Научная статья на тему 'ARXITEKTURA QURILISH CHIZMALARINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

ARXITEKTURA QURILISH CHIZMALARINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
43
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arxitektura chizmalari / grafik dasturlar / AutoCAD / SketchUp / Revit / loyihalash / amaliy ko‘nikmalar / texnik tafakkur / o‘qitish metodikasi. / архитектурные чертежи / графические программы / AutoCAD / SketchUp / Revit / проектирование / практические навыки / техническое мышление / методика преподавания.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.B. Nasirova

maqolada arxitektura va qurilish chizmalarini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishni takomillashtirish metodikasi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING GRAPHIC PROGRAMS IN TEACHING ARCHITECTURAL DRAWINGS

в статье анализируется методика совершенствования использования графических программ в обучении архитектурным и строительным чертежам.

Текст научной работы на тему «ARXITEKTURA QURILISH CHIZMALARINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.B. Nasirova1H_

1Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada arxitektura va qurilish chizmalarini o'qitishda grafik dasturlardan foydalanishni takomillashtirish metodikasi tahlil qilinadi.

MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - arxitektura va qurilish chizmalarini o'qitishda grafik dasturlardan foydalanishni yanada samarali qilish, zamonaviy metodik yondashuvlarni ishlab chiqish va grafik vositalar orqali talabalar o'rtasida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda AutoCAD, SketchUp, Revit va boshqa grafik dasturlar asosida chizma darslarini o'qitish bo'yicha ilmiy adabiyotlar va ilg'or tajribalar o'rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatdiki, grafik dasturlar yordamida arxitektura va qurilish chizmalarini o'qitish talabalar uchun mavzuni yanada tushunarli va qiziqarli qiladi.

XULOSA: tadqiqot natijalari arxitektura va qurilish chizmalarini o'qitishda grafik dasturlardan foydalanishni takomillashtirish, talabalar bilimini mustahkamlash va ularning loyihalash sohasida amaliy ko'nikmalarini oshirishda muhim ekanligini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: arxitektura chizmalari, grafik dasturlar, AutoCAD, SketchUp, Revit, loyihalash, amaliy ko'nikmalar, texnik tafakkur, o'qitish metodikasi.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ГРАФИЧЕСКИХ ПРОГРАММ ПРИ ОБУЧЕНИИ АРХИТЕКТУРНО-СТРОИТЕЛЬНОМУ ЧЕРТЕЖУ

© С. Насирова1И

Ташкентский университет архитектуры и строительства, Ташкент, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируется методика совершенствования использования графических программ в обучении архитектурным и строительным чертежам.

ЦЕЛЬ: основная цель исследования — сделать использование графических программ в обучении архитектурным и строительным чертежам более

Iqtibos uchun: Nasirova S.B. Arxitektura qurilish chizmalarini o'qitishda grafik dasturlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish // Inter education & global study. 2024. №8(1). B. 216-226.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

эффективным, разработать современные методические подходы и развивать практические навыки среди студентов с помощью графических инструментов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании были изучены научные труды и передовой опыт по обучению черчению на основе таких графических программ, как AutoCAD, SketchUp, Revit и другие.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что использование графических программ в обучении архитектурным и строительным чертежам делает тему более понятной и интересной для студентов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтверждают, что совершенствование использования графических программ в обучении архитектурным и строительным чертежам имеет важное значение для укрепления знаний студентов и развития их практических навыков в области проектирования.

Ключевые слова: архитектурные чертежи, графические программы, AutoCAD, SketchUp, Revit, проектирование, практические навыки, техническое мышление, методика преподавания.

Для цитирования: Насирова С. Совершенствование методики использования графических программ при обучении архитектурно-строительному чертежу // Inter education & global study. 2024. №8(1). С. 216-226.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING GRAPHIC PROGRAMS IN TEACHING ARCHITECTURAL DRAWINGS_

© Sabo Nasirova1®

1 Tashkent University of Architecture and Civil Engineering, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article analyzes the methodology for improving the use of graphic software in teaching architectural and construction drawings.

AIM: the main objective of the study is to make the use of graphic software in teaching architectural and construction drawings more effective, to develop modern methodological approaches, and to enhance students' practical skills through graphic tools.

MATERIALS AND METHODS: the study reviewed scientific literature and best practices in teaching drawing based on graphic software such as autocad, sketchup, revit, and others.

DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that using graphic software in teaching architectural and construction drawings makes the subject more understandable and engaging for students.

CONCLUSION: the study results confirm that improving the use of graphic software in teaching architectural and construction drawings is essential for strengthening students' knowledge and enhancing their practical skills in the field of design.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Keywords: architectural drawings, graphic software, AutoCAD, SketchUp, Revit, design, practical skills, technical thinking, teaching methodology.

Bizga ma'lumki Evropada XV asrning 40-yillarida kitob nashriyotining paydo bo'lishi bilan kitobxonlik madaniyatining yangi bosqichi boshlandi. Kitob ta'limi bora-bora shaxsiy muloqotning barcha an'anaviy shaklini siqib chiqarib, ommaviy ta'lim uchun muhim poydevor yaratdi. Shu bilan birga, biz uchun har jihatdan mukammal bo'lgan yangi fan kurtaklari - didaktika vujudga keldi, bu esa o'z navbatida ilmda yuz berayotgan barcha yangiliklarni o'qitish uchun qulay bo'lgan darsliklar shakliga keltiradigan o'qituvchining yangi qiyofasi shakllandi.

Insoniyat tarixida axborotlarni eslab qolish, saqlash, uzatish, o'zgartirishga imkon beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining paydo bo'lishi va jadal rivojlanishi XXI asrning yangi ta'lim paradigmasi - axborot madaniyatini yaratishga olib keladi. Shu bilan birga, bu jarayonlar o'z navbatida talabalar bilish faoliyatinining imkoniyati cheksiz ravishda oshib boradi va pedagogning ro'li ham o'zgaradi. U talabalar uchun nafaqat fanga doir bilimlarni etkazuvchi, balki ma'lumot dengizida «losman» bo'lib, kerakli ma'lumotni tanlab olishga, uni mantiqiy tushunishga va zamonaviy ta'limning kompetentlik tamoyillariga javob beradigan kasbiy faoliyatida samarali foydalanishga yordam beradi.

Jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichi mutaxassisning ilmiy darajasi va kompetentligiga qo'yiladigan yangi talablarni taqozo etmoqda. Talabalarga taqdim etilayotgan bilimlar hajmining o'sishi sharoitida, auditoriya mashg'ulotlarining qisqartirilishi, o'quv jarayonini yanada mukammallashtirishga sabab bo'lmoqda. O'quv jarayonining samaradorligini oshirish oliy ta'limning asosiy vazifalaridan biri bo'lib, uni o'quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali hal qilish mumkin.

Kompyuter grafikasi vositalari o'qitish metodikasiga yondashuvni tubdan o'zgartirdi: magnit va elektr maydonlari, kimyoviy reaksiyalar va boshqalar kabi ko'zga ko'rinmaydigan jarayon va hodisalarni vizuallashtirish ularni kuzatish va tushunishni yaxshilash imkonini beradi.

Ta'limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini P.F.Anisimov, P.M.Bisirkin, A.V.Gololobov, Yu.F.Katxanova, A.M.Leybov, A.V.Sobolova, F.Liarokapislar o'z tadqiqotlarida ilmiy isbotlashgan.

Kompyuter texnologiyalari o'quv jarayonidagi mexanik takrorlash uchun zarur bo'lgan vaqtni qisqartiradi. Masalan, talabalar darsning nazariy bayonlarini yozish o'rniga, darslikni ma'lumot tashuvchilarga ko'chirib olishlari mumkin va bu dars vaqtining ma'lum qismini tejashga yordam beradi. Grafik yoki kurs ishlarini, shuningdek, kurs va diplom loyihalarini bajarishda pedagogning yo'llanma va maslahatlari zarur bo'ladi. Talabalar

For citation: Sabo Nasirova. (2024) Improving the methodology of using graphic programs in teaching architectural drawings, Inter education & global study, (8(1)), pp. 216-226. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tomonidan berilgan savollar yildan-yilga takrorlanadi. Agar ushbu savollar elektron darslikka kiritilsa, yo'llanma va maslahat berish uchun ajratilgan vaqt qisqartiriladi. Agar test yozma nazorati an'anaviy usulda emas zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanib tashkillashtirilsa, bu pedagog vaqtining yana bir qismini tejash imkonini beradi.

"Qurilish chizmachiligi" fanida kompyuter texnologiyalarini qo'llanilishi kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Bu esa talabalarning fazoviy tasavvurini oshirishga xizmat qiladi. So'nggi yillarda kompyuter grafikasiga bo'lgan talab oshib borishi "Qurilish chizmachiligi" fanini yanada chuqurroq o'rganishni talab etmoqda. Kuzatuvlar shuni tasdiqlaydiki, kompyuter grafikasi fani oliy ta'limdagi texnik yo'nalishlar uchun yangi fan sifatida joriy etilmoqda. Kompyuter grafikasi fani chizma geometriya va muhandislik grafikasi qonuniyatlariga tayanadi. Tayyorlanayotgan muhandis-pedagoglar kompyuter vositalaridan va grafik dasturlarda loyihalash ishlarini mustaqil ravishda bajarishlari talab etilmoqda.

Lekin yuqoridagi keltirib o'tilgan ilmiy tadqiqotlada qurilish chizmachiligida grafik dasturlardan (ArchiCAD) foydalanish va ularning uzviy bog'lanishi haqida alohida to'xtalib o'tilmagan. Ba'zibir ishlarda qurilish chizmachiligida grafik dasturlardan AutoCAD dasturidan foydalanish bo'yicha qator tavsiyalar berilgan. Hozirgi kunga kelib bu dasturdan qurilish chizmachiligi fanida foydalanish samarali vosita hisoblanmaydi. Bunga bir qator omillar mavjud: ArchiCAD dasturi asosan ikki o'lchamli chizmalar uchun qulay hisoblanadi; ArchiCAD dasturida ikki o'lchamli chizmalar alohida-alohida (obyektning 2d va 3d holati) bajarilai; Alohida-alohida chizilgan chizmalarni barcha talabalar bir-xilda tushunishlari qiyin bo'ladi; ArchiCAD dasturida tayyor standart belgilarni o'zgartirish uchun uning funksional buyruqlariga kirish talab etiladi; ArchiCAD dasturida standart shartli belgilar soni juda kam va ular ham cheklangan; Grafik dasturlar ichida ko'plab dasturlarda bir yo'la ham 2d chizma ham 3d model ko'rinishlarini chizish mumkin bo'lgan funksiyalar mavjud. Lekin ko'pchilik grafik dasturlarda yaratilgan davlarning standartlari kiritilgan bo'ladi, ularni ba'zilarini o'zgartirish imkoni mavjud bo'lsa ba'zilariniki mavjud bo'lmaydi. Bu holat ba'zi noqulayliklarni keltirib chiqarishga sabab bo'ladi.

BIM dasturlari ichida ba'zi bir shunday dasturlar mavjudki ular aynan qurilish sohasi uchun mo'ljallangan dastur hisoblanadi. Bular ArchiCAD, Revit, Lira, Grasskoper va boshqalar. Bu dasturlar ichidan ArchiCAD grafik dasturi qurilish chizmachiligi fanidagi mavzularni tushuntirish uchun juda qulay hisoblanadi. Bunga quyidagi omillar asos bo'lib hizmat qiladi: ArchiCAD grafik dasturi uncha kuchli hisoblanmagan kompyuterlarda ham ishlash imkoniyati mavjudligi; ArchiCAD dasturining engil ishlashi (2d va 3d chiz malarda ham bir hil ishlaydi); ArchiCAD dasturida bir yo'la ham 2d o'lchamli chizma ham 3d ko'rinish hosil qilinishi; Buyruqlar panelidagi buyruqlarning qurilish sohasiga bog'langanligi; Shartli belgilarning parametrlarini oson o'zgartirish mumkinligi;Tayyor 3d modellarni 2d holatda ham o'zrgartirilish funksiyasining mavjudligi; Oddiy va murakkab qirqimlarning avtomatik tarzda bajarilish; Standart kutubxonasiga boshqa joydan olingan modellarni oson bog'lanishi va ularning parametrlarini standart kabi o'zgartirish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

imkoniyatining mavjudligi; Tayyor bo'lgan hujjatlarni bitta loyiha albomiga yig'ilish imkoniyatining mavjudligi; ArchiCAD grafik dasturining imkoniyatlari va uning chizmachilik fanlari bilan uzviy bog'liqligi haqida hech qanday ilmiy ish qilinmagan. Faqatkina rus mutaxassislari bu grafik dasturning qulayligi va imkoniyatlari haqida kitob yozishgan. A. L. Lansov, Titov S., N. Malova, A. Dneprov, P. Vasilyev, E. Kustova, O. Ivanova, A. Orlov, K. Gleni, D. Ridder, V.G. Proxorskiy, E. Felistov, G.A. Jadayev bu olimlar ArchiCAD grafik dasturining imkoniyatlari haqida batavsil yoritib betishgan o'z kitoblarida.

Qurilish chizmachiligi fani o'qitiladigan oliy o'quv yurtlarida fan dasturlariga kompyuter grafikasiga oid mavzularini kiritish va ko'paytirish orqali fanni yanada amaliy ahamiyatini oshirishni ko'rish mumkin. Hozirgi kunga kelib fan mutaxassislarini kompyuter savodxonligi hamda grafik dasturlar imkoniyatlaridan foydalanishlari talab etiladi. Ta'lim jarayonlarida kompyuter grafikasidan foydalanish yordamida: fazoviy tasavvur rivojlanadi; o'zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori bo'ladi; xotirada saqlash davomiyligi ortadi; ijodiy va mantiqiy fikrlash rivojlanadi; yangi loyihalar va ularni yaratish uchun imkoniyatlar ochiladi; qurilish chizmachiligiga doir bo'lgan grafik ishlarni bajarishda talabalarga bir muncha qulayliklar keltiradi va osonlashishiga yordam beradi.

Bizga ma'lumki grafik dasturlar va multimediali elektron darsliklardan foydalanib qurilish chizmachiligi darslarini tashkil etish an'anaviy usullarda dars o'tishga nisbatan bir necha afzalliklari mavjud. Ular: dars sifati ko'zlangan darajada bo'ladi; fan bo'yicha berilayotgan ma'lumotlar tushunarli va aniq ko'rinishda bo'ladi; fanga doir va tushuntirilishi kerak bo'lgan chizmalar va obyektlar talabalar ko'z o'ngida kompyuter grafikasi imkoniyatlari yordamida bajariladi; yasalgan binoning 3d modelini olti ko'rinishda ko'rish yoki bir yo'la to'rtta ko'rinishda va yaqqol modelini turli tamondan ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi; tayyor bo'lgan obyektda oddiy va murakkab qirqimlar berish va shu qirqimlarni bir yo'la ko'rish imkoniyati mavjudligi; qisqa vaqt ichida mavzu uchun ajratilgan darsni tushuntirish imkoniyati mavjudligi; mavzu bo'yicha ma'ruzalar, topshiriqlar to'plamlari, turli darajadagi test savollari, fandagi atamalar uchun glossariyni mavjudligi yordamchi vosita sifatida foydalanish mumkin.

Variativ turdagi ma'ruzalarni o'tish; o'qituvchilarni maxsus, uslubiy va AKT kompetentlik darajasiga bog'liq holda tayyorlash va malakasini oshirish; "Multimediya" ma'ruzasida ta'lim oluvchilarning o'quv-bilish faoliyati faollashuvini tajriba asosida baholash uslublariga ega bo'lgan ma'ruza kurslarining multimediali o'rgatish tizimlarini qo'llashning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish hamda o'quv jarayoniga tatbiq etish lozim.

Multimedia vositalari o'quv jarayonining ko'rgazmaliligini sezilarli darajada kengaytirdi: modellar, grafika, ranglar, ovoz, videotexnikadan foydalanish. Ushbu xilma-xillik turli xil o'quv vaziyatlarini, shu jumladan, o'quv o'yinlarini modellashtirishga imkon beradi. Bo'lajak bitiruvchilarning bilim sifatini oshirish istagida, muhandislik grafikasi fanlari o'qituvchilari o'quv vaziyatlarida shaxsiy kompyuterdan foydalanib, turli xil texnologiyalarni qo'llashga intilishadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Qurilish chizmachiligi fanida mashg'ulotlarini olib borish vaqtida, doskada mavzu bo'yicha chizma chizish va talabalar uni daftarlariga ko'chirishlari kerak. Ammo ko'pincha qurilish chizmachiligida bitta chizmani doskada ko'rsatishning o'zi etarli hisoblanmaydi. Bu vaziyatda pedagog oldindan tayyorlangan chizmalardan foydalanish zarurati tug'iladi. Bundan tashqari grafik dasturlarning animatsion imkoniyatlaridan foydalangan holda doskada ko'rsatib ulgurilmagan chizmalarni ko'rsatish va talabalarning ongida mavzu mohiyati yanada chuqurroq iz qoldirishga hizmat qiladi. Bu o'z navbatida murakkab mavzularni tushunturish birmuncha soddalashadi va tushunarliligi oshadi.

Mavzu mohiyatini kompyuter grafikasi yordamida yaratish quyidagi afzalliklarga ega: grafik dasturlar yordamida bir vaqtning o'zida bir necha chizmalar bilan ishlash imkoniyati mavjud bo'lishi; bir vaqtning o'zida chizilgan chizmani ko'rgazmali material sifatida foydalanishligi; ekrandagi vizual axborotning sifati auditoriya doskasidagi axborotga nisbatan yuqori; ikki o'lchamli chizmalarning isbotini uch o'lchovli chizlalarda bir vaqtning o'zida ko'rsatish imkoniyati; qurilish chizmachiligi bo'limi bo'yicha materiallar, ma'ruzaning yuqori ko'rgazmali bo'lgani tufayli osonroq o'zlashtiriladi;qurilish chizmachiligidagi shartli belgilarning aniq chizilish imkoniyatining mavjudligi; talabalarda ma'ruza matni to'liq bo'ladi; talabalr mavzu bo'yicha o'zlashtirishi lozim bo'lgan chizmalarni 3d modellar orqali ya'nada mukammal tushunishlari; bayon qilish tezligi oddiy ma'ruzaga nisbatan yuqori; agar biron-bir talabada keyinchalik savol paydo bo'lsa, o'qituvchi osongina bosqichma-bosqich oldingi chizmaga qaytishi mumkin; elektron ma'ruzaning an'anaviy darsga o'xshashligi unga bo'lgan qiziqishni kuchaytiradi, fazoviy fikrlash rivojlanishiga ko'maklashadi.

Ortogonal chizmalarga qo'shimcha ravishda geometrik ob'ektlarning uch o'lchovli modellari va animatsion roliklardan foydalanish talabalarni jarayonga hissiy jalb qilishga yordam beradi.

T.I.Tatarinseva olib borgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, animatsiya va boshqa grafik ma'lumotlardan foydalangan holda o'qitish quyidagi imkonlarni beradi: axborotni eslab qolishni 10 foizga oshirish; axborotni qabul qilishni (tushunishni) 30% ga oshirish; talabaning o'quv jarayoniga jalb etilganligini oshiradi; 50% gacha mashg'ulot vaqtini qisqartiradi; tasvirlardan foydalanish, o'qitish jarayonining samaradorligini 89% gacha oshirishga imkon beradi; animatsiyalar statistik tasvirlarga nisbatan ma'lumotlarni idrok qilishni sezilarli darajada yaxshilaydi.

V.Knyazikovning fikricha, o'quv jarayonida axborot texnologiyalarni qo'llash quyidagi tamoyillarga rioya qilishni nazarda tutadi: maqsadga muvofiqligi

(kompyuter texnologiyalaridan foydalanish har bir aniq holatda, metodik va amaliy zaruratlardan kelib chiqqan holda asoslanishi kerak); dinamikligi (butun o'quv jarayoni davomida grafik va boshqa dasturlarni bosqichma-bosqich kiritish nazarda tutilgan).

Qalam va chizmachilik asboblaridan foydalangan holda o'qitishning an'anaviy usuli o'tmishda qolmoqda. O'qitish jarayonida, o'rganilayotgan detalning qog'ozli eskizini olgandan so'ng, uning ishchi chizmasini qog'ozga an'anaviy usulda bajargandan ko'ra, detalning uch o'lchovli elektron modelini yaratish maqsadga muvofiq bo'ladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Avtomatlashtirilgan loyihalash dasturida olingan model detalning konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYaT)ga muvofiq ishchi chizmalarini bajarish va ularni xalqaro standart talablariga asosan qayta ko'rib chiqish imkonini beradi.

Muhandislik grafikasi fanlarini o'rganishda grafik dasturlardan foydalanish talabalar ilmiy tadqiqotlarini rivojlantirishga, talabalarning nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishini kuchaytirishga yordam beradi. Bular hozirgi kunda oliy ta'lim oldida turgan asosiy vazifalardir.

Bugungi kunda qurilush chizmachiligidagi planlarning yoki qurilishga doir bir qator buyumlarning elektron modellarini yaratishga imkon beradigan juda ko'p turli xil grafik dasturlar mavjud. Bunday modellar yaratish imkonini beruvchi grafik dasturlarni yaratuvchi kompaniyalardan BIM va Autodesk kompaniyalari etakchilikni o'z qo'llariga olgan. Muhandislik grafikasi fanlarida bunday buyumlarni modellashtirish, ularni talabalar tomonidan yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi va ko'rgazmalilikni sezilarli darajada oshiradi. Ko'rgazmalilik ayniqsa qurilish chizmachiligi fani uchun o'ta muhim bo'g'in hisoblanadi.

Rivojlanayotgan ta'lim jarayonida maxoratli pedagog o'z oldiga bir qator samarali maqadlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega, ya'ni unga asosiy ko'makchi vazifasini electron darslik bajaradi. Elektron darslik ayniqsa qurilish chizmachiligi fanida juda yaxshi samara beradi. Sababi qurilish mavzusiga oid bo'lgan mavzularni chizmachilikning qolgan sohalariga qaraganda animatsion video roliklar, electron plakatlar ancha yaxshi va tushunarli chiqadi. Qurilish mavzusidagi animatsialar talabalar ko'rgan va o'zlari hayoti davomida duch kelgan obyektlar misolida bo'lganligi sababli talabalarning tushunishlari bir muncha oson va tez bo'ladi, bu esa pedagog o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishishda muhim qadam hisoblanadi.

Bundan tashqarizamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida tayyorlangan elektron darslik biz o'qib o'rgangan an'anaviy bosma darsliklarning o'rnini bosishi bilan bir qatorda pedagogga bog'liq bo'lmagan muommolarni ham hal qilish imkoniyatlari mavjud bo'lishi bilan qator avzalliklarga ham ega hisoblanadi. Masalan o'qituvchi dars jarayonida mavzu bo'yicha tushuntirayotgan chizmalarni chizib bo'lgach talabalardan savol tug'ilsa chizmaning qaysidur bosqichaga ya'ni ortga qayta olmaydi, natijada talabalarda o'zlashtirish bir muncha pasayadi. Elektron darslikda esa animatsion qilingan chizmalarda buning imkoniyatlari mavjud bo'lishi bilan bir qatorda o'sha chizmaning yaqqol ko'rinishini ham namoyish etish imkoniyati mavjud hisoblanadi.

Elektron darslikning avzalliklari: materiallarning tanlov fnksiyalari; animatsion materiallarni xoxlagan tezlik vaketma-ketlida ko'rish; bir materialdan ikkinchi materialga oson o'tish; darslikdan istalgan vaqt va joyda foydalanish; darslikdagi ma'lumotlarning video roliklar orqali mustaxkamlanishning bir vaqtda amalga oshirilishi; O'quv jarayoniga uch o'lchovli modellashtirish kompyuter texnologiyalarini joriy etish, muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishning shakllangan an'analarini qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Ob'ekt haqida eng to'liq, aniq va ko'rgazmali ma'lumot manbai bu uning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

hajmli modeli hisoblanadi. Zarur bo'lsa undan foydalangan holda konstruktorlik hujjatlari elektron yoki qog'oz tashuvchilarda berilishi mumkin.

V.A.Nikolaev va A.D.Menshikovalarning fikricha: «Uch o'lchovli tizimning asosiy maqsadi muddatlarni qisqartirish, loyihalashtirish natijalarining sifati va texnik-iqtisodiy darajasini oshirish, hujjatlar rasmiylashtirishni avtomatlashtirish, loyihalashni boshqarish sifatini ko'tarishdir. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (CAD)dan foydalanish, ishlab chiqaruvchining vaqtini talab qiladigan takrorlanuvchi chizmachilik ishlaridan ozod qilish, shuningdek, mahsulot konstruksiyasiga o'zgartirishlar kiritishni soddalashtirishga imkon beradi».

Bugungi kunda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari nafaqat 3D modellashtirish, balki 4D modellashtirish imkoniyatiga ega, ya'ni parametrizatsiya, bu foydalanish doirasini sezilarli darajada kengaytiradi. Masalan, AutoCAD tizimi ta'lim tizimida keng qo'llaniladi: tutashmalar, ko'rinishlar, qirqim, kesim, yig'ish chizmalari, detallarga ajratish kabi mavzularda mashg'ulotlarni samarali o'tkazishga imkon beradi. Bundan tashqari, tizim mashinalar va mexanizmlar, bino va inshootlarning loyihalarini ishlab chiqishga imkon beradi. Biz har doim ham ma'lum bir o'quv ob'ektini tabiiy shaklda namoyish etish imkoniyatiga ega emasmiz, virtual namoyish bunday imkoniyatni beradi.

Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi paydo bo'lishi bilan birga ko'plab oliy o'quv yurtlar o'quv dasturlari bo'yicha chizma geometriyani to'liq yoki qisman yo'q qilish masalasini ko'rib chiqa boshladilar. Muhandislik grafikasi fanlarida fazoviy tasavvurni rivojlantirish uchun chizma geometriyaga alternativalarni izlash zaruratini tan olayotganlar tobora ko'payib bormoqda.

A.S.Smirnov qo'l grafikasini o'chirishga hali erta deb o'ylaydi:

«fotosuratli emas, shartli aniqlikka ega bo'lgani uchun u kompyuterga nisbatan ancha organikdir. Paradoks ham shunda: qo'l grafikasi mazmunan insoniy, erkin va harakatchan, tabiatga yaqinroq, kompyuter garfikasiga qaraganda ekologik va shuning uchun ham uning nimasidir zamonaviyroq tuyuladi».

N.V.Fedotova: «Biz uch o'lchovli ßD) texnologiyalarning rivojlanishi bilan chizma geometriya modifikatsiya qilinishi kerak, qo'lda chizilgan rasmning nisbati kamayishi kerak deb hisoblaymiz».

Ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida kompyuter texnologiyalari o'quv jarayoniga va bilim olishning an'anaviy usullariga organik mos qo'llanilishi kerak. Muhandislik grafikasi kafedralarida zamonaviy kompyuter texnologiyalarini oqilona joriy qilish nafaqat chizma geometriyasi va chizmachilik fanlari bo'yicha mexanik, odatiy qo'l ishlarini birlashtiribgina qolmasdan, balki talabalarning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirishga ham yordam beradi. Ya'ni o'quv jarayonida grafik tayyorgarlikning an'anaviy texnologiyalari va zamonaviy axborot texnologiyalarining uyg'unligi muhim tamoyili hisoblanadi.

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning barchasida hozirga kelib fanlarda integrativ yondashuvni qo'llash asosiy dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda, shu sababli o'qitish jarayonida kompyuter grafikasining o'rni sezilarli darajada o'zgarib

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bormoqda. Kompyuter grafikasi talabalar va o'qituvchilar uchun nafaqat o'rganish manbasi bo'lishi bilan bir qatorda asosiy o'quv vositasi ham hisoblanmaoqda. Chunki kopmyuter grafikasi talabalarning grafik tayyorgarligining asosiy quroliga aylanmoqda. Sababi kompyuter grafikasi orqali talabalarning fazoviy tassavuri samarali va tez rivojlanishining asosiy omili sifatida maydonga chiqmoqda. Bularning barchasi oldimizga qo'ygan asosiy maqsadimiz o'quv jarayonini jonlashtirish, talabalarga mavzu mohiyatini tezroq va mukammal tushunishlariga turtki bermoqda.

Arxitektura va qurilish sohasida chizmalar har doim muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Chizmalar orqali loyihalar vizual tarzda aks ettiriladi va ularning to'g'ri talqin qilinishi loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarurdir. Ushbu jarayonni yanada samarali va sifatli amalga oshirish uchun zamonaviy grafik dasturlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Grafik dasturlar orqali talabalar murakkab chizmalarni osonlik bilan yaratishi, tahrir qilishi va optimallashtirishi mumkin. Grafik dasturlar ta'lim jarayonida quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:

1. Vaqt tejash - Grafik dasturlar chizmalarni qo'lda bajarishga nisbatan ancha tezroq bajarishga imkon beradi. Talabalar murakkab chizmalarni qisqa vaqt ichida yaratish imkoniyatiga ega bo'ladi.

2. Aniqlik va tozalikka erishish - Grafik dasturlar chizmalar aniqligi va tozaligini ta'minlaydi. Loyihalashda xatoliklarni kamaytirish va tahrir qilish imkoniyatlari mavjud.

3. Interaktivlik - Dasturlar yordamida chizmalar uch o'lchovli shakllarda ko'rsatilishi va turli burchaklardan ko'rib chiqilishi mumkin. Bu talabalar uchun ob'ektlarning hajmi va shaklini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

4. Qayta ishlash qulayligi - Bir marta yaratilgan chizmalarni qayta ishlash va yangilash oson. Bu arxitektura va qurilish loyihalarining yangicha talablarga moslashuvchanligini oshiradi.

5. Yaratilishdagi kreativlik - Grafik dasturlar talabalarni o'z ijodiy imkoniyatlarini yanada samarali namoyish etishga undaydi, bu esa ularning kelajakda yanada innovatsion yondashuvlarga ega bo'lishiga yordam beradi.

Dasturlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yöllari. Arxitektura qurilish chizmalarini o'qitishda grafik dasturlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish uchun quyidagi strategiyalarni qo'llash tavsiya etiladi:

1. Dasturlarni integratsiya qilish - Darslar jarayonida AutoCAD, Revit, SketchUp kabi zamonaviy grafik dasturlarni o'qitishga integratsiya qilish lozim. Talabalarni dasturlardan foydalanishni o'rgatish uchun amaliy mashg'ulotlar tashkil etish kerak. Bu jarayonda talabalar dasturlarning interfeysi bilan tanishadilar va ulardan samarali foydalanishni o'rganadilar.

2. Interaktiv treninglar va ustoz-murabbiy yördamida mashg'ulotlar - Talabalarga dasturlarni to'g'ri qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishda interaktiv treninglar va tajribali ustozlar bilan mashg'ulotlar samarali hisoblanadi. Ustozlar talabalar uchun real loyihalarga asoslangan topshiriqlarni tayyorlash orqali ularda o'rganishni yanada qiziqarli qiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Raqamli platformalardan foydalanish - Onlayn kurslar va video darslar orqali talabalar grafik dasturlarda mustaqil ravishda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Ushbu usul talabalarga istalgan joyda va vaqtda o'z bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi.

4. Muammolar asosida o'qitish - Talabalarga real loyiha asosida vazifalar berish va grafik dasturlardan foydalangan holda muammolarni hal qilishga yo'naltirilgan amaliy topshiriqlar tashkil etish o'quv jarayonini boyitadi. Bunday topshiriqlar talabalar o'rtasida jamoaviy ishlash ko'nikmasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

5. Kreativ fikrlashni rag'batlantirish - Dasturlardan foydalanishda talabalar uchun yangi dizayn echimlarini ishlab chiqish va o'z g'oyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish zarur. Bu esa ularning ijodiy salohiyatini kuchaytiradi.

Arxitektura va qurilish chizmalarini o'qitishda grafik dasturlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish arxitektura va qurilish sohasidagi ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu nafaqat talabalarning texnik bilim va ko'nikmalarini rivojlantiradi, balki ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Metodikani takomillashtirish orqali talabalarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va ijodiy yondashuv ko'nikmalari yanada mustahkamlanadi.

Xulosa qilib aytganda, kompyuter grafikasi qurulish chizmachiligi fanida o'zlashtiriladigan mavzular mohiyati elektron chizma bajarish uchun o'rganish ob'ekti sifatida hamda chizma geometriya va chizmachilik fanlarini o'qitishda vosita sifatida ishtirok etishi mumkin. Bu esa oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilaridan talabalarda nafaqat avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida ishlash, balki ushbu dasturiy mahsulotlarning imkoniyatlaridan o'zlarining kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida samarali foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

1. Покровская М. В. Инженерная графика: панорамный взгляд (научно-педагогическое исследование). - М.: Исследователский сентр проблем качества подготовки спесиалистов

2. Гузненков В.Н., Журбенко П.А. Учебный протсесс с исползованием графических пакетов // Теория и практика общетвенного развития. 2014. -№ С.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Демидов С.Г. Особенности исползования информатсионных технологий при преподавании графических диссиплин // Информатизатсия инженерного образования: сб. тр. Междунар. науч.-практ. конф. - М., 2016.

4. Телной В.И. Новые подходы к изучению диссиплины

5. «Инженерная графика» с исползованием современных информатсионных технологий //Вестник МГСУ. 2013. - № 8. - С.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

173-175;

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

6. Смирнов А.В. Теория и методика применения средств новых информатсионных технологий в обучении физики. Автореф дисс. ... докт. пед наук. -М., 1996.- 36с.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Nasirova Sabo, tyutor [Насирова Сабо, тютор], [Nasirova Sabo, tyutor]; manzil: O'zbekiston, Shahar: Toshkent, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy [Адрес: Узбекистан, Город: Ташкент, Юнусабадский район, улица Янгишахар, 9А-уй], [Address: Uzbekistan, City: Tashkent, Yunusabad district, Yangishahar street, house 9A]

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8(1)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.