fan. 2009. -146 b.

3. Barakayev, M., Shamshiyev, A., O'rinov, X., Abduraxmonov, D. (2020). Problems of Teaching Mathematics in Modernization. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(2), 201-203

4. Abduqodirov A.A., Tursunov S.Q. Ta'limda axborot texnologiyalari, Toshkent, 2019. - 340 b.

5. Abduqodirov A.A., Toshtemirov D.E. Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Monografiya. Guliston: "Universitet", 2019. - 232 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.