PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
www.in-academy.uz
QO'SHILGAN QIYMAT ZANJIRI VA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
Rustamov Narzillo Istamovich
Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri [email protected], ORCID ID: 0000-0003-3782-2115 https://doi.org/10.5281/zenodo.13341837 Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida qo'shigan qiymat zanjirinini baholashning ahamiyati va mohiyati tadqiq etilgan. P2P biznes modeli va Amazon kompaniyasining biznes modellarida raqamli texnologiyalarni qo'llashning yo'nalishlari yoritilgan, sohaga tegishli xorij tajribasini yetarlicha o'rganib chiqqan holda, olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi mumkin bo'lgan jihatlari ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, biznes modeli, P2P biznes modeli, Amazon kompaniyasining biznes modeli, qiymat, qo'shilgan qiymat zanjiri, samaradorlik zanjiri, raqobat, kontent, tajriba, platforma, biznesning qo'shilgan qymat zanjirini baholashni takomillashtirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
KIRISH
O'zbekistonda qo'shilgan qiymat zanjirida raqamli iqtisodiyot modellarini qo'llash amaliyoti, bugungi kunda, nisbatan yangi soha hisoblanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanish jarayonlari qo'shilgan qiymat yaratilishini baholash jarayonlarini raqamlashtirish va raqamli biznes modellarini qurish orqali raqamli iqtisodiyotni tashkillashtirishni taqozo qiladi. Bu esa mavjud iqtisodiyot sohalarida yangi raqamli tarmoqlarning tashkil topishini keltirib chiqaradi. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Raqamli iqtisodiyotni asosiy "drayver" sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish" maqsadi qo'yilgan bo'lib, uning doirasida iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026 yil yakuniga qadar 60 foizgacha oshirish vazifasi belgilangan" [1].
Raqamlashtirish, nafaqat, iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta'minlaydi, balki bilimlar iqtisodiyotining ham rivojlanishiga o'zining ulkan hissasini qo'shadi. Shuningdek, bu orqali umumiy infrastruktura va infrastruktura bozorining rivojlanishi, keyingi bosqichga o'tish jarayonlari vujudga keladi.
Mazkur tadqiqotning natijalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni va 2018 yil 3 iyuldagi "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3832-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2018 yil 13 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5598-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2018 yil 21 noyabrdagi "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4022-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori, 2019 yil 18 maydagi "Raqamli iqtisodiyot va "Elektron hukumat" tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4321-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori kabi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashga ma'lum darajada yordam beradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Raqamlashtirish, nafaqat, iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta'minlaydi, balki bilimlar iqtisodiyotining ham rivojlanishiga o'zining ulkan hissasini qo'shadi. Shuningdek, bu orqali umumiy infrastruktura va infrastruktura bozorining rivojlanishi, keyingi bosqichga o'tish jarayonlari vujudga keladi.
Raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, albatta, uning turli xil tarkibiy qismlari, tarmoqlar va sohalarni raqamlashtirish yoki raqamli texnologiyalar orqali qayta tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Shu ma'noda mamlakat miqyosida raqamli biznes, raqamli huquq, raqamli jamiyat, raqamli bozor, raqamli infrastruktura, raqamli elektron pul kabi tarmoq va sohalarga oid bilimlarni oshirish, samaradorlikka qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish, sohani rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, uzluksiz va tizimli faoliyatni yo'lga qo'yish lozim bo'ladi. Ayniqsa, bugungi kunda O'zbekiston sharoitida raqamli P2P (peer-to-peer) biznes modellarini qurishga alohida e'tibor qaratish lozim. Rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning tajribalarini qiyosiy tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda ham mazkur sohani rivojlantirish P2P biznes modellariga yetarlicha bozor ehtiyoji mavjud va buni amaliyotga joriy etish ko'plab biznes tuzilmalarining umumiy faoliyatini tashkil etishda yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Bugungi kungacha raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va biznesda qo'shilgan qiymat zanjirini baholashni takomillashtirish bo'yicha ko'plab mahalliy va xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan ilmiy qarashlar bildirilgan.
Mahalliy olimlardan akademik S.S. G'ulomov "Axborot tizimlari va texnologiyalari" asarida iqtisodiyotni boshqarishda axborot texnologiyalarining ahamiyati, iqtisodiy axborot tizimlari va
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari, axborot va texnologik ta'minoti, iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari kabi masalalarni tadqiq etgan [2].
R.H. Ayupov va G.R. Boltabaevalarning fikricha, innovatsion raqamli biznesning eng asosiy elementlari iste'molchilar uchun qandaydir yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish, uning ahamiyatini ko'rsatish, foydalanishda qulaylikning oliy darajasiga erishish, mijozga yo'naltirlgan yondoshuv va individual talablarni maksimal darajada qondirishdir [3].
Ayrim xorijlik olimlarning fikriga ko'ra, mijozlarga asosiy e'tiborni kuchaytirish va qiymatni differentsiatsiyalash, xarajatlar samaradorligi, atrof-muhit barqarorligi, ishchilar xavfsizligi, ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi, bozor kontsentratsiyasi va globallashuv, qaror qabul qilish jarayonini yengillashtirish kabilar sanoat tarmoqlarida raqamli iqtisodiyotning drayverlari bo'lib xizmat qiladi [4].
S.Matt va boshqalar "Har qanday tashkilotning raqamli transformatsiyalashuvi strategiyasi texnologiyalardan foydalanish, qiymat yaratish jarayonidagi o'zgarishlar, tuzilmaviy o'zgarishlar va moliyaviy jihatlarni qamrab olishi zarurligini ta'kidlashadi" - deb aytadi[5].
Raqamli iqtisodiyot - biznesni sezilarli darajada takomillashtirish (mijozlar tajribasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, operatsiyalarni soddalashtirish yoki yangi biznes modellarini yaratish kabi) uchun yangi raqamli texnologiyalardan (ijtimoiy media, mobil, tahliliy yoki o'rnatilgan qurilmalar) foydalanishdir [6].
Raqamli transformatsiya - bu raqamli texnologiyalarni biznesning barcha tarmoqlariga integratsiyalashuvi bo'lib, ish uslubi va mijozlarga qiymat yetkazib berishni tubdan o'zgartiradi [7].
Raqamli transformatsiya - komputer texnologiyalarining ortib borayotgan ta'siri va imkoniyatlariga javoban biznes faoliyatini amalga oshirish, korxona natijadorligi, hodisalar, amaliyotlar va modellar samaradorligini oshirishning tezkor texnologik innovatsiyasidir [8].
Olimlar tomonidan biznes jarayonlarida qiymat zanjirining yaratilishi bo'yicha ham chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Qiymat zanjiri tahlili nisbatan qisqa tarixga ega va hali ham tadqiqotga yaxshi o'rnatilgan yondashuvlarga ega emas. Ham nazariy, ham empirik tadqiqotlar asosan o'tgan asrning 90-yillari boshidan boshlab rivojlanishni o'rganish instituti (buyuk Britaniya) xodimlar tomonidan olib borilgan. Bu sohadagi birinchi fundamental tadqiqot Garvard biznes maktabi professori Maykl Porter tomonidan olib borilgan va ularni "raqobat" (Porter) kitobida bayon qilingan [9]. Muallif o' z kitobida kompaniyaning raqobat muhitida muvaffaqiyatli ishlashi va rivojlanishiga imkon beradigan raqobatbardosh ustunlik manbalarini aniqlash uchun uning ichki tuzilishi, mexanizmlari va
munosabatlarini ko'rish imkonini beruvchi zamonaviy firma kontseptsiyasini ishlab chiqish vazifasini qo'ydi.
M.V. Meyer [io] biznes samaradorligini baholash uchun "qiymat zanjirlari" tushunchasidan foydalanadi -jarayonga yo'naltirilgan rentabellik tahlili asosida (AVRA - Activity Based Performance Analyses). M. B. Meyer yondashuvining muhim hissasi bu "samaradorlik zanjiri" tushunchasini tushuntirish bo'lib, samaradorlik zanjiri M. Porter g'oyasining davomi, ammo xarajatlarni ham o'z ichiga oladi. Samaradorlik zanjiri biznes jarayonlaridan boshlanadi va xarajatlar, iste'molchi uchun qo'shimcha qiymat, daromad manfiy xarajatlar va kompaniyani moliyaviy bozorlarda baholash bilan tugaydi.
Qiymat - bu xaridor olgan tovarni iste'mol qilish (ishlatish) natijasida olgan umumiy tejash yoki qoniqish, ya'ni bu tovar unga keltiradigan foyda[11]. Ushbu tadqiqot doirasida "qo'shilgan qiymat zanjiri" tushunchasi qo'llaniladi. Umuman, qiymat quyidagicha tushuniladi:
- tovarlarning narxi, qoida tariqasida, pul shaklida ifodalangan;
- tovarda mujassamlangan mehnat (qiymatning mehnat nazariyasi doirasida);
- pulda ifodalangan tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, shuningdek bozor ishtirokchilari o'rtasidagi bozor munosabatlarining mazmuni;
- tovarlarni sotib olish, ishlar va xizmatlarni bajarish, imtiyozlar olish uchun pul qiymati [12].
TAHLIL VA NATIJALAR
2020 yil yakuni bo'yicha, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341 467,5 mlrd. so'm, xizmatlar ko'rsatish sohasida - 194 363,5 mlrd. so'm miqdorida yalpi qo'shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. Joriy davrda o'rtacha almashuv kursi bo'yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 57 698,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2019 yilda - 57 711,9 mln. AQSh doll.).
2021 yilda O'zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy 734 587,7 mlrd. so'mni tashkil etdi va 2020 yil bilan taqqoslaganda 7,4 % ga o'sdi. YaIM defyator indeksi 2020 yildagi narxlariga nisbatan 113,6 % ni tashkil etdi. 2021- yilda aholi jon boshiga hisoblangan narxlarda YaIM hajmi joriy 21 039,3 ming so'mni 2020 yil bilan taqqoslaganda 5,3 % ga o'sdi. 2021 yilda sanoat ishlab chiqarishi 8,7 % ga, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 5,2 % ga, qurilish ishlari 6,8 % ga, chakana tovar aylanmasi 12,0 % ga o'sdi. Tashqi savdo aylanmasi 16,0 % ga oshdi, jumladan, eksport hajmi 10,0% ga, import hajmi esa 20,4 % ga o'sdi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmi 2020 yilda YaIM umumiy hajmining 92,4 % ini tashkil etdi va 1,7 % ga o'sdi (YaIM mutlaq o'sishiga ta'siri 1,5 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 7,6 % ni tashkil etdi va 1,4 % ga o'sdi (YaIM mutlaq o'sishiga ta'siri - 0,1 f.p.).
2021 yilda YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 418 927,4 mlrd. so'm, xizmatlar ko'rsatish sohasida - 262 496,3 mlrd. so'm miqdorida yalpi
PPSUTLSC-2024
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
qo'shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 53 164,0 mlrd. so'mni tashkil etdi [13].
Iqtisodiyotning tarixiy rivojlanish xronologiyasi nuqtai nazardan, XX- asr oxirlariga kelib sohalarda kuzatilgan "texnologik bumlar" raqobat muhitini o'zgartirdi, ularning biznes tuzilmalari, jarayonlar va innovatsion qobiliyatga ta'siri yetarli darajada tushuntirib berilmadi. Shuningdek, "texnologik bumlar" ba'zi hollarda ayni tarmoqdagi kompaniyalarda xilma-xil samara bergan bo'lsa, ba'zan turli xil tarmoqlardagi kompaniyalarda tasodifiy tarzda bir xil natijani bergan. Buning bosh sabablaridan biri shundaki, bu "tasodifiy jarayon" umumiy tarzda "biznes model" terminining keng miqyosda tarqalmaganligidir [14].
Bir qancha ilmiy manbaalarni o'rganish jarayonida shuni ta'kidlash mumkinki, raqamli biznes modellarini yaratishga bo'lgan ehtiyoj XIX asrning 90-yillariga kelib paydo bo'lgan. Bu holatda biznes modellarni qurish shakllari ancha sodda ko'rinishga ega bo'lib, unda sotuvchi va xaridorning o'rtasidagi tovar va xizmat munosabatlarining bajarilishiga ko'proq e'tibor berilganini ko'rishimiz mumkin.
Keyinchalik axborot texnologiyalari rivojlanishi va murakkablashi oqibatida biznes modellarini ko'rinishlari ham mos ravishda takomillashib bordi. XXI-asr boshlarida raqamlashtirishning
ommaviylashishi, o'z navbatida, tadbirkorlik faoliyatining yangi-yangi ko'rinishlarini vujudga keltirdi [15]. Dastlabki, biznes modellarning tarkibi 3 ta komponentdan iborat bo'lgan: kontent, tajriba va platforma [16]. Ya'ni bu tarkibiy qismlar birgalikda bir-birini to'ldiruvchi sifatida iste'mol qiymatini hosil qilgan. Mazkur modelning ishlash mexanizmini Amazon tajribasida ko'radigan bo'lsak, kontent qismida "nima iste'mol qilinmoqda?" degan savolga javob qidirilgan.
Bunda platforma orqali mahsulot haqida barcha ma'lumotlar (narx, tovar xarakteristikasi, ishlatilishi va hokazo) taqdim qilingan. "Tajriba" qismida mahsulot haqida barcha ma'lumotlar yig'ilib iste'molchilarning tovarlarga nisbatan xatti-harakatlari, ko'rsatilayotgan raqamli biznes xizmati haqida iste'molchining fikri, tanqid va tavsiyalar o'rganilgan. Xususan, Amazon kompaniyasi mazkur tajriba qismini "Qay tarzda qadoqlandi" deb nomlab iste'molchilar fikrini ekspertiza qilish orqali xizmatni yaxshilashga harakat qilgan. Raqamli biznes modelining "Platforma" qismi "Qay tarzda yetkazib berildi?" deb nomlanib ichki va tashqi tarkibiy qismlarni tashkil etgan. Platformaning ichki bo'linmasi, asosan, iste'molchi haqidagi statistik ma'lumotlar va iste'molchiga bog'liq bo'lmagan kompaniyaning barcha ma'lumotlarini (moliya, ishlab chiqarish, inson resurlari) o'z ichiga olgan. Tashqi platforma esa iste'molchilar foydalanishi uchun (tovarni o'rganish, izlash, sotib olish) smartfon, tablet va kompyuterlarga moslashtirilgan. Shuningdek, hamkorlar platforma yetkazib beruvchilar ma'lumotlarini ham taqdim etgan.
Bundan ko'rinadiki, Amazon kompaniyasi misolidagi dastlabki raqamli biznes model
www.in-academy.uz
iste'molchilarning qiziqishlari, iste'mol saviyasining darajasiga qarab doimiy rivojlanib takomillashib borgan. Raqamli biznes modellari orqali iqtisodiy ko'lam samarasiga erishish uchun tadbirkorlik bilan parallel ravishda raqamli platformalarni rivojlantirish va qayta foydalanishga taqdim etish talab qilinadi [16]. Bu esa, ayniqsa, iste'molchi uchun qo'shimcha qulayliklarni yaratishni taqozo etadi hamda firma faoliyatining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda biznes tuzilmalarning raqamli biznes modellaridan foydalanishi ko'p tomonlama optimallashuvni keltirib chiqarmoqda. Xususan, ishchilarning malaka va ko'nikma nuqtai-nazardan quyi va o'rta qatlam toifalarining aksariyat ko'rinishlari robotlashtirilib, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishda samaradorlikka erishilmoqda. Boshqa tomondan bu qatlam toifalari o'z malaka va ko'nikmalarini rivojlantirib ishchi kuchi bozorida raqobatbardosh bo'lishga intilishmoqda. Bu esa uzoq muddatli davr uchun umumiy xalq farovonligi oshishini keltirib chiqaradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Umuman olganda, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan tabminlashni ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bu esa O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot va raqamli transformatsiya jarayonlariga qaratilgan iqtisodiy siyosatning amaliy tatbiqi haqida ma'lumot beradi. Yurtimizda iqtisodiy rivojlanishning raqamli iqtisodiyotga asoslangan innovatsion yo'li barcha sohalarni sekin-asta qamrab olib yaqin kelajakda o'zining samarali natijalarini berishi ehtimoli juda katta.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli biznes modellari biznes va tadbirkorlikning "yangi arxitekturasi" deb e'tirof etilmoqda. Soha va tarmoqlarda sog'lom raqobat muhitini yaratishda davlat bundan unumli foydalanishni ko'zda tutmoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish raqamli texnologiyalarga to'liq bog'liq bo'lgan holda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, ularni sotish va yetkazib berishni qamrab oladi.
Biznes modellarning raqamli biznes modellariga transformatsiyasi, o'z navbatida, biznes infrastrukturasini ham miqdoriy, ham sifat ko'rsatkichi nuqtai nazardan yaxshilanishini keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi taklif va natijalardan kelib chiqqan holda O'zbekiston sharoiti uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirish mumkin.
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
Real sektorda biznes modellarning qo'llanishi va ular orqali samaradorlikka erishish bo'yicha innovatsion g'oyalarga asoslangan startap biznes loyihalarini tashkil etish va keng ommani mazkur loyilarga jalb etish orqali raqamli biznes modellariga oid savodxonlikni oshirish. Buning amaliy natijasi o'laroq biznes sohalari va tarmoqlar o'zining keying faoliyat bosqichiga o'tishligi tezlashishi mumkin bo'ladi.
Raqamli transformatsiya jarayonlarida "raqamli tadbirkorlik"ka oid P2P biznes modellarini ishlab chiqish yuzasidan grant loyihalarini tadbirkorlar e'tiboriga taqdim qilish, tadbirkorlar o'rtasida ko'rik-tanlovlar tashkillashtirilib rag'batlantirish
mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Buning natijasida tadbirkorlar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaxshilanishiga erishish mumkin bo'ladi.
ADABIYOTLAR:
[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmoni.
[2] G'ulomov S.S. Axborot tizimlari va texnologiyalari.-T. : Sharq. 2000. - 93 b.
[3] Ayupov R.H., Boltaboeva G.R. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: TMI, 2020. - 575 b.
[4] Lammers, T., Tomidei, L., & Regattieri, A. (2018). What Causes Companies to Transform Digitally? An Overview of Drivers for Australian Key Industries. 2018 Portland International Conference on Management of Engineering and Technology (PICMET).
[5] Matt, C., Hess, T., & Benlian, A. (2015). Digital Transformation Strategies. Business & Information Systems Engineering, 57(5), 339-343.
[6] Liere-Netheler, K., Vogelsang, K., Packmohr, S., & Hoppe, U. (2018). Towards a frameworkfor digital transformation success in manufacturing. In: Proceedings of the 26thEuropean Conference on Information Systems, Portsmouth, UK
[7] ebayew, C., Hardini, I. R., Panjaitan, G. H. A., Kurniawan, N. B., & Suhardi. (2018). A Systematic Literature Review on Digital Transformation. 2018 International Conference on Information Technology Systems and Innovation (ICITSI). doi:10.1109/icitsi.2018.8695912
[8] Westerman, G. (2015). Revamping your business through digital transformation. MIT Sloan Management Review, 56(3), 2-5, ISSN 15329194
[9] Портер, M3. Конкуренция I M. Э. Портер. -Пер. с англ. - M.: Издательский дом «Вильямс». -2006. - 608 с.
[10] Mейер, Mаршал В. Оценка эффективности бизнеса I Mаршал В. Mейер. - Пер. с англ. А.О. Корсунский. - M.: ООО «Вершина». - 2004. - 272с.
[11] Тяпухин, А.П. Логистика: учебник для бакалавров !А.П. Тяпухин - M.: Издательство Юрайт. - 2011. - 568 с.
[12] Азрилиян, А.Н. Большой экономический словарь / А.Н. Азрилиян. - 4-е изд. доп. и перераб. -М.: Институт новой экономики. - 2009. - 1248 с.
[13] O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlari.
[14] P. Weill, M.R. Vitale, "Place to Space: Migrating to eBusiness Models" (Boston: Harvard Business Press, 2001) and Rayport and Sviokla, "Managing in the Marketspace."
[15] Hull, C.E., Hung, Y.-T.C., Hair, N., Perotti, V. and DeMartino, R. (2007), "Taking advantage of digital opportunities: a typology of digital entrepreneurship" International Journal of Networking and Virtual Organizations, Vol. 4 No. 3, pp. 290-303.
[16] P. Weill and J.W. Ross, "IT Savvy: What Top Executives Must Know to Go From Pain to Gain" (Boston: Harvard Business Press, 2009).