Научная статья на тему 'RAQAMLASHGAN ASRDA BANKLARNING BARQAROR RIVOJLANISHI: INTEGRATSIYA VA TA’SIRLAR TAHLILI'

RAQAMLASHGAN ASRDA BANKLARNING BARQAROR RIVOJLANISHI: INTEGRATSIYA VA TA’SIRLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
18
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yashil bank ishi / ESG (ekologik / ijtimoiy / boshqaruv) integratsiyasi / raqamli transformatsiya / qog‘ozsiz bank ishi / qayta tiklanadigan energiya manbalarini moliyalashtirish / barqaror investitsiya mahsulotlar / yashil kreditlar / shaffoflik uchun blokcheyn / ESG ishlashi uchun ma’lumotlar tahlili. / Green Banking / ESG (Environmental / Social / Governance) Integration / Transformation / Paperless Banking / Renewable Energy Financing / Economic Investment / Green Loans / Transparency Blockchain / Data Analytics for ESG Company.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xasanboyeva Muxlisabonu Rasuljon Qizi

Ushbu maqola barqaror bank va raqamli texnologiyalarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi, bu ikki kuchning integratsiyasi moliya sanoatining kelajagini qanday shakllantirayotgani tahlillar orqali ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu integratsiya uchun qo‘llaniladigan usullar, erishilgan aniq natijalar ko‘rib chiqiladi va bank sektorining barqarorligi va raqamli transformatsiyasiga ta’siri muhokama qilinadi. Banklarning barqaror rivojlanishida axborot texnologiyalar asrining ahamiyati ham ushbu tadqiqot ishida yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF BANKS IN THE DIGITAL AGE: INTEGRATION AND IMPACT ANALYSIS

This article examines the relationship between sustainable banking and digital technology, examining how the integration of these two forces is shaping the future of the financial industry. It also examines the methods used for this integration, the concrete results achieved, and discusses the implications for the sustainability and digital transformation of the banking sector. The importance of the age of information technology in the sustainable development of banks is also highlighted in this research work.

Текст научной работы на тему «RAQAMLASHGAN ASRDA BANKLARNING BARQAROR RIVOJLANISHI: INTEGRATSIYA VA TA’SIRLAR TAHLILI»

RAQAMLASHGAN ASRDA BANKLARNING BARQAROR RIVOJLANISHI: INTEGRATSIYA VA TA'SIRLAR TAHLILI

Xasanboyeva Muxlisabonu Rasuljon qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti khasanboevamukhlisabonu@gmail. com

Annotatsiya: Ushbu maqola barqaror bank va raqamli texnologiyalarning o'zaro bog'liqligini o'rganadi, bu ikki kuchning integratsiyasi moliya sanoatining kelajagini qanday shakllantirayotgani tahlillar orqali ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu integratsiya uchun qo'llaniladigan usullar, erishilgan aniq natijalar ko'rib chiqiladi va bank sektorining barqarorligi va raqamli transformatsiyasiga ta'siri muhokama qilinadi. Banklarning barqaror rivojlanishida axborot texnologiyalar asrining ahamiyati ham ushbu tadqiqot ishida yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Yashil bank ishi, ESG (ekologik, ijtimoiy, boshqaruv) integratsiyasi, raqamli transformatsiya, qog'ozsiz bank ishi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini moliyalashtirish, barqaror investitsiya mahsulotlar, yashil kreditlar, shaffoflik uchun blokcheyn, ESG ishlashi uchun ma'lumotlar tahlili.

SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF BANKS IN THE DIGITAL AGE: INTEGRATION AND IMPACT ANALYSIS

Khasanboyeva Mukhlisabonu Rasuljon kizi

Master student of Tashkent State University of Economics [email protected]

Abstract: This article examines the relationship between sustainable banking and digital technology, examining how the integration of these two forces is shaping the future of the financial industry. It also examines the methods used for this integration, the concrete results achieved, and discusses the implications for the sustainability and digital transformation of the banking sector. The importance of the age of information technology in the sustainable development of banks is also highlighted in this research work.

Keywords: Green Banking, ESG (Environmental, Social, Governance) Integration, Transformation, Paperless Banking, Renewable Energy Financing, Economic

Investment, Green Loans, Transparency Blockchain, Data Analytics for ESG Company.

УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ БАНКОВ В ЭПОХУ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ: ИНТЕГРАЦИЯ И АНАЛИЗ ВОЗДЕЙСТВИЯ

Хасанбоева Мухлисабону Расулжон кизи

Магистрант Ташкентского государственного экономического университета

[email protected]

Аннотация: В этой статье рассматривается взаимосвязь между устойчивым банкингом и цифровыми технологиями, а также то, как интеграция этих двух сил формирует будущее финансовой индустрии. В нем также рассматриваются

методы, используемые для этой интеграции, конкретные достигнутые результаты и обсуждаются последствия для устойчивости и цифровой трансформации банковского сектора. В данной исследовательской работе также подчеркивается важность века информационных технологий для устойчивого развития банков.

Ключевые слова: зеленый банкинг, интеграция ESG (экологическая, социальная, управленческая), цифровая трансформация, безбумажный банкинг, финансирование возобновляемых источников энергии, устойчивые инвестиционные продукты, зеленые кредиты, блокчейн, анализ данных показателей эффективности ESG.

KIRISH

So'nggi yillarda moliya sanoati barqaror bank ishi va raqamli texnologiyalar o'rtasidagi transformativ sinergiyaga guvoh bo'ldi. Barqarorlikning ortib borayotganining ahamiyati va bank ishida raqamlashtirishning bir vaqtda yuksalishini ta'kidlagan holda bir qancha izlanishlar amalga oshirilmoqda. Unda ushbu ikki tendensiya bank amaliyotini tubdan isloh qilish, atrof-muhitga mas'uliyat, ijtimoiy ta'sir, boshqaruv va raqamli texnologiyalarning ahmiyati kabi asosiy mavzularni kiritish uchun qanday birlashishini o'rganish kabi umumiy maqsadlarni belgilaydi. Moliyaviy industriyada yanada barqaror amaliyotlar tomon sezilarli siljish bo'layotganligini inobatga olgan holda, atrof-muhit va ijtimoiy muammolar bo'yicha global sezuvchanlik o'sishi davom etar ekan, jismoniy shaxslar va korxonalar moliyaviy qarorlarini sayyoramiz va uning aholisi farovonligini birinchi o'ringa qo'yadigan qadriyatlarga muvofiqlashtirish yo'llarini tobora ko'proq izlamoqda. Ushbu paradigma o'zgarishi barqaror bank konsepsiyasini keltirib chiqarmoqda, bu atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv masalalarini an'anaviy bank amaliyotiga birlashtiradigan yaxlit yondashuv hisoblanadi.

Yurtimizda ham barqaror bank tizimi tamoyillarini (ESG) yaratish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o'sishga erishish orqali kambag'allikni ikki barobarga qisqartirish, iqtisodiyotda raqobatni ta'minlash, tadbirkorlik subyektlariga keng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga to'laqonli o'tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy investitsiyalar hajmini keskin oshirish hamda biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlash maqsad qilib qo'yilgan. Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirish, iqtisodiyotda samarasiz ishlayotgan korxonalar ulushini kamaytirish hisobiga sifat jihatidan yangi, xususan, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga asoslangan investitsiyalar va ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo'lgan texnologiyalarning ko'payishini rag'batlantirish davlat tomonidan qo'llab quvvatlanmoqda [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bank sanoati moliyaviy resurslarni barqaror maqsadlar sari safarbar qilish uchun muhim bo'lgan yagona vositachilik vazifasi tufayli zarurdir. Masalan, yashil loyihalarni resurslar bilan ta'minlash, samarali investitsiya fondlarini boshqarish va taqsimlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG) moliyalashtirishni ta'minlashga yordam beradi. 2008-yilgi moliyaviy inqiroz, to'rtinchi sanoat inqilobi va COVID kabi bir qator tashqi zarbalar bank sanoati biznes modelining ustunlariga chuqur ta'sir ko'rsatdi. Ushbu zarbalar banklarning raqamli va barqaror transformatsiyasini tezlashtirdi, natijada hozirgi kunda bank sanoati va raqamli asrning o'zaro uyg'unligiga guvoh bo'lmoqdamiz.

Barqaror bank sohasi bo'yicha turli xil qarashlar va olimlarning konsepsiyalari mavjud. Barqaror bank ishi "odamlarning ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mo'ljallangan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish" deb ta'riflaydi o'z ilmiy izlanishlarida A.W. Yip va N.M. Bocken. Barqaror bank ishi, banklarning korporativ ijtimoiy javobgarligi, axloqiy banklar (ijtimoiy mas'uliyatli investitsiya siyosati va biznes amaliyotini amalga oshiruvchi tashkilot), yashil banklar haqida bir qancha samarali tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Barqaror bank faoliyatining shaxsiy tadqiqot sohasi sifatida ortib borayotgan dolzarbligi mavjud adabiyotlarni keng ko'lamda ko'rib chiqishni talab qiladi. Barqaror bank faoliyati to'g'risidagi mavjud adabiyot sharhlari barqaror bank sohasi haqida to'liq tasavvurni taqdim eta olmaganligi sababli bu sohada ko'p izlanishlar qilinishini talab qiladi. Masalan, Gutiérrez-Nieto va Serrano-Cinca (2019) mikromoliya haqidagi adabiyotlarni ko'rib chiqadi, Fabregat-Aibar va boshqalar (2019) ijtimoiy mas'uliyatli investitsion fondlarni tahlil qiladi, Zhang (2019) va Sarma and Roy (2020) yashil bank

faoliyatini ko'rib chiqadi. Biroq, barqaror bank ishi tadqiqot sohasi sifatida keng qamrovda o'rganilinmagan va ayniqsa bu sohaning IT bilan o'zaro integratsiyasi yangi izlanishlarga doimo ochiq.

Ko'pgina tadqiqotlar barqaror bank faoliyatini ta'minlovchi asosiy tamoyillarga urg'u beradi. Scholtens (2005) fikriga ko'ra, barqaror bank faoliyati ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) mezonlarini bank operatsiyalariga integratsiyalashni o'z ichiga oladi. Ushbu integratsiya uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlab, moliyaviy rentabellikni muvozanatlashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, adabiyotlar barqaror bank faoliyatining asosiy tamoyillari sifatida ekologik mas'uliyat, ijtimoiy ta'sir va axloqiy investitsiyalar muhimligini ta'kidlaydi (Beck va boshq., 2006; Klinkers va Niesten, 2012).

Ko'plab olimlar aynan barqaror bank tashkil qilishda tabiat, korporativ boshqaruv va hukumatlararo bog'liqlikni o'rganib chiqqanlar, lekin aynan barqaror banklarning axborot texnologiyalari ta'sirida rivojlanishi o'rganilishi zarur va quyidagi tadqiqotimiz davomida aynan shunday tahlillar keltirib o'tamiz.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mavzuni ilmiy o'rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, barqaror bank sohasining axborot texnologiyalari bilan birgalikda rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish va uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatiga mos ravishda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar berildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Butun dunyo bo'ylab iqtisodiy barqarorlikka intilish, tabiatni asrashga bo'lgan talab moliya sektoriga ham ta'sir qilib kelmoqda. Hozirgi davr talabi ham aynan bank va moliyaviy xizmatlar sanoati barqarorlik tashabbuslari nuqtai nazaridan tabiatni asrovchi maqsadlarga sodiqligini namoyish qilishi kerak.

Barqaror bank faoliyati atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) ta'sirini hisobga olgan holda bank operatsiyalari va tadbirkorlik faoliyatini strategik rejalashtirish va amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Banklar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (SDG) erishishda katta ro'l o'ynaydi [2]. Banklar va moliya institutlari moliyaviy takliflar, kreditlar va yashil loyihalar uchun investitsiya sxemalarini qo'llab-quvvatlashlari mumkin, bu esa barqaror rivojlanish yo'lidan borayotgan jismoniy shaxslar va kompaniyalarga yordam beradi. Boshqaruv tomondan banklar barqaror bank amaliyotlarini o'z operatsiyalariga, inson resurslariga va jismoniy aktivlarni boshqarishga kiritishlari mumkin. Ichki va tashqi barqarorlik tashabbuslarini olg'a suradigan va harakat qiladigan banklar oxir-oqibat raqobatbardosh ustunlikka ega bo'ladi [3].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining SDG, ya'ni barcha jihatlarni - biosfera, jamiyat va iqtisodiyotni o'z ichiga olgan barqarorlik uchun keng qamrovli strategiyasini taklif qiladi. Barqaror dunyoga erishish uchun ushbu jihatlarning barchasini hisobga olish kerak.

Yuqori daromadli banklar turli sohalarda barqarorlik bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmalariga olishni boshlashlari va ular barqaror biznes strategiya bo'yicha uzoq muddatli istiqbolli ishlar amalga oshirishlari kerakligi juda zarurdir [4]. Masalan, tog'-kon sanoati kabi atrof-muhitga zarar yetkazuvchi sohalarga investitsiyalarni to'xtatishlari yoki qisqartirishi mumkin yoki bu amaliyotlarni zararsiz usulda tashkil etish amaliyotlarini ishlab chiqishlari, shu bilan birga muqobil energiya ishlab chiqaruvchi yoki iste'mol qiluvchi tarmoqlarga bo'lgan majburiyatlarni oshirishlari mumkin. Xodimlar esa ma'lum tartib-qoidalar, siyosatlarga nima uchun amal qilinishini tushunishlari va ularni qabul qilishlari uchun o'qitilishi kerak. Sababi, madaniy tafakkurni o'zgartirish barcha darajalarda talab qilinadi.

Bank va moliya sanoatlarida tartibga soluvchi tashkilotlar banklarning barqarorlik strategiyasini ommaga tanishtirib kelmoqdalar va bu orqali o'rnatilgan yashil qoidalar yaqin kelajakda hayot tarzimizga aylanib qolishi mumkin. Xatarlarni boshqarish, prognozlash va uzoq muddatli startegiyalar joriy etish zaruratga aylanishi ham kutilmoqda. Buning uchun esa banklardan talab etiladiganlar to'g'ri tahlillar amalga oshirish va ESG ma'lumotlari haqida tushunchaga ega bo'lish uchun smart tahlil platformalarini o'rnatishdir. Yashil moliya qayta tiklanadigan energiya, yashil obligatsiyalar va barqaror infratuzilmani moliyalashtirishga mo'ljallangan investitsiyalarni o'z ichiga oladi. An'anaviy moliya va barqarorlik siyosatidagi nomuvofiqlik muammolarni keltirib chiqarishi tufayli ham banklar o'zlari uchun kerakli strategiya, konsepsiyalarni aniqlab olishlari lozim [5].

Banklarda IT infratuzilmasi barqarorlikni amalga oshirayotgan yana bir sohadir. Bulutli infratuzilmadan foydalanish uglerod izi va emissiyasini kamaytiradi, bundan tashqari, xarajatlarni kamaytirishga sezilarli hissa qo'shadi. Shuningdek, bank sohasidagi raqamli transformatsiya ularni operativ va yuqori samarali ishlarni qilishlariga olib keladi [6].

ESGni bank faoliyatiga tadbiq etish murakkab va shuning uchun u yuqori malaka, ilg'or texnologiyalarni talab qiladi. Tashkilotlar risklarni boshqarish uchun, banklar shuningdek, ish hajmini avtomatlashtirishga, ishonchli ma'lumotlarga tayanish uchun zaruriy platformalarga sarmoya kiritishlari kerak. Uzoq kelajak uchun barqaror bank ishi muqobil strategiya orqali faoliyat yuritishni talab qiladi va shuning uchun ham mijozlar fikrini inobatga olgan holda, biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi yangi texnologik asrimizning talabi hisoblanadi. To'g'ri siyosat, protseduralar va texnologiyaga investitsiyalar bilan banklar o'z xizmat sifatini yaxshilashi va ularning ko'lamini oshirishi mumkin bo'ladi [7].

Raqamli barqarorlik bank sohasida mega-trend sifatida rivojlanmoqda. 2021-yilda BMTning iqlim bo'yicha konferensiyasi (COP26) o'tkazilgach, keng jamoatchilik, investorlar, tartibga soluvchilar va mijozlar sohada atrof-muhitni o'zgartirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirish zarurligidan xabardor bo'lishdi. Natijada, butun dunyo bo'ylab banklar barqaror amaliyotlarga ustunlik berishga, atrof-muhit, barqarorlik va boshqaruv (ESG) maqsadlariga erishishga sekin astalik bilan moslashmoqda [8]. Misol uchun, "Santander" kabi eng yirik global moliyaviy xizmatlar instituti 2050-yilga kelib toza nol chiqindilarni chiqarishga va'da berganligi butun dunyo moliyaviy sohasida ijobiy o'zgarishlar ro'y berishi haqidagi kutilmalarni hosil qiladi. Santander filiallari va korporativ biznes markazlar tarmoqlari va shu bilan bir qatorda raqamli kanallar orqali mijozlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda. Tashkilot Buyuk Britaniya iqtisodiyotida va o'z mijozlari faoliyatida muhim ro'l o'ynaydi. Odamlarga o'z uylarini sotib olishda, kelajak uchun mablag'lar jamg'arishda va bizneslarini rivojlanishini qo'llab-quvvatlashda amaliy tavsiyalar berib, o'z mavqeyini yanada rivojlantirmoqda.

Hozirgi kunda bu moliyaviy tashkilotning strategiyasi mijozlari, aksiyadorlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun eng muhim bo'lgan va real ta'sir ko'rsata oladigan ijtimoiy va ekologik mavzularni qamrab oluvchi yo'nalishga qaratilgan va strategiyasi aynan quyidagi to'rtta ustun asosiga qurilgan:

1. Mijozlarning ajoyib tajribasini taqdim etish orqali ularning sodiqligini oshirish.

2. Samaradorlik va daromadni oshirish uchun biznes modelni qayta ko'rib chiqish va raqamlashtirish.

3. Xodimlar bilim olishlari uchun sarmoya kiritish.

4. Tashkilot faoliyati orqali barqarorlikni yaxshilash3.

Shuni ham inobatga olish kerakki, hozirgi kunda bunday moliyaviy tashkilotlar, ya'ni barqarorlik sari intilayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Shuningdek, har bir tashkilot bir maqsad yo'lida birlashar ekan, ular taklif qilayotgan biznes modellar, strategiyalar ham bir asosga jam bo'ladi. Raqamlashtirish va iqtisodiy barqarorlikka erishish shu asosni tashkil qiladi va buning uchun maxsus konsepsiyalar ishlab chiqish talab qilinadi [9].

3 https://www.santander.co.uk/

1-rasm. Raqamlashtirishning bank faoliyati va barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga ta'siri va ta'lim xarakterini aks ettiruvchi

kontseptual model4

Barqaror rivojlanish maqsadlari:

SDG1 - qashshoqlikka barham berish

SDG5 - gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish

SDG8 - ish o'rinlari istiqbollarini oshirish bilan bog'liq va shuning uchun banklar uchun juda muhim.

Konseptual model raqamlashtirishning o'qitish tabiatiga bevosita ta'siri bilan ijobiy bog'liqligini aks ettiradi. Raqamlashtirish bank faoliyati bilan ijobiy bog'liq bo'lib, raqamlashtirishning (ya'ni, raqamli madaniyat, raqamli texnologiyalar va raqamli ko'nikmalarning integratsiyasi) bank faoliyatiga bevosita ta'sirini (moliyaviy; mijoz; ichki biznes jarayoni; innovatsiyalar va moyillik istiqbollari orqali o'lchanadi) o'rganishdir. Ta'limning tabiati bank faoliyati bilan ijobiy bog'liq bo'lib, ta'lim

4 https://www.mdpi.com/ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

xarakterining bank faoliyatiga bevosita ta'sirini hisobga oladi va bank faoliyati aniq barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'ladi (SDG1, SDG5 va SDG8).

Raqamli madaniyat - bu mijozlar tajribasini yaxshilash, xodimlarning samaradorligini oshirish va risklarni boshqarish mexanizmini ta'minlash uchun innovatsiyalar, texnologik yutuqlarga ochiq raqamli muhitni qo'llash va yaratishdir. Bundan tashqari, ma'lumotlar tahlili, kodlash, veb-dizayn, raqamli marketing va kiberxavfsizlikni o'z ichiga olgan raqamli ko'nikmalar to'plamlari, bank xodimlarini bank sanoatining dinamik muhitini o'lchashga va unga muvofiq javob berishga undashi davr talabi hisoblanadi. Bank ishini raqamlashtirish strategik ta'lim dasturlarini talab qiladi. O'qitishning tabiati (ish joyida, ishdan tashqari va maxsus tayyorgarlik) bank faoliyatiga qanday ta'sir qilishini nazorat qilib borish kerak. Sababi, jamiyatning bir bo'lagi bo'lgan banklarning jamiyat oldidagi muayyan majburiyatlari bor. SDGlarni amalga oshirish bank sanoati tomonidan ijtimoiy sohalarga to'lovni kengaytirish sifatida keladi. Bank sanoati moliyaviy inklyuzivlikni rag'batlantirish, moliyaviy xizmatlardan foydalanishni ta'minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, qayta tiklanadigan energiyaga sarmoya kiritish va uglerodlarni kamaytirish orqali iqtisodiyotning moliyaviy holatini saqlash uchun javobgardir (SGD8), SDGlni amalga oshirish uchun banklar qashshoqlikdan aziyat chekkan hududlarga moliyaviy yordam ko'rsatishi va ularning rivojlanishiga yordam berishi kerak va SDG5 ayollarga moliyaviy yordam ko'rsatishni va ularni biznesni boshlash va rivojlantirish uchun tegishli resurslar bilan ta'minlashni nazarda tutadi [10].

Demak, har bir soha tabiatni asrash, raqamlashuv va bank o'rtasida o'zaro kuchli bog'lanish mavjud ekan, har bir tashkilot o'z faoliyatini transformatsiya qilish orqali bugungi davr talabiga moslashishi zarurdir. Bu nafaqat davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun, balki ijtimoiy va manaviy rivoji uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA

Yuqorida ko'rib o'tkanimizdek, iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlash bevosita raqamlashtirish bilan bog'langan. Ya'ni moliyaviy institutlar o'z faoliyatini atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) tamoyillari bilan muvofiqlashtirish zarurligini tan olishlari sababli, bank sohasida barqarorlik raqamli asrda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagi tahlillarimiz orqali raqamli asrda barqarorlikni bank amaliyotiga integratsiya qilishning bir necha usullari mavjudligini keltirib o'tishimiz mumkin:

- Energiya samaradorligini oshirish va qog'ozsiz bank ishini tashkil etishning asosi "yashil bank operatsiyalar"ini joriy etish bilan bog'liqdir. Bank sohasida raqamli transformatsiya texnologiyaga sezilarli tayanishni o'z ichiga oladi. Banklar uglerod

izlarini kamaytirish uchun energiya tejaydigan texnologiyalar va ma'lumotlar bazasini tobora ko'proq o'zlashtirmoqda. Shuningdek, raqamli tranzaksiyalar va onlayn bankingga o'tish qog'ozga asoslangan jarayonlarga bo'lgan ehtiyojni kamaytirishi orqali, resurslar sarfíni va chiqindilarni minimallashtiradi.

- Yashil kredit, obligatsiyalar va barqaror investitsiya portfellari orqali barqaror loyihalarni moliyalashtirish samarali usullardan hisoblanadi. Banklar ekologik toza loyihalarni qo'llab-quvvatlaydigan moliyaviy mahsulotlarni taklif qilmoqdalar va bunda barqarorlikka e'tibor qaratadigan korxonalar uchun yashil kreditlar, atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan loyihalar uchun kapital jalb qiluvchi yashil moliyalashtirishni amalga oshiradilar. Shuningdek, raqamli platformalar banklarga mijozlari uchun barqaror investitsiya imkoniyatlarini taklif qilishga yo'l ochib beradi va bu orqali robo-maslahatchilar va onlayn investitsiya platformalari ESG mezonlarini investitsiya strategiyalariga kiritishlari mumkin.

- Ta'minot zanjiri va firibgarlik, korrupsiyani kamaytirish maqsadida blokcheyn texnologiyasidan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Banklar blokcheyn yordamida mablag'larning kelib chiqishini kuzatishi mumkin, bu ularning noqonuniy yoki barqaror bo'lmagan amaliyotlar bilan bog'liq emasligiga ishonch hosil qiladi. Shu bilan bir qatorda blokcheynning markazlashtirilmagan va shaffof tabiati firibgarlik va korrupsiyani kamaytirishga yordam beradi va boshqaruvni yaxshilashga hissa qo'shadi.

Xulosa qilib aytganda, raqamli asrda bank faoliyatining barqarorligi ichki operatsiyalarni ham, mijozlar, investorlar va jamoalar bilan tashqi o'zaro munosabatlarni ham qamrab oladigan keng qamrovli yondashuvni o'z ichiga oladi. Raqamli texnologiyalarni qo'llash banklarga o'z amaliyotlarini global barqarorlik maqsadlariga moslashtirish uchun innovatsiyalar kiritish va moslashtirish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni.

2. Yip, A.W.; Bocken, N.M. Sustainable business model archetypes for the banking industry. J. Clean. Prod.; 2018; 174, pp. 150-169. [DOI: https://dx.doi.org/10.1016/i.iclepro.2Q17.10.1901

3. Jeucken, M., 2004. Sustainability in finance: Banking On the Planet. Eburon

ed.

4. Journal of Management & Governance, 2015, vol. 19, issue 2, 303-340. https://econpapers.repec.org/article

5. San-Jose, L., Retolaza, J.L. & Gutierrez-Goiria, J. Are Ethical Banks Different? A Comparative Analysis Using the Radical Affinity Index. J Bus Ethics 100, 151-173 (2011). https://doi.org/10.1007/s10551-011-0774-4 Int. J. Inf. Manage., 47 (2019), pp. 183-197

6. Mishra, M., Desul, S., Santos, C.A.G. et al. A bibliometric analysis of sustainable development goals (SDGs): a review of progress, challenges, and opportunities. Environ Dev Sustain (2023). https://doi.org/10.1007/s10668-023-03225-w

7. Zhang, D., Zhang, Z., & Managi, S. (2019). A bibliometric analysis on green finance: Current status, development, and future directions. Finance Research Letters, 29, 425-430. https://doi.org/10.1016/j.frl.2019.02.003

8. Journal of Sustainable Finance & Investment, 2021, vol. 11, issue 2, 143-162. https://econpapers.repec.org/

9. We're committed to building a better future for the wider world. URL: https://www.santander.co.uk/corporate/why-santander-corporate/sustainability

10. Bahl, K.; Kiran, R.; Sharma, A. Scaling Up Banking Performance for the Realisation of Specific Sustainable Development Goals: The Interplay of Digitalisation and Training in the Transformation Journey. Sustainability 2023, 15, 13798. https://doi.org/10.3390/su151813798 https://www.mdpi.com/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.