Научная статья на тему 'KOLMATAJLANGAN SUR TUSLI QO‘NGIR TUPROQ VA GRUNTLARNING MEXANIK TARKIBI'

KOLMATAJLANGAN SUR TUSLI QO‘NGIR TUPROQ VA GRUNTLARNING MEXANIK TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
49
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mexanik tarkib / kolmataj / fizik layqa / tuproq / ona jins

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — G.Sotiboldiyeva

Ushbu maqolada kolmatajlangan sur-tusli qo‘ngir tuproq va gruntlarning mexanik tarkibi keltirilgan bo‘lib, fizik loyqaning miqdori butun kesma bo‘ylab 16,5-41,5% orasida tebranadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOLMATAJLANGAN SUR TUSLI QO‘NGIR TUPROQ VA GRUNTLARNING MEXANIK TARKIBI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

KOLMATAJLANGAN SUR TUSLI QO'NGIR TUPROQ VA GRUNTLARNING

MEXANIK TARKIBI G.Sotiboldiyeva

Farg'ona davlat universiteti b.f.f.d. https://doi.org/10.5281/zenodo.8006989

Annotatsiya. Ushbu maqolada kolmatajlangan sur-tusli qo'ngir tuproq va gruntlarning mexanik tarkibi keltirilgan bo'lib, fizik loyqaning miqdori butun kesma bo'ylab 16,5-41,5% orasida tebranadi.

Kalit so'zlar: mexanik tarkib, kolmataj, fizik layqa, tuproq, ona jins.

Odatda tuproqni granulometrik tarkibi asosan ularni onalik jinsidan nasldan-naslga o'tgandek o'tadi hamda tuproq hosil bo'lish jarayonida ularning asosiy xususiyatlari kam o'zgaradi.

Aksariyat tuproqlar tog'li rayonlarda bo'shoq-g'ovak nurash mahsulotlari ustida shakllanadi. Bu onalik jinslar aslida har xil mineral moddalar, zarrachalarni aralashmasidan iborat bo'lib, xilma-xil o'lchamlarga ega.

Ushbu o'lchamdagi zarrachalar va bo'lakli jinslarga mexanik elementlar deyiladi. Xususan, donalari, ya'ni mexanik elementlari tuproqda monomineralli, polimineralli, organomineralli bo'ladi.

Sibirsev N.M. tomonidan fizik loy, ya'ni o'lchami 0,01 mm dan kichik zarrachalar va fizik qum, o'lchami 0,01 mm dan katta zarralar nomlangan, 1 mm dan kichik zarrachalarga melkozem deb nom berilgan va o'lchami 1 mm dan katta zarralarga skelet deyiladi. 0,001 mm dan kichik zarrachalarga il yoki il fraksiyasi deb nom berilgan. 0,05-0,01 mm oralig'idagi zarrachalarga lyossimon zarrachalar ham deyiladi va asosan yirik chang nomi bilan ataladi. Keltirilgan ushbu zarrachalar miqdoriga muvofiq tuproqlar mexanik tarkibiga ko'ra nomlanadi.

Tuproqni granulometrik tarkibi uning muhim xarakteristikalaridan biri hisoblanadi.

Xususan, agronomik nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, engil tuproq nisbatan issiq bo'ladi, suv va havo o'tkazuvchanligi nisbatan yuqori, ko'pchilik o'simliklar uchun qulay sharoit.

Og'ir mexanik tarkibli tuproqlarda suv va havo sig'imi yuqori, oziqa elementlar bilan nisbatan yaxshi ta'minlangan, lekin tabiiy zovurlanish qiyin kechadi, ichki gleylanish holatlari mavjud, qaytarilish jarayoniga beriluvchan va hokazo.

Engil mexanik tarkibli qumoqlarda tuproqning qarshiligi har kvadrat sm ga 0,50-0,70 kg ni tashkil etib, bunday yerga ishlov beriganda o'rtacha 10-12 kg/ga yoqilg'i sarflangan, o'rtacha qumoqlarda 0,93-1,06 kg/sm2 va yoqilg'i sarfi 15-18 kg/ga ni, engil soz tuproqlarda esa qarshilik yanada ortib, yoqilg'i sarfi gektariga 28-30 kg ni tashkil etgan.

Tuproqlarni mexanik tarkibi har xil ko'rinishda jadval, integral egri chiziq, ya'ni ma'lumotlar logarifmlanadi va grafik ishlanadi, profilli diagramma va boshqa ko'rinishlarda ifodalanadi.

Hozirgi kunda nisbatan qulay tasvirlash bu jadval va profilli diagramma usullari hisoblanadi.

Shu bois biz ham ushbu usullardan foydalandik va Excel dasturi asosida profilli diagrammalar ishlandi (rasm 1, 2).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

0-29 29-45 45-65 65-100

1-0,25 □ 0,25-0,1 □ 0,1-0,05 □ 0,05-0,01 «0,01-0,005 □ 0,005-0,001 □ <0,001 □ Fizik loyqa <0,01

1-rasm. 2g kesma. Eskidan sug'oriladigan sur tusli qo'ng'ir tuproq.

70 60 50 40 30 20 10 0

I]

fl3

a

0-26 26-34

□ 1-0,25 □ 0,25-0,1 □ 0,1-0,05 □ 0,05-0,01

34-47 0,01-0,005 □ 0,005-0,001

47-65

<0,001 ■ Fizik loyqa <0,01

2-rasm. 3g kesma. Yangidan sug'oriladigan sur tusli qo'ng'ir tuproq.

Keltirilgan rasmlardagi diagramma ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, kolmatajlangan tuproqlarning hammasi, ya'ni har xil sug'orilganlik davri va nomlanishi ham bir xil bo'lmagan, lekin hozirda paxtachilikda foydalaniliyotgan tuproqlar engil va o'rta qumoq mexanik tarkibiga ega bo'lib, ularda fizik loyqaning miqdori butun kesma bo'ylab 16,5-41,5% orasida tebranadi.

Jumladan, So'x konusi va yoyilmasida tosh-shag'allar ustida shakllangan eskidan sug'oriladigan kolmatajlangan yangidan sug'oriladigan kolmatajlangan sur tusli qo'ng'ir tuproqlarning tuproq profilida, fizik loyqa miqdori 20,9 dan 36,6% gacha oralig'ida ekanligi ko'rinib turibdi. Bu ko'rsatkichga ko'ra ushbu tuproqlar ustki qatlamidan onalik jinslarigacha deyarli bir tekisda fizik loyqa saqlaydi va o'rta mexanik tarkibini tashkil qiladi, fizik loyqa 33,336,6% orasida tebranadi. Onalik jinslari doirasida 20,9-25,3% ni tashkil qiladi va engil qumoq guruhiga kiradi.

Bu guruh tuproqlarning mexanik tarkibi tasnifiga ko'ra o'rta qumoq bo'lib, ularda fizik loyqa 39,3-41,5% miqdorda bir tekisda differensiatsiyalanadi. Onalik jinslari doirasida esa fizik loy 16,5-24,5% orasida tebranadi va engil qumoq deb tavsiflanadi.

Adabiyotlar, fond materiallari asosida ushbu tuproqlarning mexanik tarkibini profilini differensiatsiyalanganligiga A.A.Rode bo'yicha baho beradigan bo'lsak, u holda quyidagi formuladan foydalanishga to'g'ri keladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

S

Pb • Db Pa • Da

ya'ni: Pa - A qatlamdagi il miqdori, foizlarda;

Pb - B qatlamdagi il miqdori, foizlarda;

Da - A qatlamning hajm massasi;

Db - B qatlamning hajm massasi;

S - profilning differensiatsiya koeffitsiyenti.

Bizning tadqiqotlarimizda Kachinskiyning kesuvchi xalqalari yordamida 105° da quritish asosida aniqlangan hajm massalar A qatlam, ya'ni haydov qatlami uchun 1,35 g/sm3, B qatlam uchun esa 1,37 ekanligi aniqlandi.

Ushbu ma'lumotlar va mexanik tarkibida ko'rsatilgan jadvaldagi il zarrachalari miqdori asosida differensiatsiya koeffitsiyentini hisoblashda quyidagi holatni ko'rdik.

1-jadval.

Bo'z tuproq profillarining differensiatsiya koeffitsiyentlari

Kesma t/r Qatlami Hajm massasi, g/sm3 Differensiatsiya koeffitsiyenti kattaligi Guruhi

2g Ah 1,36 1,04 Kuchsiz

B 1,38 differensiatsiyalangan

3g Ah 1,38 1,06 Kuchsiz

B 1,40 differensiatsiyalangan

Keyingi tuproql arda ham shunga yaqin holat takrorlandi. Bunday xususiyatlar esa voha

tuproqlari va kolmatajlangan tuproqlarga xos hisoblanadi.

Profil kuchsiz differensiatsiyalanishi va kolmataj hodisasini bu tariqa davom etishi, qalinligini ortishi gumus, oziqa elementlari, qator makro- va mikroelementlarni to'planishida ijobiy xususiyat hisoblanadi.

Shu mintaqada shakllangan analoglariga, ya'ni och tusli bo'z tuproqlarga, sur tusli qo'ng'ir tuproqlarga solishtiradigan bo'lsak, u holda kolmatajlangan tuproqlarda mexanik zarrachalar, xususan fizik loyqani profil bo'ylab deyarli bir xil differensiatsiyalanganligini ko'rish qiyin emas.

Bu holat kolmatajlangan tuproqlar uchun xos bo'lib, ularning mexanik tarkibi sug'orish suvining qalqindilari miqdori va sifatiga, sug'orish soniga bog'liqligidan dalolat beradi.

Bu tuproqlarda fizik loyqani quyi qatlamlar tomon yuvilishi kuzatiladi, buni rasmlardan ham ko'rish mumkin.

REFERENCES

1. Sotiboldieva, G., Abduxakimova, X., Mirzakarimova, I., Xojiboev, B., & Qirgizova, M. (2022). CYFOPHHAAHrAH BY3 TYnPO^AP MHHTA^ACH^A КАПLЦHHНHНГ BHOrEOKHMEBHH XYCYCRST^APH. Science and innovation, 1(A7), 121-126.

2. Yuldashev, G., & Sotiboldieva, G. (2015). Formation of the absorbed foundations of the irrigated gray-brown soils of the Sokhsky cone of carrying out. Europaische Fachhochschule, (5), 3-6.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

3. Sotiboldieva, G., Abduxakimova, X., Yuldashev, A., & Xasanov, R. (2022). СУТОРИЛАДИГАН КОЛЬМАТАЖЛАНГАН БУЗ ТУПРО^ЛАРДА СТРОНЦИЙНИНГ ПЕДОГЕОКИМЁСИ. Science and innovation, 1(D7), 140-145.

4. Юлдашев F, С. Г. (2015). Кольматажланган тупрокларда стронций ва барий. УзМУ хабарлари, 3(2), 138-143.

5. Сотиболдиева, Г., & Абдуллаева, Л. (2020). Сух ва Исфайрамсой дарё ёйилмаларида шаклланган сугориладиган кольматажланган тупрокларнинг галогенетик хусусиятларини тавсифи. Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истикболлари мавзусидаги илмий канфренция туплами. www. openscience. uz, 27, 309-313.

6. Юлдашев, Г., Исагалиев, М., Сотиболдиева, Г., & Турдалиев, А. БИОМИКРОЭЛЕМЕНТЫ В АГРОЛАНДШАФТАХ ЦЕНТРАЛЬНОЙ ФЕРГАНЫ. СЕМИНАР—КРУГЛЫЙ СТОЛ 6. ПРИЁМЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ПОЧВЕННОГО ПЛОДОРОДИЯ И ОХРАНА ПОЧВЕННЫХ РЕСУРСОВ, 409.

7. Yuldashev, G., & Sotiboldiyeva, G. (2021, July). BIOGEOCHEMISTRY OF SELENIUM AND ARSENIC IN AGRICULTURAL LANDSCAPES. In Конференции.

8. Toshmirzayeva, G., & Sotiboldiyeva, G. (2021, July). LIGHT GRAY AND TYPICAL GRAY SOILS OF UCHKURGAN DISTRICT. In Конференции.

9. Sotiboldiyeva, G., Abdukhakimova, K., & Niyozov, Q. (2021, July). ABOUT DIGITAL MAPPING OF BIOMICROELEMENTS. In Конференции.

10. Sotiboldiyeva, G. T. (2018). Farg 'ona viloyati kolmatajlangan tuproqlarining biogeokimyoviy xususiyatlari va ulardan foydalanish. Diss. bffd-Toshkent, 31-42.

11. Yuldashev, G., & Sotiboldiyeva, G. (2021). BIOGEOCHEMISTRY OF SELENIUM AND ARSENIC IN AGRICULTURAL LANDSCAPES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1363. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

12. Sotiboldiyeva, G., Abdukhakimova, K., & Niyozov, Q. (2021). About digital mapping of biomicroelements: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1366. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

13. Сотиболдиева, Г. Т. (2018). Фаргона вилояти кольматажланган тупрокларининг биогеокимёвий хусусиятлари ва улардан фойдаланиш.: дисс. Автореф. б. ф. ф. д.(PhD)-Т.

14. Sotiboldieva, G. T., & Yuldashev, G. Y. (2014). POLLUTION OF IRRIGATED SOILS IN THE SEROZEM ZONE BY RADIONUCLIDES. The Way of Science, 33.

15. Турдалиев, А., & Сотиболдиева, Г. Агрохимические свойства трудномелиорируемых почв Ферганы.

16. Юлдашев, F., Сотиболдиева, Г. Т., & Абдухакимова, Х. Х. (2020). Biogeochemical properties of calcium and strontium in gray soils. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(5), 61-67.

17. Юлдашев, F., Сотиболдиева, Г., & Абдухакимова, Х. (2020). Biogeochemical features of rare elements in irrigated, colmated soils. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(11), 105-110.

18. Юлдашев, Г., Холдарова, М., Исагалиев, М., Турдалиев, А., & Сотиболдиева, Г. (2013). Агрохимические свойства трудномелиорируемых почв Ферганы. Аграрный вестник Урала, (3 (109)), 16-17.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

19. Юлдашев, Г., Исагалиев, М., Аскаров, Х., & Сотиболдиева, Г. (2016). Агрофизические свойства бурых горно-лесных почв Западной Ферганы. Почвоведение-продовольственной и экологической безопасности страны, 397-398.

20. Sotiboldiyeva Go'zalxon Tolibjonovna. TUPROQSHUNOSLIK YO'NALISHI TALABALARI UCHUN MALAKAVIY AMALIYOTINI TASHKILLASH METODIKASI. World of Science. 2023/4/20. 142-145

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.