Научная статья на тему 'QO‘YLARNING INFEKSION NEKROTIK GEPATIT KASALLIGINI BRADZOT KASALLIGIDAN FARQLASH'

QO‘YLARNING INFEKSION NEKROTIK GEPATIT KASALLIGINI BRADZOT KASALLIGIDAN FARQLASH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Qo‘y / anaerob / C.novyi / infeksion nekrotik gepatit / bradzot / nekroz / spora / qo‘zg‘atuvchi / Kitt-Tarossi / gaz / sariq qizg‘ish suyuqlik.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Hakimov Sh., Salimova D.I., Salimov I.X.

В данной статье приведены данные результатов исследований по определению дифференцирующих клинических признаков и патологоанатомических изменений инфекционного некротического гепатита овец от брадзота. А также приведены отличительные показатели возбудителя при микроскопическом исследовании.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘YLARNING INFEKSION NEKROTIK GEPATIT KASALLIGINI BRADZOT KASALLIGIDAN FARQLASH»

UDK:619:636.31:616.36-002:616

QO'YLARNING INFEKSION NEKROTIK GEPATIT KASALLIGINI BRADZOT KASALLIGIDAN FARQLASH

Hakimov Sh. Salimova D.I. Salimov I.X.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация. В данной статье приведены данные результатов исследований по определению дифференцирующих клинических признаков и патологоанатомических изменений инфекционного некротического гепатита овец от брадзота. А также приведены отличительные показатели возбудителя при микроскопическом исследовании.

Summary. This article presents the results of studies to determine the differentiating clinical signs and pathological changes of infectious necrotic hepatitis of sheep from bradsot. It also presents the distinctive indicators of the pathogen during microscopic examination.

Kalit so'zlar: Qo'y, anaerob, C.novyi, infeksion nekrotik gepatit, bradzot, nekroz, spora, qo'zg'atuvchi, Kitt-Tarossi, gaz, sariq qizg'ish suyuqlik.

Kirish: Chorvachilikni rivojlantirish, aholini yuqori sifatli go'sht, go'sht va sut mahsulotlari, sanoatni sifatli xom ashyo bilan ta'minlash maqsadida veterinariya xizmati xodimlari chorva mollarini infeksion kasalliklariga qarshi biologik preparatlar va ko'pgina yangi davolovchi kimyoviy dori-darmonlarni amaliyotda qo'llash evaziga ayrim infeksion kasalliklar bo'yicha sog'lom, barqaror epizootik holatni vujudga keltirmoqda. Ayrim o'ta xavfli infeksion kasalliklar qishloq xo'jaligidagi qo'y va qo'zilar orasida uchrab, sohaning rivojlanishiga jiddiy to'sqinlik qilmoqda. Qo'ylarning kasallanishi va nobud bo'lishi, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga va uning sifat darajasini oshishiga jiddiy to'siq yaratmoqda. Shu bilan birga chorva daromadlarini pasaytirib, qo'y sonini ko'paytirishga katta g'ov bo'lib kelmoqda. Qo'y kasalliklari orasida patogen anaeroblar chaqiradigan bir qator infeksion kasalliklar orasida infeksion nekrotik gepatit kasalligi O'zbekiston uchun yangi kasallik bo'lib, alohida o'rin egallaydi. Yurtimizning qo'ychilik xo'jaliklarida, fermerlar va fuqarolarning shaxsiy xo'jaliklaridagi qo'ylar uchun o'ta xavfli infeksion kasalliklardan hisoblangan infeksion nekrotik gepatit kasalligini o'xshash kasalliklardan asosiysi bo'lgan bradzotdan farqlash dolzarb muammo hisoblanadi. Ushbu kasallik geografik mintaqa va iqlim sharoitlaridan qa'tiy nazar dunyoning barcha qo'ychilik rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan. Ushbu kasallikni shu kecha-kunduzda ham qo'ylar orasida chiqib turishi muammoning jiddiy tus olishiga olib kelmoqda. Infeksion nekrotik gepatit kasalligidan kelayotgan iqtisodiy zararni kamaytirish asosiy muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu muammolarni echish davlatimizning iqtisodiy rivojlanishida asosiy o'rin egallaydi.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

Veterinariya mutaxassislari oldida, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollari tuyog'ini ko'paytirish, ularni to'g'ri saqlash, oziqlantirish hamda turli xil infeksion kasalliklardan asrashning yangi texnologiyalarini joriy qilish kabi bir qator dolzarb masalalar mavjud.

Infeksion nekrotik gepatit kasalligiga qarshi samarali chora-tadbirlar yaratishda avvalo uning epizootik holatini o'rganish, tashxis qo'yish, oldini olish usullarini o'zlashtirish va ushbu kasallik bo'yicha nosog'lom xo'jaliklardan kasallik qo'zg'atuvchilarini mahalliy shtammlarini ajratish, ularni kultural-morfologik va biologik xususiyatlarini o'rganish veterinariya soxasida izlanish olib borayotgan mutaxassis va olimlarning asosiy vazifasi bo'lib belgilanishi zarur.

Tadqiqot materiallari va uslublari. Tadqiqotlar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tuman xo'jaliklarida hamda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining immunologiya va biotexnologiya laboratoriyasi bazasi bajarildi.

Qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligini klinik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlari Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlari xo'jaliklarida kasal va kasallikka gumon qilingan qo'ylar klinik ko'rikdan, o'lgan qo'ylar patologoanatomik tekshirishlardan o'tkazildi. Bunda kasallangan qo'ylarning yoshi, semizligi, tana haroratining o'zgarishi, ishtahasi, harakatdagi nuqsonlar kabi klinik belgilar va o'lish vaqti inobatga olindi. Patologoanatomik tekshiruvda esa jasadning tashqi o'zgarishlari va ichki o'zgarishlari inobatga olindi, shu bilan birga eksperimental tajribada kasallantirilgan qo'ylarda ham klinik belgilar, patologoanatomik o'zgarishlar tekshirilib aniqlandi va tahlil qilindi.

Bundan tashqari o'lgan qo'ylardan olingan patologik namunalardan buyum oynachalariga bosma surtmalar tayyorlanib, Gram usulida bo'yalib mikroskopik, ozuqa muhitlariga ekmalar ekib, bakteriologik tekshirildi. Bunda Kitt-Tarotssi ozuqa muhitiga ekma ekilib, o'stirish uchun +37,5 - +38,5°C li termostatga qo'yildi. Ozuqa muhitda kasallik qo'zg'atuvchisining bor yo'qligi ozuqa muhitining tiniqligi o'zgarishiga, ozuqa muhitining yuzasida vazelin yog'i ostida havo pufakchalari paydo bo'lishi, hamda ulardan surtmalar tayyorlanib Gram usulida bo'yalib, mikroskopiya qilinganda kasallik qo'zg'atuvchilari ko'rinishiga qarab aniqlandi.

Infeksion nekrotik gepatit kasalligi bo'yicha nosog'lom xo'jaliklardan ajratilgan qo'zg'atuvchilarni kultural-morfologik xususiyatlarini o'rganishda asosan Kitt -Tarotssi ozuqa muhiti, glyukozali qonli agar, klostridiozlar uchun maxsus agardan, jelatina, saxaroza, sut va dengiz cho'chqachalaridan foydalanildi. Qo'zg'atuvchining kultural-morfologik xususiyatlarini o'rganishda uning ozuqa muhitlarida o'sishi va ulardagi shakliga, joylashishiga, osilgan tomchida ularning harakatchanligiga, shu bilan birga jelatina, saxaroza, sutga ta'siri, o'zidan gaz ajratishi, Gram usuli bo'yicha qanday bo'yalishiga, spora hosil qilishi va sporalarni joylashishiga e'tibor qaratildi va ajratilgan qo'zg'atuvchilarning ushbu xususiyatlariga qarab, infeksion nekrotik gepatit kasalligi qo'zg'atuvchisini bradzot kasalligi qo'zg'atuvchisidan farqlash mumkin - mumkinmasligiga e'tibor qaratildi.

Xususiy tadqiqotlar. Qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligiga asosan semizligi o'rtacha va undan yuqori semizlikdagi 1-3 yoshgacha bo'lgan qo'ylarning barcha zotlari kasallanishi ma'lum bo'ldi. Kasallanish yilning bahor va yoz oylarida, qish va kuz oylariga nisbatan ko'proq uchrashi, kasallik o'tkir shaklda kechishi,

qo'ylarda ishtahani pasayishi va so'ngra yo'qolishi, chayqalib harakatlanish, surinish, yiqilish kabilar kuzatiladi. Ba'zi qo'ylarda bezovtalik va qo'rquv kuzatilib, oldinga qarab yugurish, ba'zida kiyikka o'xshab sakrab-sakrab harakat qilish, surinib yiqilishi va yana turib yugurishi, qo'ylar yonboshga yiqilmasligi, to'g'ri yotgan holatda yiqilib, shu holatda o'lishi aniqlandi. Kasallikda tana harorati 41,7 0C gacha ko'tarilishi, nafas olish va yurak urishi tezlashib, mos ravishda daqiqasiga o'rtacha 80 va 120 martani tashkil qilishi aniqlandi. Ba'zi hollarda qo'ylar yiqilib boshini orqaga tashlab, oyoqlari bilan aylanma harakatlar qilib o'lishi aniqlandi.

Kasallikdan o'lgan qo'ylar patologoanatomik tekshirilganda og'iz va burun bo'shlig'idan qonli ko'piksimon seroz suyuqlik oqishi, jarohat joyida junni oson yulinishi, terini och qizg'ish tusdaligi va jorohat joydan qizg'ish suyuqlikni sizib chiqishi kuzatildi. Tana yorib ko'rilganda terini qiyin archilishi, qorin bo'shlig'i va ko'krak qafasida somonrang-qizg'ish suyuqlikni bo'lishi va tashqi muhit havosi ta'sirida quyuqlashib dirilloq holatga kelishi aniqlandi. Jag' oralig'i, to'sh sohasi, ko'krakda ham sariq-qizg'ish (ekssudat) suyuqlikning bo'lishi va uni havo ta'sirida quyuqlashib, dirilloq hosil qilishi kuzatildi. Oshqozon va ichaklarda ozuqa qoldiqlari deyarli yo'q bo'lib,havo to'planishi kuzatildi.

Jigar biroz kattalashgan kulrang, sarg'ish tusda, yuzasida yoriqlar va kichik nekrozga uchragan joylar borligi aniqlandi. O't pufagi o't suyuqligiga to'la va 2-3 barobar kattalashgani, taloq qoraygani, buyraklarda qon quyulishlar borligi, siydik pufagi siydikka to'laligi kuzatildi. O'pka alveolalari, bronxlar qonli ko'piksimon seroz suyuqlikka to'laligi, yurakda qon quyulishlar borligi va bo'shashganligi aniqlandi.

Kasalliklarning kechishidagi kuzatilgan ma'lumotlar, aniqlangan klinik belgilar hamda patologoanatomik o'zgarishlar qo'ylarning anaerob kasalliklaridan bradzot va infeksion nekrotik gepatit kasalliklariga xos bo'lib, ushbu ma'lumotlarga tayangan holda bradzot va infeksion nekrotik gepatit kasalliklariga birlamchi tashxis qo'yishga asos bo'la oladi.

Infeksion nekrotik gepatit kasalligini, bradzot kasalligidan farqlaydigan xarakterli belgilari bu jarohat joyida junni oson yulinishi, terini och qizg'ish tusdaligi va jorohat joydan qizg'ish suyuqlikni sizib chiqishi kuzatildi. Tana yorib ko'rilganda terini qiyin archilishi, qorin bo'shlig'i va ko'krak qafasida somonrang-qizg'ish suyuqlikni bo'lishi va tashqi muhit havosi ta'sirida quyuqlashib dirilloq holatga kelishi aniqlandi. Jag' oralig'i, to'sh sohasi, ko'krakda ham sariq-qizg'ish (ekssudat) suyuqlikning bo'lishi va uni tashqi muhit havosi ta'sirida quyuqlashib, dirilloq hosil qilishi kuzatildi. Bunday o'zgarishlar bradzot kasalligida kuzatilmaydi.

Jigarda qon quyulishlar va ko'p miqdorda kulrang tusdan sarg'ish-somonrang mayda 1-2 sm gacha o'lchamda nekroz o'chog'chalar bo'lishi hamda uning yuzasida yoriqlarni kuzatilishi hisoblanadi, qaysikim ushbu belgilar bradzot kasalligida kuzatilmaydi.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligini kechishi, klinik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlariga asoslangan holda ushbu kasallikka birlamchi tashxis qo'yish o'zlashtirildi.

Kasallikka yakuniy tashxis qo'yish uchun o'lgan hayvondan olingan patologik

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

namunalar bakteriologik tekshirilib, qo'zg'atuvchi ajratilib, uni kultural-morfologik xususiyatlari aniqlangandan so'ng aniq tashxis qo'yildi. Infeksion nekrotik gepatit va bradzot qo'zg'atuvchilarini ozuqa muhitlarida o'sish xarakteri deyarli bir xil bo'lib, faqat surtmalarda qo'zg'atuvchini ko'rinishidan farqlasa bo'ladi. Infeksion nekrotik gepatit kasalligi qo'zg'atuvchisi mikroskopning ko'rinish maydonchasida yakka, juft-juft, 4-5 ta batsilalar birlashib zanjircha shaklda joylashgan, chetlari aylana shaklidagi to'g'ri tayoqchalardan iborat bo'lsa, bradzot kasalligi qo'zg'atuvchisi mikroskopning ko'rinish maydonchasida 6-7 va undan ko'p batsilalar birlashib uzun ipsimon zanjircha shaklda joylashgan chetlari aylana to'g'ri tayoqchalardan iboratligi va laboratoriyaviy tekshirishlar natijalariga asoslangan holda ham infeksion nekrotik gepatit kasalligini bradzot kasalligidan farqlash mumkinligi aniqlandi.

Xulosa. Sunday qilib yuqorida keltirilgan qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligini kechishi, klinik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlari hamda laboratoriyaviy tekshirishlar natijalariga asoslanib, infeksion nekrotik gepatit kasalligini bradzot kasalligidan farqlash mumkinligi isbotlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Salimov, X. S., A. A. Qambarov, and I. X. Salimov. "Epizootologiya va infeksion kasalliklar." Darslik Toshkent-2020 yil.

2. Хакимов, Шорасул, and Илхом Салимов. "Эпизоотология инфекционно-некротического гепатита овец." Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности 1.1 (2022): 195-198.

3. Хакимов, Ш., and И. Х. Салимов. "МИНФЕКЦИОН НЕКРОТИК ГЕПАТИТ КАСАЛЛИГИНИ КЛИНИК БЕЛГИЛАРИ" AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI 2.5 (2023): 62-64.

4. Салимов, Илхом Хаитович. "КУЙЛАРНИ ИНФЕКЦИОН НЕКРОТИК ГЕПАТИТ КАСАЛЛИГИ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ Хдкимов Шорасул." ВЕТЕРИНАРИЯ ФАНИНИНГИСТИ^БОЛЛАРИВА УНИНГ ОЗЩ-ОВКАТХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДАГИ УРНИ 1-цисм (2022): 195.

5. Salimov, Ilkhom, et al. "Specific prevention of emphysematous carbuncle of cattle and sheep." BIO Web of Conferences. Vol. 95. EDP Sciences, 2024.

6. Ilkhomovich, Klichov Odil, and Salimov Ilkhom Khaitovich. "Infectious Anaerobic Enterotoxemia Disease of Sheep." Central Asian Journal of Medical and Natural Science 4.3 (2023): 99-105.

7. Тураев, Ш. К., and И. Х. Салимов. "КОРАМОЛЛАРНИ КОРАСОН КАСАЛЛИГИГА ДИАГНОЗ КУЙИШ." AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI 2.11 (2023): 5-8.

8. Ilkhomovich Klichov Odil, Khakimov Shorasul and Salimov Ilkhom Khaitovich. "Infectious Enterotoxemia Disease of Sheep Epizootology." Web of Scholars: Multidimensional Research Journal 1.7 (2022): 70-73.

9. Салимов, И. Х., Д. И. Салимова, and Р. М. Уракова. "ИЗУЧЕНИЕ КЛИНИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ И ПАТОЛОГОАНАТОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ БРАДЗОТЕ ОВЕЦ."

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.