Научная статья на тему 'Qovoq o’simligining turlari, kimyoviy tarkibi va shifobaxshlik xususiyati, qovoq o’simligining kasalliklari'

Qovoq o’simligining turlari, kimyoviy tarkibi va shifobaxshlik xususiyati, qovoq o’simligining kasalliklari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
500
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qovoqning xususiyatlari / koratin olinishi / xomqovoqning xushusiyati / qovoq navlari / qovoqning darmondoriligi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shaxnoza Qaxramon Qizi Abdirimova, Mahliyo Ro’zimat Qizi Jumabaeva

Ushbu maqolada qovoq o’simligining turlari, kimyoviy tarkibi va shifobaxshlik xususiyati, qovoq o’simligining kasalliklari to’g’risida batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Qovoq o’simligining turlari, kimyoviy tarkibi va shifobaxshlik xususiyati, qovoq o’simligining kasalliklari»

Qovoq o'simligining turlari, kimyoviy tarkibi va shifobaxshlik xususiyati, qovoq o'simligining kasalliklari

Shaxnoza Qaxramon qizi Abdirimova abdirimovashaxnoza@gmail. com Mahliyo Ro'zimat qizi Jumabaeva mahliyoursu99@gmail. com Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada qovoq o'simligining turlari, kimyoviy tarkibi va shifobaxshlik xususiyati, qovoq o'simligining kasalliklari to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: qovoqning xususiyatlari, koratin olinishi, xomqovoqning xushusiyati, qovoq navlari, qovoqning darmondoriligi

Types of pumpkin plant, chemical composition and medicinal properties, diseases of pumpkin plant

Shaxnoza Kaxramon kizi Abdirimova [email protected] Mahliyo Ruzimat kizi Jumabaeva mahliyoursu99@gmail. com Urganch State University

Abstract: This article contains detailed information about the types of pumpkin plant, its chemical composition and medicinal properties, and diseases of pumpkin plant.

Keywords: characteristics of pumpkin, extracting carotene, characteristics of pumpkin, varieties of pumpkin, medicinal value of pumpkin

Qоvоq (Cucurbita L.) yuksak o'simliklar kenja dunyosining magnoliyatoifa (Magnoliophyta) bo'limi, magnoliyasimonlar (Magnolipsida) sinfi dalachoy kabilar (Dilleniidae) kenja sinfi, qovoqnamolar (Cucurbitales) qabilasi, qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasiga mansub. Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasi Yer yuzining deyarli barcha mintaqalarida tarqalgan va 800 turni o'z ichiga oladi. O'zbekiston florasida ushbu oilaning tabiiy holda o'suvchi 18 turi mavjud. Qovoq navlari esa 900 ga yaqin bo'lib, ulardan 400 navi iste'molga yaroqli. Qovoq (Cucurbita L.) gajjaklari yordamida оsilib yoki yotib o'suvchi, dag'al tukli, qirrali

poyaga ega, uzunligi 4-6 m ga yetadigan bir yillik xo'jalik ahamiyatiga ega o't o'simlik. Uning barglari yirik, yuraksimon yoki chuqur besh bo'lakli, dag'al tukli bo'lib, bandlari uzun, tur va navlariga qarab shakli, rangi va tuklanishi har xil bo'ladi. Uzun bandi yordamida poya va shohlarida ketma-ket o'rnashgan. Ko'pchilik navlarida erkak va germafrodit gullar uchraydi, ayrim navlarida esa erkak va urg'ochi gullar uchraydi. Ya'ni bir uyli, ayrim jinsli o'simlik. Urug'dan unib chiqqandan 2535 kun o'tgach, gullay boshlaydi. Avval erkak gullari, 5-10 kundan so'ng urg'ochi gullari ochiladi. Keyinchalik erkak va urg'ochi gullari bir vaqtda ochilaveradi. Erkak gullari bir kun, urg'ochi gullari 2-3 kun (ertalab ochilib, kechqurun yopiladi) ochilib turadi. Ular chumoli, trips, asalari va boshqa hasharotlar yordamida changlanadi. Urg'ochi gullarning ko'pi to'kilib ketadi va palakda pishib yetiladigan 2-5 ta meva bo'ladi. O'simlik mevasining ichida bo'shliq (uya) bo'lib, u yerdagi urug'lar ipchalar (platsentalar) yordamida urug'donga birikadi. Mevasi turli shaklli, rangli va katta-kichiklikdagi (odatda yirik), ko'p urug'li, seret va shirali xo'l meva. Iyun-sentyabr oylarida gullaydi, mevasi avgust-oktyabr oylarida pishadi. Mamlakatimizda ekiladigan 140 dan ortiq qovoq navlari. Qovoq mevasidan tayyorlangan qaynatma bilan Abu Ali ibn Sino ko'krak va quloq og'rig'ini hamda yo'talni davolagan. Qo'rda ko'mib pishirilgan qovoqni qand bilan aralashtirib, ichni yumshatish uchun iste'mol qilishni buyurgan. Meva shirasini (miyadagi shishlarga, miyaning yallig'lanishiga) miya kasalliklariga va tomoq og'rig'iga davo qilgan. Suvda yoki qo'rda ko'mib pishirilgan qovoqni xalq tabobatida sariq (gepatit) va jigar, o't qopining boshqa kasalliklarini davolash uchun hamda buyrak kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida qo'llaniladi.

Mineral tarkibi: minerallar 100 grammdagi tarkib. Kundalik ehtiyojning ulushi.Kaliy 204 mg 8%, kaltsiy 25 mg 3%, Magniy 14 mg 4%, Fosfor 25 mg 3%, Natriy 4 mg 0%, temir 0.4 mg 3%, yod 1 igg 1%, rux 0.24 mg 2%, mis 180 mkg 18%, Oltingugurt 18 mg 2%,ftorid 86 mkg 2%, Marganets 0.04 mg 2% bo'ladi.

Qovoq tarkibidagi pektin moddalari ichak yallig'lanish kasalliklarida yaxshi ta'sir ko'rsatib, ichakdan bakteriyalarni va zaharli moddalarni chiqib ketishiga yordam beradi va ich ketish bilan o'tadigan kasalliklarda organizmni suvsizlanishini oldini oladi. Shu bilan birga qovoq yana organizmdan xolesterinni ham chiqib ketishini tezlatadi. Shuning uchun yurak - qon tomirlari (ateroskleroz, gipertoniya), surunkali kolit va enterokolit, og'ir (tez) o'tadigan va surunkali nefrit, pielonefrit, xoletsistit, o't tosh va sariq (gepatit) kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni kundalik ovqatiga qovoq qo'shib berishni tavsiya qilinadi. Shuningdek qovoq parxez taom sifatida ayniqsa qariyalarga va yosh bolalarga foydalidir. Qovoq shirasi tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi va uyqini yaxshilaydi, hamda qusishga qarshi (xomqovoq ham), ayniqsa xomilador ayollarni qusishiga qarshi yaxshi vosita hisoblanadi. Shuningdek bu tabiiy shifobaxsh ne'mat tarkibidagi rux urug' hujayralar

faolligini orttirib, bepushtlikni davolash sohasida ham qo'llaniladi. Hatto o'simlik mevasining po'stidan tayyorlangan damlama yuz terisini yumshatadi va bundan tashqari zamburug'larni bartaraf etadi. Yana, Podagra, ateroskleroz, saratondan saqlaydi. Qarishning oldini oladi. Semizlikdan esa halos qilishga yordam beradi. Qirilgan xom qovoq yarani davolovchi va yallig'lanishga qarshi vosita sifatida terini kuygan va zararlangan yerlariga, turli toshma yaralarga bog'lanadi. Qovoqdan karotin olinadi. Karotinni dorivor preparati (uning yog'dagi eritmasi va boshqalar) yiringli yaralarni, kuyganni, sovuq urganni, terining zararlangan yerlari va boshqa ekzema, qiyin bitadigan yaralar kabi surunkali kasalliklarni hamda shilliq pardani yallig'lanish kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Bugungi kunda dunyo aholisi organizmda uchrovchi turli kasalliklar tufayli har xil kimyoviy dori-darmonlardan foydalanib, o'sha kasalliklarni oldini olish va davolash mobaynida yangi kasalliklar va hastaliklarni orttirib olish yoki immunitetning passivlashishi kabi nohush holatlarga duchor bo'lmoqdalar. Bunday holatlardan to'g'ri xulosa chiqarish kimyoviy preparatlardan kamroq foydalanib, kasalliklarni davolashda tabiiy dorivor vositalardan keng qo'llashni taqazo etadi. Albatta, bunday dorivor vositalarning aksariyat qismi yashil o'simliklardan olinadi. Shunday o'simliklardan biri esa biz yuqorida foydali xususuyatlarini sanab o'tgan qovoq o'simligi va uning mevasidir. Chunki ushbu o'simlikning turli qismlaridan olingan dorivor moddalar hazm qilish, ayrish, endokrin, qon aylanish, tayanch harakatlanish sistemalarida uchrovchi juda ko'plab kasalliklarga qarshi davolashda samarali vosita hisoblanadi. O'zbekiston sharoiti uchun qovoq o'simligining turlari va navlari tuproq tanlamaydi, ammo mezofit sharoitida yaxshi o'sadi. Hayotiy strategiyasi bo'yicha mazkur o'simliklarda patiyentlik xususiyati mavjud. Jumladan, trofopatiyentlik va kseropatiyentlik yaxshi namoyon bo'ladi. xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, respublikamizdagi ko'plab fermer xo'jaliklari dala maydonlari qirg'oqlariga ekilayotgan qovoq o'simligining turli navlari xalq xo'jaligining va aholining qovoq o'simligi mevasi va undan olinadigan turli-tuman xom ashyolariga bo'lgan talabni to'liq qoplay olmaydi. Shuning uchun bu ekinni nafaqat dala maydonlari qirg'oqlariga balki, asosiy ekin sifatida joylashtirish maqsadga muvofiq. Chunki bu ekindan olinadigan hosildorlik boshqa har qanday poliz ekinlariga nisbatan yuqori. Undan tashqari shaxsiy tomorqa dehqon xo'jaliklarida ham bu ekinni ko'proq ekish va uning iste'molini ko'paytirish aholi salomatligini saqlashda va turli kasalliklarga qarshi profilaktika ishlarida yaxshi samara beradi.

Pomidor Yuqumli O'simliklar kasalliklariga o'simliklarning virusli kasalliklari (mozaika kasalligining bir qancha turlari, so'lish, pakanalik, g'umbaklanish, proliferatsiya - to'qimalarning o'sib ketishi); o'simliklar bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar (o'simliklar raki, bakterial chirishning turli xillari, mevali daraxtlar, tamaki va boshqalarning bakterial kuyish kasalliklari); o'simlik zamburug'li

kasalliklari yoki mikofitozlar (o'simlik zang kasalliklarining bir qancha turlari, qorakuya, rag'a, fuzariozlar, chirishlar, sitosporozlar, askoxitozlar va boshqalar) kiradi. Shuningdek, aktinomitsetlar qo'zg'atadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar ham yuqumli O'simliklar kasalliklariga kiradi. Yuqumli kasalliklarga o'simliklarning parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab bo'lishi mumkin.

O'simliklar kasalliklarining inkubatsion davri qancha davom etishi havo harorati, namligi, o'simlikning kasalliklarga chidamliligi yoki moyilligiga bog'liq (qo'zg'atuvchi kasal o'simlik ichida yoki tashqarasida ko'payadi; infeksiya elementlari havo, yomg'ir tomchilari, hasharotlar va boshqalar yo'llar bilan tarqalib, o'simliklarni yoppasiga zararlashi mumkin). Himoya reaksiyalari. O'simlikda kasallik qo'zg'atuvchilarga qarshi fermentlar, fitonsidlar faolligi ortadi, hujayra devorlari po'kaklanadi, zararlangan hujayralar kasallik qo'zg'atuvchi bilan birgalikda o'lik hujayralarga aylanadi va hakoza. Oldini olish tadbirlari: ekinlarning o'sishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urug'chilik, urug'likni dorilash va h.k.dan iborat. Davolashda turli kimyoviy preparatlar (insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlar)dan foydalaniladi. O'simliklar kasalliklari qo'zg'atuvchilarining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o'tmasligi uchun karantin qo'llaniladi (qarang Fitopatologiya, O'simliklarni himoya qilish).

Mineral tarkibi: minerallar 100 grammdagi tarkib. Kundalik ehtiyojning ulushi. Kaliy 204 mg 8%, kaltsiy 25 mg 3%, Magniy 14 mg 4%, Fosfor 25 mg 3%, Natriy 4 mg 0%, temir 0.4 mg 3%, yod 1 igg 1%, rux 0.24 mg 2%, mis 180 mkg 18%, Oltingugurt 18 mg 2%, ftorid 86 mkg 2%, Marganets 0.04 mg 2% bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sheraliyev A.Sh., Umumiy va qishloq xo'jalik fitopatologiyasi, (Darslik). Talqin nashryoti. Toshkent, 2004.

2. Xolmurodov E.A. va boshqalar. Qishlok xo'jalik fitopatologiyasi.(Darslik) «Navro'z» nashryoti. -Toshkent, 2014.

3. Sattarova R.K., Xolmurodov E.A., Xakimova N.T.,Allayarov A.N. Umumiy fitopatologiya. (Darslik) «Navro'z» nashryoti. -Toshkent, 2017.

4. George N.Agrios. plant pathlogy. Elsevier Academic press, Florida, 2004.qo'shimcha adabiyotlar:

5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demakratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, «O'zbekiston» NMIU, 2017. - 56 b.

6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalk farovonligining garovi. «O'zbekiston» NMIU,2017.- 47 b.

7. Mirziyoyev Sh.M. Buyo'q kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan

birga quramiz. «O'zbekiston» NMIU, 2017. - 485 b.

8. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. «O'zbekiston» NMIU, 2017. - 103 b.

9. G'ofurov A.T. Fayzullayev S.S.,Saidov J. Genetika osmonidagi zulmatli tunlar. T.. // " Ta'lim muammolari". 2005-yil 1-4 son.80-84 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.