EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
p y v HW^ ,1
EURASIAN JOURNAL OF
RAMZIY MA'NO VA UNING O'RGANILISHI
Muxammadaliyeva Shaxzoda Maxmud qizi
ToshDO'TAU o'qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10691048
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15th February 2024 Accepted: 21th February 2024 Online: 22th February 2024
KEYWORDS Ramz, san'at, xususiyat, timsol, vosita, semantika, madaniyat.
Ramz va ramziy ma'no masalalari haqidagi qarashlar qadimdan insoniyatni qiziqtirib kelgan. Aynan shu qiziqishlar bois uning o'rganilishiga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada ramziy ma'no va unig o'rganilishiga doir nazariy qarash va tahlillar o'rin olgan. Maqoladan ko'zlangan maqsad ramziy ma'noning xorij va o'zbekistonlik olimlar tomonidan o'rganilishi, u haqidagi yangi nazariy fikrlarni yoritish va ularni ilm ahliga yetkazib berishdir.
Kirish
G'arbda ramz masalasini nisbatan erta tizimli o'rgangan nemis olimi Hegeldir. U falsafa va san'at nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda insoniyatga xos san'atni ramziy, klassik hamda romantik kabi uchta turkumga ajratdi. Ular ichidan ramzlar turkumiga xos san'atni insoniyatning eng dastlabki san'ati deya baholadi. Shu sababdan ham Hegel ramzlarni "san'atdan oldingi san'at" (verkunst) , "san'atning tayyorgarlik bosiqichi" deb ta'kidlaydi1. Chunki insoniyat qadimgi davrlandanoq atrofidagi narsalarga qarab, ularni ramziylashtirgan.
Hegel ramz faoliyatining insoniyat ruhiyatini mashq qildirish bosqichi ekanligiga urg'u berib, unga epistomologik (bilish nazariyasi) nuqtayi nazardan yondashadi. Shu sabab ham u ramzni tafakkur tarzi, bilishning bir ko'rinishi sifatida ta'kidlaydi2.
Asosiy qism
Xorijiy sotsiologiyada (T.Parsons, A.Schutz, N.Elias) ramzga ijtimoiy voqelikning asosiy elementi sifatida qaraladi. H.Dunkan ramzda ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy integratsiyalashuvining asosiy mexanizmini ko'radi. Madaniyatlararo timsollarning tipologiyasi va funksiyalari muammosi A.F.Losev, N.N.Rubtsov, N.Elias va boshqalar tomonidan o'rganilgan3.
Rus fanida ramzlar muammosi rivojlanishining boshida A.Beliy, E.N. Trubetskoy, P.Florenskiy kabi mashhur rus mutafakkirlari turgan. Muammoga doir jiddiy nazariy va
1 Очилов О. VII-Х асрлар танг даври шеъриятида рамзлар семантикаси: Филол. фан. буйича фалсафа док....дисс. - Тошкент, 2018. - Б. 17.
2 Очилов О. VII-Х асрлар танг даври шеъриятида рамзлар семантикаси: Филол. фан. буйича фалсафа док....дисс. - Тошкент, 2018. - Б. 17.
3 Юлия Т. Символ в межкультурной коммуникации. Автореферат доктора философских наук. - Ростов-на-Дону, 2008. - С. 6.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
uslubiy ishlar mualliflari V.I.Antonov, S.S.Averintsev, E.N.Rubtsov. Bu yerda alohida o'rin Moskva-Tartu semiotik maktabi vakillari Y.M.Lotman, N.L.Muskhelishvili, V.N.Toporov va boshqalarning ilmiy asarlarida ramz madaniyatning asosiy razmiy vositalardan biri hisoblanadi. Golosovkera, N.D.Arutyunova, B.A.Uspenskiy va boshqalar ramz dunyolar orasidagi chegara chizig'i rolini o'ynaydi deb hisoblaydi4.
Ramzlarning har xil turlarini A.A.Potebnya, B.A.Rybakov, V.N.Toporov (mifologik belgilar), D.Skorupski, I.Vardenburg, M.M.Kasperavichyus, Tyornerde (diniy ramzlar), J.Xall, E.G.Yakovlev (badiiy ramzlar), Y.Karpov, M.B.Plyuxanova, S.D.Sulimenko (etnik belgilar), O.A.Karmadonov, I.V.Mostovaya, Z.P.Sikevich
(ijtimoiy ramzlar), E.V.Zazykina, D.N.Zamyatin, D.A.Misyurov (siyosiy ramzlar), V.V.Pokhlebkin, V.Saprykov, V.A.Soboleva (davlat ramzlari) lar o'rgangan5.
J.Vardenburg, Koldemich, D.Fontana va boshqalarning asarlarida ramz turli olamlar o'rtasida vositachi deb ta'riflangan. Freyd. E.Fromm, Y.Kristev va boshqalar ramzni shaxs psixikasi va madaniyatida ongsiz tamoyillarning namoyon bo'lishining yagona bilvosita imkoniyati deb hisoblaydilar. Kollektivda ongsizlikning universal tasvirlari-ramzlari (arxetiplari) mavjudligi haqidagi Yungning g'oyalari katta qiziqish uyg'otgan. G'arbdagi ramz tushunchalarining rivojlanishiga E.Kassier, T.Todorov, A.Uaytxed, J.Bodriyar va boshqalarning asarlari katta ta'sir ko'rsatdi6.
Ingliz olimi E. B. Taylor ramzlarni sodda va murakkab turkumga ajratadi. Eng ibtidoiy -turli shakllar, ovozlar, qo'l harakatlari va boshqalari sodda ramzlarga mansub bo'lsa, murakkab ramzlar turkumini ibodat marosimlari va madaniy mazmunga ega turli buyumlar, rasm-rusumlar tashkil qiladi7.
Y.Lotman ramz haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: "O'zida aloqador bo'lgan o'tmish xotiralarini kondensatsiyalashtira olgan va asragan hamda qayta yuzaga chiqadigan barcha belgilar ramzdir"8. Ramzning madaniy xotira vazifalarida namoyon bo'lishi asosan uch xil ko'rinishga ega:
- ramz yuqori darajada kondensatlashish salohiyatiga ega, u o'zining zichlash usulidan foydalanib, katta miqdordagi madaniy ma'lumotni saqlay oladi hamda umumqadriyatlar va qonuniyatlarni mujassamlashtiradi;
- u mustaqil ravishda migratsiya qilish xususiyatiga ega. U yangi kontekstda turli zahirada turgan ma'lumotlarni qayta jonlantiradi, muayyanlashtiradi, baholaydi hamda o'tmish, hozir va kelajak o'rtasida ko'prik vazifasini o'taydi;
- ramz yaqqol yaratish xususiyatiga ega. U insoniyatning tasavvur, yaratuvchanlik va bashorat qilish kuchlariga tayangan holda to'xtovsiz ravishda o'zining xotira omborini yangilab, yangi madaniy mazmunni yuzaga chiqaradi.
4 Саранчева Н. Символ как социокультурный феномен. Автореферат диссертация кандидата философских наук.
- Волгоград, 2007. - С. 4.
5 Юлия Т. Символ в межкультурной коммуникации. Автореферат доктора философских наук. - Ростов-на-Дону, 2008. - С. 6.
6 Саранчева Н. Символ как социокультурный феномен. Автореферат диссертация кандидата философских наук.
- Волгоград, 2007. - С. 5.
7 Очилов О. УП-Х асрлар танг даври шеъриятида рамзлар семантикаси: Филол. фан. буйича фалсафа док....дисс. - Тошкент, 2018. - Б. 20.
8 Лотман Ю.М. Семиосфера. - Санкт-Петербург: Искусство - СПб, 2001. - С. 617.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Ochilov Ozodjon o'zining "VII - X asrlar tang davri she'riyatida ramzlar semantikasi" dissertatsiyasida ramziy ma'nolar haqidagi nazariy qarashlar, ularning yuzaga kelish omillari, badiiy adabiyotga kirib kelishi, Tang davri she'riyatida ramzlar semiotikasi haqida to'xtalib, ramzlarni g'oyaviy-badiiy va falsafiy qarashlar kesimida tahlil qilgan. Shuningdek, ramziy obrazlarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan talqin qilish masalasiga ham e'tibor qaratgan, dissertatsiyaning III bobi "Tang she'riyatida "Oy" va "may" ramzlari semantikasi" deb nomlanib, unda "Oy va may" ramziy obrazining ma'no talqinlari, Li Bay she'rlaridagi ramziy obrazlar semantikasi ham alohida tahlil etilgan. U ramzlarning inson xotirasi bilan bog'liqligi, boy madaniy ma'lumotlarni saqlab kelishi, ramziy so'zlar anglatuvchi ma'nolar asosan xalqning his-tuyg'ulari, hayotiy qarashlari, o'y-fikrlari, estetik ko'nikmalarining mujassamlashuvi ekanligini qayd etgan9.
Jumatova Nasiba "Hozirgi o'zbek she'riyatida rang bilan bog'liq ramziy obrazlar" dissertatsiyasida rang bilan bog'liq ramziy obrazlar tarixiga nazar tashlab, o'zbek she'riyatida rang bilan bog'liq ramziy obrazlarni yoritgan. U ramzni voqelikni jonli mushohada qilish orqali vujudga kelgan tasavvurdan iboratligi, ramz voqelikning in'ikosiligi, ramz - she'rdagi badiiy g'oyani yashiruvchi, sir pardasiga o'raydigan vosita, rang esa ana shu yashirin g'oyani chuqurlashtiruvchi va yo'naltiruvchi ramzligini misollar orqali tahlil qilib bergan10.
Jumayeva Sofiya esa ramzning ma'no bo'laklarini to'g'ri tushunish uchun xalqning madaniyati, diniy qarashlari va urf-odati bilan yaqindan tanishib, diniy-irfoniy istilohlar lug'atidan foydalanish kerakligi, bo'lmasa bu ramzlar o'quvchi uchun tilsimligicha qolishini yozadi. Ramzlar muayyan bir toifadagi kishilarning yashirin aloqa vositasi ekanligi, yashirin sirlarni bir-biriga yetkazish vositasi - razmlarning vujudga kelishiga sabab bo'lganligini aytadi11.
Qurbonova Dilnoza o'zining "Tilshunoslikda ramziy ma'nolarni tushunishning o'ziga xos ahamiyati" maqolasida ramzning quyidagi jihatlarini ajratib ko'rsatish o'rinli deya yozadi:
- falsafiy jihatdan, ramz tafakkur mahsuli va tafakkur ramzda aks etadi (germenevtik aylana tarzida);
- germenevtik jihatdan, har qanday ramz ma'lum bir ma'noni ifoda etadi, uni tushuntiradi;
- gnoseologik jihatdan, ramzni ma'lum kishilar (turli ijtimoiy guruh va qatlamlar) o'z bilim darajasi va bilish miqyoslari darajasida yaratadi va anglab yetadi;
- ontologik jihatdan, butun borliq ramzlardan tashkil topadi;
- psixolik jihatdan, ramzda doim muayyan ruhiyat va kayfiyat mavjud;
- sotsiologik jihatdan, ramz doim ijtimoiy xarakterga ega;
- aksiologik jihatdan, ramz qadriyat darajasida namoyon bo'ladi.Ramzning belgidan asosiy farqi shundaki, unda obyekt (yoki element) borliqdagi kabi aynan emas, balki ma'joziy-obrazli shaklda ifodalanadi va insonlar tomonidan yaratiladi hamda u doim
9 Очилов О. У11-Х асрлар танг даври шеъриятида рамзлар семантикаси: Филол. фан. буйича фалсафа док....дисс. - Тошкент, 2018.
10 Жуматова Н. Х,озирги узбек шеъриятида ранг билан боглик; рамзий образлар: Филол. фан. ном.. дисс. -Тошкент, 2000.
11 Жумаева С. Узбек мумтоз шеъриятида ракам рамзлари ва уларнинг маъно талкини (XII-XV асрлар). Филол. фан. ном.. дисс. - Тошкент, 2006.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
konsensus -inson kelishuvi, hamfikrligiga tayanadi. Belgi esa, mavjud bo'lishi uchun konsensusga muhtoj emas12.
Surayyo Hakimova maqolasida ramzlarni D.Bordon quyidagicha bo'lganini yozadi:
- tasviriy simvollar - umumlashtirilgan shaklni ko'rsatadigan haqiqiy dunyoga qo'llaniladigan tasvirlar, piktogrammalardan iborat;
- funksional simvollar - elementlarning funksiyasiga asoslangan aniq bir faoliyatni ifodalaydi. Masalan: chodir - lagerni yoki ot - poygani ifodalaydi;
- konseptual simvollar - bevosita ifodalangan xususiyat tushunchani namoyish etadi: "Dovud yulduzi" - yahudiy ibodatxonasining ramzi;
- ogohlantiruvchi belgilar - xaritani o'qiydiganlar yoki yo'lovchilar uchun juda samarali bo'lib, ularning manzilini osongina topish yoki yo'lda konvensiyalarni farqlash imkonini beradi: qizil chiziq - magistral yoki taqiqni, xoch - kasalxonani ifodalaydi; - abstrakt yoki geometrik belgilar muayyan xususiyatni ifodalovchi ixtiyoriy shakllardir13 .
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ramz va ramziy ma'noni o'rganish ham jahon, ham o'zbek tilshunosligida o'ziga xos o'ringa ega. Ularni o'rganib tahlil qilish ramzning yangidan yangi qirralari va xususiyatlarini ochishga yordam beradi.
Tildagi ramz va uni ifodalovchi so'zlar, birikmalar madaniyat ifodachisi hisoblanadi. Ular ma'lum bir voqelikni va holatni yorqinroq ifodalaydi. Ular orqali milliy o'zlik, borliqqa munosabat namoyon bo'ladi.
Ramz orqali anchayin keng miqyosli voqelarni yaxlitlashirish mumkinligi o'zining isbotini topyapti. Shu bilan birgalikda unda bo'rttirish, yorqinroq aks ettirish ham ifodalanadi.
References:
1. Hakimova S. Timsol va uning madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyat// Til va adabiyot ta'limi. 2022, №12.
2. Qurbonova D. Tilshunoslikda ramziy ma'nolarni tushunishning o'ziga xos ahamiyati. FRANCE international scientific-online conference:"SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM". PART 12, 5th FEBRUARY.
3. Жумaeвa С. Узбек мумтоз шeъриятидa pa^aM рaмзлaри Ba улaрнинг мaънo тaлк;ини (XII-XV acpлap). Филoл. фaн. нoм.... дисс. - Тoшкeнт, 2006.
4. Жумaтoвa Н. Хрзирги узбек шeъpиятидa paHr билaн бoFли; paмзий oбpaзлap: Филoл. фaн. нoм.... дисс. - ^шкент, 2000.
5. Лoтмaн Ю.М. Сeмиocфepa. - Сaнкт-Пeтepбуpг: Иcкуccтвo - СПб, 2001.
6. Очилoв О. VII-Х acpлap TaHr дaвpи шeъpиятидa paмзлap ceмaнтикacи: Филoл. фaн. буйичa фaлcaфa дoк....диcc. - Тoшкeнт, 2018.
7. CapaH4eBa Н. Симвoл ^к coциoкультуpный фeнoмeн. Автopeфepaт диccepтaция кaндидaтa филocoфcких нaук. - Вoлгoгpaд, 2007.
12 Qurbonova D. Tilshunoslikda ramziy ma'nolarni tushunishning o'ziga xos ahamiyati. FRANCE international scientific-online conference:"SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM". PART 12, 5th FEBRUARY. - B. 46.
13 Hakimova S. Timsol va uning madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyat// Til va adabiyot ta'limi. 2022, №12. - B. 38.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
8. Юлия Т. Символ в межкультурной философских наук. - Ростов-на-Дону, 2008.
коммуникации. Автореферат доктора