Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
g
AutoCAD GRAFIK DASTURI YORDAMIDA MODEL YASASH ORQALI TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURINI OSHIRISHGA OID
METODIK TAVSIYALAR
Ushbu tezisda talabalaming grafik savodxonligini oshirishda AutoCAD grafik dasturining o'rni va ahamiyati yoritib berilgan. Fazoviy tasavvurni rivojlantirishga oid masalalar AutoCAD grafik dasturi yordamida bajarishga namunalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: tafakkur, grafik vazifalar, fazoviy tasavvur, AutoCAD grafik dasturi, modul yasash, ko'rinishlar.
Istiqlol tufayli o'qitish metodikasi va pedagogika-psixologiyada o'quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan masalalarni kiritishga katta ahamiyat berilamoqda. Ayniqsa, dars jarayonida o'quvchilarning o'quv faoliyatlarning almashinuvchanligini amalga oshirish barcha o'quv predmetlari qatorida chizmachilikni o'qitish metodikasining diqqat marakzidagi vazifalardan biri bo'lib kelmoqda.
Ma'lumki, grafikaviy faoliyat o'zining o'ziga xos hususiyati bilan va mohiyatiga ko'ra pirovard natijada chizmalarni o'qish sohasidagi bilimlar va uquvlar hajmi bilan texnikaga taaluqli sistemalashtirilgan bilimlarni uyg'unlashtirish bilan harakterlanadi, ya'ni chizma bajarish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo'naltirilgan bo'ladi.
Chizma deb - mavjud davlat standart talabi asosida barcha qonun-qoidalarga rioya qilib, chizma asboblari yordamida biror maqsadni ko'zlab bajariladigan tasvirga aytiladi [4].
O'quvchi (talaba) larning chizma to'g'risidagi bilimi va fazoviy tasavvurini oshirishda turli xil model yasash ancha samarali natija beradi. Shuni hisobga olib model yasashning bir necha xil usullarini topshiriqlar asosida ko'rib o'tamiz.
1-topshiriq. Simdan yasalgan modelning ko'rinishlari berilgan (1-rasm, a). uning chapdan kovrinishi yaqqol tasviri aniqlansin [2].
Yechish. 1. kubning yaqqol tasviri chiziladi.
Shavkat Yuldashevich Sattarov
Termiz davlat universiteti, Termiz. O'zbekiston [email protected]
ANNOTATSIYA
https://cspi.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
October 20, 2023
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorli
jort^
gL
2. Kubning yaqqol tasvirida simning qaysi qirralarida ekanligi belgilab chiqiladi va kontur chiziqda belgilab olinadi.
3. Modelning uchinchi (chapdan) ko'rinishi yaqqol tasviri berilgan ko'rinishlari o'zaro solishtirilib aniqlanadi (1-rasm, b).
1-rasm. Simdan yasalgan modelning ko'rinishlari.
2-topshiriq. Simdan yasalgan modelning olddan va ustdan ko'rinishlari berilgan (2-rasm). Uning chapdan ko'rinishini aniqlash jarayonida u model qancha variantlada bo'lishi mumkinligi anilansin.
Yechish. Javobini kubning yaqqol tasvirida izlash orqali model bir nechta variantlada bo'lishi mumkinligi aniqlandi (2-rasm, a, b, c, d, e).
a b c d e 2-rasm. Simdan yasalgan modelning ko'rinishlari. 3-topshiriq. Berilgan teshikdan tig'iz o'tadigan modelning uchta ko'rinishi va yaqqol tasvirini yasang (3-rasm) [1].
Yechish. Bu topshiriqni ishlash uchun avvalombor shuni hisobga olish kerakki ya'ni loyihalanayotgan detal modeli uchala ko'rinishdan ham tig'iz o'tishi lozim.
3-rasm. Modelning uch ko'rinishi chegaralari.
1. Modelning gabarit o'lchamlari o'zaro teng, shuning uchun birinchi navbatta diametrik va balandligi teng silindr yasab olamiz.
2. Ikkinchi bosqichda 3-rasm b shaklga mos ko'rinishni chizib uning aksonometriyasini bajaramiz.
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
83
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorli
jort^
gL
3. Uchinchi bosqichda 3-rasm c shaklli kvadratga mos kub chizib olamiz
4. Oxirgi bosqichda aksonometrik tasvirlarini birlashtiramiz va "nepeceneHHe" - buyrug'i yordamida kerakli aksonometrik tasvirga ega bo'lamiz (4-rasm) [3].
4-rasm. AutoCAD grafik dasturida ishning bajarilishi.
Insonning yaratuvchanlik faoliyatida grafik tasvir o'zaro bog'langan ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, chizma fikrlashning o'ziga xos quroli, ikkinchidan fikr (g'oya)ni beruvchi vositadir. Shuning uchun ham loyihachilik faoliyatida asosan grafik jihatlarni ajratib o'rganamiz lozim.
REFERENCES
[1] Rahmonov I. va boshqalar. Chizmachilik o'qitishda pedagogik texnologiyalar. Toshkent - 2012. 122-123-betlar.
[2] Xalimov M.K., Ochilov F.E. Chizmachilik (Geometrik va proyeksion chizmachilik). Toshkent - 2012. 57-58-betlar.
[3] Turayev X.A., Sattarov Sh.A. "Muhandislik kompyuter grafikasi" O'quv qo'llanma. Toshkent "Lesson Press 2023-yil. 85-89-betlar.
[4] Sattarov Sh.Y. "Model yasash yo'li bilan talabalarning fazoviy tasavvurini oshirish" Termiz muhandislik texnologiyalari instituti, "Muhandislik fanlarini o'qitishning dolzarb muammolari va yechimlari" Respublika ilmiy-texnik anjuman materiallari. 4-5-noyabr 2022-yil. 146-149-betlar.
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
84