Научная статья на тему 'QUMLI TUPROQLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI'

QUMLI TUPROQLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sug‘orish / tuproq / qumli tuproq / yog‘in miqdori / mexanik tarkib / tuzlar tarkibi / loyqa.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yusupova Moxidil Abdumutalibovna

Inson omilining kuchli ta’sirida qumli dahalarning ekologik va geokimyoviy holati o‘zgargan. Ayniqsa, sug‘orish manbalari, sug‘orish suvining loyqaligi alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada dehqonchilikda tuproqlardan unumli foydalanish, jumladan qumli tuproqlarning unumdorligini oshirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUMLI TUPROQLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI»

QUMLI TUPROQLARDAN FOYDALANISH YO'LLARI Yusupova Moxidil Abdumutalibovna

Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD). Farg'ona davlat universiteti mohidil yusupova@mai.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10935414

Annotatsiya. Inson omiliningkuchli ta'sirida qumli dahalarning ekologik vageokimyoviy holati o'zgargan. Ayniqsa, sug'orish manbalari, sug'orish suvining loyqaligi alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada dehqonchilikda tuproqlardan unumli foydalanish, jumladan qumli tuproqlarning unumdorligini oshirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: sug'orish, tuproq, qumli tuproq, yog'in miqdori, mexanik tarkib, tuzlar tarkibi, loyqa.

Аннотация. Из-за силного влияния человеческого фактора изменилос экологическое и геохимическое состояние песчаних дюн. Особенно важни источники орошения, мутност оросителной води. В данной стате освешени вопроси продуктивного исползования почв в селском хозяйстве, в том числе повишение продуктивности песчаних почв.

Ключевые слова: орошение, почва, песчаная почва, осадки, механический состав, содержание солей, мутност.

Abstract. Due to the strong influence of the human factor, the ecological and geochemical condition of the sand dunes has changed. Especially important are irrigation sources, turbidity of irrigation water. This article covers the issues ofproductive use of soils in agriculture, including improving the productivity of sandy soils.

Keywords: irrigation, soil, sandy soil, rainfall, mechanical composition, salt content, turbidity.

Ekologik vaziyati og'irlashgan hududlarga O'zbekistonda keng tarqalgan qumli hududlar, jumladan Farg'ona vodiysining qumli dahalari ham kiradi. Chunki tabiiy sharoitlarning o'ziga xosligi va antropogen ta'sir yukining yuqoriligi tabiiy qum landshaftlarining inqiroziga, degradatsiyasiga, biologik xilma-xillikning keskin kamayishiga olib keldi.

O'zbekistonda qumli cho'llarning maydonlari taxminan 13 mln. km2 hududni, ya'ni mamlakat hududining 4% dan ortiq qismini tashkil etadi. Ko'chki qumlar esa qum barxanlari egallagan maydonnning 12-15% qismini egallaydi. Qumli dahalarning tuproqlari o'tgan asrning 50-yillarida o'zlashtirila boshlangan. O'zlashtirilgan tuproqlarda suvda oson eruvchan tuzlar tarkibi va miqdorida jiddiy o'zgarishlar ro'y bergan. Tuproqlar kesmasidagi suvda oson eruvchi tuzlar miqdori butun region bo'yicha nisbatan kamaygan. Inson omilining kuchli ta'sirida qumli dahalarning ekologik va geokimyoviy holati o'zgargan. Ayniqsa, sug'orish manbalari, sug'orish suvining loyqaligi alohida ahamiyatga ega.

Barxan va barxan-tepa qator qumlari 98-99% gacha qum fraksiyalaridan iborat. Qum fraksiyalari ichida o'lchamlari 0,25-0,1 mm bo'lgan zarrachalar mutloq ustuvorlik qiladi (78%-80% gacha), ikkinchi o'rinda yirik qum (1,0-0,25) va uchinchi o'rinda mayda (0,1-0,05) qum fraksiyalari turadi. Chang zarrachalari fraksiyalarining miqdori 1-1,5% dan oshmaydi. Fizik loy yig'indisi 2,5-3% dan ko'p emas.

1928 yildan boshlab amalga oshirilgan yirik irrigatsiya va melioratsiya ishlari Farg'ona viloyatining sug'orish va quritish tizimlari holatini tubdan yaxshilagan, suv ta'minotini keskin oshirgan. Yirik magistral kanallar (KFK, JFK, KAK va h.k) qurilib, ishga tushirilgan. Sug'orish manbaidan qat'iy nazar barcha yerlarning suv ta'minotini tenglashtirish imkonini beradigan turli

manba suvlarini bir-biriga olib o'tuvchi - halqalovchi qator kanallar viloyatdagi barcha sug'orish tizimlarini yaxlit bir tizimga. Sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida qumlarning mexanik tarkibida ijobiy o'zgarishlar yuz bergan. Qumlarga og'ir tuproqlar solish (tuproqlash), mahalliy organik o'g'itlardan foydalanish kabi agrotexnika tadbirlari, ayniqsa, loyqa suvlar bilan sug'orish fizik loy fraksiyalari miqdorini orttirgan.

Katta Farg'ona kanalining (KFK) har kubometr suvida qish oylarida 0,4-0,7 kg, vegetatsiya davrida esa 1-1,5 kg loyqa mavjud bo'lib, loyqa miqdori bevosita yog'in miqdori bilan bog'liqdir. Andijon suv omboridan boshlanuvchi Katta Andijon kanalining (KAK) suvlarida esa qattiq oqiziqlar deyarli mavjud emas. Shunga ko'ra, KAK ning tiniq suvlari bilan sug'oriladigan qumlarning mexanik tarkibi 30-40 yillik sug'orish davomida deyarli o'zgargani yo'q. KFK ning ta'sir mintaqasida esa qumlarning yuqori qatlamlari loyqa suvning ta'sirida sug'orishning shuncha davri ichida qumloqka aylangan.

Asosiy sug'orish manbasi Katta Farg'ona kanali suvlari bilan sug'orilgan maydonlarning, xususan qumli tuproqlarning qumloq qatlami, kesmaning quyi qumli qatlamlariga nisbatan 3-6 barobar ko'p fizik soz va yirik chang zarrachalariga ega. Mayda qum fraksiyasining miqdori ham sezilarli darajada ortgan. O'lchamlari 0,10 mm dan katta zarrachalarning miqdori esa, mos ravishda, kamaygan. Bu esa mexanik tarkibning o'zgarishiga olib kelgan. O'zlashtirishdan oldin qumtepa va barxanlarning ustki qismlaridagi qumlar sho'rlanmagan (0,1-0,3%). Qum tepalar, qum tepa qatorlari, barxanlarning sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan etak qismlari va pastqamliklar sho'rlangan.

Ularda yengil eruvchan tuzlap miqdori 0,4- 1,0% oralig'ida o'zgarib turadi, tekislik qumlarida 1,5% gacha, qumtepa qatorlari oraliqlari botiqlaridagi tuproqlarda 2-3% dan 20-30%gacha. Sho'rlanish ximizmi sulfatli, kalsiyli bo'lgan. Sug'oriladigan sharoitlarda tuproqlarning tuz kesmasida jiddiy o'zgarishlar yuz bergan. Kesmasi nisbatan bo'shroq qovushmali va bir xil yengil mexanik tarkibli bo'lgan sho'rxok va sho'rxokli tuproqlarda yengil eruvchan tuzlarning ymumiy zaxirasi keskin kamaygan.

40-50 yil oldin o'zlashtirilgan bunday tuproqlar hozir tuzsizlangan yoki kuchsiz sho'rlanish holatida (0,4%). Ammo kesmasida kuchsiz suv o'tkazuvchan, zich qovushmali gips va sho'x qatlamlari bo'lgan tuproqlarda tuzlar miqdori ancha yuqori (2,0% va undan ko'p). Sho'rxok va sho'rxokli tuproqlar ustida surilma qum qatlamlari shakllangan hollarda tuproqlarning tuz va suv tartibotlari murakkablashgan. Ko'milib qolgan kesmadagi tuzlar mikdori deyarli o'zgarmagan. Ammo ko'milgan tuzli qatlamdagi tuzlarning erishi va yuqoriga ko'tarilishi ikkilamchi sho'rlanishga sabab bo'lgan.

Qumtepa, tepa qator va barxan qumlarida gumus miqdori 0,1-0,2%dan oshmaydi. Sug'oriladigan qumlarda esa sug'oriladigan davr uzoq-yaqinligiga ko'ra 0,3-0,6 % ga teng, ayrim xollarda 1,0% ga yetadi. Qoraqalpoq dashtlari qumlarida fosforning yalpi miqdori 0,04%dan 0,19 % gacha, kaliyning umumiy kiymati 0,40% dan 0,80% gacha o'zgaradi. Harakatchan fosfor miqdori 5-25 mg/kg, almashinuvchi kaliy esa 50-80 mg/kg oralig'ida tebranadi. Cug'oriladigan dehqonchilik qumlarning xossa va xususiyatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Ular sug'orish suvlari olib kelgan chang va loyqa zarrachalariga boyigan, oziqa moddalari miqdori ko'paygan. Shunday bo'lsada, ekinlarning hosildorligi yerga solinadigan mineral va organik o'g'itlarga bog'liq.

Chang zarrachalarining (0,2-2,2%) va fizik soz fraksiyalarning (0,01 mm dan kichik zarrachalar) miqdori 0,4-3,2 % oralig'ida o'zgarib turadi. Barxan qumlari mexanik tarkibi fraksiyalari miqdorining bundan mutanosiblik qonuniyati o'zlashtirilgan qumlarda ham saqlangan. Ammo ularda o'rta qum fraksiyasining miqdori nisbatan kamaygan, mayda qum miqdori esa,

aksincha ortgan. Shuningdek, chang va loyqa zarrachalar miqdori ham biroz ko'paygan. Bu o'zgarishlar qumlarning sug'oriladigan dehqonchilikda foydalanish muddati ortgan sari yaqqolroq ifodalanadi. Ayniqsa sholi va beda ekinlari ostida uzoqroq foydalanilgan qumlar loyqa va chang fraksiyalari bilan nisbatan ko'proq boyigan. Qumlar sochiluvchan va bo'shroq qovushmali bo'lsa ham amalda zarrachalarning joylashuvi zich. O'zlashtirilmagan qumlarning hajm massasi 1,331,48 g/sm3, o'n besh yildan beri sug'oriladigan qumlarda 1,23-1,44 g/sm3 ga teng. Qumlarning suv o'tkazuvchanligi juda yuqori (500 mm/soatdan ortiq), namni ushlab qolish (nam sig'imi) xossasi juda kuchsiz va namni berish xossasi juda yuqori (25-30%). Tabiiy holda saqlangan qumlar kesmasida chirindi miqdori 0,261-0,054%, yalpi kaliy 0,45-0,60 % ni tashkil qiladi. Harakatchan P2O5 miqdori 4-5 mg/kg va almashinuvchi K2O 45-60 mg/kg ga teng.

Xulosa qilib aytganda, qumli dahalar tuproqlarining unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash va fermer xo'jaliklarning rentabelligini oshirish, yuqorida yoritilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, qumlarning tabiiy xossa va xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus dehqonchilik tizimini mukammal holatga keltirish va qo'llash bilan bog'liqdir. Qumlar uchun xos maxsus ekinlar turini tanlash va ularning almashlab ekish tizimidagi tartibini aniqlash, qumli tuproqqa deflyatsiyalanmaydigan qilib ishlov berish, nihoyat, mineral, ayniqsa tuproq eritmasiga tuz o'tib harakatga keladigan yoki oson yuvilib ketadigan azot, fosfor va kaliyli o'g'itlarni qo'llashning o'ziga xos texnologiyasini yaratish zamon iqtisodiyoti talabidir.

REFERENCES

1. Isaqov V.Y. Farg'ona vodiysi sho'rlangan tuproqlari galogenezisining paleogeografik va morfolitologik asoslari. Geografiya va hayot: izlanishlar, yechimlar, tatbiqlar. Farg'ona vodiysi oliy o'quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy maqolalar to'plami. 2012. B 37-44.

2. 3. Isaqov V.Y. Farg'ona vodiysi sho'rlangan tuproqlari galogenezisi va geokimyosining regional xususiyatlari. Geografiya va hayot: izlanishlar, yechimlar, tatbiqlar. Farg'ona vodiysi oliy o'quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy maqolalar to'plami. 2012. B 70-79.

3. 4. Zakirova S., Sattorova M., Shermatova R., Mirzajonov I. Qumliiklarni shamol ta'sirida himoya qilish va unumdorligini oshirish yo'llari. Geografiya va hayot: izlanishlar, yechimlar, tatbiqlar. Farg'ona vodiysi oliy o'quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy maqolalar to'plami. 2012. B 79-81.

4. 5. Zakirova S., Komilova N., Karimova S., Mirzajonov I. Farg'ona vodiysi qumliklarining ayrim xususiyatlari. Geografiya va hayot: izlanishlar, yechimlar, tatbiqlar. Farg'ona vodiysi oliy o'quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy maqolalar to'plami. 2012. B 81-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.