Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
UDK:619:635.6:616.7.
PARRANDALARNING PASTERELLYOZ KASALLIGI QO'ZG'ATUVCHISINI XUSUSIYATLARI
Nurgaliyeva J.S. Salimov I.X.
Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti [email protected].
Аннотация. В данной статье приведены результаты исследований по выделению возбудителя пастереллеза птиц. Изучены культурально морфологические свойства выделенных возбудителей болезни. При этом уделены внимание на их рост в питательных средах, а также на их форму, расположение в мазках, на окраску. Тем самым доказана выявляемость болезни в хозяйствах откуда получен патологический материал.
Annotation. This article presents the results of studies on the isolation of the pathogen of pasteurellosis of birds. The cultural morphological properties of the isolated pathogens of the disease were studied. At the same time, attention was paid to their growth in nutrient media, as well as their shape, location in smears, and color. Thus, the detectability of the disease in the farms from which the pathological material was obtained was proven.
Kalit so'zlar: polimorf, morfologik, kultural, gemoraggik septisemiya, septik, kolloniya, grammanfiy, intensiv, immersiya.
Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Chorvachilik tarmog'ini yanada rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-4947-sonli, 2017 yil 16 martdagi «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-2841-sonli va 2017-2021 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha "Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Qonunning 3.3. bandiga binoan qishloq xo'jaligini moderinizatsiya qilish va jadallashtirishga qaratilgan qarorlari mamlakatimizda chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirishda va ushbu tadqiqotlarni bajarishda asosiy dastur bo'lib xizmat qilmoqda. Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun chorvachilik va parrandachilik ob'ektlarida mavjud chorva mollari va parrandalarni har xil infeksion kasalliklardan asrash muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ta'kidlangan parrandachilik xo'jaliklarida parrandani jadal rivojlantirishga va ayniqsa parrandalar orasida uchraydigan parranda pasterellyozi sezilarli to'siq bo'lib kelmoqda.
O'zbekiston iqtisodiyotida parrandachilik alohida o'ringa ega va bu sohani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Parrandachilikni rivojlantirishda va rentabelligini oshirishda davlat, fermer hamda xususiy xo'jaliklardagi parranda bosh sonini ko'paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish, sog'lom jo'ja olish, ularni to'g'ri parvarishlash, turli kasalliklardan saqlash kabi omillarga bog'liqdir.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida \ TO'PLAM — 2/24
parrandalarning turli infeksion kasalliklari qo'ychilik uchun katta xavf bo'lib hisoblanadi. Parrandalar orasida uchraydigan pasterellyoz kasalligi parrandachilikga katta iqtisodiy zarar keltirishi, dolzarb muammolardan biri ekanligi barchaga ma'lum. Veterinariya sohasida biologik va kimyoviy preparatlarning etishmasligi muammoni yanada murakkablashtirib kasalliklarning kengroq tarqalishiga sababchi bo'lmoqda.
Parrandalar orasida pasterellyoz kasalligi keng tarqalganligi juda ko'p parrandachilik bilan shug'ullanuvchi fermerlarning iqtisodiyotiga katta zarar keltirmoqda.
Ushbuni inobatga olgan holda xo'jaliklarda parranda pasterellyoziga samarali qarshi kurash chora-tadbirlarini rejalashtirish maqsadida kasallik qayd etilgan xo'jaliklardan kasallik qo'zg'atuvchisini ajratish va qo'zg'atuvchilarning barcha xususiyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot materiallari va uslublari. Tadqiqot materiali bo'lib, xo'jalikdan keltirilgan o'lgan tovuqlar namunalari, GPQ, GPA ozuqa muhitlari, buyum oynachalari, Gram usulida bo'yash uchun bo'yoqlar, spirtovka, termostatdan hamda Z.J.Shapulatovaning "O'quv qo'llanma" sida (2013) berilgan usullardan foydalanildi.
Ajratilgan Pasterellalarning kultural-morfologik xususiyatlarini aniqlashda keltirilgan patologik namunalardan GPQ, GPA ozuqa muhitlariga ekmalar ekildi va o'stirish uchun 37-38 0C haroratda termostatga qo'yildi. GPQ muhitida loyqalanish, GPA koloniyalar hosil bo'lishiga qarab qo'zg'atuvchi o'sganligiga va ularni o'sish xarakteriga e'tibor qaratildi. Ozuqa muhitlardan buyum oynachalarida surtmalar tayyorlandi. Surtmalar fiksasiyalangandan so'ng Gram usulida bo'yalib, mikroskopiya qilindi. Mikroskopiyada qo'zg'atuvchini ko'rinishi, joylashishi, shakli, Gram bo'yicha bo'yalishi kabilarga e'tibor qaratildi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tayyorlangan surtmalar mikroskopning x90 obyektivida, immersiya sistemasida tekshirilganda, mikroskopning ko'rinish maydonchasida grammanfiy mayda qisqa tayoqchalar borligi, ularning uchlari qayrilgan, aylana, ayrimlari uzunchoq, yug'on ellipsimon, alohida juft - juft joylashgan ko'rinishdagi bakteriyalar ekanligi aniqlandi. Patologik materiallardan tayyorlangan bosma surtmalarda pasterellalar boshqalariga nisbatan enliroq ekanligi aniqlandi. Pasterellalarning o'lchami va shakli shtammning kelib chiqishiga bog'liq ravishda o'zgaruvchan bo'lishi aniqlandi. Ushbu holat ko'pincha parranda turiga, oziq
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
muhitiga, qayta ekishlar va boshqa omillarga bog'liq deb hisoblaymiz. Go'sht peptonli bulonda o'sgan kulturalardan tayyorlangan surtmalarda qo'zg'atuvchilar polimorf ko'rinishga egaligi namoyon bo'ldi. _
Й0
GPQ ozuqa muhitlaridan tayyorlangan surtmalarda qo'zg'atuvchi bittadan,
ikkitadan ba'zan qisqa zanjircha shaklida joylashgan kokksimon yoki qisqa tayyoqchasimon bakteriyalar iborat ekanligi aniqlandi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra P.multocida va P. haemolytica morfologik jihatdan bir biridan keskin farq qilmasligi aniqlandi. Qo'zg'atuvchilar GPQ ozuqa muhitini bir xil loyihalantirib, momiqcifat, oqishsimon cho'kma hosil qilish kuzatildi. Yengil chayqatilganda cho'kma "o'rilgan soch" shaklida ko'tarilishi (S - shakl), mukoid shtammlari intensiv o'sib, ko'p shilimshiq cho'kma hosil qilishi (M - shakl), R - shaklli shtammlarida muhit loyihalanmasdan, mayda donador cho'kma hosil qilishi kuzatildi.
Xulosa. Ajratilgan pasterella shtammlarining kultural-morfologik xususiyatlarini aniqlash bo'yicha olingan natijalar adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlardan keskin farq qilmasligi aniqlandi va patologik namunalar olingan xo'jaliklarda parrandalarning pasterellyoz kasalligi mavjudligi isbotlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Салимов, И., Эргашев, Н., Менглиев, Г., & Хакимов, Ш. (2024). Специальная профилактика бразота у овец. in Library, 2(2), 163-165.
2. Салимов, И., Хдкимов, Ш., & Салимова, Д. (2024). Определение морфофизиологических, тинкториальных, культуральных, биохимических и патогенетических особенностей инфекционно-некротического гепатита. in Library, 2(2), 159-162.
3. Салимов, И., & Нургалиева, Ж. (2024). Методы идентификации серотипов пастерелл с помощью серологических реакций. in Library, 2(2), 312-315.
4. Nurgaliyeva, J. S., & Salimov, I. X. (2024). PASTERELLA SEROTIPLARINI SEROLOGIK REAKSIYALAR YORDAMIDA ANIQLASH. Ustozlar uchun, 7(1), 312-320.
5. ^акимов, Ш., Салимова, Д. И., & Салимов, И. Х. (2024). ИНФЕКЦИОН НЕКРОТИК ГЕПАТИТ ^УЗЕАТУВЧИСИНИНГ МОРФО-ФИЗИОЛОГИК, ТИНКТОРИАЛ, КУЛЬТУРАЛ, БИОКИМЁВИЙ ВА ПАТОГЕНЛИК Х,УСУСИЯТЛАРИ. Ustozlar uchun, 1(1), 159-162.
Veterinariva sohasidagi ёокагЬ тиатто1аг увсЫт1 уоик tadqiqotchilar talqinida | ТО' Р1,ЛМ1 — 2/24
6. Ergashev, N. В., Salimov, I. X., & НаМто^ S. (2024). QO 'YLARNING ВЯЛБ/ОТ КЛ8ЛЬЬЮ1М О'/ЮЛ ХОБ РКОЕ1ЬЛКТ1КЛ81. ШшШг и^ип, 1(1), 163-165.
7. Салимова, Д., Салимов, И., Хакимов, Ш., Курбанов, Ж., & Йулдошев, Р. (2022). Эмфизематозный карбункул крупного рогатого скота. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 324-327.
8. Салимова, Д., & Салимов, И. (2022). Вакцина против эмфизематозного карбункула крупного рогатого скота, изготовленная из местного эпизоотического штамма и её иммуногенность. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 148153.
9. Нургалиева, Ж., & Салимов, И. (2022). Клинические признаки и патологоанатомические изменения при пастереллезе птиц. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 80-83.
10. Уракова, Р. М., & Салимов, И. Х. (2021). КУЙЛАР БРАДЗОТ КАСАЛЛИГИДА ПАТОЛОГОАНАТОМИК УЗГАРИШЛАР ВА ТАШХИС КУЙИШ. 1п ВЕТЕРИНАРНАЯ МЕДИЦИНА В XXI ВЕКЕ: РОЛЬ БИОТЕХНОЛОГИЙ И ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ (рр. 289-292).
11. Салимов, И. Х. (2021). Куйлар брадзот касаллигида патологоанатомик узгаришлар ва ташхис куйиш.