Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
QO'YLAR KLOSTRIDIOZLARIGA QARSHI VAKSINANI IMMUNOSTIMULYATOR BILAN BIRGA QO'LLASH NATIJALARI
Ergashev N.B.1 Mengliyev G'.A.2 Salimov I.X.3
1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
2. Toshkent davlat agrar universiteti.
3. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Аннотация: В данной статье приведены результаты проведенных опытов по определению продолжительности иммунитета у овец при применении «Концентрированной поливалентной ГОА формолвакцины против брадзота, инфекционной энтеротоксемии, злокачественного отека и анаэробной дизентерии ягнят» вместе с иммуностимулятором «Айсидивит».
Annotatsiya: This article presents the results of experiments conducted to determine the duration of immunity in sheep using the "Concentrated polyvalent GOA formol vaccine against bradzot, infectious enterotoxemia, malignant edema and anaerobic dysentery of lambs" together with the immunostimulant "Asidivit".
Kalit so'zi: Bradzot, infeksion enterotoksemiya, qo'zilar dizenteriyasi, Aysidivit, Kitt-Tarotssi, vaksina, qo'y,
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy biotexnologiya va veterinariya medisinasining asosiy vazifalaridan biri hayvonlarning infeksion kasalliklari, jumladan, dunyoning barcha qit'alarida keng tarqalgan klostridiozlarning oldini olish uchun yangi samarali biologik preparatlarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Anaerob mikroorganizmlar tomanidan keltirib chiqaradigan kasalliklarning qo'zg'atuvchilari (xavfli shish, bradzot, infeksion enterotoksemiya, anaerob dizenteriya, infeksion nekrotik gepatit) tananing turli tizimlari va to'qimalariga jiddiy zarar etkazadi va ular ajratgan ekzotoksinlar hayvonni tezda nobud qiladi. Ushbu kasalliklar qo'ychilikka nafaqat hayvonlarning kasallanishi va nobud bo'lishi natijasida yetkazilgan iqtisodiy zarar, balkim hududning doimiy nosog'lom bo'lishi, qo'zg'atuvchining sporalari bilan atrof muhitni zararlanishi sababli ham jiddiy muammo hisoblanadi. Ushbu kasalliklar o'tkir kechuvchi infeksion kasallik bo'lib, shirdon va o'n ikki barmoq ichakning gemorragik yallig'lanishi, parenximatoz a'zolar to'qimalarini o'zgarishi va oshqozon-ichakda gaz to'planishi bilan xarakterlanadi. Kasalliknnig kelib chiqishida yaylovning kasallik qo'zg'atuvchisi bilan zararlanganligi katta ahamiyat kasb etadi. Ko'pincha bahorda bradzot va infeksion enterotoksemiya kasalligi birga uchrashi mumkin. Kasalliklar asosan alimentar yo'l bilan yuqib, qo'zg'atuvchi sporalari bilan zararlangan ozuqa yoki suv orqali qo'y organizmiga tushadi.
Tadqiqot materiali va uslublari. Tadqiqot materiali bo'lib, Rossiyaning Armavir biofabrikasida ishlab chiqarilgan "Qo'ylarning bradzot, infeksion enterotoksemiya, xavli shish va qo'zilar dizenteriyasiga qarshi quyultirilgan
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
polivalent gidrooksidli" vaksinasi va Rossiyaning «Agrovetzashita SP» MChJ tomonidan ishab chiqarilgan immunostimulyator "Aysidivit" periparatidan foydalanildi.
Tajriba uchun Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Abdulaziz Zokirovich Chorvasi MChJ qarashli jami 102 bosh qo'ylar olindi va ular 51 boshdan ikki guruhga ya'ni tajriba va nazorat guruhiga bo'lindi. Birinchi tajriba guruhiga Rossiyaning Armavir biofabrikasida ishlab chiqarilgan "Qo'ylarning bradzot, infeksion enterotoksemiya, xavli shish va qo'zilar dizenteriyasiga qarshi quyultirilgan polivalent gidrooksidli "vaksinasini maxsus immunostimulyator" "Aysidivit" periparati bilan 14 kun oralig'da 2 marta emlandi, ikkinchi nazorat guruhiga Rossiyaning Armavir biofabrikasida ishlab chiqarilgan "Qo'ylarning bradzot, infeksion enterotoksemiya, xavli shish va qo'zilar dizenteriyasiga qarshi quyultirilgan polivalent gidrooksidli "vaksinasini 14 kun oralig'da 2 marta emlandi. Emlangan qo'ylar doimiy kuzatuvda bo'lib, ular har oyda 1 martadan klinik tekshiruvlardan o'tkazildi hamda o'tgan davr davomida klostridiozlar (bradzot, infeksion enterotoksemiya va qo'zilar dizenteriyasi) uchrash-uchramasligi tekshirilib borildi.
Xususiy tadqiqotlar natijalari. Olib borilgan taqiqotilar natij asida Rossiyaning Armavir biofabrikasida ishlab chiqarilgan "Qo'ylarning bradzot, infeksion enterotoksemiya, xavli shish va qo'zilar dizenteriyasiga qarshi quyultirilgan polivalent gidrooksidli" vaksinasini maxsus immunostimulyator "Aysidivit" periparati bilan birga emlangan birinchi tajriba guruhi qo'ylarida emlashdan keyingi 1-2-kunlari tana harorati fiziologik me'yor doirasida bo'lishi kuzatilib, ishtahaning pasayishi hamda klostridiozlarga xos klinik belgilar aniqlanmadi. Ushbu guruh qo'ylarida kuzatuv davri davomida (7 oy) klostridiozlar bilan kasallanish holatlari kuzatilmadi.
Ikkinchi nazorat guruhidagi qo'ylarda ham emlashdan keyingi 1-2-kunlari qo'ylarning ba'zilarida vaqtinchalik bo'lsada tana haroratining ko'tarilishi, ishtahaning pasayishi kuzatildi. Keyinchalik tana harorati fiziologik me'yor doirasida bo'lib, ishtahasi me'yorlashdi. Nazorat guruhidagi qo'ylar doimiy kuzatuvda bo'lib ular ham har oyda 1 martadan klinik ko'rikdan o'tkazilib turildi. Kuzatuv davri davomida (7 oy) ushbu guruhdan 2 bosh qo'y o'limi kuzatildi. Ushbu o'lgan qo'ylarni patologoanatomik tekshirishdan o'tkazildi va ularda. gavdani shishgan holati, og'iz va burun bo'shlig'idan qonli ko'pik oqishi aniqlandi. Shirdon va o'n ikki barmoq ichakda kataral gemmoragik yallig'lanish bo'lib, qon turg'unligi, qon quyulishlar hosil bo'lib, taloq biroz kattalashgan. Jigar sarg'ish tusda bo'lib, nekrotik o'choqlar ko'zga tashlanadi. O't pufagi o't suyuqligiga to'la va ikki barobar kattalashgan. Yurak bo'shashganligi kuzatildi. Teri shilinganda gemoragik shish va qon quyulishlar kuzatildi. Ushbu qo'ylarga aniq tashxis qo'yish maqsadida ularning parenximatoz a'zolaridan (yurak, buyrak, jigar, shishgan to'qimalar) bakteriologik tekshirishlar uchun namunalar olinib, qo'zg'atuvchi ajratish ishlari amalga oshirildi.
Bakteriologik tekshirishlar natijasida ushbu namunalardan Kitt-Tarotsii ozuqa muhitida shakli to'g'ri va ozroq qayrilgan, uchlari yarim aylana shaklida, Gram musbat 5-7 tayoqchalardan iborat bo'lgan uzun ipsimon zanjirchalar hosil qilgan holda joylashgan batsilalar borligi ma'lum bo'ldi. Ushbu ajratilgan kasallik qo'zg'atuvchilari oddiy ozuqa muhitlarida o'smasligi, Kitt-Tarotssi ozuqa muhitida
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
vazelin yog'i ostida o'sishi, ozuqa muhitini bir tekis loyqalatishi havo pufakchalari hosil qilishi aniqlandi. 10-12 soatlik kulturalarda qo'zg'atuvchilarni osilgan tomchi surtmalarida harakatchanligi kuzatilib, ushbu ajratilgan qo'zg'tuvchilar qo'ylarning bradzot kasalligi qo'zg'tuvchisi ekanligi aniqlandi.
Xulosa Shunday qilib "Qo'ylarning bradzot, infeksion enterotoksemiya, xavli shish va qo'zilar dizenteriyasiga qarshi quyultirilgan polivalent gidrooksidli formolvaksina"ni maxsus immunostimulyator "Aysidivit" periparati bilan birga qo'llaganda emlangan qo'ylarda immunitet davomiyligi 7 oyni tashkil qilishi aniqlandi. Immunostimulyator qo'llanilmagan guruhda esa klostridiozlar bilan kasallanish kuzatildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Salimov, X. S., A. A. Qambarov, and I. X. Salimov. "Epizootologiya va infeksion kasalliklar." Darslik Toshkent-2020 yil.
2. Хакимов, Шорасул, and Илхом Салимов. "Эпизоотология инфекционно-некротического гепатита овец." Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности 1.1 (2022): 195-198.
3. ^акимов, Ш., and И. Х. Салимов. "МИНФЕКЦИОН НЕКРОТИК ГЕПАТИТ КАСАЛЛИГИНИ КЛИНИК БЕЛГИЛАРИ" AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI 2.5 (2023): 62-64.
4. Салимов, Илхом Хаитович. "КУЙЛАРНИ ИНФЕКЦИОН НЕКРОТИК ГЕПАТИТ КАСАЛЛИГИ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ Хакимов Шорасул." ВЕТЕРИНАРИЯ ФАНИНИНГ ИСТЩБОЛЛАРИ ВА УНИНГ ОЗЩ-ОВ^АТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДАГИ УРНИ 1-кисм (2022): 195.
5. Salimov, Ilkhom, et al. "Specific prevention of emphysematous carbuncle of cattle and sheep." BIO Web of Conferences. Vol. 95. EDP Sciences, 2024.
6. Ilkhomovich, Klichov Odil, and Salimov Ilkhom Khaitovich. "Infectious Anaerobic Enterotoxemia Disease of Sheep." Central Asian Journal of Medical and Natural Science 4.3 (2023): 99-105.
7. Ilkhomovich Klichov Odil, Khakimov Shorasul and Salimov Ilkhom Khaitovich. "Infectious Enterotoxemia Disease of Sheep Epizootology." Web of Scholars: Multidimensional Research Journal 1.7 (2022): 70-73.
8. Салимов, И. Х., Д. И. Салимова, and Р. М. Уракова. "ИЗУЧЕНИЕ КЛИНИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ И ПАТОЛОГОАНАТОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ БРАДЗОТЕ ОВЕЦ."
9. Салимов, И., Эргашев, Н., Менглиев, Г., & Хакимов, Ш. (2024). Специальная профилактика бразота у овец. in Library, 2(2), 163-165.
10. Салимов, И., Хакимов, Ш., & Салимова, Д. (2024). Определение морфофизиологических, тинкториальных, культуральных, биохимических и патогенетических особенностей инфекционно-некротического гепатита. in Library, 2(2), 159-162.