Научная статья на тему 'RAHBAR SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR'

RAHBAR SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / rahbar / direktor / zamonaviy usullar / uzluksiz ta’lim / bolalar / rivojlanish / boshqaruv madaniyati / pedagog

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibragimova Guli Xolmamatovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarlik qilish va tashkil etishning yo`llari yoritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ularni sog‘lom qilib tarbiyalash masalalari haqida ham ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAHBAR SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR»

RAHBAR SHAXSIGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Ibragimova Guli Xolmamatovna

Samarqand viloyati, Jomboy tumani, 24-DMTT https://doi.org/10.5281/zenodo.11239458

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rahbarlik qilish va tashkil etishning yo'llari yoritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha ta'lim tashkilotidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ularni sog'lom qilib tarbiyalash masalalari haqida ham ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta 'lim, rahbar, direktor, zamonaviy usullar, uzluksiz ta'lim, bolalar, rivojlanish, boshqaruv madaniyati, pedagog.

Mamlakatimizda bolalarning maktabgacha yosh davridagi ta'lim va tarbiyasiga e'tibor tubdan о'zgarganligini e'tirof etish о'rinlidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarining moddiy texnika bazasini yaxshilash borasida ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi.[1,3] Bu esa o'z navbatida maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbariga bir qancha burch va mas'uliyatni yuklaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'limtashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiy-pedagogik o'qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini oshirishga bevosita maktabgacha ta'lim tashkilotida shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik jamoasi erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.

Boshqaruvning insoniyatga ma'lum uchta asosiy turi mavjud:

- Inson aql zakovat yordamida tartiblashtirilib madaniy an'analarga singdirilgan ya'ni tabiiylashtirilmagan, yozilmagan qonun-qoidalar yordamidagi boshqaruv;

- bevosita tayinlangan ma' sul shaxslar yordamidagi boshqaruv;

- qonunlar qo'llanmalar, qoidalar kabi yozma hujjatlar yordamidagi boshqaruv.

Hozirgi vaqtda rahbarlikka faqat kasbiy faoliyat sifatida qarash an'anasi kuchaygan va u

mansabdor hamda mansabdorlikni o'rganish sohasi sifatida iqtisoslashgan. So'ngi yillarda mazkur soha mutaxassislar uzoq tortishuvdan keyin ushbu turlarni "Mansabdor shaxs va bajaruvchi vazifasini bajaruvchi shaxs" tarzida talqin qilmoqda. Rahbariyat boshqaruv tizimi asosida faoliyat ko'rsatuvchi, eng kichik ko'p tarmoqlar, tashkilot va uyushmalardan tortib, davlat va jamiyat doirasida yerik tuzilmalargacha barcha idoralarga xos rahbarlardan iborat yahlit guruhni ifodalaydi. Unda rahbar va rahbariyatdan farqli ravshda bir-biriga buysunuvchi yoki parallel ish olib boruvchi tarmoqlar va ularni birlashtiruvchi tuzilma faoliyat asosiy masala bo'lib ko'pchilik shaxslardan tashkil topgan bunday tizimda bir kishining emas balki butun bir tuzilmaning xususiyatlari hamda faoliyati bosh masala hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori -maktabgacha ta'lim tashkilotining rahbari, malakali pedagog.[1] Uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U bolalar tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiyaviy pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi

uchun zarur shart - sharoitlarni ta'minlaydi.[4] O'z jamoasida ishchanlik maqsadga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Direktor o'z ishida-davlatimiz va xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik tamoyili asosida o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik bilan yondashadi. Bu direktorga qo'yiladigan asosiy talablardan biridir. Jamoadagi to'g'ri o'zaro munosabatlar har bir xodimning mehnati va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta'minlaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining direktori amaldagi qonunchilik doirasida maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik xodimlari va ma'muriyatini ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi, maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasiga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.[2]

Direktor ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, tashkilotlarda uning manfaatini himoya qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi, banklarda hisob va boshqa schyotlarini ochadi, u maktabgacha ta'lim tashkiloti uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni hohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.

Direktor maktabgacha ta'lim tashkilotlari huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta meditsina hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.

Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish uchun optimal shart-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida kadrlar zahirasi shakllantirilib, ular bilan ish olib boriladi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, umumiy yig'ilish qarori bilan, maktabgacha ta'lim tashkilotida yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llash ishlari amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori rahbar sifatida ma'naviyat va madaniyatning kuch qudratidan ezgu maqsadlar yo'lida samarali foydalanishi boshqaruv tizimidagi ijtimoiy immunitetlarni insonparvarlik g'oyalari asosida rivojlantirib borishi darkor. Zero rahbarlik uslubi boshqarish madaniyatining ma'lum elimentlariga ega bo'lishni taqazo etadi, rahbarlar bilan oddiy odamlar o'rtasidagi munosabatlar madaniyatlilik qoidalariga asoslanmog'i kerak. Bu qoidalar ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash kishilar o'rtasida insonparvarlik munosabatlari o'zaro hurmat, hamjamiyatlik hamda birodarlikdan iborat. Bularning barchasi rahbar ma'naviy saviyasining o'sib borishiga siyosiy madaniyatning takomillashuviga katta yordam beradi.

"Rahbarlik" tarbiyasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir:

1) Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurislarini birlashtirib uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs;

2) Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun avvalo mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi;

3) Rahbar o'z sohasiga yangi g'oya yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi;

4) Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir.

Agar rahbarda maskur xislatlar shakllangan bo'lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini mukammal egallab oladi u o'z jamoasi o'rtasida obru va ishonch qozonadi. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi o'ziga xos talabchanlik mehribonlik hamda ma'suliyat jamoa azolarida javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo'ladi. Malakali rahbar kadrlar tizimini shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya kabi fanlarni yaxshi o'zlashtirishi lozim.

Ana shunday rahbar jamiyat vatan oldidagi ma'suliyatini burchini teran his qiladi, ijtimoiy hayotda inson manfaatlarining ustivorligini hayotiy ehtiyoj sifatida qabul qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ-595 son Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/4646908

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-6097-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/5073447

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/5841063

4. A.A. Abdullayev. System of information and communication technologies in the education. Science and world International scientific journal 2 (№ 5)

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.