Научная статья на тему 'ELEKTRON TIJORAT: ASOSIY TUSHUNCHA VA MODELLARI HAMDA TARAQQIYOTI'

ELEKTRON TIJORAT: ASOSIY TUSHUNCHA VA MODELLARI HAMDA TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
4391
834
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron tijorat / elektron biznes / bizdes modellar / shaxsiy ma’lumotlar / davlat xizmatlari / elektron xizmat ko'rsatish / electron trading / electron business / private purchase / state purchase / electron service.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sitora Baxtiyor Qizi Mengliyeva, B. B. Xudayberganov

Yangi davrga o‘tish, inson faoliyatining o‘zgarishi va raqamlashtirilishi aynan elektron tijorati sohasida, shuningdek, butun iqtisodiyotda savdo aylanmasining jadal rivojlanishi va o‘sishiga xizmat qildi. Internet platformasi savdo o'sib borayotgan soha va ayni paytda iqtisodiyot uchun kuchli asos bo’lib xizmat qilmoqda. Savdoning yangi turi aholi bandligini ta’minlash, o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash uchun yangi istiqbollarni ochib, xususiy tadbirkorlik rivojiga turtki bo‘lmoqda. Biroq, bu hodisa unchalik yangi emas, chunki elektron tijoratga birinchi qadamlar o'tgan asrning 70-yillarida qo'yilgan. Elektron tijoratning paydo bo‘lish tarixi juda o‘ziga xosdir negaki, shakllanish bosqichida elektron tijorat alohida soha sifatida emas, balki mijozlarni jalb qilish uchun xizmatning bir qismi sifatida yaratilgan. Axborot texnologiyalariga tayanib, onlayn savdo asta-sekin rivojlandi. O‘shandan beri sanoat rivojlanishning uchta keng bosqichidan o'tdi. Hozirgi bosqichda elektron tijorat, xuddi boshqa savdo turlari kabi, huquqiy tartibga solish va tushunchalarning huquqiy ta'rifini talab qiladi. Ushbu maqola elektron tijoratning asosiy tushunchalari va turlarining huquqiy talqiniga bag'ishlangan. Shuningdek, xulosa o‘rnida elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyaviy fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ELECTRONIC COMMERCE: BASIC CONCEPT, MODEL AND DEVELOPMENT

Trading on the Internet platform is a new area and at the same time a powerful profit generator for the economy. A new type of commerce opens up other prospects for employment, self-employment and gives impetus to the development of private entrepreneurship. E-commerce, just like other types of trade, needs legal regulation and legal definition of concepts. This article is devoted to the legal interpretation of the basic concepts and types of electronic commerce. However, this phenomenon is not so new, since the first steps towards e-commerce were taken in the seventies of the last century. The history of the emergence of ecommerce is very peculiar, since at the formation stage e-commerce was not created as a separate area, but as a convenience, part of the service to attract customers. Online trading has gradually developed, relying on information technology. Since then, it has itself gone through three broad phases of development. In the current context, e-commerce, just like other types of trade, needs to be suspected of regulation and the correct definition of concepts. This article is devoted to the legal interpretation of the basic concepts and types of e-commerce.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON TIJORAT: ASOSIY TUSHUNCHA VA MODELLARI HAMDA TARAQQIYOTI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ELEKTRON TIJORAT: ASOSIY TUSHUNCHA VA MODELLARI HAMDA

TARAQQIYOTI

Sitora Baxtiyor qizi Mengliyeva

TDYU Biznes huquqi yo'nalishi magistranti

TDYU doktoranti, yuridik fanlari falsafa doktori (PhD) B. B. Xudayberganov taqrizi

asosida

ANNOTATSIYA

Yangi davrga o'tish, inson faoliyatining o'zgarishi va raqamlashtirilishi aynan elektron tijorati sohasida, shuningdek, butun iqtisodiyotda savdo aylanmasining jadal rivojlanishi va o'sishiga xizmat qildi. Internet platformasi savdo o'sib borayotgan soha va ayni paytda iqtisodiyot uchun kuchli asos bo'lib xizmat qilmoqda. Savdoning yangi turi aholi bandligini ta'minlash, o'zini-o'zi ish bilan ta'minlash uchun yangi istiqbollarni ochib, xususiy tadbirkorlik rivojiga turtki bo'lmoqda. Biroq, bu hodisa unchalik yangi emas, chunki elektron tijoratga birinchi qadamlar o'tgan asrning 70-yillarida qo'yilgan. Elektron tijoratning paydo bo'lish tarixi juda o'ziga xosdir negaki, shakllanish bosqichida elektron tijorat alohida soha sifatida emas, balki mijozlarni jalb qilish uchun xizmatning bir qismi sifatida yaratilgan. Axborot texnologiyalariga tayanib, onlayn savdo asta-sekin rivojlandi. O'shandan beri sanoat rivojlanishning uchta keng bosqichidan o'tdi. Hozirgi bosqichda elektron tijorat, xuddi boshqa savdo turlari kabi, huquqiy tartibga solish va tushunchalarning huquqiy ta'rifini talab qiladi. Ushbu maqola elektron tijoratning asosiy tushunchalari va turlarining huquqiy talqiniga bag'ishlangan. Shuningdek, xulosa o'rnida elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyaviy fikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: elektron tijorat, elektron biznes, bizdes modellar, shaxsiy ma'lumotlar, davlat xizmatlari, elektron xizmat ko'rsatish

ELECTRONIC COMMERCE: BASIC CONCEPT, MODEL AND

DEVELOPMENT

ABSTRACT

Trading on the Internet platform is a new area and at the same time a powerful profit generator for the economy. A new type of commerce opens up other prospects for employment, self-employment and gives impetus to the development of private entrepreneurship. E-commerce, just like other types of trade, needs legal regulation and legal definition of concepts. This article is devoted to the legal interpretation of the basic concepts and types of electronic commerce. However, this phenomenon is not so

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

new, since the first steps towards e-commerce were taken in the seventies of the last century. The history of the emergence of e- commerce is very peculiar, since at the formation stage e-commerce was not created as a separate area, but as a convenience, part of the service to attract customers. Online trading has gradually developed, relying on information technology. Since then, it has itself gone through three broad phases of development. In the current context, e-commerce, just like other types of trade, needs to be suspected of regulation and the correct definition of concepts. This article is devoted to the legal interpretation of the basic concepts and types of e-commerce.

Key words: electron trading, electron business, private purchase, state purchase, electron service.

Elektron tijoratning jahon iqtisodiyotiga ta'sirini aniqlash, ushbu sohadagi dolzarb masalalarni ko'rib chiqishdan, avval, "elektron tijorat", "elektron biznes", "elektron tijorat" kabi asosiy tushunchalarni izohlashimiz kerak.

Y.Nanehkaranning ta'kidlashicha, "elektron tijorat inson hayotini tubdan o'zgartirgan kuchli innovatsion jarayon bo'lib, elektron tijorat ham iqtisodiy sohada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari inqilobining asosiy mezonlaridan biridir"1. J.Ritterning ta'kidlashicha, "Elektron tijorat yoki elektron savdo - bu Internetda tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotish hamda Internet platformasida iste'molchilaar tomonidan narxlarni solishtirish va eng so'nggi ma'lumotlarni ko'rish uchun ma'lumot manbai"2. To'g'rirog'i, elektron tijorat internet orqali tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotishni, shuningdek, transchegaraviy xususiyatlarga ega bo'lgan va ma'lum bir mamlakatning chakana eksportini osonlashtiradigan savdo turini o'z ichiga olgan biznes turidir. Shunday qilib, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va qurilmalarning ixtiro qilinishi, shuningdek, savdoning zamonaviy turi paydo bo'lishiga yordam berdi, unda kompaniyalar va iste'molchilar uchun juda ko'p afzalliklar yaratildi, ammo boshqa jihatdan ba'zi kamchiliklar va jiddiy muammolarning paydo bo'lishiga olib keldi.

R.Mensel elektron tijoratning ijobiy ta'sirini qayd etib, shuni ko'rsatadiki, ushbu turdagi savdo allaqachon mijozlarga xizmat ko'rsatishdan tortib, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishgacha bo'lgan biznesning barcha sohalarida namoyon bo'lmoqda. Elektorn tijorat onlayn reklama hamda marketing, onlayn buyurtma qabul qilish, onlayn

1 Nanehkaran Y. K. An Introduction to electronic commerce. International journal of scientific and technology research, 2013, vol. 2, no. 4, pp. 41-48. doi: 10.1109/CICC-ITOE.2010.39

2Jeffrey B. Defining international electronic commerce [Int'l L. & Bus] Available at: https://trends.rbc.ru/trends/industry/607fe4549a7947027eaffbe6

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

xizmat ko'rsatish kabi yangi ma'lumotlarga va xizmatlarga asoslangan biznes

"5

jarayonlarni yaratmoqda .

Yuqorida qayd etilganlarga asoslanib, biz elektron tijorat virtual makonda an'anaviy biznes amaliyotlarini avtomatlashtirish va o'zgartirishda asosiy xususiyatlardan biri ekanligini ta'kidlashimiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu transformatsiyada vujudga keluvchi mavjud operatsiyalarning avtomatlashtirilishi, ya'ni raqamlashtirilishi biznes samaradorligini oshirmoqda. Shu jumladan, tijoratning raqamlashuvi muntazam ishlarni soddalashtirmoqda hamda chakana savdo uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.

Onlayn savdoning ijobiy tomoni shundaki, u operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Misol uchun taklif qilinayotgan infomahsulot yuklab olish uchun mavjud bo'lsa, u holda logistika xarajatlari butunlay bekor qilinadi. Bozorlarda onlayn savdoni amalga oshirish jarayonida iste'molchilar tovarlar narxini taqqoslash, komissiya uchun chegirma olish kabi juda qulay xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Darhaqiqat, yuqoridagi ijobiy omillar foydalanuvchilar tomonidan tovar va xizmatlarni xarid qilishdan tashqari, tadbirkorlikni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni to'liq ta'minlamaydi. Internetda ushbu turdagi faoliyatni targ'ib qilish uchun xavfsizlikni ta'minlash va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash ahamiyatli masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, xavfsizlik deganda foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarining xavfsizligi, shuningdek, xavfsiz tranzaktsiyalarni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Ta'kidlash joizki, xavfsiz onlayn do'kon mijozlarga optimal xizmat ko'rsatishni ta'minlaydi, bu esa savdo hajmini oshirishga olib keladi va mijozlar bilan ijobiy munosabatlar o'rnatish imkonini beradi4. Bundan tashqari, ko'pgina platformalarda mahsulot sifati uchun kafolatlar deyarli yo'q. Deyarli, har bir platformada siz pochta jo'natmalaridagi tovarlarning shikastlanishi va tovarlar sifatidagi farq haqida sharhlarga duch kelasiz, ya'ni sotilayotgan tovar farqli sifat va ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Shunga qaramasdan, davlatlararo chegaralarni o'chirib tashlayotgan elektron tijorat - foydalanuvchilarga butun dunyo bo'ylab onlayn xaridlarni qulay tarzda amalga oshirish imkonini bermoqda.

Elektron biznesning mohiyati butun elektron biznesni strukturasida o'zaro bog'langan gorizontal va vertikal tuzilmalardan iborat. Birinchi holda, elektron biznes quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: elektron tijorat; elektron xususiy xaridlar; elektron davlat xaridlari; mijozlarga elektron xizmat ko'rsatish; biznes hamkorlar va xodimlarga

3 Mansell R. Political. Economy, power and new media. - SAGE Publications London, 2004//Thousand Oaks, CA and New Delhi Vol6(1):96-105 DOl: 10.1177/1461444804039910 www.sagepublications.com

4 Корягина С. Б e зо пасно сть в электро нно й торго вле : как защитить интернет-магазин. До ступно на : https://m.seonews.ru/analytics/bezopasnost-v-elektronnoy-torgovle-kak-zashchitit-internet-magazin/amp/

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

elektron xizmat ko'rsatishdir5. Ikkinchi holda, tijorat munosabatlari mavjud bo'lgan ishtirokchilar tomonidan muayyan biznes modelini tanlash orqali belgilanadi6:

- Business-to-business (B2B) (biznesdan biznesga) ushbu biznes modeli kompaniyalar o'rtasidagi elektron tijorat, ya'ni yuridik shaxslar boshchiligidagi tashkilotlar va korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni anglatadi. Bugungi kunda elektron tijoratda ushbu turdagi biznes 80% ni tashkil qiladi va tahlilchilarning fikriga ko'ra, B2B B2C segmentiga qaraganda tez o'sib bormoqda. B2B bozori elektron infratuzilma va elektron bozorlar kabi ikkita asosiy komponentdan iborat. Elektron infratuzilma B2B ning asosi bo'lib, quyidagilardan iborat :

• logistika - yetkazib berish va taqsimlash;

• amaliy xizmat ko'rsatuvchi provayderlar - paketli dasturiy ta'minotni markaziy nuqtadan (masalan, Oracle va Linkshare) joylashtirish va boshqarish;

• elektron tijorat jarayonida veb-xosting, xavfsizlik yechimlari va mijozlarga xizmat ko'rsatish kabi funksiyalarni autsorsing qilish (masalan, eShare, NetSales, Enterprises va Universal Access kabi provayderlar autsorsingi);

• internetda auksionlarning real vaqt rejimida ishlashi va ularga xizmat ko'rsatish uchun dasturiy ta'minoti (masalan, Moai Technologies va OpenSite Technologies);

• veb-sayt kontentini boshqarish va yetkazib berishni osonlashtiradigan kontentni boshqarish dasturi (masalan, Interwoven va ProcureNet);

• internetga asoslangan savdo vositalari (masalan, Commerce One, XML- ga

n

asoslangan xaridlarni avtomatlashtirish dasturi) .

- B2C business-to-consumer - elektron tijoratda, kompaniyalar va iste'molchilar o'rtasidagi tijorat munosabat turlaridan biri hisoblanadi. Bunda iste'molchi munosabatlari asosan tovarlarni (masalan, moddiy qadriyatlar va iste'mol tovarlari, raqamli kontent materiallari - dasturiy ta'minot va elektron kitoblar) sotib olishi mumkin.

Elektron tijoratning ushbu shakli eng dastlabki biznes model hisoblanadi va uning kelib chiqishi telefon liniyalarining chakana savdosiga borib taqaladi.

- B2G business-to-government -biznes va hukumat o'rtasidagi elektron tijorat, ya'ni biznes va davlat sektori o'rtasidagi munosabatlar. Elektron tijoratning bu turi odatda davlat xaridlari, onlayn litsenziyalash va internet va elektron bozorlardan foydalanish orqali davlat bilan bog'liq boshqa operatsiyalarni qamrab oladi. Internetga asoslang an

5 Черноиванов А. П. Электронный бизнес и перспективы его развития в России. [Социально экономические явления и про цес сы], 2011, С. 155-161

6 Черноиванов А. П. Электронный бизнес и перспективы его развития в России. [Социально экономические явления и процес сы], 2011, С. 155-161.

7 Yanggang Yu. Evaluation of e-commerce service quality using the analytic hierarchy process. International Conference on Innovative Computing and Communication and Asia-Pacific Conference on Information Technology and Ocean Engineering, Macao, 2010 pp. 80-84. doi: 10.1109/CICC-ITOE.2010.39

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

davlat xaridlari xaridlar jarayonining shaffofligini oshiradi va qonunbuzarliklar xavfini

Q

kamaytiradi8.

- C2C consumer-to-consumer - bu turdagi elektron tijorat jismoniy shaxslar va iste'molchilar o'rtasida amalga oshiriladi9. Elektron tijoratning ushbu turi elektron bozorlar va onlayn auktsionlarning o'sishi bilan tavsiflanadi, ayniqsa vertikal tarmoqlarda firmalar yoki korxonalar bir nechta sotuvchilardan kerakli narsalarni taklif qilishlari mumkin.

- bu turdagi elektron tijorat jismoniy shaxslar va iste'molchilar o'rtasida amalga oshiriladi10.

Shuni ta'kidlash kerakki, C2C elektron tijorat biznes modeli savdoni sezilarli darajada soddalashtiradi, bu esa uni uchun barcha foydalanuvchilar uchun qulay tijorat muhitini yaratadi. Ushbu model sirasida misol tariqasida eng mashhur C2C biznes modellarini keltirishimiz mumkin: Amazon, Etsy, Craiglist va eBay.

Mamlakatlar bo'yicha elektron tijorat bozori hajmining so'nggi reytingi Xitoyni 2022-yilda ham dunyodagi eng yirik onlayn bozor sifatida ko'rsatdi11. Bu sohada Alibaba faoliyatiga katta ahamiyat egadir, chunki bu kompaniya Xitoy bozorining

yetakchisi va dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Alibaba 2022-yil iyun

1 ^

holatiga ko'ra 282 milliard AQSH dollarlik kapitaliga ega bo'lib, u dunyodagi eng qimmat kompaniyalar ro'yxatida 26-o'rinni egalladi. Misol uchun Xitoy ijtimoiy tarmoqlardagi elektron tijorat chakana savdosidan 351,65 milliard AQSh dollarlik ulushga ega va Xitoyning elektron tijoratdan tushgan daromadi Qo'shma Shtatlardan o'n baravar ko'pdir hamda ushbu daromad 2022-yilda 875 milliard dollarni tashkil etdi. Tahlillarga ko'ra, 2023-yilda mamlakat elektron tijorat savdosidan 1,54 trillion dollar daromad olishi kutilmoqda. Xitoyning elektron tijorat daromadlari juda katta, shuningdek, Xitoy o'n yil oldin dunyodagi eng yirik elektron tijorat bozori sifatida AQShni ortda qoldirdi.

Alibaba bilan bir qatorda Amazon (AQSh) elektron tijorat bozorida yetakchi o'rinni egallaydi. Amazon B2C platformalarini, shuningdek yuridik shaxslar uchun B2G platformalarini taklif etuvchi omborlar va saralash markazlarining ulkan tarmog'iga egadir. Kompaniyaning 2021-yildagi bozor daromadi 470 milliard dollarni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 22 foizga, sof daromadi esa 56 foizga oshgandir.

Jeffrey B. Defining international electronic commerce [Int'l L. & Bus] Available at: https://trends.rbc.ru/trends/industry/607fe4549a7947027eaffbe6

9 До внар В . Антимаркетпле йс. Как со здать прибыльный бизне с в уело виях го с подства о нлайн-пло щадо к. Москва, изд. Бомбора, 2022, 256 с.

10 Кобелев О. А. Электронная коммерция : Учебное пособие. Москва, изд. Дашков и К, 2005, 682 с.

11 Розничные продажи в с екторе электро нно й ко ммерции с 2014 по 2021 гг. До ступно на : https://www.statista.com/statistics/379046/worldwide-retail-e-commerce-sales/

12 Market cap history of Alibaba from 2014 to 2023 Available at: https://scholarlycommons.law.northwestern.edu/njilb/vol13/iss1/7

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Xitoy va AQShdan so'ng, elektron tijorat sohasidagi tahlillarga ko'ra, reytingda keyingi o'rinda kunchiqar yurt - Yaponiya joylashgan. Elektron tijoratning umumiy daromadi 241 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan keyingi o'rinlarni, 2022-yil tahliliy ma'lumotlariga ko'ra, Germaniya va Buyuk Britaniya egallab, jahon elektron tijorat bozorida 148 milliard dollar va 143 milliard dollar bilan kuchli beshlikni yakunladi. Janubiy Koreya esa, elektron tijoratdan 118 milliard dollarlik daromad bilan oltinchi

o'rinni egalladi. Hindiston 2022-yil tahlillariga ko'ra, 97 milliard dollar bilan yettinchi

1 ^

o'rinda turdi . Ushbu davlatlardan so'ng birinchi o'nlikni Indoneziya, Fransiya va Kanada 96,59,59 milliard dollar bilan yakunladi. O'z navbatida, bu mamlakatlarning elektron tijoratdan keladigan daromadi yaqin yillarda ikki barobarga o'sishi kutilmoqda.

Elektron tijorat vujudga kelishi yuqorida qayd etilganidek, axborot texnologiyalari orqali amalga oshirilgan. Bu raqamli iqtisodiyot sohasi bo'lib, u kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va tijorat operatsiyalarini, shuningdek, bunday operatsiyalar bilan bog'liq biznes jarayonlarini o'z ichiga oladi14. Elektron tijorat - bu biznes tartib-qoidalari va operatsiyalarini avtomatlashtirish, an'anaviy savdo usullarini tijoratning elektron shakliga aylantirishdir. Bu jarayon samaradorlikni oshiradi va muntazam vazifalarni soddalashtiradi. Shu bilan birga, yaqin vaqtgacha elektron tijorat operatsiyalarining aksariyati global miqyosda amalga oshirilgan, ammo yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mahalliy kompaniyalar o'z mahsulotlarini mahalliy miqyosda ilgari surish uchun tez-tez ushbu savdo turidan foydalana boshlashmoqda. Shu bilan birga, kichik biznes boshqa yirik kompaniyalar bilan raqobatdosh bo'lib bormoqda.

Shuni qo'shimcha qilish kerakki, onlayn savdo faoliyatini yangi boshlayotgan kichik biznes subyektlari uchun chakana savdo nuqtalari va ofislarni ijaraga olishda mablag'larni tejaydi, shuningdek, internet orqali xorijiy bozorlarga chiqish ancha osonlashadi. Taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning keng assortimenti, turli narxlarning taqqoslanishi, shuningdek, elektron platformadagi chakana tovarlar narxining an'anaviy bozorga nisbatan arzonligi elektron tijoratning mahalliy bozorga tez moslashishi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birgalikda, ma'lum bir davlatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun quyidagilarga amal qilish muhimdir:

13 Po3HHHHbie npo/iami b ceKTope 3neiap0HH0H кoммepцнн c 2014 no 2021 rr. ^ocrynHo Ha: https://www.statista.com/statistics/379046/worldwide-retail-e-commerce-sales/

14 ropacoB A.B ., HBaHoB A.B. HnrepHeT MapKeTHHr. MocKBa, h3^. Topmaa jniHiiii-TejieKoM, 2007, 245 c; ManMHHac E.C. HH(opMamioHHoe oöinecrao h napanHma 3KoHoMiraecKo h TeopHH // B onpocbi 3kohomhkh. 1997. No 11; EropoBa A.ro., HeBepoBa E.T. 3jieKTpoHHbin ÖH3Hec b coBpeMemion 3ko ho MHKe. ^ocrynHo Ha: https://izron.ru/articles/razvitie-ekonomiki-i-menedzhmenta-v-sovremennom-mire-sbornik-nauchnykh-trudov-po- itogam-mezhdunarodn/sektsiya-2-ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom-spetsialnost-08-00- 05/elektronnyy-biznes-v-sovremennoy-ekonomike/

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Birinchidan, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay huquqiy muhitni, jumladan, ma'lumotlami himoya qilish va elektron imzo to'g'risidagi qonun hujjatlarini yaratish, ularni tadbiq etilish jaroyanida shaffodlikni ta'minlash;

Ikkinchidan, elektron tijorat infratuzilmasini, jumladan, Internetga keng qamrovli ulanish va elektron to'lov tizimlarini rivojlantirish;

Uchinchidan, o'z biznesini kengaytirish uchun elektron tijoratdan foydalana oladigan kichik va o'rta korxonalarni qo'llab-quvvatlash;

To'rtinchidan, iste'molchilarni elektron tijoratdan foydalanish bo'yicha huquqiy savodxonligini oshirish va qo'llab-quvvatlash, shu jumladan Internet va elektron to'lov tizimlarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish;

Beshinchidan, elektron tijorat orqali xalqaro savdoni rivojlantirish, jumladan, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va xalqaro standartlarni o'rnatish;

Oltinchidan, elektron tijoratda innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash, jumladan, yangi texnologiyalar va biznes modellarini ishlab chiqish;

Yettinchidan, mobil elektron tijoratni rivojlantirish, shu jumladan mobil ilovalar yaratish va mobil qurilmalar uchun saytlarni optimallashtirish;

Sakkizinchidan, barqaror elektron tijoratni qo'llab-quvvatlash, jumladan, uning o'sishiga to'siq bo'luvchi muammolarni bartaraf etish.

Umuman olganda, elektron tijoratni rivojlantirishda yuqorida qayd etilgan samarali usullari savdoni oshirishga, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashga va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI Xorijiy adabiyotlar, monografiya va to'plamlar:

1. Б р ай ар K.C., Карр Б.P. Стр ат е гия Amazon. Ин струм енты б е с ко мпр о ми с сн о й р аб оты н а вп е чатляющий р ез ультат. Мо с кв а, из д. Б о м б о р а, 2022, 352 с.

2. Д о вн ар В. Антим арк етпл е й с. Как с о з дать при б ыльны й б из н е с в усл о виях го сподств а о нлайн-площ адо к. Мо сква, изд. Б ом бор а, 2022, 256 с.

3. Ко б ел е в О. А. Эл ектр о нн ая ко мм е рция : Уч е б н ое п о с о би е. Мо с кв а, из д. Д ашко в и К, 2005, 682 с.

4. Микитани Х. Маркетплей с 3.0. Новый взгляд н а торго влю в интернете. Мо сква, из д. Манн, Ивано в и Ферб ер, 2014, 288 с.

5. Ч ер н о и в ан о в А. П. Эл е ктр о н ный б из н е с и п е р с п е ктив ы его р аз вития в Р о с с и и. [С оциально-экон омиче ские явления и пр оце с сы], 2011, С. 155-161

6. Юрас овА.В., Ивано в А.В. Интерн ет м аркетинг. Москва, изд. Г орячая линия-телеком, 2007, 245 с.

7. М м . . И м ц м м ч // В опро сы экономики. 1997. No 11.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Intermet manbalari:

8. Корягина С. Безопасность в электронной торговле : как з ащитить интернет-м агазин. До ступно н а: https://m.seonews.ru/analytics/bezopasnost-v- elektronnoy-torgovle-kak-zashchitit-internet-magazin/amp/

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Defining international electronic commerce [Int'lL. & https://trends.rbc.ru/trends/industry/607fe4549a7947027eaffbe6

10. Market cap history of Alibaba from 2014 to 2023 https://scholarlycommons.law.northwestern.edu/niilb/vol13/iss1/7/

11. Р о зни чны е п р о д ажи в с е кто р е эл е ктр о нн о й ко мм ер ции https://www.statista.com/statistics/379046/worldwide-retail-

12. Егорова А.Ю., Неверова Е.Т. Электронныш бизнес в современной экономике. Доступно на: https://izron.ru/articles/razvitie-ekonomiki-i- menedzhmenta-v-sovremennom-mire-sbornik-nauchnykh-trudov-po-itogam- mezhdunarodn/sektsiya-2-ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom- spetsialnost-08-00-05/elektronnyy-biznes-v-sovremennoy-ekonomike/

DOI raqamli manbalar:

13. Mansell R. А. Political economy, power and new media. Sage publications, 2004, vol. 1, pp. 96-105. doi: 10.1177/1461444804039910

14. Nanehkaran Y. K. An Introduction to electronic commerce. International journal of scientific and technology research, 2013, vol. 2, no. 4, pp. 41- 48. doi: 10.1109/CICC-IT0E.2010.39

15. Yanggang Yu. Evaluation of e-commerce service quality using the analytic hierarchy process. International Conference on Innovative Computing and Communication and Asia-Pacific Conference on Information Technology and Ocean Engineering, Macao, 2010 pp. 80-84. doi: 10.1109/CICC-IT0E.2010.39

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.