Научная статья на тему 'QURILISH CHIZMACHILIGI FANINI O’QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

QURILISH CHIZMACHILIGI FANINI O’QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yer osti metrolar / yer usti sport komplekslari / milliy banklar / ko’priklar / bozor / akademik litsey / kollej / axborot texnologiyalar / «integratsion media» / «Klipcha fikrlash» / arxitektura / «elektron muhit» / multimediya proektsion ekran. / Underground metros / above-ground sports complexes / national banks / bridges / market / academic lyceum / college / information technologies / "integrative media" / "clip thinking" / architecture / "electronic environment" / multimedia projection screen.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Niyazov, K.S., Yoqubboyeva, S.Q.

Bizning xududimizga qurilish madaniyati juda qadimdan kirib kelgan. Arxeologik qazilmalar natijalariga asoslangan holda, miloddan avval mustahkam qal’a va shaharlar qurilganligi va turli kanallar barpo qilinib, ulardan foydalangan holda yuqori hosil olinganligini guvohi bo’lamiz. Bu borada zamonaviy va badiiy ta’lim sistemasining rivojlanish yo’nalishlarini belgilab beruvchi ushbu yangi maqsad va vazifalarni ta’kidlab o’tishimiz muhumdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF COMPUTER TECHNOLOGIES IN TEACHING CONSTRUCTION DRAWING

The culture of construction has existed in our region for ages. According to the results of archaeological excavations, it is clear that strong fortresses and cities were built before our era, various canals were built, and high yields were obtained as a result of their use. In this regard, it is necessary to emphasize these new goals and objectives that determine the development directions of the modern and artistic education system.

Текст научной работы на тему «QURILISH CHIZMACHILIGI FANINI O’QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(10), Nov., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

UDK 37.06

QURILISH CHIZMACHILIGI FANINI O'QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

K.S.Niyazov

UrDU "San'at" kafedrasi katta o'qituvchisi S.Q.Yoqubboyeva UrDPI, "Muhandistlik grafikasi va dizayn nazariyasi" mutahassisligi 1-bosqich magistranti ANNOTATSIYA

Bizning xududimizga qurilish madaniyati juda qadimdan kirib kelgan. Arxeologik qazilmalar natijalariga asoslangan holda, miloddan avval mustahkam qal 'a va shaharlar qurilganligi va turli kanallar barpo qilinib, ulardan foydalangan holda yuqori hosil olinganligini guvohi bo 'lamiz. Bu borada zamonaviy va badiiy ta'lim sistemasining rivojlanish yo'nalishlarini belgilab beruvchi ushbu yangi maqsad va vazifalarni ta 'kidlab o 'tishimiz muhumdir.

Kalit so'zlar: Yer osti metrolar, yer usti sport komplekslari, milliy banklar, ko'priklar, bozor, akademik litsey, kollej, axborot texnologiyalar, «integratsion media», «Klipcha fikrlash», arxitektura, «elektron muhit», multimediya proektsion ekran.

АННОТАЦИЯ

Строительная культура пришла на нашу территорию очень давно. По результатам археологических раскопок мы можем стать свидетелями того, что еще до Рождества Христова строились крепости и города, строились различные каналы и с их помощью получали высокие урожаи. В связи с этим важно подчеркнуть эти новые цели и задачи, которые определяют направления развития современной системы художественного образования.

Ключевые слова: Mетрополитен, наземные спортивные комплексы, национальные банки, мосты, рынок, академический лицей, колледж, информационные технологии, «интегрированные медиа», «клиповое мышление», архитектура, «электронная среда», мультимедийный проекционный экран.

ABSTRACT

The culture of construction has existed in our region for ages. According to the results of archaeological excavations, it is clear that strong fortresses and cities were built before our era, various canals were built, and high yields were obtained as

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

a result of their use. In this regard, it is necessary to emphasize these new goals and objectives that determine the development directions of the modern and artistic education system.

Key words: Underground metros, above-ground sports complexes, national banks, bridges, market, academic lyceum, college, information technologies, "integrative media", "clip thinking", architecture, "electronic environment", multimedia projection screen.

KIRISH

Kunimizda Respublikamizning barcha hududlarida ko'plab qurilishlar olib borilmoqda. Yangi turli ko'rinishdagi binolar qatorida ajdodlarimiz barpo etgan tarixiy yodgorliklar ta'mirlanmoqda, mutloq buzilib ketganlari qaytadan tiklanmoqda. Bunday qurilishlar ko'lami yangi yer osti metrolarimiz, yer usti sport komplekslari, milliy banklarimiz, ko'priklar, bozor, akademik litsey, kollejlar nafaqat shaharlarimizning ko'rki, balki dunyo miqiyosida Respublikamizning rivojlanayotgan davlatlari qatoriga qo'shilishiga kafolat beradigan omillardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy taraqqiyot, globallashuv insoniyat ongiga ko'plab yangicha hayot tarzi qonun-qoidalarini olib kirmoqda. Ko'plab ijtimoiy tadqiqotlar shuni ko'rsatyaptiki, hozirgi zamon talablarini chizmachilik fanini muammolari bilan tanishtirishda XXI asr bo'sag'asida axborotlarning haddan ziyod ko'payganligi, ta'lim sohasining butunlay o'zgartirishni talab etmoqda. Dunyo bo'yicha elektron madaniyat, jaxon texnologik timsollari va belgilari zamonida yashayotgan talabaning qabul qilish qobiliyati tubdan o'zgardi. O'qituvchi talaba bilan mukammal muloqotda bo'lishi uchun esa zamonaviy metodika va yangi texnologik bilimlar majmui bilan qurollangan bo'lishi talab etiladi. Shunday texnologiyalardan biri o'qituvchining ish jarayonida «integratsion media» bilim sistemasi hisoblanadi. Talabani «elektron muhit»da o'zini qanday his qilish, uni o'qish tajribasi axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash har xil manba'lardan olinayotgan ma'lumotlarni tanqidiy anglash hozirgi zamon ta'limi oldidagi muhim vazifalardan biridir, desak yanglishmaymiz.

Bu borada zamonaviy badiiy ta'lim sistemasining rivojlanish yo'nalishlarini belgilab beruvchi ushbu yangi maqsad va vazifalarni ta'kidlab o'tishimiz muhimdir:

- talabalarning zamonaviy ijtimoiy-madaniy muxitga moslashuvi;

- o'quvchi-yoshlarning umumiy ta'lim mazmunini anglashda va yetuk mutaxassis bo'lib yetishishida zamonaviy umumta'lim va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;

- talabalarning bilim darajasini kengaytiruvchi mashg'ulotlar tizimida media bilim texnologiyalarini integratsiyalash.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Ayni sharoitda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, hamda qurilish chizmalarining o'ziga xos xususiyatlari, bino turlari va qurilish norma hamda yo'riqnomalar haqida qisqacha ma'lumotlarga bevosita aloqasi bo'lgan bir qator an'anaviy va zamonaviy arxitektura kasblarni egallashda eng malakali mutaxassislarni tayyorlashga imkon beruvchi ta'lim sohasining muayyan maqsadda shakllanish usullarini aniqlash, o'ta muhim masalaga aylanmoqda.

TAHLIL

Hozirgi kunda madaniyat yuksalishining asosiy tendentsiyalaridan biri - bu madaniyat turlarining bir-biriga o'tishi va singib ketishiga bo'lgan intilishdir. Bu jarayonga ommaviy axborot vositalarining keng tarqalishi katta ta'sir ko'rsatmoqda. Axborot qabul qilish jarayoni tezlashgani esa albatta bor haqiqatdir. Hatto «Klipcha fikrlash» termini ham paydo bo'lgan. Ma'lumot olishning eng ommaviy manbasi -televidenie hisoblanadi. U orqali turli ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin, shu jumladan arxitektura haqida ham. Televizion axborotlarni uzatishning o'ziga xosligi uning «diskret»ligida ko'rinadi. Shuning uchun inson ongida umumlashtirish va sintez qilish qobiliyati o'sib bormoqda. Asosiysi esa turfa odam mutanosibligini anglay olish, uni yaxlit tasvirda ko'ra bilish va eshitish orqali keng tasavvurga ega bo'lish mumkin.

Shuning natijasida zamonaviy talabaning assotsiativ fikrlash, tasavvur qilish, badiiy tarzda his etish holati rivojlanadi. Ular quyidagilardan iborat:

- fikrdagi ochiq aytilmagan ma'noni «o'qiy bilish»;

- axborot oqimini tanqidiy qabul qilishni shakllantirish va undagi shaxsiy ma'noga ega bo'lgan qismini ajrata olish;

- Qurilish chizmachiligi tilini tushunish zamonaviy arxitekturani o'tmish tajribasi orqali anglash shakllantirishga suyanadi.

Masalan bu holat ijodiy tasvirlash bino muxitini yaratib, ifodalash jarayoni vositasida amalga oshadi.

Multimediya prezentatsiyasi - o'z tarkibiga animatsiya, audio va videofragmentlarni jamlagan elektron diafilmlar, interaktiv elementlar (foydalanuvchi xatti-harakatlariga reaktsiya) - namoyish etilayotgan materiallar taqdimotining eng keng tarqalgan turidir.

Kompyuter yordamida ham, multimediya proektsion ekranlar yordamida ham multimediya proektsion ekranlari yordamida ham multimediya prezentatsiyalarini yangi mavzuning va darsning xohlagan bosqichida ishlata bilish maqsadga muvofiqdir.

«PowerPoint» dastur imkoniyatlaridan foydalanish ham o'z navbatida, darslarni qiziqarli sermazmun tashkil etishga yordam beradi. Masalan:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

- arxitektura - qurilish chizmalarini chizish va o'qish darslarida;

- Qurilish chizmachiligining binolar (turar joy, maktab, korxona, kasalxona va boshqalar) chizmalarini chizish, tanishtirish vaqtida;

- asosiy konstruktiv elementlar: poydevor, devor, ustunlar, zinalar, to'siqlar, tom, derazalar, eshiklar kabi nazariy ma'lumotlarni va amaliy ko'nikmalarini o'rganishda.

XULOSA

Yuqorida aytib o'tilgan darslarni tashkil etish o'qituvchidan ham kompyuter texnikasidan foydalana olishni talab etadi. Natijada u talabaning fanga bo'lgan e'tiborini, qiziqishini o'stira oladi.

Darslarda prezentatsiya usullaridan foydalanish, an'anaviy usulda o'tadigan darslarga nisbatan quyidagi yutuqlarga ega bo'ladi:

1. Axborotni eshitibgina qolmasdan, balki uni ko'rish imkoniyatini ta'minlaydi.

2. Mazmuni ketma-ketlik tarzida ko'rish va idrok qilishni ta'minlaydi.

3. Illyustratsiyani barcha talabalarga yetkazish bilan birgalikda, ekrandagi tasvirning mayda detallarigacha ko'rish imkoniyatini va badiiy asarning qiymatini to'liq ochib beradi.

4. Yangi axborot texnologiyalari o'quv jarayoniini tezlashtiradi.

Yuqorida biz ko'rsatib o'tgan yangicha dars o'tish tamoyillari albatta dars xonalarini zamonaviy jihozlash kerakligi talab qiladi. kafedramizda ham bu sifat holatiga o'tish tezlashmoqda. Bu pedagoglar bilim saviyalarini tobora oshirib borishlari orqali ham o'z takomilini topadi deb o'ylaymiz.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Roziyev E.I., Xo'janiyozov Sh.R., Kenjayev Sh. "Qurilish chizmachiligidan topshiriqlar" (Kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun metodik qo'llanma) Urganch: 2010 y.

2. Roziyev E.I., Latipov R.A. "Chizmachilikdan ijodiy topshiriqlar" (umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari uchun qo'llanma) Urganch: 2012 y.

3. Xo'janiyozov Sh.R. Elektron o'quv qo'llanma Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 4 martdagi №55-son Urganch: 2023 y.

4. Архитектурного- Строительные чертежи. Общие сведения. Правила Выполнения (учебное пособие) Москва 2018

5. Колесникова И.В. Информационна-компьютерные технологии на уроках искусства. - www.festival.ISeptember.ru

6. Ястребов Л.И. Создание мультимедийных презентаций в программе MS PowerPoint 2002. - Ж-л «Вопросы Интернет - образования», №44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.