"QISSASI AR-RABG'UZIY" ASARIDA TARJIMA SHE'RLAR. Annayev Davlat Ismatovich
Termiz davlat universiteti Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.6653884 Annotatsiya. Qissasi ar-Rabg'uziy" asaridagi ba'zi arabcha she'rlarning turkiy tarjimasi va she'rlarning badiiy sa'nati.
Kalit so'zlar: badiiy san'at, payg'ambar, qofiya tizmi, bayt, shiru-shakar.
Abstract. Turkish translation of some Arabic poems in Qissasi ar-Rabguzi and art of
poetry.
Keywords: art, prophey, rhyme, system, byte, candy.
ПЕРЕВОДНЫЕ СТИХИ В "КИССАСИ АР-РАБГУЗИЙ". Аннатоция. Турецкий перевод некоторых арабских стихов в Кисаси ар-Рабгузи и искусство поэзии.
Ключевые слова: искусство, пророчество, рифма, система, байт, конфета.
"Qissasi ar-Rabg'uziy"ning ayrim sahifalarida arabcha she'rlarning turkiy tarjimalari beriladi. Bu ko'p emas, lekin oz bo'lsa-da ma'lum miqdorda o'zbek tarjima adabiyoti tarixini o'rganishda qo'l kelishi mumkin hodisadir. Ushbu tarjima parchalardagi badiiy san'atlarni tahlil etishga urinib ko'rdik. Shunday she'rlardan biri "Ibrohim alayhis-salom qissasi" tarkibida keladi, lekin she'rda badiiy tasvir vositalari yo'q hisobda. Shunday she'rlardan ikkinchisi "Yusuf alayhis-salom qissasi"da mavjud, unda badiiy san'at vositalari ancha topiladi: Elingiz chin to'lin oytek qinayur qirg'u qaroq, Yuzunguz kundin yoruqroq ko'rkunguz kun yo qamar (1-116).
Baytdagi tashbih bir nechta o'rinda ko'zda tashlanadi, hatto bayt boshdan oxir tashbihlidir. Keyingi baytda istiora, mubolag'a kabi badiiy san'atlar qo'llanadi: La'lin ochsa yinjulardin to'plunur turluk latif, Ul erinning totig'inda qayda etsun bol-shakar (1-116).
La'l va inju (yinju) istiora, boisi ulardan murod yor labidir, ikkinchi misrada erin (lab) bol (asal)ga hamda shakarga mengzalmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Demak, yuqoridagi baytda mobolag'a mavjud, masalan, ko'z yoshi buloq suviga o'xshatilmoqda, bir qarashda bu tashbihga o'xshab ketsa-da, aslida mubolag'a ustuvor holatda sezilmoqda.
Yuqorida bir o'rinda eslatganimiz olti bayt tarjimasi xususida edi, u baytlarda ayrim badiiy san'atlar uchraydi.
TRANSLATED POEMS IN "KISSASI AR-RABGUZIY".
KIRISH
Ko'rkunga munlug' bo'lubon ko'rkini men kusayur, O'rtanur bag'rim yoqildi yoshginam yultek oqar (1-116).
Mazmuni:
Chiroyga munglik (ma'yus) bo'lib, chiroyingni sog'inib, O'rtanib bag'rim yondi, ko'z yoshlarim buloqday oqadi
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 2
To'lun oyni ko'rsang tug'ar qo'miyur, Arig' hurni ko'rdi ulash o'ynayur (2-130). Mazmuni:
To'lin oyni ko'rsang quvnaysan, Pok hurni ko'rsa o'ynaydi, sevinadi, She'rning qolgan baytlarida tasvir kuchayib boradi: Hamul oyni ko'rgan yag'iz yer uza, Ayoqin yurirda ko'ngul bulg'ayur (2-131). Mazmuni:
Qora yer uzr oy sochganda nurin, Soqiy may quyib ko'ngil chog'lanur. Baytdan baytga o'tgan sari ifoda to'laqonli bo'la boshlaydi: Adiz ko'kda oyni yaratti izi, Bu kun ko'rsa oyg'a kelib tunayur (2-131). Mazmuni:
Yuksak osmonda oyni yaratgan Xudo (izi) Quyoshni ko'rsa, oyga zulmat cho'kadi. Shu tariqa tarjima she'rlardagi badiiy san'atlar o'zini ko'z-ko'z qila boshlaydi. Nihoyat avvalgi boblarda gapirganimiz turkiy sarlavhali she'rda ichki ruhiy holat tasviriga guvoh bo'lamiz:
TADQIQOT NATIJALARI
Boshqa bir she'r choriyorlardan Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu tilidan aytiladi. She'rda Muhammad (s.a.v.) tarafida turgan va endilikda Payg'ambarimizning eng yaqin sahobasiga aylangan, musulmon dini dushmanlariga ayovsiz zarba bergan, Umar ibn al-Xattob so'zlari ifodasini topgan. She'rdagi misralar Umarning dushmanlarga aytgan otashin nutqidek yoki jang oldidan lashkarboshi aytgan na'radek jaranglaydi: Ne bo'ldi ko'rarman sizlarni uru, To'ng'uztek yig'ilib ashbahda qoni (2-127). Mazmuni:
Nima bo'ldi sizlarni o'g'ridek ko'raman, To'ng'izdek yaloqda qon yig'ilib. She'rdagi qolgan misralarda ham dushmanni sarosimaga soladigan da'vatlar aytiladi. Qilich birla qirg'am qamug'ni bu kun, Tirik qo'ymag'am bir ini-og'ani (2-127). Mazmuni:
Barchangni bugun qilichdan o'tkazaman, Birorta og'a-inini tirik qoldirmayman. MUHOKAMA
Umar dushmanga nisbatan butun qahrini to'kib, ularga vahima solmoqda, ularni parokandalikka keltirmoqda. U Muhammad (s.a.v.) tomonida turib, dinimiz dushmanlariga omonlik bermaypati.
Boshimiz yo'q erdi Muhammadni Haq. Ato qildi mundog' arig' er qani!
Mazmuni:
Boshimiz, ya'ni boshlig'imiz yo'q edi,
Haq-Xudo bizga shunday asil, pok, sof kishini ato qildi.
Umarning aytganlari, shiorlari. da'vatlari, olib borgan kurashi, g'animlarga zarbasi barcha, barchasi Muhammad (s.a.v)ning dinimiz yo'lidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash uchun qilingan ekan. Umarning din yo'lida amalga oshirgan ishlari o'z ishiga sadoqat, muhabbat va Muhammad (s.a.v.)ga sidqi dildan itoat ramzidir.
Tarjima she'rlarda qofiya masalasiga alohida e'tibor qaratiladi, basharti tahlilga jalb etilgan she'rlarga takror nazar tashlasak bunga yaqqol guvoh bo'lamiz. Biz badiiy san'at unsurlari ishlatilmagani bois tahlilini chetlab o'tganimiz ilk tarjima to'rtlikni misol keltiramiz:
Qofiya so'zlari sog'in-og'in ko'p jihatdan she'riyat qoidalariga muvofiq kelishi yaqqol anglashilib turibdi. Yoki bo'lmasa, ikki tilda, ya'ni bir bayt arabcha va bir bayt turkiyda yozilgan she'r qofiyalarini ko'rib o'taylik. O'n to'rt baytli bu she'rning yetti bayti arabiy tilida, she'rning yetti bayti turkiy tilida bo'lib, avval bir bayt arabiy, so'ngra bir bayt turkiy keltiriladi. Birinchi, ya'ni boshlanma arabiy baytning turkiy tarjimasi izma-iz va yonma-yon birin-ketin berib boriladi. Bu she'r ayni zamonda shiru shakar, ya'ni Mulamma' (ikki tilli) she'rning yuksak namunasi sifatida ham ahamiyatlidir. She'rning qofiyasi, asosan, arabiy baytning qofiyasi yo'nalishida hal etiladi. She'rning ikkinchi baytlariga diqqat qiling: Talat al-axdon va dahran fa-l-habibu qad jafa, Abduhu lam yagat bil-kufran yavman bal shakar.
Mazmuni:
La'lin ochsa yinjulardin to'klunur turluk latif,
She'rning qofiya tizimi: qamar-shakar-ohar-esar-bosar-kesar tarzidadir. Endi arabcha baytlarning qofiya tizimiga e'tibor bering: qamar-shakar-amar-aqtar-asar-basar-kasar, mabodo bu qofiyalar solishtirib ko'rilsa ko'p narsa ayon bo'ladi. Shu xildagi tag'in bir she'rda oldin oltita arabiy bayt Yusufga qarab aytilgan Misr a'yonlari xotinlari tilidan keltiriladi. She'rdagi baytlarning arabiysida sarlavhalar turkiydadir: "Eng ilki tishu aytdi" - "Eng avvalgi ayol aytdi" yoki yana: "Ikkinchi tishu aydi" - "Ikkinchi ayol aytdi" (tish- deb qadimgi turkiyda ayol tushunilgan). Turkiy baytlarning sarlavhasi turkiydadir: "Avvalgi bayt tarjimasi" yoki yana "Ikkinchi bayt tarjimasi" tarzida keladi. Baytlarning qofiya tizimi: qo'miyur-o'ynayur-bulg'ayur-tunayur-qaynayur-sanayur-sinayur, tarzidadir. Choriyorlardan Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu tilidan aytilgan she'rning qofiya tizimi: qoni-og'ani- qani tarzida. She'r uch baytli bo'lib. Uning faqat juft misralari o'zaro qofiyalanib, qolgan toq misralar ochiq qoladi.
"Qissasi ar-Rabg'uziy" tarkibida sakkiz o'rinda arabiy she'rlar bilan ularning turkiy tarjimasi yonma-yon keltiriladi. Shu kabi asarning o'n ikki joyida arabiy she'r matnlari mutlaqo tarjimasiz beriladi. Bu holat o'sha davr kitobxonining saviyasidan kelib chiqib qilingan, sababi Rabg'uziy davri kitobxoni uchun arabiy matnlar unchalik qiyinchilik tug'dirmas edi. Shuningdek, asarda yetti o'rinda "Bayt" sarlavhasi bilan, ikki o'rinda "G'azal" sarlavhasi bilan, "She'r" sarlavhasi bilan o'n o'rinda, bir o'rinda "Na't" sarlavhasi, yana bir o'rinda "Bahoriyot"
Tengrimu bo'lur boshing'a tilku siysa bir sog'in, Ko'zlari ko'rmas qorong'u ham tili aning og'in (1-61).
Ul erining totig'inda qayda etsun bol shakar (1-116).
XULOSA
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 2
sarlavhasi bilan she'rlar beriladi. Bundan tashqari asarning o'n to'rt o'rnida sarlavhasiz, ya'ni sarlavhasi yo'q she'rlar keltiriladi.
Adabiyotlar
1. Boltaboev Hamidulla. Rabg'uziy qissalari adabiy-tarixiy manba sifatida // Rabg'uziy, Nosiruddin Burhonuddin. Qissasi Rabg'uziy (Matn). - Toshkent: Yoshlar nashriyoti uyi, 2018. -B. 3-4.
2. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. K.I. -Toshkent: O'qituvchi, 1997.- 528 b. (Qarang: Rabg'uziy. )
3. Nasimxon Rahmonov. O'zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). O'quv qo'llanma. - Toshkent: "Sano-standart" nashriyoti, 2017. -556 bet.
4. Rabg'uziy, Nosiruddin Burhonuddin. "Qisasi ar-Rabg'uziy". K. I. - Toshkent: Yozuvchi, 1990. - 240 b.
5. Rabg'uziy, Nosiruddin Burhonuddin. "Qisasi ar-Rabg'uziy". K.2. - Toshkent: Yozuvchi, 1991. - 272 b.