UO'K. 619:636.5: 616. 93: 616.002
PARRANDACHILIK XO'JALIKLARIDA MAREK KASALLIGINING YOSHGA OID DINAMIKASI HAMDA QARSHI KURASH CHORA-
TADBIRLARI
Axmedov B.N. - v.f.n., katta ilmiy xodim Murodov X.U. - v.f.f.d., kichik ilmiy xodim
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi Abatbaeva A.M. SamDVMCHBU Nukus filiali magistranti
Annotatsiya: Изучалась распространенность болезни Марека среди домашней птицы, а также ее этиологические факторы. Для этого была проверена эпизоотическая ситуация на инфекционные заболевания, встречающиеся среди птицы в 8 хозяйствах Республики Каракалпакстан. Для проверки отбирались по рекомендации работников ветеринарной службы птицефабрик. На заводах все птицы проходили клиническое обследование, больных изолировали и лечили, умерших или принудительно забитых птиц подвергали патологоанатомическим исследованиям. Ознакомились с уровнем организации ветеринарно-санитарных, кормовых, охранных мероприятий. Заболевания диагностировались на основании результатов эпизоотологического, клинического, патологоанатомического,
бактериологического, вирусологического ИФА-обследований.
Summary: The prevalence of Marek's disease among poultry was studied, as well as its etiological factors. To do this, the epizootic situation was checked for infectious diseases occurring among poultry in 8 farms of the Republic of Karakalpakstan. They were selected for verification on the recommendation of employees of the veterinary service of the poultry farm. At the plants, all birds underwent clinical examination, patients were isolated and treated, dead or forcibly slaughtered birds were subjected to pathoanatomical studies. We got acquainted with the level of organization of veterinary and sanitary, feed, and security measures. The diseases were diagnosed based on the results of epizootological, clinical, pathoanatomical, bacteriological, virological and ELISA examinations.
Key words: Marek, immunoglobulin, vaccine, immunity, immunophone, antigen, epizootology, clinical, pathologoanatomics', bacteriologist, virologist, epidemiology, pathobiology.
Kalit so'zlar: Marek, immunoglobulin, vaksina, immunitet, immunofon, antigen, epizootologiya, klinik, patologoanatomik, bakteriologik, virusologik, epidemalogiya, patobiologiya.
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz iqtisodiyotining qishloq xo'jaligida parrandachilik alohida o'ringa ega bo'lib, hukumatimiz tomonidan bu sohani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda insonlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, parrandachilikni rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlariga (go'sht, sut,
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
tuxum) bo'lgan talabni qondirish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qarorlar ishlab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida» gi farmoni, 2018 yil 13-noyabrdagi PQ-4015-son «Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar», 2022 yil 31-martdagi PQ-187-son «Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2022 yil 15-iyundagi PQ-281-son «Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa huquqiy-me'yoriy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Marek kasalligi (Morbus Marek, parrandalar neyrolimfomatozi) -parrandalarning yuqori kontagiozli infeksion kasalligi b o'lib, zararlangan hujayralar yadrosida ko'payadi, ayniqsa tovuqlar orasida kasallikning keng tarqalganligi juda kup parrandachilik bilan shug'ullanuvchi fermerlarning iqtisodiyotiga katta zarar keltirmoqda. Mazkur kasallikni Parrandalar orasida yuqorida nomi keltirilgan kasallik bilan kasallangan parrandalarning o'lish darajasi 55-60% ni tashkil etadi. Kasal parrandalarni davolash va kasallikka qarshi kurashish tadbirlari uchun katta mablag' sarflanad Mazkur kasallikka tashxis qo'yish, davolash va oldini olish tadbirlari uchun maxsus kompleksli usul va vositalar ishlab chiqilmagan. Xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan biopreparatlarni qo'llash uchun ko'p vaqt va valyuta sarflanishi lozim.
Tadqiqotning maqsadi Parrandachilik xo'jaliklarida Marek kasalligining epizootologiyasi, yoshga oid dinamikasini o'rganish hamda qarshi kurash chora tadbirlarini takomillashtirishdan iborat
Tadqiqot ob'ekti va uslubiyatlari. Ilmiy tadqiqotlarning eksperimental qismi 2024-2026 yillar davomida Qoraqalpag'iston Respublikasi hududlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus fílialining labaratoriya xonasida va vivariysida, Qoraqalpagiston Respublikasi labaratoriya va ozuq ovqat xavfsizligi markazida parrandachilik xo'jaliklarida tovuqlar orasida Marek kasalligining tarqalishi va undagi patomorfologik o'zgarishlarini aniqlash hamda kasallikka tashxis qo'yish uslublari qo'yidagi tajribalar asosida o'tkazildi.
Laboratoriya tajribalarida Marek kasalligi bilan tabiiy sharoitda zararlangan va zararlanmagan katta yoshdagi «Loman Braun klassik va Loman LSL klassik» hamda mahalliy zotga mansub tovuqlarda olib borildi.
Tadqiqotning natijalari. Parrandalar orasida Marek kasalligining tarqalishi hamda etiologik omillari o'rganildi. Buning uchun Qoraqalpag'iston Respublikasining 8 ta xo'jaliklaridagi parrandalar orasida uchraydigan infeksion kasalliklar bo'yicha epizootik holati tekshirildi. Tekshirish uchun parrandachilik fabrikalarining veterinariya xizmati xodimlari tavsiyasiga asosan tanlab olindi. Fabrikalarda barcha parrandalar klinik ko'rikdan o'tkazildi, kasallari ajratilib davolandi, o'lgan yoki majburiy so'yilgan parrandalar patologoanatomik tekshiruvlardan o'tkazildi. Veterinariya-sanitariya, oziqlantirish, asrash tadbirlarining
qay darajada tashkil qilinganligi bilan tanishildi. Kasalliklarga epizootologik, klinik, patologoanatomik, bakteriologik, virusologik IFA tekshirish natijalariga asoslangan holda tashxis qo'yildi. Tahlil natijalariga ko'ra Qoraqalpag'iston Respublikasi parrandachilik xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari, Klaster, MChJ va xususiy tadbirkorlarda mavjud parrandalarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida Marekga tekshirilgan hududlarda parrandalarning kasallanishi jami tekshirilgan 17850 bosh soniga nisbatan 2-50 foizni tashkil etib, kasallikdan o'lim darajasi 33,2 foiz atrofida bo'lganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Marek viloyatning ba'zi hududlarida keng tarqalgan infeksion kasallik hisoblanib, ayniqsa yosh jo'jalar orasida uchrashi 32-50% bulib shundan 12-35,5 foizgacha o'lim kuzatilishi aniqlandi, hamda kasalliklarga o'z vaqtida immunofermentli tahlilda tezkor tashxis qo'yish (kasal bor yoki yo'q ekanligi aniqlandi) va ularga qarshi chora-tadbirlarning to'g'ri o'tkazilishiga erishildi. Parrandalar Marek kasalligini oldini olish va qarshi kurashish bo'yicha MChJ va aholida mavjud parrandalar hamda parrandachilik xo'jalik mutaxassislariga tavsiyalar berildi.
Bizning ilmiy-tadqiqot ishlarimizda Marek virusi bilan zararlangan parrandalarda quyidagi klinik belgilar kuzatildi: kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 5 - 15 kungacha davom etdi. Kasallik o'ta o'tkir, o'tkir, yarim o'tkir shaklida kechdi. Marek kasalligining surunkali shakli enzootiya yoki sporadik holatda va o'tkir shakli epizootiya ko'rinishida namoyon bo'ladi. Kasallikning birinchi marta uchrashida deyarli barcha moyil parrandalar kasallanadi. Statsionar nosog'lom xo'jaliklarda faqat emlanmagan yosh parrandalar kasallanadi.
Marek kasalligi yilning barcha fasllarida uchraydi, ko'pincha, boshqa infeksion va invazion kasalliklar bilan birgalikda kechishi mumkin. Marek kasallligiga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlari qo'llanilmaganda yuqori kasallanish (50-55%) va o'lim (24-30%) darajalariga ega bo'lib statsionar holatga o'tadi. Qafaslarda saqlanuvchi parrandalar orasida o'lim ko'p bo'ladi.
Marek kasalligi virusi shtammlarining virulentligiga bog'liq holda inkubatsion davr 4 kundan 6 oygacha davom etib, kasallik o'tkir va surunkali shaklda kechadi. Avirulent shtammlardan parrandalar yashirin (simptomsiz) shaklda kasallanadilar.
Surunkali shaklda inkubatsion davr 14-20 kunni tashkil etadi. Ko'proq 3 oylikdan oshgan tovuqlarda uchrab ataksiya, tez yugurganda oyog'ini yuqori ko'tarib yuguradi, cho'loqlanish, oyoq, qanot, bo'yin va dumlarning parez va paralichi kuzatiladi. Kasallangan parranda ishtahasi yo'qoladi, toji, sirg'alari, shilliq pardalar oqimtir rangda, patlari notekis holatda bo'ladi, barmoqlari chalkashib changak holatiga keladi. Parranda changaklangan barmoqlariga yoki tizza bo'g'imlariga tayanib harakatlanadi. Ikki tomonlama paralichli og'ir holatlarda kasal jo'jalar pingvin pozasini egallaydi, bir oyog'ini oldinga, ikkinchi oyog'ini orqaga yoki yon tarafga uzatib to'shiga yoki yonbosh holatiga yotadi. 5-6 oylik parrandalarda ko'z jarohatlanadi. Ko'z rangdor pardasi ko'rinishi keskin o'zgarib, dastlab yashilsimon yoki mallarang xolli o'choqli kulrang tusga o'tishi xarakterli hisoblanadi. Keyinchalik depigmentatsiya dog'i butun ko'z rangdor pardasi sirtiga tarqaladi va uni yoppasiga kulrang tusga bo'yaydi (kasallikning klinik belgisi - "kulrang ko'zlar"). Ko'z qorachig'i o'zgarib noksimon, tirqishsimon shaklga o'tadi, vaqti-vaqti bilan torayadi, to'liq yopilishi ham
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida \ TO'PLAM — 2/24
mumkin va qisman yoki to'liq ko'rlik kelib chiqadi. Kasallik 4-10 hafta davom etadi. O'lim holsizlanish va oriqlash tufayli ro'y beradi va o'lim darajasi 1-30% ni tashkil etadi. Surunkali shaklda tuxum qo'yish davrining boshlanishida tovuqlarning ommaviy halok bo'lishi kuzatilishi mumkin.
Kasallikning surunkali shaklida quyidagi patologoanatomik o'zgarishlar aniqlanadi: asab naylarida, ayniqsa, yelka va bel-quymich asab tugunlarida diffuz-o'choqli qalinlashuv (utolshenie), ular rangining o'zgarishi va ichki a'zolaráa o'smalar (20% gacha), asosan tuxumdon va urug'donlarda (yaichnikax i semennikax). Bosh miya va orqa miya qon tomirlari giperemiyasi, to'qimalarining bo'rtishi va o'choqli yumshashishi natijasida notekis yuzaga va zich konsistensiyaga ega bo'lishi kuzatiladi.
Kasallikning o'tkir shakli ko'proq 1-5 oylik parrandalarda uchraydi. To'satdan paydo bo'ladi, keng qamrab oladi va juda tez kechadi. 5-7 kun ichida 1-2 oylik yoshdagi jo'jalarning deyarli barchasi kasallanadi, lekin o'lim darajasi past bo'ladi. O'tkir shaklda kasallik belgilari xarakterli emas - holsizlanish, tushkunlik, oriqlik. Asabiy ko'rinishlar nisbatan kam uchraydi, ammo enzootiyaning boshlanish davrida yurishning chegaralanishi, oyoq va qanotlarning ommaviy parez va paralichi kuzatiladi. Jarohatlangan oyoqlar barmoqlarining changaklanib yoki bo'shashib oldga yoki ortga cho'zilgan bo'ladi, qanotlar osilgan holatda, umumiy holsizlik kuzatiladi. Ichki a'zolarning kelib chiqishi limfoid bo'lgan yangi o'smalar bilan zararlanishi natijasida 2-6 haftada o'lim o'lim darajasi oshadi. Kasallangan parrandalarda ataksiya, nafas qisilishi, degidratatsiya, oriqlash kuzatiladi. Eng ko'p o'lim (30%) kasallik boshlanganidan 1-1,5 oydan so'ng kuzatiladi. Marek kasalligi ko'pincha infeksion bronxit, respirator mikoplazmoz, koksidioz bilan murakkablashadi (oslojnyaetsya), leykoz bilan birgalikda kechganda juda og'ir kechadi. Bunday holatlarda o'lim darajasi 75-80% gacha yetadi.
Kasallikning o'tkiï shaklida ichki a'zolaTda, teri, mushaklaTda o'smalar, markaziy va periferik asab tizimi to'qimalarida o'zgarishlar aniqlanadi. Jarohatlangan asablar qalinlashgan, shishgan, sarg'ish гangli. Ichki a'zolaгdagi o'zgarishlar kasallik belgilarini aniqlashdan oldin namoyon bo'ladi va jarohatlangan a'zolar va to'qimalarning limfoid-hujayrali proliferatsiyasi bilan tavsiflanadi. Periferik asab to'qimalarida shish, asab nayi va uning biriktiruvchi to'qimali qobig'ining diffuz-o'choqli limfoid-hujayrali infiltratsiyasi aniqlanadi. Kasallikning bu kechishida xarakterli belgi - ko'z rangdor pardasining jarohatlanib sarg'ish-malla, ba'zan, yashil xolli kukang tusga kiiishi hisoblanadi (me'yoгda jo'jalar ko'z rangdor pardasi kulrang-ko'kimtir tusda, 4 oylik jo'jalarda to'q sariq (apelsin) rangga kiradi). Ko'z rangdor paráasi epitelial qavati limfoid va psevdoeozinofil hujaym^, ba'zan, plazmotsitlaT bilan infiltratsiyalangan. Ko'pincha, rangdor parda ko'z gavhari bilan birlashib ketadi. Ko'rish asab nayining shishi aniqlanadi. Pat follikulalari, buyraklar, oshqozon osti bezi epiteliylarida yadrosi ichida A tip Koudri tanacha kiritmalari va sitoplazmatik kiritmalar aniqlanadi.
Marek kasalligi tashxisi tasdiqlangan parrandachilik xo'jaligiga cheklash qo'yiladi. Cheklash talablari bo'yicha kasallikning kechish holatini e'tiboгga olgan holda kasallikni bartaraf qilish majmuaviy veterinariya - sanitariya tadbirlari amalga oshiriladi.
Marek kasalligi epizootik kechish holatida (parrandalarning yoppasiga kasallanishi va tarqalish tendensiyasi):
a) tirik parranda va inkubatsion tuxumlarni sotish ta'qiqlanadi;
b) yosh parrandalarni o'stirishga qabul qilish va inkubatsiya to'xtatiladi;
v) nosog'lom parrandaxonaning (sex, ferma) barcha parrandalari xo'jalikning yoki go'shtni qayta ishlash korxonasining qushxonasida so'yiladi;
g) inkubatoriya, parrandaxona, yordamchi binolar, asbob-uskunalar, inventar, transport vositalari va ishlab chiqarish hududlari dezinfeksiyalanadi hamda tozalanadi.
Xo'jalikda sanatsiya ishlari yakunlangach 1 oydan so'ng jo'jalarni o'stirishga kiritish mumkin. Qabul qilinayotgan yosh jo'jalar bir kunligida Marek kasalligiga qarshi vaksinatsiya qilinadi (vaksinani qo'llash yo'riqnomasiga muvofiq ravishda).
Xo'jalikka keltirilgan yosh jo'jalar б oylikkacha o'stirilganda Marek kasalligi bilan kasallanish uchramagan holatda xo'jalikdan cheklash olib tashlanadi.
Xo'jalikda Marek kasalligining sporadik kechishi aniqlanganda va tarqalish tendensiyasi kuzatilmagan holatda xo'jalikda kasal va kasallikka gumon qilingan parrandalarni tizimli ravishda brak qilish hamda so'yish amalga oshiriladi. Kasallikni bartaraf qilish va tarqalishining oldini olish maqsadida majmuaviy veterinariya -sanitariya tadbirlari o'tkaziladi.
Agar kasallikning keng tarqalish tendensiyasi namoyon bo'lmasa xo'jalikdan inkubatsion tuxumlarni formaldegid bug'lari bilan dezinfeksiya qilgach sotishga ruxsat etiladi. Marek kasalligiga qarshi emlangan 1 kunlik jo'jalarni Marek kasalligi bo'yicha xuddi shunday epizootik holatdagi xo'jaliklarga sotish mumkin.
Parrandalarning Marek kasalligi bilan kasallanishi kuzatilmagan holatda xo'jalikdan cheklash olinadi.
Nosog'lom xo'jaliklarda parrandaxona, inkubatoriya, asbob-anjomlar, inventar, yordamchi binolar, ishlab chiqarish hududlari, transport vositalari va boshqalarni joriy va yakuniy dezinfeksiyalash veterianriya dezinfeksiyasi, dezinvaziyasi, dezinseksiyasi va deratizatsiyasini o'tkazish bo'yicha amaldagi yo'riqnomaga muvofiq parrandalar chechagi kasalligida belgilangandagidek olib boriladi.
Axlat va to'shama biotermik zararsizlantiriladi.
Nosog'lom xo'jalikdan olingan tuxumlar amaldagi talablarga ko'ra formaldegid bug'lari bilan quyidagi tartibda dezinfeksiyalanadi:
a) inkubatsion tuxumlar 4 marta dezinfeksiyalanadi: 1 - marta tuxum qilingandan 1 - 1,5 soat o'tgach; 2 - marta inkubatoriyaga joylashtirishdan avval; 3 -marta inkubatoriyada isitilgandan б soat o'tgach; 4 - marta jo'ja chiqarish shkaflarida (tuxumlar o'tkazilgan zahoti).
b) oziq-ovqat tuxumlari - sotishga chiqarishdan oldin bir marta.
Marek kasalligidan nosog'lom parrandaxonalardan olingan parrandalar so'yilganda barcha ichki a'zolari olinib util qilinadi va tanasi umumiy ovqatlanish tarmoqlariga yoki kolbasa (konserva) tayyorlashga jo'natiladi. Parranda tanasi terisida yoki mushaklarida o'smalar mavjud bo'lsa texnik utilga jo'natiladi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Xulosalar: Parrandalar orasida Marek kasalligining keng tarqalganligi va parrandachilik xo'jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazilayotganligi, shuningdek ushbu xo'jaliklarda kasallikning kechishi va tarqalishi o'rganildi.
Kasallikning aniqlashda epizootik holatiga, klinik belgilariga, kasalliklarning patologoanatomik hamda patogistologik o'zgarishlariga katta ahamiyat berildi. Kasallik qo'zg'atuvchilarini aniqlash bakteriologik va virusologik xamda IFT tekshirish usullari asosida amalga oshirildi.
Marek kasalligi bilan kasallangan yoki gumon qilingan parrandalar so'yilganda olingan pat, parlar parrandalar chechagiga qarshi kurashish tadbirlari bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq dezinfeksiyalanadi. Natijada ilmiy tadqiqot ishlarimizda Marek kasallikning kechishi tabiiy sharoitda tovuqlarga qaraganda yosh jo'jalarda kasallik juda og'ir va murakkab kechishi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Axmedov B.N.,Niyazov F.A., Ashurov S.A., Deystvie immunostimulyatora kavilona na sbiplyat. // Veterinariya. - M. 2001.-№9. - S.22-23.
2. Axmedov B.N. Murodov X.U.Parrandalar marek kasalligi diagnostikasi va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari bo'yicha ilmiy asoslangan tizim. // Samarqand-2019.
3. Barhoom S., Dalab A. 2012. Molecular diagnosis of explosive outbreak of Marek by polymerase chain reaction in // Palestine. Proc Elev Vet Sci Conf. :-R. 100-129.