O'ZBEKISTONDA ELEKTRON XIZMATLAR, PLATFORMA, SMM,
AKSIYALAR, INVESTITSIYALAR, KRIPTOVALYUTALARDAN
FOYDALANISH
Xakimdjanova Dildora Kamilevna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, "Menejment va marketing" kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda elektron tijoratning hozirgi holatini o'rganish, tahlil qilish va uni rivojlantirish bo'yicha ijobiy natijalarga erishilganlini yoritilgan.
Kalit so'zlar: elektron tijorat, elektron savdo maydonchasi, internet-resurslari, elektron xizmatlar, platformalar, SMM, Elektron pullar, e-marketing, elektron vositalar.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЭЛЕКТРОННЫХ УСЛУГ, ПЛАТФОРМ, SMM,
АКЦИЙ, ИНВЕСТИЦИЙ, КРИПТОВАЛЮТ В УЗБЕКИСТАНЕ
Хакимджанова Дилдора Камилевна
ТУИТ имени Мухаммада ал-Хоразмий, старший преподаватель кафедры
«Менеджмент и маркетинг»
Аннотация: В данной статье подчеркивается, что достигнуты положительные результаты в изучении, анализе и развитии современного состояния электронной коммерции в развитии национальной экономики нашей страны.
Ключевые слова: электронная коммерция, электронная торговая площадка, интернет-ресурсы, электронные услуги, платформы, SMM, электронные деньги, электронный маркетинг, электронные инструменты.
USE OF ELECTRONIC SERVICES, PLATFORMS, SMM, SHARES, INVESTMENTS, CRYPTOCURRENCIES IN UZBEKISTAN
Khakimdjanova Dildora
TUIT named after Muhammad al-Khwarizmi, senior teacher at "Management
and marketing"
Abstract: This article emphasizes that positive results have been achieved in the study, analysis and development of the current state of e-commerce in the development of the national economy of our country.
Key words: e-commerce, electronic trading platform, Internet resources, electronic services, platforms, SMM, electronic money, electronic marketing, electronic tools.
Kirish
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodiyotida ham o'z aksini topib, hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo'llanishi yotadi. Internet tarmog'i elektron tijoratning butun dunyoda keng tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bo'lib, u katta korporatsiyalargagina emas, balki kichik va o'rta tadbirkorlarga hamda alohida shaxslarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Bu bilan mahsulot yetkazib beruvchilar va iste'molchilarning tobora kengroq doirasini elektron tijoratga jalb etish mumkin bo'ldi. Bunda nafaqat mamlakatimizdagi nazariy va amaliy tajribalar, balki xorijiy davlatlar tajribasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda yurtimiz iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Xususan, 2022-yil 29-sentyabr 792-sonli O'RQ davlatimiz rahbari tomonidan "Elektron tijorat to'g'risida"1 gi qonunning yangi tahriri imzolandi. Qonunga ko'ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o'rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo'li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtirilishi, elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog'ozda rasmiylashtirilgan va o'z qo'li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtirilishi keltirib o'tilgan.
Mavzuning dolzarbligi
Texnologiyalar asrida yashayotgan har bir inson o'z ehtiyojlarini qondirish uchun iloji boricha kam harakat qilish va vaqtini, ortiqcha sarf xarajatlarni tejash uchun bir marta bo'lsa ham online yoki masofaviy do'kon xizmatlaridan foydalanadi. Ushbu kichik servis turlari majmuasi eletkron tijorat degan yangi iqtisodiy sohani tashkil etadi. Elektron tijorat deb nomlanuvchi, tovarlar yoki xizmatlarni Internetda elektron shaklda sotib olish va sotishdan iborat bo'lgan jarayonlarga aytiladi. Shuningdek, elektron tijorat auktsionlar, chiptalar va bank xizmatlari kabi boshqa onlayn faoliyatga ham tegishli bo'lishi mumkin.
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonuni, 29.09.2022 yildagi «Elektron tijorat to'g'risida»gi O'RQ-792-sonli qonunning yangi tahriri
O'zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma'lumotlar uzatish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O'zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta'lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma'lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo'lgan holatdagina sodir bo'ladi [1].
Jahon hamjamiyatining ko'zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo'lgan ehtiyoji katta sur'atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o'sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketgani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki erkin axborot oqimining ta'minlanishi bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi. O'zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda yashayotgan har bior inson elektron tijoratdan keng foydalanib kelmoqda
Elektron tijorat global miqyosda jadal rivojlanayotgan soha bo'lib, O'zbekiston ham bundan mustasno emas, tobora ko'proq odamlar kundalik ehtiyojlari uchun onlayn xaridlarga murojaat qilmoqda. Mamlakatda elektron xizmatlardan foydalanish hali ham dastlabki bosqichda, ammo kelgusi bir necha yil ichida uning sezilarli darajada o'sishi kutilmoqda.
2022-yil yakunlari bo'yicha O'zbekistonda jami internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi, aloqa va kompyuter xizmatlari hajmi esa 22,9 trillion so'mga yetgan. Bugungi kunda 4 milliondan ortiq fuqarolar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatilayotgan 370 ta davlat xizmatlaridan onlayn foydalanmoqda [2].
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Kun.uz ga taqdim qilgan ma'lumotlarga ko'ra, aloqa va axborotlashtirish hamda kompyuter xizmatlari hajmi 2016-yilda 6,5 trln so'm bo'lgan bo'lsa, 2021-yilga kelib bu ko'rsatkich 17,8 trln so'mga yetdi. 2022-yilda esa bu miqdor 22,9 trln so'mga yetdi. O'z navbatida raqamli iqtisodiy ot sohasining YalMdagi ulushi 2019-yilda 1,8 foizdan 2022-yilda 2,77 foizgacha oshgan.
404 s 508 642
199
2016 2020 2021 2022
1-rasm. O'zbekistonda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi2 (ming so'mda)
Sohada aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 2016-yildan 2022-yilga qadar 3,2 barobarga oshgan. Xususan, 2022-yilda aholi jon boshiga 642,9 ming so'mlik xizmatlar ko'rsatilgan. Bundan tashqari, axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 2016-yilda 8 ming 46 tadan 2022-yilda 16 ming 641taga ko'paygan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari ham oshib bormoqda. Xususan, 2021-yilda 300 ta (100 ta mobil ilovalar orqali) davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2022-yilda 370 (+70, 165 ta mobil ilova orqali) tani tashkil qildi. 2023-yilda ularning sonini 570 taga (265 tasi mobil ilovalar orqali) yetkazish rejalashtirilgan.
4000
1000
77 r372! ^^^^
2019 2020 2021 2022
2-rasm. O'zbekistonda yagona portaldan foydalanuvchilar soni ( ming kishi)3
Shuningdek, yagona portaldan foydalanuvchilar soni 2019-yilda 77 ming nafar bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020-yilda 372 mingni, 2021-yilda 1 millionni, 2022-yilda 4 millionni tashkil qilgan. 2019-yilga qaraganda foydalanuvchilar soni 52 baravarga ortgan. Bu jarayonda 135 mlrd so'mga yaqin yo'lkira va qog'oz xarajatlari
2 https://kun.uz/uz/news/2023/02/16/elektron-hukumat-it-va-biznes-ozbekiston-qanchalik-raqamlashmoqda
3 https://kun.uz/uz/news/2023/02/16/elektron-hukumat-it-va-biznes-ozbekiston-qanchalik-raqamlashmoqda
tejalgan. 2022-yilga kelib, O'zbekistonda jami internetdan foydalanuvchilar soni 31,1 millionga yetgan bo'lsa, ularning 29,5 millioni mobil internet foydalanuvchilaridir.
Hozirda yurtimizda elektron xizmatlar bilan birgalikda elektron tijorat platformalarini soni ham ortib bormoqda. Biz elektron tijorat platformalarining eng birinchi afzalliklaridan biri biz masofadan turib xarid qilish, sotish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Quyida biz O'zbekistondagi eng mashhur elektron tijorat platformalarini bilan tanishib chiqamiz [3]:
Birinchidan, O'zbekistondagi eng katta va ko'p mijozlarni qamrab olgan onlayn bozorlar Uzum bozori, Alif do'koni, Zoodmall platformalari aytib o'tish mumkin.
Ushbu platformalar elektronikadan tortib chakana mahsulotlarni ham taklif qiladi. Mijozlarga bir joyda bir nechta sotuvchilardan xarid qilish imkonini beradi. Shuningdek, ular xavfsiz to'lov imkoniyatlari va ishonchli yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadilar.
Ikkinchidan, elektron tijoratning transchegaraviy platformalari biri bo'lgan AliExpress platformasi. AliExpress - bu taniqli global platforma, ammo shunga o'xshash xizmatlarni taklif qiluvchi ba'zi mahalliy platformalar ham mavjud. Ushbu platformalar mijozlarga xalqaro sotuvchilardan mahsulot sotib olish va ularni O'zbekistonga yetkazib berish imkonini beradi.
Uchinchidan, Peer-to-peer savdo platformalari - OLX, Avtoelon, ya'ni xizmati markazlashtirilmagan platformalar bo'lib, unda ikki shaxs uchinchi tomon vositachiligisiz bir-biri bilan bevosita o'zaro aloqada bo'ladi. Buning o'rniga, xaridor va sotuvchi P2P xizmati orqali bir-biri bilan to'g'ridan-to'g'ri bitim tuzadilar:
Ushbu platformalar mijozlarga avtomobillardan tortib mebelgacha bo'lgan ikkinchi qo'l tovarlarni sotib olish va sotish imkonini beradi. OLX - O'zbekistonda tengdoshga savdo qilish uchun eng mashhur platforma [4].
To'rtinchidan, yirik banklar tomonidan mahsulotlarni bo'lib-bo'lib sotib olish mo'ljallangan platformalar: masalan Olcha, Chakana, Elmakon.
Bu platformalar mijozlarga mahsulotlarni kreditga sotib olish va ularni bo'lib-bo'lib to'lash imkonini beradi. Ular qimmatbaho narsalarni sotib olishni xohlaydigan, lekin ularni oldindan to'lashga qodir bo'lmagan mijozlar orasida mashhurdir.
Beshinchidan, aholi oziq-ovqat mahsulotlarini masofadan turib, onlayn xarid qilish platformalari: masalan Lebazar, Orzon.
Lebazar - bu mamlakatdagi eng yirik supermarketlar tarmog'idan biri bo'lgan Korzinkaning onlayn oziq-ovqat xarid qilish platformasi. Lebazar xizmatlari faqat Toshkent shahrida mavjud bo'lsa, Orzon mijozlarga faqat Samarqand shahridagi xizmatlarni taklif etadi. Ushbu platformalar yangi mahsulotlardan tortib, uy-ro'zg'or uchun zarur bo'lgan mahsulotlarga qadar turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini taklif etadi va mijozlarga o'z uylaridan turib xarid qilish imkonini beradi.
Oltinchisi, hozirgi kunda elektron axborotlar ko'paygani bilan birga kitoblarni ham elektron tarzda oqishmiz mumkin va u bir qancha imkoniyatlarni yaratib beradi, qisqa muddatda bizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin. Ulardan biri Asaxiy kitob platformasidir.
Asaxiy keng assortimentdagi mahsulotlarni taklif etuvchi onlayn platforma bo'lsa-da, bugungi kunda uning asosiy biznesi kitoblarni onlayn nashr qilish va sotishdan iborat. Bu klassik adabiyotdan tortib zamonaviy bestsellerlargacha bo'lgan keng assortimentdagi kitoblarni topish uchun eng yaxshi joy.
Shuningdek quyida biz 2023-yil mart hisobi bo'yicha O'zbekistondagi eng ko'p foydalaniladigan platformalar ro'yxatini ko'rishimiz mumkin:
1-jadval
O'zbekistondagi eng ko'p foydalaniladigam saytlar ro'yxati 4
Domen Tashrif buyurish (ming) Ish stolini ulashish Mobil almashish MoM YY Asosiy trafik manbai
Razer.com 727,45 100% 727,45 - - T 362,44% T10 485.29% Yo'naltirish
Wildberries.uz 227,55 75,8% 172,55 24,17% 55 | 79,7% T 403,15% Qidirmoq
Asaxiy.uz 169,83 87,99% 149,44 12,01% 20,39 |68,46% T21,73% Qidirmoq
Avito.uz 156,75 80,33% 125,91 19,67% 30,84 |23,23% |23,53% To'g'ridan-to'g'ri
Ozon.ru 138,66 85,33% 118,31 14,67% 20,35 |80,13% T28,45% Qidirmoq
Ebay.com 125,09 84.78% 106,13 15,22% 19,05 |47,89% T74,96% Qidirmoq
Olcha.uz 90,04 86,93% 78,27 13,07% 11,77 |79,42% |3,83% Qidirmoq
Zoodmall.uz 74,96 97,87% 73,36 2,13% 1,6 |49,5 % T4,88% Qidirmoq
Samsung.com 70,04 66,87% 46,84 33,13% 213,2 | 92,93% |26,59% Qidirmoq
Mediaprk.uz 65,85 88% 57,95 12% 7,9 | 81,94% |49,2% Qidirmoq
Amazon.in 63,31 73,8% 46,72 26,2 % 16,59 T 663,09% |10,34% Qidirmoq
Asosiy shartlar:
- MoM — oydan-oyga (MoM) o'sish trafikning o'tgan oydagi trafik statistikasiga nisbatan foizdagi o'zgarishini aks ettiradi.
- Yildan yilga (YY) o'sish o'tgan 12 oydagi trafik o'zgarishini oldingi 12 oylik trafik statistikasiga nisbatan foiz sifatida aks ettiradi.
Trafik manbalari:
- To'g'ridan -to'g'ri - brauzerning qidirish satriga to'g'ridan-to'g'ri kiritilgan URL manzillari, saqlangan xatcho'plar yoki brauzer tashqarisidan ochilgan to'g'ridan-to'g'ri havolalar (masalan, PDF yoki Microsoft Word hujjatlari) orqali saytga trafik.
- Yo'naltiruvchi - boshqa domendagi giperhavolani bosish orqali saytga trafik (ijtimoiy tarmoqlardan tashqari).
4 https://www.semrush.com/trending-websites/uz/retail
- Qidiruv - qidiruv tizimi natijalaridan (Google, Bing, DuckDuckGo va boshqalar) to'g'ridan-to'g'ri bosish orqali keladigan saytga trafik.
Shuningdek, hozirda internet aloqasi tezligi va sifati yaxshi bo'lganligi sababli ijtimoiy tarmoq, media marketing va eng asosiysi elektron tijorat sohasi jadal rivojlanmoqda. Bunga misol qilib, SMM marketingini keltirishimiz mumkin.
Social Media Marketing [SMM] - bu ingliz tilidan ijtimoiy media marketing bo'lib, Internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi -ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot va xizmatlaringizga jalb etish.
SMM nima deb so'ralganda - bu o'z brendingizni tanitish, sotuv hajmini ko'paytirish va veb-sayt trafikini oshirish maqsadlari ham tushuniladi. SMM haqida ma'lumot berayotganda sizning tarmoqdagi profilingizda kontent yaratish, obunachilaringiz bilan muloqot qilish va ularni jalb etish va ijtimoiy media (Instagram, Telegramda) reklama berishlarlarni o'z ichiga oladi. SMM orqali biz mahsulotlarimizni reklama qilib, obunachilarimizni ko'paytirish va onlayn savdo hajmini kengaytirish imkoniyatini beradi.
Statistika shuni ko'rsatadiki, O'zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni, rivojlangan davlatlardagidan past bo'lishiga qaramay, SMM bizning mamlakatimizda muhim o'rin tutadi. Yana bir bor ta'kidlash kerakki, biznesni ilgari surish usullari uning o'ziga xosligi va auditoriyasiga bog'liq. Intarget.uz ma'lumotlari 2018-yil yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistonda 15 million Internet foydalanuvchisi mavjud bo'lib (mamlakat aholisining qariyb 43 foizi), ularning 80 foizi mobil Internetdan foydalanadi. Bizning foydalanuvchilar orasida eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar odnoklassniki.ru (2 million), vk.ru (1 million), Instagram (0,89 million) va Facebook (0,72 million) hisoblanadi. Eng mashhur messenjer bu Telegram.
SMM agentliklari ro'yxati quyidagilardan iborat:
- XSpace;
- 8 BIT MEDIA;
- IZI marketing & analytics agency;
- Muna Media;
- Wunder Digital;
- Sintez;
- IT Reklama;
- 360 Creative agency [5].
Bundan tashqari, hozir elektron tijoratda hammaga mashhur bo'lgan onlayn to'lov vositalari aksiya, investitsiya va kriptovalayutalarni keltirishimiz mumkin.
Aksiya - bu qimmatli qog'oz bo'lib:
- xarakat muddati cheklanmagan;
- huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aksionerlik jamiyatiga muayyan hissa qo'shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;
- aksiya bo'yicha divident ko'rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir [6].
2022-yilning 1-yarim yilligida kapital bozori ko'rsatkichlari bo'yicha miqdor jihatdan sezilarli o'zgarishlar davri bo'ldi. Bu qimmatli qog'ozlar savdo aylanmasining o'sishi, bitimlar tuzishning jadallashuvi hamda qonunchilik va muvofiqlashtirish ishlarining takomillashtirilganidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" PF-6096-son hamda 2020-yil 12-maydagi "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmonlariga muvofiq transformasiya qilinishi, xususan IPO o'tkazilishi kerak bo'lgan yirik davlat korxonalari, xo'jalik birlashmalari va tijorat banklar ro'yxati shakllantirilgan. Bularning barchasi keng jamoatchilikning mamlakatimiz fond bozoriga bo'lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda O'zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o'zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo'nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog'liq. Mustaqilligimizning qisqa davrida investitsion faollikni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o'tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. Bu yo'lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirishni rag'batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi.
Investitsiyalar - bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo'yilgan kapital. O'zining moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo'yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko'ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko'rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog'liq bo'lgan aylanma kapitalning o'zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog'ozlarga (aksiyalar, obligatsiyalar) qo'yilishi mumkin. Shu jihatdan O'zbekiston davlati o'z investitsiya siyosatini olib bormoqda.
3-rasm. O'zbekiston hududlar kesimida kapitalga investitsiyalar5
Asosiy kapitalga investitsiyalarning hududiy tarkibida hamon Buxoro, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Qashqadaryo viloyati asosiy kapitalga investitsiyasi Samarqand viloyatidan qariyb 59% ga ko'p ya'ni 3533,1 mlrd. so'mni tashkil qilmoqda. Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati jami qolgan viloyatlar ko'rsatkichidan farqi 5,4% ni quramoqda. Bu ko'rsatkich bo'yicha Sirdaryo va Jizzax eng oxirgi o'rinlarda qolyabdi.
Uchinchsi, O'zbekistonda yaqindan qo'llanila boshlayotgan kriptovalyutani aytib o'tamiz.
Kriptovalyuta - bu faqat Internetda mavjud bo'lgan to'lov vositasi. Uning qog'oz ifodasi yo'q va uning qiymati davlatga bog'liq emas. Odatda, bir kishidan boshqasiga pul o'tkazish uchun sizga vositachi - bank kerak. Kriptovalyuta bilan u boshqacha: bank almashinuvda ishtirok etmaydi. Kriptovalyuta blokcheyn tizimi - axborot bloklari zanjiri asosida qurilgan. Ular raqamli pullarni vositachisiz odamdan odamga o'tkazish uchun ishlatiladi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat kriptoindustriyasi uchun me'yoriy-huquqiy bazani belgilab berdi va sohani nazorat qilish uchun yangi nomi o'zgartirilgan "Istiqbolli loyihalar agentligi"ni tayinladi.
5 investitsion-faoliyating-iqtisodiy-mohiyati-va-uning-o-zbekiston-iqtisodiyotida-tutgan-o-rni.pdf
Davlatimiz rahbari 27-aprelda e'lon qilingan direktivada Markaziy Osiyo respublikasida faoliyat yuritayotgan kriptovalyuta birjalari, tog'-kon hovuzlari va kriptokastodianlar mahalliy ro'yxatdan o'tishlari kerakligini aytdi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab O'zbekiston aholisi kriptovalyutani faqat mahalliy birjalarda sotib olishi yoki sotishi mumkin bo'ladi, bu birjalar foydalanuvchilarning shaxsini mijozni bilish jarayoni orqali tekshirishi va barcha tranzaksiyalar haqidagi ma'lumotlarni besh yil davomida saqlashi kerak. Kripto xizmati provayderlariga "anonim kripto aktivlari" bilan savdoni osonlashtirishga ruxsat berilmaydi, bu atama hujjatda tushuntirilmagan. Hozirda bitta kriptovalyutaning narxi 1 Bitcoin (BTC) = 294 323 956.92 O'zbekiston so'm (UZS) ga teng.
Forklog ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda O'zbekistonda UzNEX birjasi va to'rtta kriptodo'kon - Crypto Trade NET, Crypto Market, Crypto Express va Coinpay litsenziya oldi. Qonunga ko'ra, kriptovalyuta xizmati provayderlari har oy byudjetga belgilangan lovlarni to'laydi. Birjalar uchun bu miqdor 400 BCA, kriptodo'konlar uchun esa 20 BCA. Yig'imlarning 80 foizi byudjetga, qolgan 20 foizi esa G'aznachilikning tijorat banklaridagi shaxsiy hisobvaraqlariga o'tkaziladi [7].
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o'z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo'llanishi yotadi. O'zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma'lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O'zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda elektron tijoratning hozirgi holatini o'rganish, tahlil qilish va uni rivojlantirish bo'yicha ijobiy natijalarga erishilganlini xulosa o'rnida aytish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari
2. Kenjabaev A.T. va boshqalar. Elektron biznes asoslari: O'quv qo'llanma. -T. "Iqtisod-moliya", 2008. - 276 b.;
3. Kopachev A. A. Elektronnaya kommersiya kak faktor innovatsionnogo razvitiya deyatelnosti predpriyatiya: avtoreferat na soiskanie uchennoy stepeni k.e.n.
- Sankt-Peterburg.: 2009. - 19 s.
4. Poerov A.S. Sovershenstvovanie sistemti elektronnoy kommersii v Rossii: avtoreferat na soiskanie uchennoy stepeni k.e.n. - M.: 2011. - 27 s.
5. Samoylov A.M. Elektronnaya kommersiya v sisteme sovremennogo biznesa: dissertatsiya na soiskanie uchennoy stepeni k.e.n. - M.: 2004. - 161s.
6. Teriz N. The impact of e-commerce on international trade and employment.
- Procedia - Social and Behavioral Sciences, 2011.
7. www.stat.uz Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.