Научная статья на тему 'СHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH VA METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

СHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH VA METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
154
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chizma / rasm / chizmachilik / AutoCAD / eskiz / proyeksion bog‘lanish / texnik rasm. / drawing / AutoCAD / sketch / projection / connection / technical drawing.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — G.X. Xamidova

maqolada chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o‘zlashtirishdagi muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etishda grafik dasturlardan foydalangan holda talabalarning murakkab bo‘lgan chizmalarni osonlik bilan ishlash qulayliklari haqida so‘z boradi. AutoCAD ushbu fanlarni o‘rganishdagi grafik dasturlarga misol bo‘la oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE USE AND METHODOLOGY OF GRAPHIC PROGRAMS IN THE TEACHING OF DRAWING

the article addresses the problems and shortcomings encountered in mastering the subjects of drawing and geometric drawing, and proposes overcoming them through the use of graphic programs to facilitate students' work with complex drawings. AutoCAD serves as an example of graphics software utilized in the study of these subjects.

Текст научной работы на тему «СHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH VA METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DOI: 10.24412/2992-9024-2024-1-34-44

© G.X. Xamidova 1B_

1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy

Annotatsiya

KIRISH: maqolada chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o'zlashtirishdagi muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etishda grafik dasturlardan foydalangan holda talabalarning murakkab bo'lgan chizmalarni osonlik bilan ishlash qulayliklari haqida so'z boradi. AutoCAD ushbu fanlarni o'rganishdagi grafik dasturlarga misol bo'la oladi.

MAQSAD: kompyuter texnologiyalari yordamida grafik dasturlardan foydalanib chizmachilik va chizma geometriya fanlarini oson o'zlashtirish va tasavvurni kengaytirish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 15 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. (5 tasi zamonaviy texnologilarnini qo'llaganda kelib chiqadigan muammolar va 10 tasi grafik dasturlaridan foydalanish afzalliklari bo'yicha maqolalar). Yig'ilgan maqolalar 2019-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MUHOKAMA VA NATEJALAR: yig'ilgan materiallar o'rganilish natejasida ishtirok etish belgilaridan foydalanishga ta'sirini aniqlandi. Chizmachilikni grafik dasturlar bilan o'rgatishning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalar zamonaviy kompyuter texnologiyalarining kamchiliklariga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Ikkala o'rganish natejalari bo'yicha mualliflar o'quvchiga murojaat qilish va umumiy bilimlarga murojaat qilish orqali o'quvchi bilan muloqot qiladi, ammo chizmachilikni an'anaviy ravishda o'qitishga qaraganda kompyuter grafik dasturlari bilan bog'lab yozilgan maqolalar o'quvchi e'tiborini faol ravishda yo'naltiradi va sharhlar orqali ularga bevosita murojaat qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda grafik dasturlar bilan o'quvchiga chizmachilik va chizma geometriya fanlari haqida bilim berish ularda ko'proq tassavvurni kengayishi va bilimni to'laqonli egallashga ko'maklashgan. Asosiy farq o'quvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaatlarda bo'lib, ular shaxsiy sharhlar va savollarda amalga oshiriladi.

XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega ilmiy maqolalar mualliflari tomonidan juda ko'p murojat qilingan bo'lib, aksariyatida 3D o'lchamning muvaffaqiyatli bajarilishi va qo'g'oz, qalamdan ko'ra aniqlik darajasining kengligi, yaqqol tasvirni bajarishda qulayliklar, ko'rish va tasavvur qilish imkoniyatlari chizmachilik, chizma

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

geometriya va mashinasozlik fanlarini o'qitish jaroyonida muhim ahamiyati ko'rsatilgan. Bu esa o'z o'rnida global bilimlarni rivojlantirish va ularni to'g'ri yo'naltirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: chizma, rasm, chizmachilik, AutoCAD, eskiz, proyeksion bog'lanish, texnik rasm.

Iqtibos uchun: Xamidova G.X. Chizmachilik fanini o'qitishda grafik dasturlardan foydalanish va metodikasini takomillashtirish // Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 34-44.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ И МЕТОДИКИ ГРАФИЧЕСКИХ

ПРОГРАММ В ОБУЧЕНИИ ЧЕРЧЕНИЮ_

© r.X. Хамидова 1Н

1 Навоийский государственный педагогический институт, Наваи_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье говорится о проблемах и недостатках в освоении предметов черчения и черчения геометрии и способах их преодоления с помощью графических программ, помогающих учащимся легко работать со сложными чертежами. AutoCAD является примером графического программного обеспечения при изучении этих предметов.

ЦЕЛЬ: легкое овладение наукой черчения и чертежной геометрии и расширение воображения с использованием графических программ с помощью компьютерных технологий.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа степени освоения студентами изучаемой науки и техники и влияния легкости и трудностей овладения этой наукой после обучения создан корпус из 15 научных статей. (5 статей о проблемах, возникающих при использовании современных технологий и 10 статей о преимуществах использования графических программ). Сборники статей были опубликованы в международных и национальных академических журналах в период 2019-2023 гг. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: собранные материалы выявили влияние использования символов участия на результат обучения. Научные статьи, анализирующие преимущества обучения черчению с помощью графических программ, рассчитаны на более высокий контингент вовлеченности, чем статьи, посвященные недостаткам современных компьютерных технологий. В обоих результатах обучения авторы общаются с читателем, обращаясь к читателю и ссылаясь на общие знания, но статьи, написанные с помощью программ компьютерной графики, более доступны читателю, чем при традиционном обучении черчению. Внимание и обращается к ним непосредственно через комментарии. Обучение студентов черчению и графическая геометрии с помощью графических программ с использованием современных педагогических технологий помогло им расширить воображение и в полной мере овладеть знаниями. Основное отличие - в прямых обращениях к читателю, которые осуществляются в личных комментариях и вопросах.

© https://iegs-scientificjournal.vercel.app/ 2024, EDITION 1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования широко цитируются авторами научных статей, имеющих важное педагогическое значение, большинство из них показывают успешную реализацию 3D-измерений и широкий диапазон уровней точности по сравнению с бумагой и карандашом, удобство проведения четких измерений, изображение, множество. Показано, что умение видеть и представлять имеет большое значение в процессе обучения черчению, графическая геометрии и машиностроению. Это, в свою очередь, помогает развивать глобальные знания и правильно их направлять.

Ключевые слова: чертёж, AutoCAD, эскиз, соединение проекций, технический рисунок.

Для цитирования: Хамидова r.X. Совершенствование использования и методики графических программ в обучении черчению. // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 34-44.

IMPROVING THE USE AND METHODOLOGY OF GRAPHIC PROGRAMS IN THE TEACHING OF DRAWING_

© Gulmira X. Xamidova 1H

1Navoi State Pedagogical Institute, Navai_

Annotation

INTRODUCTION: the article addresses the problems and shortcomings encountered in mastering the subjects of drawing and geometric drawing, and proposes overcoming them through the use of graphic programs to facilitate students' work with complex drawings. AutoCAD serves as an example of graphics software utilized in the study of these subjects.

AIM: the aim is to facilitate the mastery of drawing and geometric drawing and to enhance imagination using graphic programs with the assistance of computer technologies.

MATERIALS AND METHODS: a corpus of 15 scientific articles was assembled to analyze the extent to which students can master the subject matter and technology under study, and to evaluate the influence of ease and difficulties in mastering this subject matter post-instruction. The corpus consists of 5 articles addressing problems arising from the use of modern technologies and 10 articles discussing the advantages of using graphic programs. These articles were published in international and national academic journals between 2019 and 2023. They underwent analysis and a comparative study was conducted.

DISCUSSION AND RESULTS: the collected materials reveal the impact of using graphic symbols on learning outcomes. Scientific articles analyzing the advantages of teaching drawing with graphic programs demonstrate a higher level of engagement compared to articles focusing on the disadvantages of modern computer technology. In both cases, authors engage with the reader by referencing them and drawing upon general knowledge. However, articles related to computer graphics programs are more accessible to the reader than those focused on traditional drawing instruction, actively directing

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

attention and directly addressing the reader through comments. Teaching drawing and geometric drawing with graphic programs using modern pedagogical technologies helped expand students' imagination and facilitated comprehensive knowledge acquisition. The primary distinction lies in direct appeals to the reader, conveyed through personal comments and questions.

CONCLUSION: the research results have been widely cited in scientific articles of significant pedagogical value, with most demonstrating successful implementation of 3D modeling and varying levels of accuracy compared to traditional methods. The convenience of producing clear images and the enhanced ability to visualize and imagine are shown to be of great importance in teaching drawing, geometric drawing, and mechanical engineering. This, in turn, aids in the development and appropriate direction of global knowledge.

Keywords: drawing, AutoCAD, sketch, projection, connection, technical drawing.

O'zbekiston Respublikasining mustaqallikka erishishi ma'naviy, tarixiy qadriyatlarimiz hamda xalq pedagogikasi an'analarini qayta tiklash va ularni zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida rivojlantirishga katta yo'l ochib berdi. Ta'lim sohasini yanada rivojlantirishga yangidan-yangi qonunlar, farmoyishlar e'lon qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev so'zlari bilan aytganda "Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi.

Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur.

Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir."3

Hozirgi kunda oliy ta'lim sohasida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanilmaydigan o'quv fanlarini bo'lmasa kerak. Oliy talim o'quv jarayonlarida hamma fanlarda axborot texnologiyalarining turli dasturlari, yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan bo'lib, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish sur'ati yildan-yilga ortib bormoqda. Ta'kidlab o'tish zarurki, kompyuterdan ta'lim tizimining turli sohalarida: informatika, kimyo, chizmachilik, fizika, biologiya, geografiya, geometriya, matematika kabi fanlardan keng foydalanilmoqda.

For citation: Gulmira X. Xamidova. (2024) 'Improving the use and methodology of graphic programs in the teaching of drawing', Inter education & global study, (1), pp. 34-44. (In Uzbek).

3 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. 0'zbekiston.2016. -B. 18 // www.google.uz

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Muhandislik kompyuter grafikasi darslarida berilgan grafik chizmalarni bajarish o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otish bilan birga grafik dasturlarda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi va o'zlashtirishni faollashtiradi.

Talabalar uchun berib boriladigan grafik ishlar texnik mutaxasislar va chizmachilik fani bo'yicha mutaxasis o'qituvchilar tayyorlaydigan pedogogik Oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan. Bu grafik ishlarining shakli va mazmunini turli soha mutaxasisliklari uchun esa, ularda bajariladigan grafik tasvirlar asosida tanlab olinadi. Masalan, qurilish-arxitektura sohasida grafik ishlari, naqqoshlikda ko'p qo'llaniladigan geometrik naqshlar-girihlarni yoki xalq amaliy san'atida yog'och va ganch o'ymakorligining vazifalari sifatida tayyor girih kompozitsiya taqsimlarini hamda qurilish inshootlari obyektlarining loyihalarini olish mumkin.

Bunda o'z-o'zidan, «Nima uchun aynan AutoCAD grafik dasturdan foydalanish» lozim degan savol tug'iladi. Chunki Autodesk kompaniyasining AutoCAD tizimi hozirgi davrda avtomatik loyihalashning xalqaro standarti hisoblanadi. AutoCAD dasturining yaratilganligiga 20 yildan oshgan bo'lsada, grafik dasturlari orasida hanuzgacha mashhurligicha qolmoqda.4 Chunki AutoCAD dasturi mukammal va ommabop hamda loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan dastur bo'lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yuqori aniqlikda sifatli bajaradi. Shuningdek, bu dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to'la amalga oshirishga yordam beradi.

Hozirgi kunda bunday murakkablikdagi qurilish chizmalari, mashinasizlik chizmalarini bajarish uchun grafik dasturlarda bir qancha qulayliklar mavjud. Ular orasida AutoCAD dasturi loyihalash uchun juda qulayligi va aniq o'lchamlar asosida ikki va uch o'lchamli chizmalarni bajarishda yuqori darajada aniqlikda ishlash imkonini beradi.

Dasturda ikki o'lchamli chizmalardan tashqari uch o'lchamli chizmalarni bajarish uchun ham bir qancha qulayliklarga ega bo'lib ular quyidagilar:

1. Sirtlarni yasashda yasovchi va aylanish o'qining bo'lishi yetarliligi;

2. Ko'rinishlar bilan ishlashda ularni har birini vaziyatini uch o'lchamda ko'rish imkoni borligi;

3. Chizib olingan detallarni soya - yorug'lari bilan bo'yash;

4. Har bir chizilgan detalni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan o'lchamda qo'ya

olish;

5. 3D o'lchamda chizilgan buyumni har bir nuqtadan aylanib qarash imkonining

borligi.

3D muhitda ishlash uchun kerak bo'ladigan har bir ish stoli panellari bilan tanishib chiqiladi. Siz bilan sirtlar va ular ustida amallar bajarishni ko'rib chiqamiz. Quyidagi ketma-ketlikda chizma bajariladi.

4 Т.Рихсибаев ва б. Компьютер графикаси. - Т.: Тафаккур каноти, 2012й.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)

Scientific theoretical and methodical journal

2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Demak, bizda bir nechta aylanish sirtlari mavjud bo'lgan sirt berilgan bo'lib bu sirtlarning har birini alohida chizilishini o'rgangandik endilikda ularni birlashtirib chizib, tekis qirqim bajarib ko'ramiz. Buning uchun, Sirtlarni yasovchisi va o'qini qoldirib olamiz. Yasovchisi va o'qi orqali "Revolve" buyrug'i asosida detalni chizib olamiz. Tekis qirqim bajarish uchun "Solid edition" paneli buyruqlari orqali kesib olamiz.

edition" paneli buyruqlari va ularning ishlatilishi.

"Union" «Обьединение» 3D modilingda bajarilgan alohida-alohida detallarni birlashtirib, umumiy bitta buyum shakliga keltirib beradi. Bunda buyruq tanlanib birlashtirish kerak bo'lgan detallar belgilanadi va "Enter" bilan tasdiqlanadi. 1-rasm.

"Subtract" «Вычитание» bir-biri bilan keseshib turgan alohida detallarni asosiysidan kerak bo'lmagan qismini ayirib tashlanadi. Bunda buyruq yuknanadi va qoladigan detal belgilanib "Enter" bosiladi va keyin olib tashlanadigan detal belgilanib "Enter" bilan tasdiqlanadi. 2-rasm.

"Intersect" «Пересечение» ikkita bir- biri bilan birlashib turgan detallarning birlashgan qismini olib qolish. Bunda buyruq yuklanadi va ikkiala detal tanlanib, "Enter" bilan tasdiqlanadi. 3-rasm.

1-rasm 2-rasm 3-rasm

Sirtlarning birlashishidan tashkil topgan detalimizni tekis qirqimini bajarib ko'ramiz. Yasovchisi oqali aksonometriyasini "Revolve"da yasab oldik. 4-rasm. Endi esa uni ikki tomoniga box chizib olamiz va "Subtract" buyrug'i orqali tekis qirqim bajarib olamiz. 5-rasm. Shunda 6-rasmdagidek detal hosil bo'ladi.

"Solid

ф IS| 0 Extract Edges -^ Ц-* Extrude Faces • Ф If Separate -Solid Editing т

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

4-rasm

5-rasm

6-rasm

2D va 3D muhitda bajarilgan chizmalarni formatga joylashtirishda "Viewports" «Видовые экраны» buyruqlar panelidan foydalanish algoritmi.

"Multiple viewports" ya'ni bir nechta ko'rish oynalariga kiramiz va u yerdan "Single viewports" - bitta oyna yoki "Multiple viewports" bir nechta oynalarni ko'rish imkonini beradi.

n Conceptual

fig Unsaved View

Liflj Multiple viewports T

|2J Single viewport

rB«f

j J Mu Itiple vi ewports

Buni 7-rasmda ko'rish mumkin. Bu oynalarga 3 ta asosiy ko'rinishni va aksonametrik proyeksiyasini bitta oynada bir nechta qimlarda ishlash orqali ko'rish mumkin bo'ladi. Har bir oynani ustiga sichqoncha bilan tanlanganda o'sha oynada ishlash imkonini beradi.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

7-rasm

5.

"Viewport" «Видовые экраны» - ko'rish oynalari. Bunda bir qog'ozda ya'ni shtamp ramkaga uch ko'rinish bilan birga aksonometriyasini joylab olish va uni chop etish imkonini beradi. Buni bajarish ketma ketligi:

1. "Layoutl" - qog'oz ko'rinishiga o'tib olamiz. 8-rasm a.

2. "Viewport"-klaviatura yordamida yozib "Enter^' bilan tasqiqlanadi. (8-rasm b)

3. Muloqot oynasi paydo bo'ladi. Bu oyna orqali bizga kerak bo'lgan yangi oyna ochib olamiz. "OK" tugmasi bilan tasdiqlab olamiz. 9-rasm.

4. Oynani o'zimiz kerakli joyga chizib olamiz va shu oynani ichiga sichqonchani olib borib ikki marta bosganda bu oyna chegarasi yonadi va ishga tushadi. 10-rasm.

Oyna ichiga aksonometrik proyeksiyani kerakli ko'rinishda joylab olamiz va chop etishga berish mumkin bo'ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Modek Layoutl Layouts

a

1-rasm

VIEWPORTS \vj\ LAYOUTC REATEVIEWP О RT Al VIEWPORTS ALERT

b

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)

Scientific theoretical and methodical journal

2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

9-rasm 10-rasm

Kompyuterda 3D modellashtirishning yuqorida qayd etilgan imkoniyatlari shuni ko'rsatadiki, kompyuterda ishlangan 3D chizma qog'ozda ishlangan 3D chizmaga nisbatan juda ko'p afzalliklarga ega. Bular chizishning qulayligi, yuqori sifat va aniqlik, tahrirlash imkoniyatlari va, albatta, modellashtirish orqali parametrlarni boshqarish kabi qulay imkoniyatlar mavjud. Qog'ozda ayniqsa murakkab sirtga ega bo'lgan texnik ob'ektlar taxminiy geometrik parametrlar bo'lib, bu muammo kompyuterda 3D modelda hal qilinadi. Bugungi kunda zamonaviy ishlab chiqarishda qo'llanilayotgan avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining aksariyati ingliz tilidaligi sababli, kelajakda bunday tizimlar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida 3D modellashtirish asboblarining inglizcha terminologiyasi va ularning funksiyalari AutoCAD dasturi bo'yicha xorijiy adabiyotlardan olinadi.

Chizma va chizma geometriya fanlarini o'zlashtirishda o'quvchilar birinchi navbatda chizmalarni o'qish, ularni bajarish, grafik ma'lumotlarni yig'ish, sxemalarni chizishni bilishlari kerak. Muhandislik grafikasidan ma'lumki, loyihachi yoki tadqiqotchi birinchi navbatda texnik qurilma ongida yaratilgan tasvirni yoki ma'lum bir yo'nalishdagi jarayon modelini qog'ozda tasvirlaydi. Ushbu tasvirlar to'g'ri burchakli proyeksiya usuliga asoslangan bo'lsa-da, u chizma asboblari yordamisiz eskiz shaklida qo'lda bajarilardi. To'g'ridan-to'g'ri aniq o'lchamlarga qarab chizish amaliy emas, chunki bu faqat g'oya. Tasvirlarga ko'ra, qurilmaning tuzilishi, uning ishlash tamoyillari muhokama qilinadi va muayyan tuzatishlar kiritiladi. Shuningdek, eskizlar ashyo va detallarni dastlabki loyihalashda, ta'mirlash ishlarida, kelib chiqishiga qarab detallarning chizmalarini bajarishda qo'llaniladi. Ba'zan "texnik chizma" deb ataladigan aksonometrik proyeksiyalar asosida vizual tasvir ham amalga oshiriladi, chunki texnik chizma chizma asboblari yordamisiz qo'lda bajariladi.

Qismning asl o'lchamlari o'lchov asboblari yordamida amalga oshiriladi va eskizga olib borib qo'yiladi. Bulardan korinib turibdiki, eskiz yoki texnik rasm chizish uchun chizma asboblari yordamisiz qo'lda to'g'ri chiziq, aylana yoki ellips tasvirlarini yasashda ma'lum ko'nikma va malakaga ega bo'lish zarur. Eskizlar kompyuterda o'rnatilgan chizmachilik dasturlari asosida tuzilganda, agar uch o'lchamli model ishlatilsa, eskiz va texnik chizma bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi. Endi bu jarayon kompyuterda - zamonaviy yutuqlarga asoslangan AutoCAD dasturi yordamida amalga oshiriladi.

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Foydalanilgan adabiyotlar./ Список литературы./ References.

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xapkimiz bilan birga kuramiz. -Toshkent, O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Uzbekistan davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2016. - 56 b.

3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

4. T.Rixsiboyev., Kompyuter grafikasi. Toshkent, «Tafakkur qanoti», 2006.

5. S.S.Saydaliyev, «Chizmachilik», T.:, 2013.

6. A. To'xtayev, Mashinasozlik chizmachiligi, T., O'zbekiston, 2010.

7. I.Raxmonov Chizmachilikdan ma'lumotnoma, "O'quv qo'llanma" T.:, 2005.

8. A.Valiyev. Chizmachilik (Geometrik chizmachilik), T:, TDPU , 2020.

9. Шавдиров, С.А. (2017). Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности. Педагогическое образование и наука, (2), 109-110.

10. Ibragimovich I. X., Shovdirov S. A. THEORETICAL PRINCIPLES OF THE FORMATION OF STUDY COMPETENCIES REGARDING ART LITERACY IN STUDENTS //Science and Innovation. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 192-198.

11. Shovdirov, S. BB Boymetov Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts International Journal on Integrated Education.

12. Саъдиев С.Т., Очилов З. С. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА КАЧЕСТВО МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION". -2018. - С. 110-111.

13. Aslonov F. B. MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI //Innovative Development in Educational Activities. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 218-221.

14. Aziza To'xtaqulovna Vosiyeva, Zarifa Usmonovna Amonova TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KASB - HUNARGA YO'NALTIRISH // Oriental Art and Culture. 2023. №1. URL: https://cyberleninka.rn/article/n/tasviriy-san-at-darslarida-o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish (дата обращения:

15. Amonova Z.U., Quziboyeva R.A. BADIIY HUNARMANDCHILIK SOHASIDA KASHTACHILIK TARIXI VA ZAMONAVIY TA'LIMDAGI ETNO O'ZARO TA'SIRI // Экономика и социум. 2022. №5-2 (92). URL: https://cyberlen inka.ru/article/n/bad iiy-hunarmandchilik-sohasida-kashtachilik-tarixi-va-zamonaviy-ta-limdagi-etno-o-zaro-ta-siri (дата обращения:

16. Xamidova, G. X. (2022). MUHANDISLIK GRAFIKASI VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARIDAGI ONA TILI QOIDALARIGA XILOF, NOTO 'G 'RI VA NOANIQ BAYON QILINAYOTGAN TERMINLAR VA ULARNING OLDINI OLISH. Journal of Integrated Education and Research, 1(6), 203-207.

17. Khamidovna K. G., Usmonovna A. Z. The Role of Embroidery and Ethno Interaction in Traditional Art Crafts //Eurasian Scientific Herald. - 2022. - Т. 7. - С. 275-278.

18. Khamidovna, K. G. (2021). Aesthetic importance of the use of information and communication technologies in fine and applied arts lessons. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 235-239.

19. Usmonovna A. Z. THE USE OF CLASSIC STYLES IN MODERN FASHION //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A4. - С. 263-264.

20. Usmonovna, A. Z. (2023). THE USE OF CLASSIC STYLES IN MODERN FASHION. Science and innovation, 2(A4), 263-264.

21. Amonova Z. U., Vosiyeva A. T. Modelyer dizaynerlar chizadigan inson qomatida liboslarga rangning bosqichma-bosqich berilishi usullari //Journal of Integrated Education and Research. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 178-182.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Xamidova Gulmira Xamidovna, o'qituvchi [Хамидова Гульмира Хамидовна,

преподаватель], [Gulmira X. Xamidova, teacher]; manzil: O'zbekiston, 117036, Navoiy, Tolstoy ko'chasi, 36A [адрес: Узбекистан, 117036, Наваи, улица Толстого, 36А.], [address: Uzbekistan, 117036, Navoi, Tolstoy Street, 36A.]; ORCID: https://orcid.org/0009-0003-9168-6908; [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.