Научная статья на тему 'OYOQ/FOOT SOMATIK KONSEPTI LISONIY BIRLIKLARINING RAMZIY BELGILARI'

OYOQ/FOOT SOMATIK KONSEPTI LISONIY BIRLIKLARINING RAMZIY BELGILARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamadaliyeva G.R

Ushbu maqolada oyoq somatik konseptining ramziy belgilarini aniqlash haqida gap ketadi. Nufuzli o‘zbek va ingliz lug‘atlaridan va o‘zbek va ingliz tili milliy korpuslaridan yig‘ilgan , oyoq somatik ob’yektini ifodalovchi leksemali konstruksiyalar tadqiqot materiali bo‘lib xizmat qildi. Ishimizda konseptual tahlil metodi, distrubyutiv metod, lug‘aviy izohlar metodlari ishlatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OYOQ/FOOT SOMATIK KONSEPTI LISONIY BIRLIKLARINING RAMZIY BELGILARI»

OYOQ/FOOT SOMATIK KONSEPTI LISONIY BIRLIKLARINING RAMZIY

BELGILARI Mamadaliyeva G.R

Farg'ona Davlat Universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11085749

Annotatsiya. Ushbu maqolada oyoq somatik konseptining ramziy belgilarini aniqlash haqida gap ketadi. Nufuzli o'zbek va ingliz lug'atlaridan va o'zbek va ingliz tili milliy korpuslaridan yig'ilgan , oyoq somatik ob'yektini ifodalovchi leksemali konstruksiyalar tadqiqot materiali bo'lib xizmat qildi. Ishimizda konseptual tahlil metodi, distrubyutiv metod, lug'aviy izohlar metodlari ishlatiladi.

Abstract. This article is about identifying the symbolic signs of the somatic concept of the foot. Lexeme constructions representing the somatic object of the foot, collected from the authoritative Uzbek and English dictionaries and national corpora of the Uzbek and English languages, served as research material. Conceptual analysis method, distributive method, and lexical annotation methods are used in our work.

Аннотация. Данная статья посвящена выявлению символических признаков соматического понятия стопы. Материалом исследования послужили лексемные конструкции, представляющие соматический объект стопы, собранные из авторитетных узбекских и английских словарей и национальных корпусов узбекского и английского языков. В нашей работе используются метод концептуального анализа, дистрибутивный метод и методы лексической аннотации.

Inson tanasi qadimdan olamni anglash va idrok qilish manbai bo'lib keladi. Inson tanasi qismlarining nomlari, ularga hos bo'lgan hususiyatlar, tavsiflar uning "nomlanishi"dan tashqari yana madaniyat uchun alohida ma'nolarni anglatadi va madaniyatning somatik kodini hosil qiladi.

Biz o'rganilayotgan madaniy kodning birligi sifatida " oyoq" somatik konseptini olamiz. Ta'kidlash joizki, nafaqat til, balki madaniyat belgisi bo'lmish konsept ramziy ma'nolarni, standart va stereotipli tasavvurlarni o'zida namoyon etadi va yetkazib beradi.

"Konsept - bu xalq mentalitetining ma'naviy zaxiralarini muttasil yangilab boruvchi madaniyat arxetipi, boshma'no, prototip. Konseptlar hech kim ko'rmagan elementar zarrachalar kabi, xuddi bilvosita ko'rinadigan genlar kabi realdirlar. Konseptlarni ham biz bilvosita- o'zining ma'noli shakllarida : obrazlar, tushunchakr, ramzlarda ko'ramiz."[Kolesov, 2004,B.19] Shu asnoda, bizning tadqiqotimizdagi oyoq somatik konsepti somatik kod doirasidagi madaniy belgi sifatida tushuniladi. Oyoq somatik konsepi tahlili uchun biz konseptual taqqiqotlarning Kemerovo maktabi tomonidan qabul qilingan konseptual tahlil uslubini qo'llaymiz. Ushbu analiz bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: reprezentant so'z oyoqning ichki shaklining tahlili, konseptual metafora va metonimiyalar analizi ( oyoq konseptining obrazli belgilari),oyoq konseptining kategoriyalashuvi yo'llarini funksional va qiymatli-baholash belgilari orqali tasvirlash, konseptning reprezentant so'zi- oyoqning leksik tahlili va konseptning reprezentat-leksemasining tasviri, ramziy belgilarni aniqlash va senariylarni tadqiqi qilish.(batafsil qarang: [Pimenova, 2003]

Ushbu maqolada oyoq somatik konseptining ramziy belgilarini aniqlash haqida gap ketadi. Nufuzli o'zbek va ingliz lug'atlaridan va o'zbek va ingliz tili milliy korpuslaridan yig'ilgan , oyoq somatik ob'yektini ifodalovchi leksemali konstruksiyalar tadqiqot materiali bo'lib xizmat qildi. Ishimizda konseptual tahlil metodi, distrubyutiv metod, lug'aviy izohlar metodlari ishlatiladi.

Ramz- inson ongi mahsulidir. Qadim zamonlardan beri inson o'zini o'rab turgan olamni ramzlashtirishga xarakat qiladi, shu asnoda ramz madaniy makonni kodlashning o'ziga hos elementi bo'lib xizmat qiladi. Nutqda cheksiz ishlab chiqilar ekan, tilda ifodalangan ramz turli nutqiy amaliyotlarda ma'noning u yoki bu ottenkalari bilan boyitish va rivojlantirish bilan uning yo'qolib ketishiga yo'l qo'ymay, nutqda madaniy mazmun kasb etib, madaniyatning mnemonik (tabiiy eslab qolish) funksiyasini eng samarali tarzda ado etadi.

Lisoniy ramzlar umumlashtiruvchi tabiatga ega. Ular u yoki bu madaniyatdagi semantik jarayonda voqelikning turli ko'rinishlarini yahlit butunlikka birlashtiradilar. [MacnoBa, 2001]. So'zning obrazli jihati, yoki V. Fon Gumboldga ko'ra, ichki ma'nosi shakllashgan lisoniy ma'noni chegaralardan halos etadi va so'z ma'nosini jonlantiradi. Belgining lisondagi mazmuniy asosi ma'no hisoblanadi, ramzning mazmuniy asosi eas- obrazdir; lisoniy ma'noni e'tibordan holi qo'yib, madaniy kontekstga yuzlanish orqaligina obrazni ko'rish va tushunish mumkin. Ramzning boy yashirin ma'nolari va cheksiz mazmun talqinlari mavjud. Kontekstda ramzni ko'rish istiqboli mazmun hilma-hilligiga olib keladi. Kovshevaning aytishicha, " ramzlar-bu dunyoni idrok etish va anglash jarayonlarida ularda madaniyatning qadriyat mazmuni, uning asosiy toifalari, uning mazmunini barqaror va muntazam ravishda aks ettirish uchun tanlangan belgilardir" [2013, c. 216]. Madaniy maydonni ramzlar orqali kodlashni inson o'zidan boshlaydi, shuning uchun turli somatizmlar ramzlar vazifasini o'taydi.

Somatizmlarning ramzli ma'nolarini o'rganish imo-ishoralar simvolikasini tasvirlashdan boshlangan. G.Y. Kreydlinning ishida mustaqil lug'aviy ma'no anglatgan va verbal kontekstga bog'liq bo'lmagan imo-ishoralar emblemalar yoki emblematik kinemalar deyiladi. [2001, c. 198]

G.Y. Kreydlin belgisiz hatti-xarakat semiotizatsiya jarayonida belgili bo'lishi mumkinligiga monand, ramzlashtirish jarayonida emblematik tana ishoralari ham ikona-tana ishoralari, indeks-tana ishoralari, va ramz-tana ishoralariga aylanib, belgili bo'lishi mumkin deya tahmin qiladi. Bu jarayon tilda, masalan, u yoki bu tana ishoralaridan hosil qilingan ma'nolarga va madaniy evolyutsiya jarayonida tana ishorasi tomonidan orttirilgan ramziy funksiyaga ega frazeologik birliklarda aks etadi, masalan, tizzasiga shapatilamoq, tizzasiga urmoq,tepkilamoq, toptamoq, depsinmoq, oyoq cho'zmoq, oyoq qo'ymoq, oyog'idan tortmoq ,shipillab ketmoq, sudralmoq, sang'imoq, sandiraqlamoq, drag one's feet, feet foremostfall on one's feet kabi. "Foot/Oyoq" konsepti frazeologizmlari orasida kinetik frazeologizmlar talaygina. Kinetik frazeologizmlarning ramzli funksiyasi " verbal belgilar tiliga o'girilgan tana harakati (gesture) shaxsning ma'lum bir holati yoki harakatini anglatgandagi denotatning ramzlanishi bilan bog'liqdir" [HepgaH^Ba, 1988, c. 84] Cherdansevaga ko'ra, " Lisoniy ramzning o'ziga hosligi troplarga hos bo'lgan ma'nolar ko'chishiga emas, balki keng ma'nodagi olamning tasviri, orttirilgan bilimlar va pragmatikaga bog'liq bo'lgan lisoniy belgining motivatsiyasidan iborat"[1988, c. 83]. Muallif fikriga ko'ra " semantik jihatdan neytral bo'lga komponent-so'zda biz ramz deb , avvalroq esa frazeologik shartlangan ma'no deb, vaholanki, u frazeologik birliklarda voqelanadi, atagan potensial ma'no hosil bo'ladi. Bunday turdagi ramzlarni so'zlarning potensial ma'nolari deyish ham mumkindir." Masalan, qon somatizmlari ishtirok etgan frazeologizmlarga T.Z.Cherdanseva inson organizmining tashqi qo'zg'atuvchilar bilan bog'liq bo'lgan ichki jarayonlarini tasvirlash vositasi sifatida qaraydi. Ramzlashtirish madaniy bilimlar makonida tashqi simptomlar (xususan, yuz rangi)ni dekodlashdan iboratdir [1988].

Idioma komponenetining ramzlanishining muhim sharti sifatida N.I.Cherkasova uni ma'no paradigmasidagi ishtirokida deb biladi: oyoq ustida, oyoqda turmoq, oyoqqa turmoq, oyoqdan

yiqitmoq, oyoq osti qilmoq, oyoq uchida ko'rsatmoq va b. « Ramziy ma'noga ega komponent o'z muhiti sifatida paradigmani tanlaydi va umumiy belgilarning xususiyatlarini oladi »[1991, с. 96].

Olamning mifoepik tasvirida ramziy ahamiyat kasb etib, tana a'zolari insonning u yoki bu sifatlarini etalonli tashuvchilar sifatida namoyon bo'ladi, mavjud tilda so'zlashuvchi xalqning tajribasini aks ettiradi. Shuningdek, "oyoq" konseptining representant-leksemasining ko'chma ma'nosi o'zbek mentaliteti uchun jismoniy harakat va jismoniy quvvat ramzi sifatida bir qator maqol va turg'un birikmalarda aks etgan: oyoqqa turmoq, oyog'idan mador ketmoq, oyog'idan jon chiqmoq, oyoqdan qolmoq, Ahmoq kalla oyoq charchatar, Yurgan oyoq yo'l topar, Og'iz bo'lma, oyoq bo'l, Bugun oyog'ing to'rtta bo'lsa, ertaga tuzli xaltayelkangda.

Oyoq insonni tutib turuvchi tayanch a'zo sifatida "asos" ma'nosini anglatadi: oyog'iga bolta urmoq, oyog'idan chalmoq, oyoqdan yiqitmoq, oyog'i osmondan kelmoq, o'z oyog'idan yitmoq.

Jamiyatda turli holatlar va vaziyatlarga tushib qolgan inson xatti-xarakatini oyoq konsepti verbalizatorlari orqali ifodalashda tobelik, hokisorlik holatini ifodalash uchun: oyog'iga bosh urmoq, oyog'iga bosh qo'ymoq, oyog'iga yiqilmoq, oyogini o'pmoq, oyog'ida namoz o'qimoq,(o'zini birovning) oyog'i tagiga tashlamoq,oyog'ini quchib yolvormoq, hoki-poyini ko'zga surmoq,tiz cho'kmoq,tovonini o'pmoq;hushomadgo'ylikni ifodalovchi: tovoniniyalamoq, to'pig'ini yalamoq ; horlikni ifodalovchi; oyoq osti qilmoq, poymol bo'lmoq, toptalmoq kabi turg'un birikmalarning mavjudligi olamning o'zbekcha lisoniy tasviriga hosdir.

O'zbekning ruhiy- emotsional holati oyoq konsepti lisoniy birliklari orqali tasvirlanishi tez-tez uchrovchi holat: Ko'ngil tortmas yerga oyoq tortmas; Boshimni bosh desam, oyog'imda nima g'am; Balo na yerda — oyoqning ostida; Bir etikka ikki oyoq sig'mas, bir yurakka — ikki muhabbat; Tikan bo'lib oyoqqa qadalguncha, gul bo'lib ko'krakka sanchil; Shoshgan kishi, ham boshi bilan yurar,

ham — oyog'i bilan; Aybi borning tizzasi qaltiraydi, Oyoq tuproqda iz qoldirar,

shubha — yurakda; Muguz lat yesa, tuyoq zirqirar;

O'zbek lingvomadaniyatida oyoq farovonlik va faqirlik (Ot topilguncha oyoq ham ulov; Oyog'i katta topganini kiyar, Oyog'i kichik — istaganini ; Ko'rpangga qarab oyoq uzat; Otga taqa qoqsa, baqa oyog'ini ko'taribdi; Do'st boshga, dushman oyoqqa qarar) , imkoniyat va imkonsizlik ( Ko'zing borida ko'rib qol, oyog'ing borida yurib qol; Oriq otga minguncha, oyog'ingga min; Semizning oyog'i sakkiz; Chumolining sovg'asi — chigirtkaning oyog'i; Burgut kuchi — oyog'ida, odamniki — do'stlikda), savod va savodsizlik (O'qimaganyalangoyoq, Baayni bir quruq tayoq) , yaqin masofadagi taxdid (Yaxshilik — yog'och boshida, yomonlik — oyoq ostida; Ko'rinmas balo — oyoq ostida), tengsizlik (Oyoq yerga tegmasa — ulov, tish tishga tegmasa — ovqat; Otliq piyodaga hamroh bo'lmas; Otliqqa yayov yetolmas, ikkovga birov botolmas; Piyoda tuyadagi bilan barobar emas; Faqir piyoda yurar, boy — tuyada), mehmonnavozlik-( Oyda kelganga — oyoq, kunda kelganga — tayoq) , qimmatga tushuvchi mavqe (Oyoqda etiging tor bo'lsa, dunyo kengligidan ne foyda; Zardo'zi etikdan kech, oyoq og'ritsa; Etik oyog'ingni qisganda, bosh kiyimingdan gapirma; Eshak eshakdan qolsa, qulog'ini kesar, xotin xotindan qolsa, oyog'ini kesar) kabi turli ijtimoiy holatlarni anglatadi.

Oyoq konseptining asossiativ birliklari son, tizza, to'piq, tovon, qadam, iz, tuyoq kabi leksemalar ishtirokidagi turg'un birikmalar va maqollar ham o'zbek lingvokulturologik konseptosferasida oyoq konseptining o'ziga xos o'rnini ko'rsatadi.

Soniga urmoq birikmasi kinetik frazeologizmlarga misol bo'la oladi va u ta'kidni anglatadi: Shundoq qilgan bo'lsam, ajab qilibma, hop qilibmman-dedi ikki qo'lini soniga urib.

(A.Qahhoqr.Qo'shchinor) Son leksemasi ishtirokida biz tomonimizdan bitta paremiya aniqlandi: Sonsiz xotinning uyiga son kirmas. Son inson (yoki hayvon) oyog'ining tizza bilan tos o'rtasidagi qismi bo'lib, sonsiz so'zi maqolda oriq, nimjon ma'nosida kelmoqda. Son kirmoq iborasi esa durust bo'lmoq, o'nglanib olmoq ma'nosini bildiradi. Demak, bu maqolda nimjon ayolning ro'zg'ori but bo'lmaydi ma'nosi anglashiladi.

Olamning o'zbekcha lisoniy tasvirida tizza oshkor bo'lgan holatni (Aybi borning tizzasi qaltiraydi), noo'rin tanqidni ( Ishtoni yirtiq tizzasi yirtiqqa kulibdi) yetishmovchilikni ( Tilab olgan to'n tizzaga tushmas, Tilaganim tizdan tuban), hokisorlikni (Tiz cho'kib yashagandan tik turib o'lgan afzal), kuch-quvvatni (Otning yaxshisi tizidan ma'lum, odamning yaxshisi — so'zidan ), o'yga tolishni (Qizini tiymagan tizini quchoqlar) ifodalaydi. Tiz cho'kmoq (cho'ktirmoq) (bo'ysinmoq, yengilmoq, yalinmoq-"...bir kun bosh egib keladi. Tiz cho'kib qilmishidan uzr so'raydi. (S.Ahmad. Ufq. B. 26)), tizzasiga bosh qo'ymoq (yaqinlik, tana aloqasi- Onasining tizzasiga bosh qo'yib uxlab qoldi) tiz(zas)iga shapatilamoq,urmoq (afsus-nadomat, tahlika belgisi- Olma hola yuzini tirnab, tiziga urdi.G'. G'ulom.Soyalar)) kabi kinetik frazeologizmlar tizza bilan bog'liq harakatlar orqali insonning turli ruhiy-emotsional holatlarini bildiradi.

To'piq boldir suyagining pastki uchidan yon tomonga turtib chiqqan do'mboq qismi [O'TIL. B.251]. Ta'rifdan ko'rinib turibdiki, to'piq oyoqning nisbatan quyi qismida joylashgan. Shuning uchun u past, quyi bahoni, oz, yetishmovchi miqdorni anglatadi: Ahmoqning aqli — to'pig'ida (Boshqalarning aqli boshida, ahmoqning aqli esa to'pig'ida, ya'ni quyida), To'ydan — to'piqcha (ozgina nasiba), Bechoraning daryo to'pig'idan kelmas (bechoraga omad yetishmaydi), Dunyoni suv bossa, to'pig'iga chiqmaydi (dunyo tashvishlari uni qiziqtirmaydi, u dunyo tashvishlaridan uzoq)

Tovon so'zining luga'viy ma'nosiga qarar ekanmiz, u "oyoq kaftining orqa qismi" deya ta'riflanganini ko'rishimiz mumkin [O'TIL.B.195] O'zbekcha lisoniy manzarada u nozik taraf, nozik joy, kelib chiqish manolarini bildiradi. Ayiq o'z tovonini yalab jon saqlaydi, Otasini so'rasang — Ahmadi Forig', onasini so'rasang — tovoni yoriq, Otning odimi katta, tuyaning — tovoni, Toqqa chiqsang, tovoningga qarab chiq. Yuragi tovoniga tushmoq- qo'rqib ketmoq,

Tuyoq- Shuvoq bor joyda tuyoq bor, Muguz lat yesa, tuyoq zirqirar, Tuyog'i butun tulpor yo'q, oyog'i butun shunqor yo'q,

Iz- Iz quvgan izlaganini topar, Do'st yuzidan bilinar, dushman — izidan, Do'st yuzingga boqar, dushman — izingga, Oyoq tuproqda iz qoldirar, Shubha — yurakda, Qor yog'di — iz bosildi, Karvon o'tar, izi qolar, Bosar izing ko'rib bos, orqa-olding bilib bos, Dononing so'zidan ham qolma, yurgan izidan ham, Qarzing bo'lsa mumsikdan, izingdan qolmas zing'illab, Ot izini toy bosar, Arslon izidan qaytmas, yigit- so'zidan, Sher izini it bosmas

Qadam- So'zga quloq os, o'ylab qadam bos, Qadamni qarab bos, so'zni qarab ayt, Tikan bosgan qadamini bilib tashlar,

Oyoq konseptining asossiativ birliklari haqida gap ketar ekan, ulardan ba'zilarini o'zbek madaniyatiga hos bo'lganligi uchun madaniy semalar deya atash joiz deb o'ylaymiz. Etik, mahsi, kavush, choriq kabilar madaniy semalarga misol bo'la oladi. O'zbek xalq maqollarida etik erkak jinsiga mansublikni anglatsa, mahsi va kavush (har doim ham emas) ayol jinsiga mansublikni anglatadi (feminine and masculine). Etik ehtiyotkorlikni ( Suvni ko'rmay etikyechma), sovchilikni ( Qizil etiklidan kelmaydi, ko'n etikliga bermaydi), erga xizmat qilishni (Erga tegish oson, etik yechari qiyin), ijtimoiy holatni (Etikdo'zning etigi yirtiq; Hayronman Shoniyozning ishiga, etik sotib, paytava olib yurishiga), erkaklarning burchlarini (Er boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar, Etik kiysang, er bo'lasan, otga minsang, sher bo'lasan) anglatadi.

Kavush semasi paremiyalarda ayollar o'rtasidagi raqobatni ( Kiysangiz ham kovushimni,qilolmaysiz yurishimni), gumonni ( Kavushimni olgan bir kishi, gumondorim ming kishi), ayollar o'rtasidagi adovatni (Ikki ovsinningkavushi kavshandozda ham chandishar), oilaviy munosabatlarni (Boyningxotini bo'lguncha, kambag'alning kavushi bo'l) ramziy ifodalasa, mahsi ishtirokidagi Mahsining poshnasi bo'lmas, nojinsining — oshnasi maqoli yomon xulqli inson do'stining bo'lmasligi mahsining poshnasi bo'lmaganidek tabiiy holat ekanligini anglatadi.

Choriq-qattiq hom teridan tikilgan, asosan tog'lik rayon xalqlari orasida rasm bo'lgan oyoq kiyimi [O'TIL.B.379] . "Men cho'pon otaning o'g'li bo'lib qoldim. Novvos terisidan choriq, qorako'ldan telpak tikib berdi." I.Rahim. Choriq sudramoq birikmasi biri ikki bo'lmay, hech narsaga yolchimay kun kechirmoq, yuzi choriq esa yuzi xunuk ma'nosini anglatadi. Demak, choriq turg'un birikma va maqollarda asosan salbiy konnotatsiyaga ega bo'lib, yo'qsillik, kambag'allikni ifodalaydi: Borningyuziyorug', yo'qningyuzi choriq;O'tgan kuningni unutma, xom chorig'ingni quritma; Yetimni siylasang, chorig'i bilan to'rga chiqar.

Bundan tashqari Ishga — cho'loq, oshga — qo'noq, Cho'loq bo'lsang ham, no'noq bo'lma, Qoloqdan cho'loq yaxshi, Dushman qo'ydi loy tuzoq, ilinsang, bo'lding cho'loq, Cho'loqning sayri yo'q, xasisning — xayri, Soqov ko'p gapirar, cho'loq ko'p yugurar, Baxtli ovchiga cho'loq kiyik yo'liqar, To'qol sigir — suzong'ich, Oqsoq biya-tepong'ich, Oqsoq qo'y tushdan keyin ma'raydi, Eshagim cho'loq bo'ldi, manzilim yiroq bo'ldi. No'noq mergan oqsoq quyon izlar, Suruv oqsoqsiz bo'lmas, Oq itning ketidan oqsoq it, Oqsoqning oxiriga boq, maqtanchoqning — ma'rakasiga,Tuya elakka qolganda oqsar, Yalangoyoqqa daryoning ikki tomoni ham bir, Yalangoyoqning cho'pdan xavfi bor.

Thus, somatic symbols (images, standards) in English and Uzbek languages, acting as a stimulator of an emotional reaction, being the basis of the expressive meaning of a linguistic unit, they reflect the characteristics of the collective consciousness of peoples, i.e. they are ethnospecific. In the mirror of symbolic signs of somatic concepts, the spiritual sphere is reflected: man and his moral essence, volitional, emotional, intellectual actions and states, character traits, attitude towards other people, towards himself, towards things.

Similarities in the field of connotation of somatic symbols in different languages indicates a partial commonality of the figurative fund of the compared cultures, as well as about a certain content constant of the compared languages.

The difference in the field of connotation of the analyzed somatic signs concepts indicates the difference in the paths along which the compared cultures developed. A specific set of features reflecting the figurative rethinking of vocabulary naming body parts is unique in each language.

The discrepancy between somatic symbols in the compared languages is a consequence of the dissimilarity of extralinguistic factors (history, culture, religions, geography), which confirms the independent development of each of the compared linguistic cultures.

REFERENCES

1. Ковшова М. Л. Лингвокультурологический метод в фразеологии: коды культуры. М., 2013.

2. Колесов В. В. Язык и ментальность. СПб., 2004.

3. Крейдлин Г. Е. и др. Кинесика. Словарь языка русских жестов. М.; Вена, 2001. С. 166— 248.

4. Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений. М., 2001. НКРЯ - Национальный корпус русского языка. URL: http://ruscorpora.ru/index.html/ .

5. Пименова М. В. Особенности репрезентации концепта чувство в русской языковой картине мира // Мир человека и мир языка. Кемерово, 2003. С. 58-120. (Сер.: «Концептуальные исследования». Вып. 2)

6. "O'zbek tilining frazeologik lug'ati", Sh.Rakhmatullayev 1978

7. "O'zbek xalq maqollari" , T.Mirzayev 2005

8. Англо-Русский фразеологический словарь, А.В.Кунин, 1984

9. The Farlex Idioms and Slang Dictionary ,2017

10. American Dictionary of Idioms , Christine Ammer ,2013

11. Oxford Dictionary of Idioms ,1999

12. Oxford Dictionary of Proverbs (2007)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.