Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINING OLDI-SOTDI ISHLARIDA SOFIZMNING O‘RNI VA ROLI'

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINING OLDI-SOTDI ISHLARIDA SOFIZMNING O‘RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bozor / meva / inson / ehtiyoj / savdo-sotiq / sotuvchi / xaridor / manfaat / so‘m / sofizm.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usarov Begzod O‘ralovich

Insonlar hayotidagi savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishda, oldi-sotdi borasida yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar debochasi bo‘lgan sofizmning o‘rni va roli kabi masalalar qisqacha o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINING OLDI-SOTDI ISHLARIDA SOFIZMNING O‘RNI VA ROLI»

QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARINING OLDI-SOTDI ISHLARIDA SOFIZMNING O'RNI VA ROLI

Usarov Begzod O'ralovich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti «Aniq va tabiiy fanlar» kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13955008

Annotatsiya. Insonlar hayotidagi savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishda, oldi-sotdi borasida yo'l qo'yiladigan xato va kamchiliklar debochasi bo'lgan sofizmning o'rni va roli kabi masalalar qisqacha o'rganilgan.

Kalit so'zlar: bozor, meva, inson, ehtiyoj, savdo-sotiq, sotuvchi, xaridor, manfaat, so'm,

sofizm.

Аннотация. Кратко исследуются такие вопросы, как место и роль софизма, ошибки и упущения, допущенные при осуществлении торговли в жизни людей, в отношении купли-продажи.

Ключевые слова: рынок, фрукты, человек, потребность, торговля, продавец, покупатель, интерес, сум, софизм

Abstract. Issues such as the place and role of Sufism, mistakes and omissions made in the implementation of trade in people's lives, in relation to purchase and sale, are briefly investigated.

Keywords: market, fruit, person, need, trade, seller, buyer, interest, sum, sophism.

Inson manfaatlari hamma narsadan ustun!

Shavkat Mirziyoyev

Bugungi kunda bozorlarimizga kirar ekansan har bir rastada meva-cheva mo'l-ko'l, noz-nematlar bisyorligidan yer yorilib jannat bog'idagi mevalar ko'z o'ngimizda namoyondek, yoxud ona zaminimizda ochil dasturxon yozilgan go'yo. Mehnatsevar xalqimizning risq-nasibasi doimo azal-azaldan butun bo'lgan, ko'z tegmasin ilohim, ming qatra shukr, deysan kishi.

Har bir inson o'z ehtiyoji uchun savdo-sotiq ishlarini amalga oshirar ekan, xoh u sotuvchi bo'lsin, xoh u xaridor bo'lsin ular bevosita bilib - bilmay ba'zi bir xato va kamchiliklarga yo'l qo'yadilar. Bu esa, shu kabi holatlarni anglagan insonlarning oldi-sotdi ishlarida anglashmovchilik natijasida, o'z navbatida tortishuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Shu boisdan yuqorida yuritilgan fikrlarning tub mohiyatini, qolaversa savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishda ko'plab tortishuvlarga sabab bo'ladigan holatlarni aniqlash va yechimini topish maqsadida ular uchun debocha bo'lib xizmat qiladigan bir masalani e'tirof etaylik hamda u haqida batavsil mulohaza yuritaylik:

«Bir so'm qani» [з]

Ikki savatning har birida 30 tadan anor bo'lib, ular quyidagi baho bilan sotiladi: birinchi savatdagi anorlarning 3 tasi bir so'm; ikkinchi savatdagi anorlarning 2 tasi bir so'm. Sotuvchi 30 30

ayol bu anorlarning--1--= 25 so'mga sotishini hisobladi.

3 2

U quyidagicha mulohaza yuritdi: birinchi savatdagi anorlarning 3 tasi bir so'm, ikkinchi savatdagi anorlarning 2 tasi bir so'm. Demak, 5 ta anorni ikki so'mdan sotsam bo'ladi. Barcha anorlarni aralashtirib yubordi. Sotuvchi ayol anorlarni sotib bo'lgach, o'ylagandek 25 so'm

emas, 24 so'm bo'lganini payqadi. Haqiqatan, 60:5=12 (beshtadan), 2 so'm • 12=24 so'm. Bir so'm qani?

Tushuntirish: Birinchi savatdan 3 donadan 10 marta anor olish mumkin; ikkinchi savatdan esa 2 donadan 15 marta anor olish mumkin. O'nta 3 tadan olinganini (3 taliklar 10 ta edi) o'nta 2 tadan olingan anorlar bilan birlashtirib har 5 tasini 2 so'mdan sotish mumkin bo'lgan o'nta beshtalik hosil qildik (2 so'm • 10=20 so'm). Ikkinchi savatda qolgan 10 ta anorning har 2 tasini bir so'mdan, ya'ni 5 so'mga sotish kerak edi. Sotuvchi ayol esa, bu 10 ta anorni (5 tasini ikki so'mdan) to'rt so'mga sotdi. Natijada bir so'm zarar ko'rdi. [2]

Aslida sotuvchi ayolning anorlarni sotishda yo'l qo'ygan xatosini qanday tushunish kerak? Buning uchun quyidagicha mulohaza yuritamiz:

2 ta -1 so'm

3 ta -1 so' m ^

5 ta - 2 so'm

1ta -1 so'm 2

1 .

1ta — so m ^ { 3

2

1ta--so m

5

15 ,

1 ta--so m

30

1° ,

1 ta--so m

30

12 ,

1 ta--so m

30

Endi hosil bo'lgan kasrlarni taqqoslaymiz:

10 12 15 30 30 30

Agar anorlarning har bir donasini — so'mdan sotsa, 60 dona anor 60 •10 so'm = 20

30 30

so'm bo'lib, 1 so'm emas 5 so'm zarar, agar — so'mdan sotsa, 60 dona anor 60 •— so'm = 30

30 30

so'm bo'ladi va u 5 so'm foyda ko'rgan bo'lar edi. Binobarin, u 60 dona anorlarni aralashtirib,

12

miqdorlarning o'rtacha qiymati bo'yicha anorlarning har bir donasini — so'mdan sotgan.

Shuning uchun u 1 so'm zarar ko'rgan.

Bu yerda miqdorlarning qiymatlari e'tiborga olinmagan.

Masala yuzasidan yuritilgan mulohazalardan shuni anglash mumkinki, narxi baland anorlar va narxi pastroq anorlarning aralashtirilib, yangi narxda sotilishi majoziy ma'noda yolg'onning rostga, yoki rostning yolg'onga aylanishi demakdir.

Fanda - biror g'irt bemani fikrni asoslovchi muhokama, yoki xulosa, odatdagi tasavurlarga zid da'vo sofizm deb ataladi. Bunda yolg'on muhokama chin muhokamadek qilib ko'rsatiladi, yoxud hayot qonunlarini buzib xulosa chiqariladi. Umuman olganda, sofizm -ataylab chiqarilgan noto'g'ri xulosa, biror jumlaning noto'g'ri isbotidir. Bunda isbotdagi xato isbotning biror bosqichida ancha ustalik bilan bilintirmay yuboriladi.

Endi sofizmning inson hayotidagi o'rni va rolining ba'zi bir jihatlariga to'xtalsak: Masalan, bozordan biror bir ho'l meva xarid qildik, deylik. Sotuvchi tarozidan urmasligi mumkin, aslida ho'l mevaning yeydigan qismiga pul to'lanishi kerak, lekin xarid qilinganda ho'l mevaning yeyiladigan qismi barobarida uning po'chog'i uchun ham pul to'lanadi. Bundan tashqari, bozor rastalarida chaqilgan va chaqilmagan donaklar va hokazolar ... mana sizga sofizm!

Yuqorida aytilgan gaplardan sotuvchini, yoki xaridorni qo'shtirnoq ichida gapirmoqchi emasmiz ammo yuqorida e'tirof etganimizdek, inson manfaatlari hamma narsadan ustundir!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. S. Husanov. (Internet (Google qidiruv) materiallari asosida). Prezidentimizning nutqi «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun». Xalq so'zi - Xs. uz online. 2017-yil 18-iyun.

2. B. Usarov. «TERMIZ UNIVERSITETI» gazetasi. 2020-yil 18-aprel. 15-b.

3. S. I. Afonina. «MATEMATIKA VA GO'ZALLIK». Maktabda matematikadan sinfdan tashqi mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha qo'llanma Toshkent. «O'QITUVCHI» 1987-yil. 7677 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.