Научная статья на тему 'RAHBAR YOKI LIDERLARNING BOSHQARUV JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI'

RAHBAR YOKI LIDERLARNING BOSHQARUV JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rahbar kim / lider kim / rahbarning texnik mahorati / haqiqiy lider / rahbar xodimlar faoliyati / boshqaruv faoliyati / fuqarolik jamiyati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abror Tojimurot O‘G‘Li Qodiraliyev

Ushbu maqolada mamlakatimiz taraqqiyotida rahbar va liderlarning oʻrni beqiyosdir. Rahbar yoki lider asli qanday boʻlishi kerak unda qanday sifatlar boʻlishi juda muhimligini koʻrib chiqamiz. Kimlar rahbar boʻla oladi va kimlar lider bo‘la oladi? Fuqarolik jamiyatida rahbar hamda liderning boshqaruv faoliyatidagi kamchiliklar va ularga yechimi haqida toʻxtalib oʻtamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAHBAR YOKI LIDERLARNING BOSHQARUV JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

RAHBAR YOKI LIDERLARNING BOSHQARUV JARAYONIDA TUTGAN

O'RNI VA AHAMIYATI

Abror Tojimurot o'g'li Qodiraliyev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi o'qituvchisi qodiraliyev31 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimiz taraqqiyotida rahbar va liderlarning o'rni beqiyosdir. Rahbar yoki lider asli qanday bo'lishi kerak unda qanday sifatlar bo'lishi juda muhimligini ko'rib chiqamiz. Kimlar rahbar bo'la oladi va kimlar lider bo'la oladi? Fuqarolik jamiyatida rahbar hamda liderning boshqaruv faoliyatidagi kamchiliklar va ularga yechimi haqida to'xtalib o'tamiz.

Kalit so'zlar: rahbar kim, lider kim, rahbarning texnik mahorati, haqiqiy lider, rahbar xodimlar faoliyati, boshqaruv faoliyati, fuqarolik jamiyati.

ABSTRACT

In this article, the role of leaders in the development of our country is incomparable. Let's see how a leader should be and what qualities are very important. Who can be a leader and who can be a leader? We will dwell on the shortcomings of the leader and the leader's management activities in the civil society and their solutions

Keywords: who is the leader, who is the leader, the technical skills of the leader, the real leader, the activities of the leading staff, management activities, civil society

АННОТАЦИЯ

В этой статье роль лидеров в развитии нашей страны несравненна. Давайте разберемся, каким должен быть лидер и какие качества очень важны. Кто может быть лидером и кто может быть лидером? Остановимся на недостатках лидера и управленческой деятельности лидера в гражданском обществе и их решениях.

Ключевые слова: кто такой лидер, кто такой лидер, технические навыки лидера, настоящий лидер, деятельность руководящего состава, управленческая деятельность, гражданское общество

17-aprel, 2024

613

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Kirish: Bugungi globallashuv jarayonida jamiyatni oqilona boshqarish juda mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatida rahbar va liderlar o'z rolini to'g'ri anglab yetishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Tanqidiy taxlil qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" nomli kitobida ta'kidlaganlaridek rahbar kadr qanday bo'lishi kerakligi haqida bilib olishimiz mumkin1. Rahbar tashqi tomondan tayinlanadi tegishli vakolatlarga ega bo'ladi, sanksiyalarni qo'llash huquqiga ega. Guruhlardagi ijtimoiy ta'sir etish munosabatlarining ma'lum bir bo'ysuninsh paytiga xos bo'lgan rasmiy xodisalar rahbar orqali amalga oshiriladi. Yetakchilk bu guruh a'zolari o'rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib tashkil etuvchi shaxs rahbar hisoblanadi. Rahbar, shaxsning maqsad va vazilalarini yaxshi bilishi lozim, javobgarlikdan qochmaydigan, tashkilotga yordam beradigan bo'lishi lozim ana shunday ma'suliyatlarni bo'yniga olgan rahbar samarali ish tartibini yo'lga qo'ya oladi. Rahbarlikda texnik mahoratlarga ega bo'lish qiyin emas. Qiyini - xodimlar bilan to'g'ri ishlash. Shu sababli rahbar har bir hodim bilan ishlayotganda to'g'ri qaror qabul qila olishi, xodimlar bilan nafaqat rahbar asosida balkim ular bilan yetakchi, lider va insoniy fazilatlarni namoyon qilish orqali aloqa o'rnata olishi lozim hisoblanadi. Rahbar bo'lib kursida o'tirish oson, ammo o'sha kursiga munosib lider rahbar bo'lishi qiyin. Xodimlar bilan faqat rahbarlik faoliyati asosida muloqot qilgan tashkilotlarda o'sish bo'lmaydi, chunki insonlar texnik robot emas shu sababli ham xodimlar bilan ishlayotgan rahbar psixologik tarafdan ham ma'lumotlarga ega bo'lishi eng muhimlaridan sanaladi.

Asosiy qism: "Rahbar yaxshi bo'lsa, el tuzar, rahbar yomon bo'lsa, el to'zar" deydi xalqimiz. Ba'zan rahbarlik kursisi sub'yektiv sabablarga ko'ra beburd, loqayd, nodon, johil, idroksiz, kibrli insonlarga ham nasib qiladi. Bu toifadagi rahbar yoki lider lavozimda turganida aziz, undan tushganida ortiqcha shaxsga aylanadi. Bunday shaxslarni xalq bag'ridan irqitishga harakat qiladi, undan qutilganiga esa shodlanadi. Chunki u lavozimda turganida xalqqa xizmat qilmay, jamoani o'ziga xizmatkor qilib olishga urinadi... Ming afsuslar bo'lsinkim, bugungi kunda ham el to'zar rahbarlar jamiyatimizda yetarlicha topiladi. Haqiqiy rahbar esa yomonlikdan ham, yaxshilikdan ham ustun tura oladi. Jonboz, vatanparvar, ishbilarmon, tashabbuskor rahbar uchun

1 Sh.M. Mirziyoyev «Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak». Toshkent 2017 y. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza.

17-aprel, 2024

614

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

adolat, vatan manfaati, xalqining ongi va qalbining shuuriga aylangan bo'ladi. Bu jarayonda har qanday odam korxonani boshqarishi mumkin, lekin jamiyatni emas. Agar shunday bo'lganida edi, rahbarlik va liderlikning mazmun-mohiyati yo'qolgan bo'lardi. Har birimiz rahbar yoki lider bo'lishimiz mumkin, ammo jamiyatda hamma ham bir xil ish bilan mashg'ul emas. Mabodo jamiyatning har bir a'zosi o'z ishi bilan shug'ullanmasa, mamlakatda boshboshdoqlik sodir bo'lishi tayin.

Jamoaga haqiqiy lider yetakchilik qilmasa, munosabatlarda alg'ov-dalg'ov va chalkashliklar sodir bo'ladi, ishlab chiqarishda samaradorlik pasayadi. Shu bois Kaykovus o'zining «Qobusnoma»sida yozadi: «Ey farzand... Hech odamdin xizmatni darig' tutmag'il va lekin har kishiga ish buyursang, o'ziga munosib ishni buyurg'il, nomunosib ishni buyurmag'il, undoqkim, farroshlikka munosib odamga sharobdorlikni buyurmag'il, sharobdorlikka munosib kishini xazinador qilmag'il. Alqissa, har kishiga har ishni buyurib bo'lmas. Agar ish bilmag'on kishiga bir ishni buyursang, u kishi o'z manfaati uchun bu ishni bilmaslig'in aytmasa, ul ish durust va foydali bo'lmag'usidur. Bas, ishni bilg'on odamga buyurg'il, toki dardisarlikdin qutulg'on bo'lg'aysen... Agar bir nodonga xizmat buyursang, o'z nodonlig'ingga guvohlik berg'on bo'lursan» .

Rahbar o'z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg'un olib borishda mohirona foydalanishi zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur yetkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umummanfaatlarga bo'ysinishi lozim.

Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro'-e'tiborga ega bo'lgan rahbargina yaxshi boshqara oladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro' faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi. Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham o'zini tuta biladigan, odobli va xushmuomala bo'lishi zurur. O'z xatti - harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo'ysinuvchilarga o'rnak ko'rsatadigan bo'lishga majburdir. Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo'yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo'lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo'lishi kerak. Bu o'rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.

Haqiqatdan ham jamiyatimizda keyingi 15-20 yil davomida istaymizmi-yo'qmi, ma'lum bir kamchiliklar paydo bo'la boshladi. Haqiqiy rahbar yoki lider qo'l ostidagilarni rag'batlantirish, qo'llab-quvvatlash, ibrat bo'lish, ruhiy tarbiyalash orqali ularning ma'naviy rivojlanishiga sharoit yaratadi. Jamiyatda xodimlarni

! Kaykovus. Qobusnoma. Nashrga tayyorlovchi S.Dolimov. Toshkent, O'qituvchi, 1986. 143-bet https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

qadrlash — ruhiy barqarorlikni ta'minlaydi, ishda boshboshdoqlikka barham beradi. Xodimni qadrlash — ishdan ketish kayfiyatida bo'lgan eng yaxshi xodimlarni saqlab qolishga imkon beradi va yangi ishchan xodimlarni ishga jalb qilishga ruhiy muhit yaratadi. Bu juda ajoyib emasmi? Har bir rahbar va lider ishda o'zining mehnatsevarligini, tashkilotchilik qobiliyatini, insoniy fazilatlarini namoyon qilishi, boshqalarni rag'batlantirib turishi shart. Albatta, jamiyatda xodimlarni boshqarish, rag'batlantirish, ortidan ergashtira olish uchun avvalo, ularga lider yoki rahbarning o'zi namuna bo'lishi kerak bo'ladi. Boshqalarga namuna bo'lish uchun esa bilim, ko'nikma va amaliy malakalar juda zarur. Mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur'atlar bilan o'sayotgan bir vaqtda, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta'minlashda, tashkilot va korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali tashkil qilishda rahbarlik mahorati muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Rahbar keng dunyoqarashga va tashkilotlardagi ichki o'zaro aloqalarni va tashqi muhit bilan oxirgi o'zaro ta'siri masalalari bo'yicha fikrlash tizimiga ega bo'lishi kerak. U yuqori umuminsoniy fazilat va sifatlarga psixologik qobilyatlarga, aqlli va ongli riskka borishni bilishi kerak. Boshqaruv tizimida rahbar xodimning faoliyati muhim o'rin egallaydi. Bu esa, o'z tavsifi bo'yicha siyosiy va mumtoz faoliyatdir. Rahbar xodim davlat ko'rsatmalarini ro'yobga chiqaradi, u xo'jalik tizimida davlatning vakili hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy rahbar xodim ushbu jamoaning ilg'or kishisi bo'lib, u o'z korxona va tashkilotining foydasini ko'zlovchi, korxona sha'nini himoya qiluvchi shaxsdir.

Hech bir kishi rahbar bo'lib tug'ilmaydi, faqat o'zi - sidqidildan qilgan mehnat va uning samarali natijalari bilan shaxs o'zining rahbarlik va liderlikka loyiq xususiyatlarini namoyon qiladi. Rahbar xodim mehnatning muhim omili - qaror qabul qilish va uni bajarishda har xil boshqaruv apparati bo'g'inlari harakatini to'g'ri yo'naltirishdan iboratdir.

XULOSA

Insoniyat yaralgandan hech qancha vaqt o'tmasdan dunyoda boshqaruvchilar va boshqariluvchilar degan tushuncha vujudga keldi. Vaqt o'tib esa shakllandi ammo uning asl ma'nosi o'zgarmadi. Zamon rivojlangani sayin boshqaruv undagi rahbar xodimlarga bo'lgan talab oshib ketdi. Ba'zida xato kamchiliklar yuzaga keldi, aynan bu ayblarni to'g'irlash uchun esa butun bir imkoniyatni sarflash lozim, sababi boshqaruv rahbar xodimlarning qo'lida jamlangan. Har qanday xato butun xalqni, insoniyatni tanazzulgacha olib kelishi mumkin.

616

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev «Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak». Toshkent 2017 y

2. Kaykovus. Qobusnoma. Nashrga tayyorlovchi S.Dolimov. Toshkent, O'qituvchi, 1986. 143-bet

3. Tojimurot o'g'li, Q. A. (2023). ZAMONAVIY RAHBAR QIYOFASI: MA'NAVIY KAMOLOTI, SHAXSIY MAS'ULIYATI, BOSHQARUVCHANLIK KO'NIKMASI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(5), 33-35.

4. Tojimurot o'g'li, Q. A. (2023). RAHBAR SHAXSIY MAS'ULIYATINI OPSHIRUVCHI KOMPONENTLAR BORASIDA JAMOATCHILIK FIKRI BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(5), 29-32.

5. Qodiraliyev, A. T. O. G. L. (2022). RAHBARMNG BOSHQARUV FAOLIYATIDAGI INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1151-1155.

6. Qodiraliyev, A. T. O. G. L. (2022). BOSHQARUV FAOLIYATIDA RAHBAR MA'SULIYATINI OSHIRUVCHI KOMPONENTLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1127-1131.

7. Кодиралиев, А. (2021). ЖАМОАТЧИЛИК ФИКРИНИНГ ОИЛАВИЙ ДАЁТ ВА ЁШЛАР ТАРБИЯСИГА ТАЪСИРИ. МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА: ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 3(11), 249-254.

8. Qodiraliyev Abror Tojimurot O'G'Li (2021). HARAKATLAR STRATEGIYASI-MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (2), 172-178.

9. Qodiraliyev, A. (2022). Fuqarolik jamiyatini qurishda yosh avlodning ijtimoiy faolligini oshirishning roli. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 13-19.

10. Kodiraliev, A. T. U. (2022). CRITERIA FOR DEVELOPMENT OF LEADERSHIP SKILLS IN THE MANAGEMENT PROCESS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 519-525.

617

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.