Научная статья на тему 'BOʻLAJAK MUXANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI OʻQITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI'

BOʻLAJAK MUXANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI OʻQITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
17
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"raqamli texnologiya" / "ta'lim texnologiyalari" / "multimedia"

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojiboyev Jasurbek Zokirjon Oʻgʻli

Shu paytgacha mavjud ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor yo‘nalish hisoblangan bo‘lsa, ayni paytda axborot jamiyati davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois ta’lim jarayonida raqamli va kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish zarur. Muhandislik kompyuter grafikasi fanlari dasturlarini o‘zaro taqqoslash usuliga asoslangan holda o‘qitish sohasida olib borilgan ishlardagi kamchiliklar tuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʻLAJAK MUXANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI OʻQITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI»

BOLAJAK MUXANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI OQITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI

Tojiboyev Jasurbek Zokirjon o'g'li

Toshkent UZPFITI 2 bosqich doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11256711

Annotatsiya. Shu paytgacha mavjud ta'lim tizimida o'qitish ustuvor yo'nalish hisoblangan bo'lsa, ayni paytda axborot jamiyati davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois ta'lim jarayonida raqamli va kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish zarur.

Muhandislik kompyuter grafikasi fanlari dasturlarini o'zaro taqqoslash usuliga asoslangan holda o'qitish sohasida olib borilgan ishlardagi kamchiliklar tuzatildi.

Kalit so'zlar: "raqamli texnologiya", "ta'lim texnologiyalari", "multimedia".

Bo'lajak o'qituvchining kasbiy grafik kompetentlikini rivojlanganligi asosini intellektual salohiyat, irodaviy sifatlar, amaliy ko'nikmalar, hissiy sifatlar hamda o'zini o'zi boshqara olish sifatlari tashkil etadi. Muxandislik kompyuter grafikasi o'qituvchisining kasbiy faoliyatini o'ziga xos xususiyatlari va ularda kasbiy grafik kompetentlikni rivojlantirishning o'ziga xos jihatlarini aniqlash texnologik ta'limda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning kasbiy faoliyati uchta tarkibiy qism - metodik, muhandislik-texnologik va mutaxassis tarkibiy qismlarning integrativ birligini ifodalaydi.

Psixologiyada bo'lajak o'qituvchilar shaxs rivojlanishida kasbiy faoliyatning o'rni va o'ziga xosligi ko'p bora tadqiq etilgan. Qolaversa, kasbiy faoliyat insonning ijtimoiy muhitdagi faolligining ifodasi, atrof-olamni anglashning o'ziga xos jihatidir. Bu esa shaxsning faoliyatida munosabatlar tiziminining yetarlicha dinamik xarakterga ega ekanligini anglatadi.

Oliy ta'lim muassasasi talabalarini raqamli texnalogiyalari asosida grafikaviy ta'lim masalalari bo'yicha integratsion yondashuv va texnikani, badiiy dizayni qobiliyatlarini rivojlantirish, texnologiyani, chizmachilik va grafikani muvaffaqiyatli o'rganishning asosiy shartlaridan biri bo'lgan muammolar birinchi o'ringa olib kelmoqda. Xalqaro tajribalar asosida raqamli texnalogiyani joriy 1etilishi bugungi kunda ta'lim tizimiga yondashuvni o'rganish va

'8 Polovinkin A.I. Metodti injenernogo tvorchestva: Ucheb. posobiye. -Volgograd: VPI, 2004.

Raven Dj. Kompetentnost v sovremennom ob^yestve: vtiyavleniye, razvitiye i realizatsiya / Per. s angl. - M.: Nauka, 2002. Raximov B.X. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi: dis. ... ped.fan.nom. -T.: 2002.

Rashidov X.F. Teorteiko-metodologicheskiye i spetsialno-pedagogicheskiye osnovti razvitiya srednego spetsialnogo, professionalnogo obrazovaniya v Uzbekistane (na materialax realizatsii natsionalnoy programmti po podgotovke kadrov). Diss. ... dokt. ped.nauk. - T.: 2005.

Rixsiboyev T. Kompyuter grafikasi / KHK va OTM talabalari uchun qo'll. - T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyumasi "Adabiyot jamg'armasi" nashriyoti, 2006.

ta'limga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Talabalar amaliy ko'nikmalarga e'tibor qaratish orqali irodani, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o'rganadi. Bugungi barcha sohalardagi rivojlanish davrida o'quv va kasbiy fanlarni qisqartirish.

Amaliyot darajasida integratsiyalashgan mexnat faoliyatini ikki turi: shakllantiruvchi va shakllanuvchilarga ajratiladi. Shakllantiruvchi integratsiyalashgan mexnat faoliyati - bu ta'lim muassasalarida amalga oshiriladigan hamda talabalarda integrallashgan faoliyatli sifatlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan xarakatlar majmuasi. Shakllanuvchi integratsiyalashgan mexnat faoliyati shakllantiruvchi faoliyatning natijasi bo'lib bu mustaqil ta'lim jarayonida amalga oshadi.

Integratsion ta'lim yo'nalishlarining muayyan aspektlarini tahlil qilishda M.N.Berulava, M.Pak, N.Yu.Borisova, K.Yu.Kolesina, R.Z.Mustafina, D.T.Mugallimova, S.I.Yakimenko va boshqalarning ishlaridan foydalanildi.

M.N.Berulavaning tadqiqotida integratsion ta'lim metodik hodisa sifatida qaraladi. U bugungi kunda integratsiya muammosiga ikki xil mazmunli va jarayonli yondashuv mavjudligini ko'rsatib, ikkinchisiga nisbatan e'tibor qaratadi.

M.N.Berulavaning fikriga ko'ra, integratsiya - bu ta'lim vositalari, shartlari va metodlarini qo'llash jarayonidir, integratsiyaning ma'lum bir natijalari ta'lim oluvchilar bilimlarini sintez qilish natijasida ko'rinadi .

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda pedagogik jarayonda integratsiya tushunchasiga turli yondashuvlar ishlab chiqilgan. K.Yu. Kolesina integratsion yondashuv asosida ta'lim jarayonini tashkil qilish natijaviylik va ishonchlilikning oshishini ta'minlaydi, deb ta'kidlaydi. U integratsiyaning umumdidaktik jihatlarini ta'lim jarayoni mazmunining moddiy va ma'naviy jihatlari sifatida ko'rib chiqadi. K.Yu.Kolesinaning tadqiqotlarida, mazmunni yangilovchi integratsion jarayonlar didaktik tamoyilga (ta'limda integratsiya tamoyiliga) o'tadi. Yanada to'liqroq tahlil mazmunni integratsiyalashning texnologik jihatlarini (fanlararo ta'limiy topshiriqlarni o'zaro taqsimlash) batafsil tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. K.Yu.Kolesinaning tadqiqotlarida ushbu muammoning psixologik jihati tahlil qilinadi. Ta'lim integratsiyasiga umumiy yondashuvni talablarning individual xususiyatlari bo'yicha ko'rib chiqadi. O'quv fanlarini bir fanga integratsiyalash uchun: tadqiqot obyektlari bir xil yoki bir biriga yaqin bo'lishi kerak; integratsiyalanayotgan o'quv fanlarida bir xil yoki o'xshash tadqiqot metodlaridan foydalaniladi; integratsiyalanayotgan o'quv fanlari umumiy qonunlar, umumiy nazariy tamoyillar asosida quriladi.

A.A.Pinskining tadqiqotlarida o'quv fanlarini integratsiyalash ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishni ta'minlovchi didaktik sharoitlar sifatida ko'rib chiqiladi. Uning fikriga ko'ra, ta'limning asosiy tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ta'lim metodlari ham o'quv fanlari integratsiyasining yetakchi yo'nalishlarini belgilaydi .

Integratsiya talablari asosida ta'lim jarayonini tashkil etish deganda, bir nechta o'quv fanlarining yanada chuqur o'zlashtirilishini ta'minlash (uning mustaqilligini saqlash bilan birga), mustahkamlash, o'zaro boyitish, talabalarning evristik va bilish imkoniyatlarini kengaytirish; intellektual qobiliyatlarini oshirish va o'qitish samaradorligini rag'batlantirish tushuniladi.

Integratsiya talablari asosida ta'lim jarayonini tashkil etish ta'lim mazmuni, shakllari, bilim va ko'nikmalar sintezini tashkil qilish jarayoni sifatida talqin qilish ba'zi bir muhim xususiyatlarni aniqlashga olib keladi.

Rixsiboyev T. Muhandislik grafikasi fanlarini o'qitish metodologiyasi. - T.: 2011.

1. Xilma xillik. Bu xususiyat integratsiyalashgan ta'lim joriy etilgan ko'plab o'quv predmetlari, shuningdek, o'quv jarayonini ilmiy tashkil qilish va turli ta'lim shakllarini qo'llashni nazarda tutadi.

2. Ichki differensiya. Integratsiya bo'ysunish turiga ko'ra, mustaqillik, o'z konseptual asoslarini saqlab qoladi.

3. Umumiylik. Integratsiyalashgan ta'limni umumlashtirilishi fanlar tarkibini birlashtirilishi va yagona jadvalga integratsiyalashgan fanlar mavjudligi bilan ta'minlanadi.

4. Ko'p funksiyalilik. Integratsiyalashgan ta'limning ushbu xususiyati bir necha funksiyalarni bajarishni nazarda tutadi, bular ta'limni tashkil etishni optimallashtirish, grafika bilimlarni o'rganish dolzarbligini ta'minlashdir.

Shunday qilib, ushbu sohada ishlayotgan turli ta'lim muassasalarining tajribasi, adabiyotlar tahlili, oliy ta'limda integratsiyalashgan ta'limni tashkil etishning ayrim kamchiliklari mavjudligini ko'rsatdi, ma'lum bir grafika asosida integratsiyalashgan ta'limni samarali amalga oshirish ta'minlash kerak.

Raqamli texnalogiya texnologiyasidan foydalangan holda o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda Elektron minbar, ya'ni har bir auditoriyada bo'lib o'tayotgan mashg'ulotni to'g'ridan-to'g'ri onlayn tarzda tarqatish tizimini tashkil etish taklif qilingan. Bu oliy ta'lim tizimida texnologik ta'lim yo'nalishida taxsil olayotgan talabalarni olgan bilimlarini mustaxkamlashga, o'z ustilarida mustaqil ishlashlariga ushbu onlayn va oflayn-kurslarda hamda "Chizmachilik (maxsus platforma)" kerakli bo'lgan yangi bilimlarni olish imkoniga ega bo'ladi.

Elektron axborot ta'lim resurs bazalari o'quv jarayoniga moslashuvchan harakterga ega. O'quv materialning hajmi qancha katta bo'lsa, elektron axborot ta'lim resurs bazalaridan foydalanishda shunchalik sustlik kuzatiladi. Biroq, shunga qaramay, elektron axborot ta'lim resurs bazalari taklif etayotgan materialni ko'chirish, uni qayta ishlash, olingan material bazasida yangi o'quv materiallarini tayyorlash imkoniyatlariga ega. Elektron yoki masofaviy ta'limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo'llash, balki elektron shakldagi ta'lim manbalari bilan ta'minlashni ko'zda tutiladi. Oliy ta'lim tizimida tatbiq etilgan axborot tizimlaridan Elektron minbar tajribasi axborot tizimlarini o'zaro integratsiya qilish natijasida SMART-auditoriya faoliyati yo'lga qo'yildi.

SMART-auditoriya o'zida FingerPrint, SMART Elektron minbar, "Chizmachilik" maxsus platforma multimediya proyektori kabi zamonaviy axborot texnologiyalarini jamlagan tizim.

Shuningdek, talabalarni ta'lim jarayoniga, mashg'ulotlarga mas'uliyat bilan qarashga undaydi. Eletron minbar dars materiallarini mavzu bayonidan chalg'imasdan tushuntirishda yangi texnologiya bo'lib, o'qituvchi uchun kerakli bo'lgan turli ma'lumot va uskunalar bilan jihozlangan. Ovoz kuchaytirish moslamasi o'qituvchi va namoyish qilinayotgan multimediya materiallari ovozini o'quvchilarga yaxshi yetib borishini ta'minlaydi. Darsni bir vaqtda webinar ko'rinishida olib borishga mo'ljallangan konferens-aloqa platformasi darsda qatnashmayotgan talabalarga mashg'ulotni onlayn tarzda kuzatish va o'zlashtirish imkonini beradi.

Elektron minbar dasturiy platformasi professor-o'qituvchiga o'zining virtual kabinetidagi ishini tashkil qilish, joriy sana uchun dars jadvali, taqvim-mavzuli (kalendar-tematik) reja, bugungi mavzu va darsga oid boshqa malumotlar bilan tanishish, mashg'ulot davomida talabalarga mavzu doirasida yanada ko'proq ma'lumot berishda qulay vosita hisoblanadi. Zamonavy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil texnologiyalar so'nggi vaqtlarda metodik

innovatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.

Talabalar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta'limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta'lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy sharoitlaridan biri sanaladi. Zamonaviy ta'lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muxit tashkil etadi.

Shu o'rinda aytish joizki, AKT soxasi ta'limi amaliyotida mutaxassislik fanlarini o'qitishda interaktiv o'quv materiallaridan foydalanish talabalarning mustaqilligi, ijodkorligi, fanga qiziquvchanligi, yangiliklarga intiluvchanligini shakllantirishga yordam beradi.

So'nggi yillar davomida AutoCAD, 3D Max, CoralDraw, ArchiCAD, Adobe Captivate, CourseLab, Lectora, Adobe Presenter, iSpring, CourseBuilder, UniMaster, Android Book App Maker kabi interaktiv o'quv materiallarini yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik instrumental dasturlar xorijiy va maxalliy mutaxassis, pedagoglar tomonidan yuqori baxolanmoqda.

Mavzuni mustaxkamlash qismida esa geometrik shakllarni ko'rinishlari yuzasidan tayyorlangan videorolik (silindr, shar, konus, prizma va boshqalar) ko'rsatilgan holda, talabalar ko'nikmasini shakllantiriladi. Undan so'ng SMART-minbar yordamida mavzu yuzasidan tayyorlangan savol va topshiriqlar talabalar hukmiga havola qilinadi. Dars yakunida savol javobda faol qatnashgan talabalar rag'batlantiriladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'lim tizimida AKT ni qo'llash, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara beradi. Shunig uchun bu boradagi nazariy, uslubiy va boshqa jihatlarni davr talablari asosida takomillashtirilishi bugungi kunnig dolzarb vazifalaridan biridir. Axborot texnologiyalaridan foydalanish talabalarga mo'ljallangan ko'nikmaga asoslangan yondashuvni rivojlantirishga, o'z qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu ularga ta'lim maskanlarida malakali, professional shaxsga aylanish imkonini beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, zarur bilimlarni sotish va sotib olish uning tovarga aylanganligini bildiradi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarida innovatsiyalar keng ko'lamda qo'llanilishi zarur. Ushbu jarayonning ommaviylashishi natijasida, oliy ta'lim muassasalari, fan, ishlab chiqarish va bozor bilan aloqasi yuzaga kelishida, yetuk mutaxasislarni tayyorlashga muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari SMART-auditoriya yordamida turli vaziyatlarga ko'ra ta'lim muassasalariga borib ta'lim olish imkoniyati bo'lmagan yoshlarni mustaqil bilim olishlari va kasb tanlashga zamin yaratadi.

Falsafada "shart-sharoit" tushunchasi, predmetni atrofidagilarga nisbatan munosabatini ifodalash deb ta'riflanadi. Bizning tadqiqotimizda didaktik tizim haqida so'z yuritilar ekan, "didaktik shart-sharoit" tushunchasidan foydalanamiz. Didaktik shart-sharoit deganda o'quv-tarbiya jarayonida bo'lajak professional ta'lim o'qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish, kasbiy-ijodiy faoliyat darajasini ta'minlashga erishish tushuniladi.

Mashinasozlik chizmachiligi o'quv materialini o'quv loyihalash-konstruktorlik faoliyati bilan integratsiyalashda quyidagi natijalarga erishish ko'zda tutiladi:

1. Talabalarda chizmachilikni o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshirish va mashinasozlik chizmachiligini chuqur o'rganishga motivatsiya hosil qilish, uning o'quvchilarning hatti-harakatlari va mashg'ulotlardagi xulq-atvorida namoyon bo'lishi.

2. Talabalarning grafik savodxonligini oshirish.

3. Bo'laj ak texnologiya va chizmachilik o'qituvchisining loyihaviy-konstruktorlik faoliyati uchun zarur bo'lgan ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish.

4. Talabalar ijodkorligini oshirish.

Mashinasozlik chizmachiligini talabalarning o'quv loyihalash-kontruktorlik faoliyati bilan integratsiyalash grafik kompetentlikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi.

Amaliy grafika bo'yicha barcha dasturlar (chizmachilik, muhandislik grafikasi va boshqalar) tizimli ravishda DTS talablari, tekislikda geometrik qurilmalar, loyihaviy chizmachilik, u yoki bu mutaxassisni tayyorlash bilan bog'liq grafikaga oid savollarni aks ettiradi. Shu sababli, amaliy grafika kursi texnologik ta'limning aniq amaliy vazifalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularni hal etishda grafika faol qo'llaniladi.

Muxandislik kompyuter grafikasi o'qituvchisi talabalarning loyihaviy faoliyatini tashkil qilish va o'qitishga tayyorlanishi kerak, chunki loyihalar metodi "Muxandislik kompyuter grafikasi" ta'lim sohasining asoslaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, chizmachilik o'quv fani o'quv loyihalash-konstruktorlik faoliyatida foydalanishga qaratilishi kerak. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining loyihalash-konstruktorlik faoliyatini mashinasozlik chizmachiligi fani bilan integratsiyalash maqsadida ularda ijodiy konstruktiv-texnik, g'oyalarini jadal rivojlantirish, o'quv loyihalarining grafik va matnli tarkibiy qismlarini va ularni himoya qilish uchun materiallarni tayyorlashda ko'nikmalarini shakllantirish kerak.

Muxandislik kompyuter grafikasi yo'nalishi talabalarining grafik kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish tizimining modeli metodik jarayonni tashkil etishda shaxsga yo'naltirilgan, modulli-kompetensiyaviy, fanlar integratsiyasi va amaliy faoliyatli yondashuv asosida ko'rib chiqiladi.

Amaliy faoliyatli yondashuv kasbiy-pedagogik faoliyat tahlili, uning tarkibi va tuzilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatli yondashuv kelgusidagi faoliyat modeli asosida mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishni belgilaydi, talabalarni turli kasb va metodik munosabatlarga jalb qilishni faollashtiradi. L.S. Vbigotskiyning faoliyat nazariyasi asosida shaxs faol shaklda insoniyatning tarixiy tajribasini; intellektual harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanish konsepsiyasi asosida (P.Ya.Galperin, N.F.Talbizina), bilim olish jarayonini tavsiflovchi va o'quvchining muayyan harakatlar tizimini amalga oshirishni belgilashi kerak.

Ilg'or metodik amaliyotga oid didaktik g'oyalar va metodologik izlanishlar tahlili OTMdagi ta'lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan umumiy konseptual asosli faoliyatli yondashuvni taqdim etadi. U bo'lajak muxandislik kompyuter grafikasi o'qituvchilarining subektiv pozitsiyasini, faoliyatni shakllantirish, mustaqillik, umumta'lim mahorati, o'z-o'zini o'qishga tayyorligini ta'minlashga qaratilgan. Bo'lajak muxandislik kompyuter grafikasi o'qituvchisi kasbiy tayyorgarlik jarayonida, nazariy-amaliy jihatdan ham faoliyatli yondashuv asoslarini egallashi kerak.

Talabalar konstruktiv-texnik faoliyati, birinchidan, muammoli vazifalarni hal qilish jarayonidir. O'quv konstruktiv - texnik faoliyati quyidagi vazifalarda ko'rinadi:

1. Izlanish markazida konstruksiya g'oyasi bo'lib, nisbatan sodda hisob-kitoblar va har doim to'liq texnik hujjatlarni to'plash bilan qo'llab-quvvatlanadi.

2. Optimal yechimni tanlash ko'pincha texnologik maqsadlarga emas, balki ta'lim va metodikaga bo'ysunadi, lekin ularni ham hisobga oladi.

3. Yaxlit konstruksiyalash jarayonini boshqarish uchun ko'pgina vazifalar bir kishi tomonidan boshidan oxirigacha hal etiladi.

O'quv konstruksiyalash sohasidagi barcha ma'lumotlardan, konstruktorlik vazifalarini hal qilish jarayoni biz uchun qiziqarli, konstruktorlik-grafik masalalarni yechishda uning ko'pgina xususiyatlari va bosqichlari saqlanib qoladi. Kasbiy faoliyatda ularni hal qilish E.F.Zeyer, V.A.Molyako va boshqalarning tadqiqot ishlarida yoritilgan. Ushbu mualliflar konstruktorlik vazifalarini alohida bosqichlarini yoritish, ularning o'zaro bog'liqligini ko'rib chiqdilar va asosiylarini tanlab oldilar.

Konstruksiyalash bosqichlari va metodlarini o'quv konstruktorlik-texnik vazifalar bo'yicha ko'rib chiqish mumkin, talabalar avval topshiriq shartlarini bilishlari, maqsadlarni belgilab olishlari, so'ngra ularni talablarga muvofiq tahlil qilishlari, optimal yechimga kelishlari so'ngra uni grafik rasmiylashtirishlari mumkin.

Bilish faoliyatning yangi turlarini o'rganish jarayonida bir necha bosqich va darajalar mavjud.

Metodik ta'sir vositalari va usullarini tanlash, birinchi navbatda, metodik jarayon markazida, uni rivojlantirishni rag'batlantirishga yo'naltirilgan holda belgilanadi. Bo'lajak muxandislik kompyuter grafikasi o'qituvchilarining grafik kopmetentligini shakllantirish modelini ishlab chiqishda o'quvchiga tarbiyalash obyekti sifatida emas, balki hamkorlik qila oladigan subyekt sifatida qarash muhimdir. O'qituvchining faoliyati bu borada o'quvchilarning rivojlanishi va muammolarni hal qilishlari uchun sharoit yaratishga qaratilgan .

Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv o'quv jarayonining insonning ehtiyojlari va qobiliyatlariga yo'naltirilishini taklif qiladi. Ushbu yondashuvning asosiy xususiyati -subyektivlik, muloqot, erkinlik, o'zini rivojlantirish, semantik soha, shaxsning o'zini namoyon qilishi shaklini aks ettirishdir. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim konsepsiyasi ikkita ish rejasi - tashqi (protsessual) va ichki (psixologik) rejalar birligining metodologik tamoyiliga asoslanadi.

Shaxsga yo'naltirilgan texnologiya - shaxs rivojlanishining ichki mexanizmlarini "ishga soluvchi" jarayonni tashkil qilish usuli (T.I.Shamova) bo'lib, to'rt darajada talabalar tomonidan o'quv materialini puxta o'zlashtirish imkonini beradi

O'quv-tarbiya jarayonida rolli o'yinlar, metodik treninglar, kichik ijodiy guruhlarda ishlash, metodik vaziyatni loyihalash va tahlil qilish va boshqalarda yordam beradi.

REFERENCES

1. Polovinkin A.I. Metodbi injenernogo tvorchestva: Ucheb. posobiye. -Volgograd: VPI, 2004.

2. Raven Dj. Kompetentnost v sovremennom obщyestve: vbiyavleniye, razvitiye i realizatsiya / Per. s angl. - M.: Nauka, 2002.

3. Raximov B.X. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi: dis. ... ped.fan.nom. - T.: 2002.

4. Rashidov X.F. Teorteiko-metodologicheskiye i spetsialno-pedagogicheskiye osnovbi razvitiya srednego spetsialnogo, professionalnogo obrazovaniya v Uzbekistane (na materialax realizatsii natsionalnoy programmbi po podgotovke kadrov). Diss. ... dokt. ped.nauk. - T.: 2005.

5. Rixsiboyev T. Kompyuter grafikasi / KHK va OTM talabalari uchun qo'll. - T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyumasi "Adabiyot jamg'armasi" nashriyoti, 2006.

6. Rixsiboyev T. Muhandislik grafikasi fanlarini o'qitish metodologiyasi. - T.: 2011.

7. Muslimov Sh.N. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi: dis. ... falsafa fanlari nomzodi. - T.: 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.