Научная статья на тему 'QISHLOQ XО‘JALIGIDA GLOBAL G.A.P (GOOD AGRICULTURAL PRACTICES) STANDARTLARINI JORIY ETISH TIZIMI VA AHAMIYATI'

QISHLOQ XО‘JALIGIDA GLOBAL G.A.P (GOOD AGRICULTURAL PRACTICES) STANDARTLARINI JORIY ETISH TIZIMI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

230
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Global G.A.P. / EUREP GAP / ISO 9001 standarti / SMT / Nazorat nuqtalari / muvofiqlik koʻrsatkichlari / bir necha modullar / meyoriy hujjat / xavfxatarlar / Litsenziyalash / Individiual sertifikatlashtirish / Tuproq / Urugʻ/koʻchatlarga oid materiallar / Oʻgʻitlash tizimi / Sugʻorish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzamad Isayevich Odinayev, Shoxruh Baxodir О‘G‘Li Tо‘Xtasinov, Shaxzod Baxodir O‘G‘Li Egamberdiyev

Ushbu maqolada dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarining qishloq xо„jaligi mahsulotlarini etishtirishda qо„llanilib kelinayotgan birinchi darajali GLOBAL GAP standarti haqida qisqacha ma‟lumotlar keltirib о„tilgan. Eng maqbul qishloq xо„jaligi amaliyoti standartining avzalliklari, yunalishlari, talablari dunyo bо„yicha etishtirilayotgan mahsulot turlari va ularning ulishi bо„yicha ma‟lumotlar keltirilgan. Shuningdek ushbu standartni joriy qilishda qishloq xо„jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi Klaster, fermer xо„jaliklarining eksport saloxiyatini ta‟minlash va oshirishda asos bо„luvchi talablar majmuyidan iborat bо„lgan normatev hujjat xalqaro standart tо„g„risida qisqacha ma‟lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XО‘JALIGIDA GLOBAL G.A.P (GOOD AGRICULTURAL PRACTICES) STANDARTLARINI JORIY ETISH TIZIMI VA AHAMIYATI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

QISHLOQ XO'JALIGIDA GLOBAL G.A.P (GOOD AGRICULTURAL PRACTICES) STANDARTLARINI JORIY ETISH TIZIMI VA AHAMIYATI

Mirzamad Isayevich Odinayev

Toshkent davlat agrar universiteti q.x.f.f.d. (PhD) mirzamad_odinayev@mail. ru

Shoxruh Baxodir o'g'li To'xtasinov

Toshkent davlat agrar universiteti Magistri

Shaxzod Baxodir o'g'li Egamberdiyev

Toshkent davlat agrar universiteti PhD

Ushbu maqolada dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarining qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishda qo'llanilib kelinayotgan birinchi darajali GLOBAL GAP standarti haqida qisqacha ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Eng maqbul qishloq xo'jaligi amaliyoti standartining avzalliklari, yunalishlari, talablari dunyo bo'yicha etishtirilayotgan mahsulot turlari va ularning ulishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek ushbu standartni joriy qilishda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi Klaster, fermer xo'jaliklarining eksport saloxiyatini ta'minlash va oshirishda asos bo'luvchi talablar majmuyidan iborat bo'lgan normatev hujjat xalqaro standart to'g'risida qisqacha ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: Global G.A.P., EUREP GAP, ISO 9001 standarti, SMT, Nazorat nuqtalari, muvofiqlik ko'rsatkichlari, bir necha modullar, meyoriy hujjat, xavf-xatarlar, Litsenziyalash, Individiual sertifikatlashtirish, Tuproq, Urug'/ko'chatlarga oid materiallar, O'g'itlash tizimi, Sug'orish.

This article provides a summary of the GLOBAL GAP Level 1 standard, which is used in the cultivation of agricultural products in more than 130 countries around the world. Information is presented on the benefits, directions, requirements of the best agricultural practice standard for types of products grown around the world, and their distribution. Also, in the introduction of this standard, brief information is provided on the normative document of the

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

international standard, which consists of a set of basic

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

requirements for ensuring and increasing the export potential of agricultural production clusters and farms.

Keywords: Global G.A.P., EUREP GAP, ISO 9001 standard, SMT, Control points, conformity indicators, several modules, normative document, risks, Licensing, Individual certification, Soil, Seed/seedling materials, Fertilization system, Watering.

Respublikamizda keyingi yillarda qishloq xo'jaligining barcha tarmoqlari, jumladan saqlash va qayta ishlash tarmog'ini, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlash, bo'yicha Respublika Hukumati tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi 5995-sonli PF "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni imzolangan.

Ushbu farmonda "Qishloq xo'jaligida standartlashtirish markazi" davlat unitar korxonasi qoshida Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq kompleks sinov laboratoriyasi majmuasini tashkil etish choralari keltirib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi" ning 3.3. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo'limida aniq vazifalar belgilandi.

Ushbu vazifalarning zamirida xalqaro talablarga mos va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqish yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish orqali xalq forovonligini yanada oshirish yotadi. Ammo xalqaro bozorga chiqish uchun mahsulotni yetishtirishning o'zigina kifoya qilmaydi. Ularni xalqaro standart talablarga mos bo'lishi muhim o'rin tutadi.

Shu sababli xalqaro sertifikatlarga ega bo'lish mahsulot eksporti uchun "viza" vazifasini o'tab beradigan GLOBAL G.A.P. - standarti dunyo bo'yicha tan olingan va xalqaro savdoda qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun eng ko'p qo'llanilayotgan standartlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoning 130 ta mamlakatlarida 200,000 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar mazkur sertifikat bo'yicha sertifikatlangan.

KIRISH

May, 2023

1-rasm

2oTÖ 20M 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2020 2022

GLOBAL G.A.P sertifikatiga ega bo'lgan korxonalarning dunyo bo'yicha o'sib borish dinamikasi.

2-rasm

35 400000 300000 200000 100000 ✓ D 002 )unyo 3 260815 bo'yi icha sertifikatlashtirilgan ekin maydoni, ga

1 p </ < 1 16212( I / 160620 ■ 88539] 80152] 76996][73102 64234 / / ✓ ^ ,/•

3-rasm

Dunyo bo'yicha sertifikatlashtirilgan ekin maydoni,

30000 21043

15860 20000 10000 11848 7660

1 4867 ]—[4864 j—[3581 2926 2647

J /

/ J

/

/

Qishloq xo'jaligida keng qo'llaniladigan "Standart" G.A.P. - Good Agricultural Practices (maqbul qishloq xo'jalik amaliyoti) ham foydalaniladi.

May, 2023

829

TADQIQOT OBYEKTI VA USLUBLAR

GLOBAL G.A.P. - bu qishloq xo'jalik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun birinchi darajali standart bo'lib, qishloq xo'jalik ekinlarini ekish vaqtidan to mahsulotlarni yig'ib olishgacha bo'lgan, agar chorvachilikda bo'lsa ishlab chiqarishga kirishish vaqtidan oraliq mahsulot holatiga kelguncha (boqish va so'yish) bo'lgan davrda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olgan me'yoriy hujjatdir.

Ushbu hujjatda qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarda global miqyosdagi o'simlikshunoslik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning optimal usullarini joriy etishning asosiy elementlari belgilangan.

TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNI MUHOKAMASI.

G.A.P. bu yetishtirilayotgan mahsulot xavfsizligini oshirish va sifatini yaxshilashga yordam beruvchi tavsiyalar jamlanmasidan iboratdir. Bu standartda ixtiyoriy qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimlariga qo'llash va moslashtirish mumkin bo'lgan rahbariy ko'rsatmalar berilgan.

G.A.P. qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining dastlabki to'rtta komponenti ya'ni, tuproq, suv, xodim, ishlab chiqarish va qayta ishlash muhitiga e'tibor qaratadi. Bu standart ISO 9001 standarti bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada emas, ammo, muqobil tamoyillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xavfsizligi va sifat tizimini yaratishga yordam beradi.

GLOBAL G.A.P. standarti EUREPGAP (butun jaxon bo'yicha qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga standartlar, sertifikatlashtirishga talablarni o'rnatuvchi xususiy idora) tomonidan chop etiladi.

Ushbu standartning asosiy maqsadi qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayonining barcha jabhalarini kuzatish orqali ularni yetishtirish davrida sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillar va xavf-xatarlar darajasini minimallashtirishdan iboratdir.

Litsenziyalash GLOBAL G.A.P sertifikatini tasdiqlash olish va tasdiqlash uchun birqancha talablar bajarilishi shart. Mazkur jarayonda eng birinchi bosqich me'yoriy hujjatlarning ta'minlanganligidir. Mazkur standartlar bo'yicha sertifikatlashtirish jarayonida asosan quyidagi me'yoriy hujjatlar bo'lishi talab etiladi:

GLOBAL G.A.P. ning sertifikatlashtirish va sublitsenziyalash bo'yicha roziligi (Sertifikatlashtirish organi - Ishlab chiqaruvchi o'rtasida);

GLOBAL G.A.P ning sertifikatlashirish va litzensiyalash bo'yicha roziligi (Sertifikatlashtirish organi va GLOBAL G.A.P Food PLUS Gmbh o'rtasida);

Nazorat ro'yxatlari;

May, 2023

830

GLOBAL G.A.P. - Nazorat nuqtalari va muvofiqlik ko'rsatkichlari; SMT (Sifat menejmenti tizimi)ga talablar (SMT guruhi, bir necha ishlab chiqaruvchi xududlarning SMT)

GLOBAL G.A.P. standarti bo'yicha sertifikatlashtirilishi uchun istalgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi ishlab chiqaruvchilar ariza topshirishlari mumkin. Mazkur sertifikatlashtirish doirasida "ishlab chiqaruvchi(lar)" deganda ishlab chiqarilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarga va ishlab chiqarish jarayoniga huquqiy javobgar bo'lgan (xususiy) shaxs yoki korxona (kompaniyalar, alohida ishlab chiqaruvchilar yoki ularning guruhi) tushuniladi.

Ishlab chiqaruvchilar sertifikatlashirishning 2 ta variantidan birini tanlash huquqiga ega. Bu variant ishlab chiqaruvchi tomonidan ariza to'ldirilgan blankada ko'rsatilgan bo'ladi.

1-variant. Individiual sertifikatlashtirish. Mazkur sertifikatlashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Yakka ishlab chiqaruvchi (GLOBALG.A.P. yoki ekvivalent sxema bo'yicha) sertifikatlashtirish bo'yicha ariza topshiradi. Sertifikatlashtirish yakunida yakka ishlab chiqaruvchi sertifikat egasiga aylanadi.

1-variant. SMT ni joriy etilgan bir necha obyektlarni sertifikatlashtirish. Bunda alohida ishlab chiqaruvchi yoki bitta tashkilot mustaqil yuridik shaxs bo'lmagan, ammo SMT (Sifat menejmenti tizimi) joriy etilgan qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari obyektlariga egalik qiladi.

2-variant. Bunda ishlab chiqaruvchilar guruhi (GLOBALG.A.P. yoki ekvivalent sxema bo'yicha) sertifikatlashtirish bo'yicha guruh nomidan ariza topshiradi. Sertifikatlashtirish yakunida ishlab chiqaruvchilar guruhi birlashgan yuridik shaxs sifatida sertifikat egasiga aylanishadi.

Sertifikatlashtirishni amalga oshirishda ishlab chiqarish xududini aniqlashtirib olish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish xududi ko'pincha yaxlit maydonda joylashgan bo'ladi, ayrim hollarda esa bir-biridan har xil masofalarda bo'lgan turli xududlarda ham joylashgan bo'ladi.

May, 2023

831

Bunday holatlarda harbir xudud xaritada o'lchami bo'yicha aniq ko'rsatilgan bo'lishi kerak.

Ishlab chiqarish xududiga qo'yiladigan talablar. Ishlab chiqarish xududi yuridik shaxs tomonidan shaxsiy, xususiy yoki ijaraga olingan bo'lib, bevosita uning nazoratida bo'lishi kerak. Agar yuridik shaxs yer egasi bo'lmasa, ishlab chiqarish davomida yer egasi tomonidan ijaraga olingan yer bo'yicha hech qanday qaror qabul qilmaslik, jarayonga har qanday yo'l bilan aralashmaslik haqida imzo chekilgan hujjat bo'lishi shart.

Sertifikat egasi barcha ro'yxatga olingan mahsulot bo'yicha, shu jumladan, bozorga chiqqan mahsulot bo'yicha ham huquqiy javobgar hisoblanadi.

Nazorat nuqtalari va muvofiqlik ko'rsatkichlari bir necha modullarga bo'linadi. Qamrab olish sohalari bo'yicha: Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari bazasi; qishloq xo'jaligi mahsulotlari bazasi; chorvachilik bazasi; suv va dengiz mahsulotlari bazasi.

Bundan tashqari aniq ishlab chiqarish sohasi bo'yicha, mahsulot turlarining tasnifi bo'yicha podmodullarga bo'linadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha standartlar (FSS) faqagina IFA seriyasidagi standartlarining iste'mol mahsulotlari xavfsizligi qismidagi elementlarni o'z ichiga oladi (masalan, Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish standarti(PSS) iste'mol mahsulotlari xavfsizligining meva va sabzavotlar kabi qismini o'z ichiga oladi).

GLOBALG.A.P. bo'yicha sertifikatlashtirishda ishlab chiqaruvchilar bilan barcha jihatlarni hisobga olish zarur bo'ladi. Mazkur sertifikatlashtirishda parallel ishlab chiqarish va turdosh mahsulotga egalik qilish kabi holatlar tez-tez uchrab turadi.

Parallel ishlab chiqarish - bu alohida ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar guruhi a'zolari yoki ishlab chiqarish guruhi bitta turdagi mahsulotning bir qismi sertifikatlangan, qolgan qismi esa sertifikatlanmagan bo'lishi holatidir. Shuningdek, parallel ishlab chiqarish sertifikat amal qilish doirasi sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqaruvchilarning barcha a'zolarini qamrab olmagan holatda qayd etiladi.

GLOBAL G.A.P. standartlari bo'yicha sertifikatlashtirish uchun birinchi navbatda sertifikatlashtirish idorasini tanlab olish kerak bo'ladi. Buning uchun GLOBAL G.A.P. ning rasmiy saytidan akkreditlangan sertifikatlangan idorasi tanlanadi. Mazkur saytda barcha idoralar haqida ma'lumotlar bazasi mavjud bo'lib, ishlab chiqaruvchi o'zining xududiga yaqin yoki qulay bo'lgan idorani mustaqil tanlashi mumkin. Agar

May, 2023

832

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

GLOBAL G.A.P. tomonidan akkreditlangan idora mamlakat xududida mavjud bo'lmasa, boshqa mamlakat xududida joylashgan idoralarga murojaat etish mumkin, chunki bu idoralar xalqaro hisoblanadi va GLOBAL G.A.P. nomidan faoliyat yuritadi.

Ro'yxatga olish jarayonida quyidagi ma'lumotlar taqdim etilishi zurur:

Korxonani nomi va manzili;

Ishlab chiqarish maydoni va qayta ishlash sexi, mahsulotlarni tashish, yuklash-tushirish, saqlash haqidagi ma'lumotlar;

Mahsulot (Ro'yxatdan o'kazish jarayonida ishlab chiqaruvchi o'zining sertifikatlash idorasini parallel ishlab chiqarish/turdosh mahsulotga egalik qilishga ariza berish haqida xabardor qilish)

Ro'yxatdan o'tish jarayonida ariza beruvchi quyidagi majburiyatni o'z zimmasiga oladi:

Har doim sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishini ta'minlash;

O'rnatilgan tarif bo'yicha to'lovni amalga oshirish;

Sertifikatlashtirish idorasiga yangi ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etish;

Sertifikatlashtirish va sublitsenziyalash haqida kelishish.

Sertifikatlashtirish jarayonida zaruriy ma'lumotlar to'liq taqdim etilishi shart. Quyida barcha modul/submodullar bo'yicha minimal va taqdim etilishi shart bo'lgan ma'lumotlar ro'yxati keltirilgan:

Kompaniya

Kompaniya nomi

Manzili: ko'cha, uy raqami yoki ishlab chiqaruvchining manzilini bildiruvchi boshqa ma'lumot;

Murojaat manzili: pochta indeksi;

Pochta indeksi - shahar, graflik (tuman), shtat/provinsiya (viloyat);

Telyefon raqami (mavjud bo'lsa), faks raqami (mavjud bo'lsa), elektron pochta manzili (mavjud bo'lsa);

Global identifikatsion raqami (GLN) (mavjud bo'lsa);

Mamlakat xududida yoki xorijda yuridik shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjat, bu hujjat (masalan, soliq to'lovchini hisob raqami, QQS raqami, ishlab chiqaruvchini idenfikatsion raqami va h.k.) qayta ro'yxatdan o'tkazishni oldini olish maqsadida tekshiriladi.

Korxonaning geojoylashuvi

GLOBAL G.A.P. standartlari bo'yicha avvalgi qayd

raqami (GGN). Arizachi:

May, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bir mahsulotni turli sertifikatlashtirish organlari yokisertifikatlashtirishning har xil variantlari bo'yicha ro'yxatdan o'tkazishi mumkin emas.

Har xil mahsulotni turli sertifikatlashtirish organlari yoki sertifikatlashtirishning har variantlari bo'yicha ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. (masalan, olmani 1-variant bo'yicha, olchani 2-variant bo'yicha sertifikatlashtirish mumkin; olma bitta sertifikatlashtirish organi tomonidan, olcha esa boshqasida, yoki ikkalasi ham bitta organ tomonidan sertifikalanishi mumkin).

Bir vaqtni o'zida turli mamlakatlar xududida joylashgan ishlab chiqaruvchilar guruhi ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin emas (xalqaro 2-variant mavjud emas!).

Ro'yxatdan o'tkazishni yakunlashda arizachi:

Sertifikatlashtirish organiga belgilangan tartibda ariza topshiradi;

Sublitsenziyalash va sertifikatlashtirish haqida Kelishuvga imzo qo'yadi;

GLOBALG.A.P. bo'yicha qayd raqamini oladi;

GLOBALG.A.P. bo'yicha ro'yxatga olish to'lovini amalga oshirish bo'yicha rozilik beradi.

Ro'yxatdan o'tkazish jarayoni (birinchi marta sertifikatlashtirish va sertifikat berishda) audit boshlanguniga qadar tugatilishi kerak. Birinchi marta sertifikatlashirish va sertifikat berishda: sertifikatlashtirish organi to'ldirilgan ariza qabul qilib olgan paytdan boshlab 28 kalendar kuni davomida arizani tasdiqlashi va GLOBALG.A.P. ro'yxatga olish raqami (GGN) ni taqdim etishi shart.

Ishlab chiqaruvchilarni tekshirish va audit qilish grafik shakllantiriladi va belgilangan grafik asosida amalga oshiriladi. 2-variant bo'yicha sertifikatlashtirish jarayonida ham baholash yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi. Ichki audit bir yilda bir marta amalga oshiriladi.

Sertifikat muddatini uzaytirishni "inspeksion darcha" ning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin. Bu oraliq joriy sertifikatning amal qilish muddatining tugashidan 4 oy muddat oldin boshlanib, sertifikat muddatining tugashidan 4 oy muddat o'tgandan so'ng tugaydi, ya'ni 8 oydan iborat bo'ladi. Masalan, sertifikatlashning birinchi sanasi 2019-yilning 10-yanvardan bo'lsa (amal qilish muddati 2020-yil 9-sentabrgacha), sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida 2-inspeksiya 2020-yil 14-sentabrdan 2021-yil 13-iyungacha bo'lgan davrning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin.

Qayta sertifikatlashtirish maqsadida o'tkaziladigan inspeksiyalar oralig'i 6 oydan kam bo'lmasligi kerak. Inspeksiyalarni o'tkazish davomiyligi kamida 3 soatdan iborat bo'ladi.

GLOBAL G.A.P. sertifikatiga ega bo'lish uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak bo'ladi:

May, 2023

834

Majburiy talablar: Sifat menejmenti tizimi (SMT) va bajarilishi majburiy bo'lgan talablar 100 % bajarilgan bo'lishi kerak;

Ikkinchi darajali talablar: Qo'llaniladigan nazorat nuqtalari ko'rsatkichlari ikkinchi darajali talablarning 95 % i bajarilishi kerak.

Tavsiyalar: muvofiqlikning minimal ko'rsatkichlarini namoyon etmaslik kerak.

Ishlab chiqaruvchi tuzilgan shartnoma va umumiy talablarni bajarishi shart.

Sertifikatlashtirish organi aniqlangan qandaydir nomuvofiqlik bartaraf etilgandan ko'pi bilan 28 kalendar kuni davomida sertifikatlashtirish haqida qaror qabul qiladi.

Agar, inspeksiya/audit davomida nomuvofiqlik qayd etilmasa, mazkur inspeksiya/audit tugagandan keyin 28 kun davomida qaror qabul qilishi kerak.

Shikoyat va apellyatsiya uchun sertifikatlash organida faoliyat yurituvchi bo'lim faoliyat yuritadi. Agar sertifikatlashtirish organi hech qanday chora ko'rilmasa, GLOBALG.A.P. sekretariatiga murojaat qilish mumkin. Buning sekretariat saytidagi maxsus blanka to'ldiriladi va jo'natiladi.

Agar joriy inspksiya/audit davomida nomuvofiqlik aniqlansa, sertifikatlashtirish organi tomonidan quyidagi sanksiyalarni qo'llanilishi kerak:

Ogohlantirish;

Mahsulot bilan bajarilayotgan barcha operatsiyalar to'xtatiladi;

Shartnoma bekor qilinadi

Agar alohida ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar guruhi dastlabki inspeksiya o'tkazilgandan so'ng 28 kun mobaynida majburiy talablarning 100% va ikkinchi darajali talablarining 95% bajarilishini ta'minlamasa GLOBALG.A.P. ma'lumotlar bazasida mazkur ishlab chiqaruvchilar "ochiq nomuvofiqlik" ka ega sifatida qayd etiladi.

Agar ogohlantirishdan keyin 3 oy mobaynida bu kamchilik bartaraf etilmasa, sertifikat berilishidan oldin to'liq tekshiruvdan o'tkaziladi. Agar ogohlantirishdan so'ng nomuvofiqlik bartaraf etilmasa, mahsulot bilan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalar to'xtatiladi. Bu sanksiya bitta mahsulotga, bir necha mahsulotga yoki barcha mahsulotlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Mahsulotlar bilan olib borilayotgan operatsiyalar qisman to'xtatilishi mumkin emas. Nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun so'nggi muddat sertifikatlashtirish organi va ishlab chiqaruvchilar o'rtasida kelishiladi (bu muddat 12 oydan ortiq bo'lishi mumkin emas). Sanksiya qo'llanilayotgan vaqt davomida (mahsulot bilan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalar to'xtatilganda) ishlab chiqaruvchi GLOBALG.A.P. logotipi, savdo belgisi, litsenziyasi va sertifikatidan foydalanishi mumkin emas.

May, 2023

835

Belgilangan muddat davomida qo'llanilgan sankiya sababi bartaraf etilmasa, shartnomani bekor qilish sanksiyasi qo'llaniladi.

Shartnomani bekor qilish sanksiyasi quyidagi holatda qo'llaniladi:

Sertifikatlashtirish organi firibgarlik to'g'risida dalil topsa yoki GLOBALG.A.P. talablariga muvofiqligiga ishonmasa;

Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar guruhi sertifikat muddati tugagandan so'ng ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiyasida undan foydalanganligiga dalil topilganda.

Shartnoma bekor qilinish sanksiyasi qo'llanilgandan keyin GLOBALG.A.P. ga doir barcha imkoniyatlardan foydalanish butunlay ta'qiqlanadi.

Mazkur sanksiya qo'llanilgandan so'ng 12 oy mobaynida GLOBALG.A.P. bo'yicha sertifikatlashtirilishiga ruxsat berilmaydi.

GLOBAL G.A.P. sertifikat faqat ariza yozgan yuridik shaxsga beriladi. Sertifikat bir yuridik shaxsdan ikkinchisiga berilishi mumkin emas. Bunday holatlarda to'liq inspeksiya o'kaziladi va yangi yuridik shaxsga yangi GGN - qayd etilish raqami beriladi.

Sertifikatlashtirish sikli 12 oy davom etadi. Dastlabki sertifikatlashda sertifikatning amal qilish davomiyligi 1 kuni kam bir yilni tashkil etadi. Sertifikatlash organi sertifikatlash sikli va amal qilish muddatini kamaytirishi mumkin, ammo bu davomiylikni uzuaytirish mumkin emas.

Sertifikatlashtirish sohasi, amal qilish muddati sertifikatda aniq va ravshan ko'rsatib qo'yilgan bo'lishi kerak.

Global G.A.P. sertifikatlashtirish tizimining mahsulot yetishtiruvchiga beradigan ustunliklari - Global GAP sertifikati - aniq bir qishloq xo'jalik mahsulotini yetishtirish davrida sifat va xavfsizik bo'yicha o'rnatilgan barcha talab avsiyalarni to'liq bajarilganligi kafolati hisoblanadi.

GlobalGAP sertifikatlashtirish jarayonida qishloq xo'jalik mahsulotini yetishtirish davridagi barcha agrotexnologiyalar ustidan to'liq tekshirishni nazarda tutiladi. Mahsulotni yetishtirish agrotexnologiyasiga quyidagilar kiradi. Tuproq

Urug'/ko'chatlarga oid materiallar O' g' itlash tizimi Sug'orish

O'simliklarni himoya qilishni integrallashgan tizimi Hosilni yig'ishtirish

Yig'im-terimdan keyingi ishni yakunlash Mahsulotni saqlash

May, 2023

836

• Xadimlarni kvalifikatsiyasi

• Mehnat gigiyenasi va texnika xavfsizligi

• Texnika holati

• Mahsulotni kuzatish

• Atrof muhitni muxofazalash

GlobalGAP sertifikatlashtirish tizimi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo'jaliklarni bir qator ustunliklar bilan ta'minlaydi:.

1.Tizimli yondoshish. Bajariladigan ish va jarayonlarni aniq identifikatlash har qanday turdagi biznesga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yetishitiruvchi xo'jalikni boshqarishning barcha nuqtayi nazarlar yig'indisi va kompleks tushunchalarsiz samarali boshqarib bo'lmaydi.

2.Buyurtmachining ishonchi. Mahsulot buyurtmachisining (qayta ishlash, ulgurji va chakana savdo korxonalari) sotib olayotgan mahsuloti sifati va xavfsizligiga bo'lgan ishonchi uzoq muddatli hamkorlik yo'lidir.

3.Iste'molchining ishonchi. Iste'molchining mahsulot sifati va xavfsizligiga bo'lgan ishonchi chakana savdo korxonalari bilan bir qatorda ushbu yo'nalishdagi bozor sektorining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

4.Xavf-xatarni boshqarish. Mahsulotning zararlanish/ifloslanish ehtimolini kamaytirgan holda, atrof muhitni, mahsulot yetishtirishdagi sanitariya gigiyenasini yaxshilashga yordam beradi.

5.Rahbariyatning javobgarligi. Xavfsiz mahsulotni yetishtirish va yetkazib berishga qulay shart sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi.

6.O'zaro aloqalar samaradorligi. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimi, oziq-ovqat ishlab chiqarish tarmog'idagi korxonalar, nazorat qiluvchi va buyurtmachilarning o'zaro aloqalarini kengaytirishga imkon beradi.

7.Ro'yxatga olish. Ro'yxatga olish tizimi mahsulot yetishtirish jarayoni ustidan nazorat qilish samaradorligini oshirib, nazorat organi bilan aloqalarni yengillashtiradi.

8.Qonunchilik tomondan himoyalanishi. Ko'pchilik jahon davlatlarda GlobalGAP tizimi oziq-ovqat tarmoqlarida ishlab chiqarishni boshqarish va xavfsiz mahsulotni yetkazib berishning samarali quroli hisoblanadi.

9.Sifat menejmentining barcha tizimlariga mosligi. GlobalG.A.P. tizimi sifat menejmenti tizimlari bilan mosligi: Masalan, BRC, IFS, ISO 9001:2014 standarti tizimlari bilan mos va milliy qonunchilikka zid emas.

10. Savdodagi foyda. Global G.A.P. tizimi bo'yicha mahsulotga olingan sertifikat ichki va tashqi bozorda mustahkam

May, 2023

o'rin egallashda raqobatlashayotgan kompaniyalarga ustunlik beradi.

Xalqaro amaliyot tajribasi GlobalG.A.P. sertifikatlashtirish tizimiga o'tishni afzalliklarini tasdiqlab, oziq-ovqat xavfsizligining ishonchli darajada oshgani hamda mahsulot sohtalashtirilishi xavfi pasayishini ko'rsatdi, shuningdek muvofiqlikni tasdiqlash jarayoniga yo'naltirilgan sarf xarajatlarning kamayishi ta'minlanadi.

Ushbu tizim xalqaro hamjamiyatda sifatni ta'minlovchi yagona umumlashgan tizimni kiritishga, mahsulotning butun harakatlanish yo'lini qamrab olishni ta'minlashga, ko'p marta takrorlanuvchi sifat auditini oldini olishga, soxtalashtirish imkoniyatini yo'q qilishga va iste'molchilarning o'sib boruvchi talablarini qondirish darajasini oshirishga yordam beradi.

Bugungi kunda qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifati va xavfsizligiga yetishtirish davridagi turli xil salbiy omillarni ta'sir ko'rsatishini hisobga olgan holda dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida GlobalGAP standarti qo'llanib kelinmoqda. Ushbu davlatlarning aksariyatida mazkur standartni joriy qilish bo'yicha milliy texnik ishchi guruh tuzilib, GlobalG.A.P. asosidagi milliy standartlar qabul qilingan. Masalan, Chileg.A.P. - Chili milliy standarti, AMA G.A.P. - Avstraliya milliy standarti, QS-GAP - Germaniya milliy standarti, New Zealand - Yangi Zellandiya milliy standarti, J G.A.P. - Yaponiya milliy standarti, CHINA G.A.P. - Xitoy milliy standarti va boshqalar.

Hozirgi paytda respublikamizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish davrida agrotexnik tadbirlarning sifati va xavfsizligini ta'minlovchi xalqaro darajada tan olingan yoki uyg'unlashtirilgan me'yoriy xujjatlar mavjud emas.

Bu holat xalqaro (Yevropa) bozorlarda iste'molchilar tomonidan Global G.A.P. sertifikati talab etilayotgan davrda, ushbu standart respublikamiz fermer xo'jaliklarining e'tiboridan chetda qolishi qishloq xo'jalik mahsulotlarimizni xalqaro bozorlarda o'z o'rniga ega bo'lishda to'siqlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Hozirgi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlari eksporti, sifati va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek savdodagi texnik to'siqlarni bartaraf etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Demak, respublikamiz qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarining xalqaro bozorlarida mustahkam o'rin egallashi uchun qishloq xo'jalik mahsuloti yetishtiruvchilarning Global G.A.P. tizimi bo'yicha sertifikatlashtirilishi maqsadga muvofiqva buni albatta amalga oshirish darkor.Bugungi kunda O'zbekiston dunyoni 80 dan ortiq mamlakatlariga qishloq xo'jalik mahsulotlarini eksport qilmoqda.

O'zbekistonda Global G.A.P. standartini joriy qilish va uni asosida mahsulotlarni sertifikatlash jarayonlari va eksport qilinayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotining sifatini xalqaro

May, 2023

838

talablarga muvofiq samarali nazorat qilish masalalarini hal etishda bir qator qiyinchiliklar mavjud. Masalan, xalqaro talablarga javob beradigan sinov markazlari va laboratoriyalar yetishmasligi, Global G.A.P. standarti bo'yicha sertifikatlashtirish idorasini yo'qligi va malakali mutaxassislarni yetishmasligi va boshqalar.

Ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotining sifat xafsizligini va raqobatbardoshliligini yanada oshirish hamda uni eksport qilish imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida shuningdek, yuqorida keltirilgan mavjud qiyinchiliklarni hisobga olgan holda keltirilgan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

GlobalGAP standartini joriy qilish orqali sertifikat olgan tashkilotlar soni yil sayin o'sib borayotganligini -rasmda ko'rishimiz mumkin.

XULOSA

Ushbu maqolada keltirilgan ma'lumotlar dunyoda, shuningdek respublikamizning qishloq xojaligi tarmog'ni jadal rivojlantirishda, qishloq xo'jaligi va oziq ovqat mahsulotlarini sifatli va xavfsiz etishtirishda eng maqbul xalqaro standart bo'lib hisoblanadi. Shuningdek GLOBAL GAP standartini joriy etish tartibi 3 ta bazaviy modullari va sertifikatlashtirish tartibi va talablari haqida qisqacha ma'lumotlar keltirildi. Ushbu standartning qulayligi bugungi kunda qishloq xo'jaligi va oziq ovqat mahsulotlarini nafaqat ichki balki xalqaro bozor talablari asosida etishtirish va tayyorlash imkoni yartib beradi. Ushbi standart talablari asosida etishtirilgan mahsulotlar iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar hamda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga o'z xissasini qo'shadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi 5995-sonli PF "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi" 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli qarori.

3. O'zbekistonda GLOBAL GAP standartni joriy etishning istiqbollari. Uslubiy qo'llanma. «Mikros» nashriyoti. Toshkent - 2017 yil.

4. Egamberdiev S. et al. Determination of substrate composition, light, and temperature for interior plant growth //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - T. 284. - C. 03015.

May, 2023

839

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

5. Qalandarov M. M., Ochilov T., Egamberdiyev S. B. PROMISING EVERGREEN PLANTS FOR LANDSCAPING IN THE SOUTH OF UZBEKISTAN //ЖУРНАЛ АГРО ПРОЦЕССИНГ. - 2019. - №. 4.

6. O'G'Li E. S. B., Turdialiyevich B. E. FIKUS (FICUS L) TURKUMI AYRIM VAKILLARINING BIOEKOLOGIYASI VA SISTEMATIKASI //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - С. 213-222.

7. www.globalgap.org.

8. https://lex.uz/.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.