Научная статья на тему 'RAHBARLIK VA LIDERLIK TUSHUNCHASI, ULAR O’RTASIDAGI FARQLAR'

RAHBARLIK VA LIDERLIK TUSHUNCHASI, ULAR O’RTASIDAGI FARQLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
22
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sirojiddinova Ma’Muraxon, Alijonova Barno Saydali Qizi

Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g’ri kelganda u doimo hushmuomali bo`lib, odob, axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachom ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayoniga aralashmay, oxirgi so`zni o`ziga qoldiradi. Shunday qilib, xoldimlarga fikrlash va xatti-harakatlar erkinligi berib qo’yilgan. Usha erkin harakatlar yuzasidan boshliqning fikri suralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi. Chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa ularni xafa qilib qo’yishdan qo’rqadi. Uning fazoviy psixologik xolati guruh tashqarisida". Olimlar fikricha, bunday rahbar ishni olib borgan jamoalarda barcha ko’rsatkichlar doimo orqada, sifat ham yo`q. Liberal rahbar ishda anarxiyani qilib qo’yib, ko`p turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAHBARLIK VA LIDERLIK TUSHUNCHASI, ULAR O’RTASIDAGI FARQLAR»

RAHBARLIK VA LIDERLIK TUSHUNCHASI, ULAR O'RTASIDAGI FARQLAR

1Sirojiddinova Ma'muraxon, 2Alijonova Barno Saydali qizi

1Qo'qon DPI Maktabgacha ta'lim fakulteti tuytori, 2Qo'qon DPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11202234

Xodimlar bilan muloqotda bo'lishga to'g'ri kelganda u doimo hushmuomali bolib, odob, axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachom ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayoniga aralashmay, oxirgi sozni oziga qoldiradi. Shunday qilib, xoldimlarga fikrlash va xatti-harakatlar erkinligi berib qo'yilgan. Usha erkin harakatlar yuzasidan boshliqning fikri suralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi. Chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa ularni xafa qilib qo'yishdan qo'rqadi. Uning fazoviy psixologik xolati guruh tashqarisida". Olimlar fikricha, bunday rahbar ishni olib borgan jamoalarda barcha ko'rsatkichlar doimo orqada, sifat ham yoq. Liberal rahbar ishda anarxiyani qilib qo'yib, kop turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.

Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari koproq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikkala ibora kopincha sinonimday ishlatiladi. Aslida, eng yaxshi rahbar ozida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan boladi. Chunki, sof ijtimoiy psixologik manodagi liderning turlari sharoitlarda ozida koproq namoyon etadigan shaxsiy sifatlariga ko'ra tabaqalanadi. Masalan, lider tashkilotchi, yana lider tashabbuskor, lider erudit, jamoa hissiy emotsional xolatni boshqaruvchi lider, lider bilag'on va xokazo. Yaxshi rahbar ana shu lider sifatlarini bilgan xolda ularni ozida tarbiyalashi va jamoasidagi liderlar bilan hamkorlikda ishlay olishi kerak.

Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida hayotda sof demokrat yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin, lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasligi malum boldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga bog'liq, vaziyat, konkret jamoa, unda qabul qilingan xatti- harakatlar normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi, degan g'oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarining psixologik mazmun va mohiyatini bilishning amaliy ahamiyati shundaki, xar bir uslubda oziga xos ijobiy tomon bor, mohir rahbar ozini ozi tarbiyalar ekan, ushalarnnng eng maquli ayniqsa ozi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida aytib o'tilganidek, rahbarda tug'ma qobiliyat boladi deb ham aytib bo'lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo'lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida koplari rahbarlik uchun qulay va maquldir. A.V.Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlarni 1,5 mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo lishi lozim bo'lgan ayrim sifat qobiliyatlar borki, ushalar haqida qisqacha tuxtalib o'tmoq lozim.

Avvalo, har qanday rahbarda intellekt aql zakovatning malum normasi bolishi kerak. Bu norma va yaxshi rahbar uchun o'rtadan yuqori bo'lmog'i maqsadga muvofiqdir, chunki yuqori darajasidagi intellektga ega bo'lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishlarini, bundan aql - zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to'siq bo'lishini amaliyot va hayot ko'rsatadi. Rahbardagi o'rtadan yuqori intellektni qo'plab ketadigan yana boshqa muxim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim xollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo'l-yo'riqlar ko'rsata olishi, xar bir aytilgan fikr,

qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Chunki, mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muxim psixologik xususiyatdir.

Rahbarda mustaqillik bo'lsa, unda o'ziga ishonch ham bo'ladi, bu esa o'z navbatida rahbardagi subjektiv talablar darajasining yuqori bo'lishiga olib keladi. Ko'pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o'z - o'ziga nisbatan talabchan bo'lishi kerak. O'z-o'zini o'rnini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma'nosida baholash va shu asosida boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muxim bir omildir. Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo'lgan hislatlarni yana bir tom ma'noda "ziyoli" bo'lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo lishidir. Boshliq o'zidagi madaniyatini avvalo muomalada, odamlar bilan bo'ladigan kundalik muloqotlarga namoyon etimogi lozim. Muomala madaniyati bu o'rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san'ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki boshliq, bilan buysunuvchilar o'rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida tinglay olmaslik, yoki gapni to'g'ri yo'sinda gapira olmaslik yotadi. O'zganing o'rniga tura olish, uning his kechinmalariga sherik bo'lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muxim tomonlaridir.

Jamoa faoliyatining o'z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muxim bo'lgan talablaridan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o'z-o'zini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta'minlovchi muxim psixologik xususiyat yotadi. Rejalash-tirish bu o'ziga xos kelajakni ko'ra olish qobiliyati, kelajak obrazi bo'lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muxim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo'lib, u shaxsning o'z diqqatini qanchalik ongli tarzda boshqarishi, uni faqat muxim narsalarga qa-rata olish, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o'zini tiyish, qo'l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni o'z vaqtqda nazorat qilib, surab olish imkoniyati bilan bog'liq. O'z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo'lgan rahbar realistik tafakurga ega bo'lmog'i, ya'ni xar qanday sharoitlarda ham usha muammo yoki ishga taalluqli barcha al'ternativ variantlardan eng to'g'risi va maqsadga muvofigini tanlay oladigan, ishni turi tashkil eta bilgan, ya'ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to'g'ri yo'lga yo'naltira oladigan odam bo'lishi kerak. Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning xar bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarining oldindan ko'ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishini, o'zgalarni o'z ortidan egashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko'rsatkichlarga erishishi mumkin.

Yuqorida aytib o'tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muximi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab qiladigan odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a'zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasi va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki "o'zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan xukmronlikning yagona yo'lidir", deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI RESEARCH ISSN 2022

8. З.Азизова , Экологическое воспитание дошкольников с помощью форм и методов обучения.Педогогика и психология в современном мире.теоритические и практические 2022

9. N.G.Malikovna Tехнологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов,ЛМаксудовабХ.М.Тожибоева.Г.М.Назирова т.Сано-стандарт 100.2012

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Scieceand Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.Nazirova . Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishnin g o'ziga xos xususiyatlari : Qo'qon DPI Образование и инновационные исследования международный научно-методтческий 2021

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.