Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGINING YALPI VA TOVAR MAHSULOTLARI, ULARNING AHAMIYATI'

QISHLOQ XO‘JALIGINING YALPI VA TOVAR MAHSULOTLARI, ULARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dehqonchilik / yalpi mahsulot / qishloq xo‘jalik korxonalari / mahsulot tannarxi / korxona jamoasi / chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi / Sentner / tonna

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Yo‘ldosheva Nazokat O‘ktam Qizi

Qishloq xo‘jalik korxonalarining yalpi mahsuloti ancha keng ma’noga ega bo'lib, u o‘z ichiga qishloq xo‘jalik mahsulotidan tashqari yordamchi, sanoat va boshqa ishlab chiqarishlarni ya’ni ish va xizmatlarni o’z ichiga oladi maqolada manashu sohalar tahlil qilindi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGINING YALPI VA TOVAR MAHSULOTLARI, ULARNING AHAMIYATI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

Central Asian Journal of

Academic Research

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 05- Oktyabr 2024 yil Ma'qullandi: 10- Oktyabr 2024 yil Nashr qilindi: 15- Oktyabr 2024 yil

KEYWORDS

Dehqonchilik, yalpi mahsulot, qishloq xojalik korxonalari, mahsulot tannarxi, korxona jamoasi, chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi, Sentner, tonna.

QISHLOQ XOJALIGINING YALPI VA TOVAR MAHSULOTLARI, ULARNING AHAMIYATI

Yo'ldosheva Nazokat O'ktam qizi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13934735

ABSTRACT

Qishloq xojalik korxonalarining yalpi mahsuloti ancha keng ma'noga ega bo'lib, u o'z ichiga qishloq xojalik mahsulotidan tashqari yordamchi, sanoat va boshqa ishlab chiqarishlarni ya'ni ish va xizmatlarni o'z ichiga oladi maqolada manashu sohalar tahlil qilindi.

Qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma'lum bir davr ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlari miqdorining yig'indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kiradi [1].

Qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti natural va qiymat ko'rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural ko'rsatkichlar qishloq xo'jaligida yaratilgan iste'mol qiymatlarining tarkibi va miqdorini aks ettiradi. Sentner, tonna va boshqa o'lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko'rsatkichiga, dehqonchilikda — alohida ekinlar yoki bir xil turdagi qishloq xo'jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh ko'p yillik daraxtlarning va dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va kelgusi yil hosili uchun xarajatlar) o'sishidagi o'zgarishlar, shuningdek, tarmoqning boshqa (qo'shimcha) mahsulotlari (somon, poxol va boshqalar); chorvachilikda — tayyor mahsulotning alohida turlari bo'yicha (sut, jun , tuxum va boshqalar) yalpi tushum: yosh mollar va parrrandalarning tirik vaznining o'sishi, shuningdek, tarmoqning boshqa qoldiq mahsulotlari (go'ng va boshqalar) kiradi [2-3].

Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotini qishloq xo'jalik korxonalari yalpi mahsuloti bilan almashtirmaslik kerak. Qishloq xo'jalik korxonalarining yalpi mahsuloti ancha keng ma'noga ega bo'lib, u o'z ichiga qishloq xo'jalik mahsulotidan tashqari yordamchi, sanoat va boshqa ishlab chiqarishlarni, ish va xizmatlarni oladi. Masalan: xo'jalikda qayta ishlangan (un, o'simlik, mol yog'i va h.k.) dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va boshqalar qishloq xo'jalik mahsuloti emas, balki sanoat mahsuloti hisoblanadi. Ular ham qishloq xo'jalik korxonalari yalpi mahsuloti tarkibiga kiradi [4].

Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotini umumiy ifodalash uchun taqqoslama va joriy baholarda, shuningdek, mahsulot tannarxi bo'yicha baholash lozim. Mahsulotning umumiy hajmini, uning yillar bo'yicha dinamikasidagi o 'zgarishlarni aniqlash uchun, shuningdek, yillik

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

va soatlik mehnat unumdorlik darajasini, fond qaytimini hisoblash va boshqa maqsadlar uchun yalpi mahsulot taqqoslama baholarda baholanadi. Yalpi mahsulotni joriy baholarda aniqlash sof daromadni hisoblash uchun foydalaniladi. Qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotlari qiymati uning tannarxi bo'yicha hisoblanadi.

Pulda ifodalangan qishloq xo'jaligi yalpi rnahsuloti tarm oqda barcha yaratilgan moddiy boyliklarga umulashgan tavsif beradi. U qishloq xo'jaligining jami ijtimoiy mahsulotdagi salmog'ini, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi tarmoq strukturasining darajasi va dinamikasini, alohida kategoriyadagi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishdagi rolini, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlarini hisoblash uchun zarur, umum iqtisodiy ko'rsatkich sifatida harakat qiladi [5-6].

Qishloq xo'ialigida — pulda ifodalanadigan yalpi mahsulot ko'rsatkichlarining bir qator kamchiliklari mavjud bo'lib, ular quyidagilardir:

1.Yalpi mahsulot faqat jonli mehnat emas, balki buyum lashgan mehnatning ham natijasidir. Shuning uchun yalpi mahsulot bo'yicha hisoblangan ko'rsatkichlar, jonli mehnatni tejash hisobiga yuqori bo'lmasdan, balki moddiy resurslarni ko'p sarflash hisobiga amalga oshadi;

2.Yalpi mahsulotni hisoblashning hozirgi, ya'ni dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari summasini qo'shib hisoblash metodikasi takroriy hisoblashga yo'l qo'yadi. Masalan: yem dehqonchilikda ham , chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi moddasida ikki marta hisobga olinadi;

3.Yalpi mahsulotni joriy xarid baholarida baholash uning haqiqiy qiymatini pasaytiradi, ya'ni yalpi mahsulotning tovar bo'lmagan qismi tannarx bo'yicha baholanadi. U xarid bahosidan sof daromadning miqdoricha kam bo'ladi, ya'ni yalpi mahsulotning qiymati qishloq xo'jalik yalpi mahsulotining tovar bo'lmagan qismini ishlab chiqarishga ketgan, qo'shimcha mehnatni hisobga olmaydi;

4. Yalpi mahsulot ko'rsatkichi har doim ham ma'lum korxona jamoasining real mehnat hissasini aks ettirmaydi, chunki uning miqdori boshqa tarmoqlardan keladigan material resurslarning hajmiga ham bog'liq;

5. Taqqoslama baholarda hisoblangan yalpi mahsulot ko'rsatkichi uning sifatini to'liq aks ettirrnaydi.

Qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti foydalanishiga qarab, ikki qisimga bo'linadi. Bir qismi (urug', yem , buzoqlar uchun ajralilgan sut, inkubator uchun tuxum va boshqalar) bevosita qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste'mol qilinadi. Boshqa qismi esa pirovard mahsulot deyiladi va sotish uchun foydalaniladi[7].

Shu sababli qishloq xo'jaligida «yalpi oborot» tushunchasi ham ishlatiladi. Yalpi mahsulotdan farq qilib, yalpi oborot o 'z ichiga hamma yalpi mahsulotni oladi, ya'ni ichki ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadiganini ham , sotiladiganini ham. Yalpi oborot yalpi mahsulotdan ichki ishlab chiqarish oborotining miqdoriga ko'pdir. Qishloq xo'jaligida, boshqa tarmoqlardan farq qilib, yalpi oborot va yalpi mahsulot bir-biriga teng. Chunki, yalpi mahsulot yalpi oborot usuli bo'yicha hisoblanadi, ya'ni unga ichki xo'jalik oboroti ham kiradi. Shuning uchun qishloq xo'jaligida yalpi oborot ko'rsatkichi hisoblanilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O 'zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi». O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi va qishloq xo'jaligiga oid qonunlari. — T.: «Adolat». 19492. O 'zbekiston Respublikasining «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2004.

3. O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi. «Qishloq xo'jaligida islohotlari chuqurlashtirishga doir qonun va me'yoriy hu jjatlar to'plami». 1- va 2-kitob, — Т.: 1998.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlash tirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risida»gi PF —3226-soni Farmoni. 2QQ3-yil, 24-mart.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2QQ6-yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida»gi Farmoni. «Xalq so'zi». 27.10.2003.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig'ini joriy etish to'g'risida»gi PF —3741—sonli Farmoni. 2QQ6-yiI 17-aprel.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo'jaligi yerlarining me'yoriy qiymatidan kelib chiqib hisoblanadigan yagona yer solig'i stavkalari to'g 'risida»gi PQ-1Q24-sonli qarori. 2QQ8-yil 29-dekabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.