Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILI IQTISODIY TERMINLARINING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK TILI IQTISODIY TERMINLARINING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
termin / terminologiya / iqtisodiy terminlar / etimologiya / olinma terminlar / terminlashuv jarayoni. / term / terminology / economic terms / etymology / derivation / derived terms / terminisation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xamidova, Durdona Muxtorovna

Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy terminlarning tarixiy-etimologik jihatdan olib borilgan tahlil natijalarini yoritib, soha terminologiyasida terminlarning kelib chiqishi, vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyotini qamrab oladi, xususan, qadimgi turkiytil, eski turkiy til manbalari tadqiqetiladi. Maqoladan ko‘zda tutilgan maqsad maxsus lug‘at tizimida etimologik tadqiqotni amalga oshirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL-ETYMOLOGICAL FEATURES OF UZBEK ECONOMIC TERMS

This article discusses the the results of historical-etymological analysis of English and Uzbek economic terms and studies the origin and historical development of economic terms. The purpose of the article is to investigate the ways through which they were borrowed or derived from. It set the aim of carrying a research out in a special vocabulary system.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILI IQTISODIY TERMINLARINING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEK TILI IQTISODIY TERMINLARINING TARIXIY-ETIMOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Durdona Muxtorovna Xamidova

Tadqiqotchi - o'qituvchi, O'zDJTU dhamidova10@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola ingliz va o 'zbek tillari iqtisodiy terminlarning tarixiy-etimologik jihatdan olib borilgan tahlil natijalarini yoritib, soha terminologiyasida terminlarning kelib chiqishi, vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyotini qamrab oladi, xususan, qadimgi turkiytil, eski turkiy til manbalari tadqiqetiladi. Maqoladan ko'zda tutilgan maqsad maxsus lug'at tizimida etimologik tadqiqotni amalga oshirishdan iborat.

Kalit so'zlar: termin, terminologiya, iqtisodiy terminlar, etimologiya, olinma terminlar, terminlashuv jarayoni.

HISTORICAL-ETYMOLOGICAL FEATURES OF UZBEK ECONOMIC

TERMS

Durdona Mukhtorovna Khamidova

Researcher - teacher, UzSWLU

ABSTRACT

This article discusses the the results of historical-etymological analysis of English and Uzbek economic terms and studies the origin and historical development of economic terms. The purpose of the article is to investigate the ways through which they were borrowed or derived from. It set the aim of carrying a research out in a special vocabulary system.

Key words: term, terminology, economic terms, etymology, derivation, derived terms, terminisation.

ИСТОРИКО-ЭТИМОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УЗБЕКСКИХ

ЭКОНОМИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ

Хамидова Дурдона Мухторовна

Научный сотрудник - преподаватель, УзГМЛУ

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются результаты историко-этимологического анализа английских и узбекских экономических терминов, а также изучается происхождение и историческое развитие экономических

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

терминов. Цель статьи - исследовать пути, посредством которых они были заимствованы или получены. Была поставлена цель провести исследование в специальной словарной системе.

Ключевые слова: термин, терминология, экономические термины, этимология, деривация, производные термины, терминизация.

KIRISH

Turkiy xalqlar istiqomat qilgan hududlarda xalqlar o'rtasida tovar ayirboshlash va savdo munosabatlari eramizdan avvalgi II asrlardayoq paydo bo'lgan edi. U davrlarda ham qabilalararo siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashda savdo-sotiq ishining roli katta ahamiyat kasb etgan. Savdo-sotiq munosabatlari qadimiy bo'lganidek, o'zbek tili iqtisodiy leksikasinining taraqqiyot tarixi ham uzoq o'tmishga borib taqaladi.

Ma'lumki, XX asrning ikkinchi choragida o'zbek tili terminologiyasini ilm-fan tarmoqlari bo'yicha to'plash va tadqiq qilishning ilmiy me'yorlarini ishlab chiqish borasida qator tadqiqot ishlari olib borilgan. S. Nazarov [1,46], U. Tursunov [2,21], S.Ibrohimov[3,69], Oybek[4,58], Qori Niyozov [5], E. Musin [6], M. Solihov [7], N. Alimuhamedovlar[8] yozgan risola va maqolalar ushbu harakatning yorqin misolidir.

Tilshunos olimlar R.Doniyorov va H.Dadaboyevlar terminlarning o'zbek tilida paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini tadqiq etib, "XI -XIV asr eski turkiy til manbalaridagi ijtimoiy siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologiya" [Doniyorov,1976] nomli izlanishi qayd etilgan terminologik tizimni diaxron aspektda turkiyshunoslikda ilk bor tadqiq etgani bilan xarakterlanadi. Ilmiy faoliyatini leksikografiya va terminografiya masalalarini o'rganishga bag'ishlagan A.Madvaliyevning "O'zbek terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari"[10, 136] kitobi terminologiya va lug'atchilikning dolzarb muammolariga bag'ishlangani bilan ahamiyatli. Unda o'zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish masalalari, o'zbek lug'atchiligi tarixi, uning bugungi taraqqiyoti tamoyillari, so'z o'zlashtirish, terminlarni tartibga solish kabi mavzulardagi tadqiqotlar joy olgan [10, 384].

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Tarixiy nuqtai nazardan iqtisodiy terminlarning shakllanishi va rivojlanishi N.A. Baskakov tomonidan ikki katta davrga bo'lib o'rganilgan:

-Oktyabr revolutsiyasigacha bo'lgan davr;

-Revolutsiyadan keyingi davr [11,110].

H.Dadaboyev o'zbek tili terminologiyasini davrlashtirgan holda tadqiq etish usulini ilgari surib, bu orqali terminlarning tilimizda baydo bo'lish omillari va rivojlanish bosqichlari haqida batafsilroq tasavvurga ega bo'lishimizga yordam

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bergan. Terminosistemaning tarixiy-etimologik taraqqiyotini davrlashtirib o'rganishning bu usuli "...salkam o'n to'rt asrlik vaqt mobaynida terminologik leksika tizimida intralingvistik va ekstralingvistik omillar negizida sodir bo'lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi"[12, 12].

O'zbek tili iqtisodiy terminlarning tarixiy etimologiyasini tadqiq etish maqsadida bu borada olib borilgan izlanishlar, yurtimiz davlatchiligining tarixiy taraqqiyot yo'li va unda yuz bergan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, demografik o'zgarishlarni inobatga olgan holda o'zbek iqtisodiy terminologiyasi rivojlanish bosqichlarini quyidagicha davrlashtirdik:

-VII asrdan 1917-yil (Oktyabr inqilobi)gacha bo'lgan davr iqtisodiy terminologiyasi;

-1917-yildan yurtimiz mustaqilligigacha bo'lgan davr iqtisodiy terminologiyasi;

-istiqlol davri o'zbek tili iqtisodiy terminologiyasi.

Har qanday til tarixiy-etimologik rivojlanishning turli bosqichlarda o'z resurslarini turli til vositalari yordamida boyitib boradi. Har bir davrning tilga ta'sir ko'rsatuvchi omillari o'ziga xos bo'lib, ular tilda nafaqat umumadabiy so'zlarni, balki, maxsus tushunchalarni ifodalovchi lug'aviy birliklardan tashkil topgan terminosistemani shakllanishida har biri alohida ahamiyatga ega. Har bir davrda til rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar turlicha bo'lgan. Jumladan, qadimgi turkiy til terminologik leksikasi tarkibi ham barcha tillar kabi umumadabiy til so'z va maxsus termin yasash modellari vositasida shakllangan bo'lib, undagi iqtisodiy terminlar asosini asl turkcha so'zlar (cigay - kambag'al), so'g'd (xazne - ombor, g'azna), xitoy (bau -pul, teang - xazina) va sanskrit (sart - tojir, savdogar) tillaridan o'zlashgan. Lekin bu terminlarning asosiy qismi vaqt o'tishi bilan arxaizmlar qatoridan joy oldi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, o'zbek tilining hozirgi zamon iqtisodiy terminlari tarkibida zamonaviy neologizmlar bilan bir qatorda qadimgi turkiy til va eski o'zbek adabiy tili manbalarida uchraydigan terminlar ham mavjud: ali'm - qarz olish; berim - qarz to'lovi, to'lov.

Qadimgi turkiy til, undan keyin eski turkiy tilda mavjud bo'lgan iqtisodiy terminlarning rivojlanish tarixini tadqiq etishda asosiy tarixiy manbalardan biri sifatida Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asariga murojaat etish lozim. Ushbu lug'at turkiy xalqlar madaniy hayotida, xususan tilshunoslikda alohida ahamiyatga egadir. Muallif yirik lug'atchi sifatida IX-X asr umumturkiy tilining lug'aviy boyligini to'laligicha namoyon etgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA.

"Devon"da o'z ifodasini topgan ba'zi iqtisodiyotga oid terminlar hozirgi o'zbek tilida ham muayyan fonetik yoki orfografik o'zgarishlar bilan qo'llanmoqda: tavar (tovar), satig' (sotuv), berim (oldi-berdi). Satig' (trade) termini Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida "oldi-sotdi, savdo-sotiq" ma'nosini bildiradi [13,32]. Asarda "oldi-sotdi" ma'nosidagi satïy istilohi ishlatilgan. "Qutadg'u bilig" matnida narsa-buyumlar bahosini ifodalaydigan qïjmat istilohi bugungi kunda ayni shaklda qo'llanadi: Bilir bolsa qïjmat ol arsïqmasa, satïyda tavïyda neq alsïqmasa - bahoni biladigan bo'lsa toki aldanmasa, oldi-sotdida mol orttirib olishga intilmasa.

Savdo (trde) so'zi fors-tojikcha bo'lib, "oldi-sotdi muomalasi" ma'nosini anglatadi. O'zbek so'zlashuv nutqida bu leksema "sovda" shaklida ham ishlatiladi: shunga ko'ra o'zbek tilida yasalgan "savdolash" termini ham "sovdolash" tarziga ega. Savdogar (tradesman) termini forscha "savdo" otiga -gar qo'shimchasini qo'shib hosil qilingan bo'lib, "savdo bilan shug'ullanadigan kishi" ma'nosini anglatadi. Fors-tojikcha "savdogar" otiga o'zbekcha -chilik qo'shimchasi qo'shilib, "savdo-sotiq ishi bilan shug'ullanuvchi kasb" ma'nosidagi so'z hosil bo'lgan [15, 204]. "Qissasi Rabg'uziy"da esa sotuvchi, savdogar tojar - "satbig'chbi: tojir" ma'nosi asl turkcha hamda fors-tojikcha "bazirgan" [16, 45] istilohlari bilan ifodalangan.

Pandnoma matnida "savdogar, tojir"(merchant) ma'nosini anglatgan sanskritcha sart so'zi bilan birgalikda sof turkiy satïycï so'zi ham qo'llangan. Negü ter esitgil bu sartlar basï, azun tezginip neqga tegmis kisi - savdogarlar boshi nima deydi eshitgin, olam kezib mol dunyoga erishgan kishi. O'zlashma "Devonu lug'otit turk"da ham shu ma'noda qo'llangan: Sartnïq azuqïarïy bolsa, jol üza jer- savdogarning moli toza, beshubha bo'lsa, yo'l ustida yeydi [13,54].

Mazkur terminlarning ba'zilari esa vaqt o'tishi bilan iste'moldan tushib hozir arxaizmga aylanib qolganligini qayd etish lozim: alim- ayïchï - xazinachi, sart -savdogar, jarmaq - pul, darb - hisob, saqïs - hisob-kitob, ayïr - qimmat, üjüz - arzon, kebit - do'kon [13,47], oto 'nch - qarz [14,450], o 'ro 'nch - pora [14, 451], yïyz - jo'n, arzon-baho [14,88], yomg'a - mollarni saqlovchi va ularni yig'uvchi amaldor [14, 451], terchi - ish haqi oluvchi [14,394] va h.k.

Turkiy tilda qo'llangan terminlar hozir ham yo'qolib ketishda davom etmoqda, ularning ba'zilari yurtimizning ba'zi hududlari dialektlarida, asosan, yoshi ulug' vatandoshlarimiz tilida saqlanib qolgan. Misol tariqasisida mulkchilik bilan bog'liq qadimgi turkiy til terminlaridan biri enchi lug'aviy birligini oladigan bo'lsak, ota farzandlariga tirikligida bo 'lib bergan mol-mulk [O'TIL, E] ma'nosini beruvchi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bu termin hozirgi zamon o'zbek tilida nofaol qatlamga mansub, mulozamat iboralarida uchraydi:"... hamma yoq enchi" B.A.Rahmonov bu termini yo'qolib borayotgan etnografizmlar qatorida bergan [Rahmonov, 2021].

O'zbek tilining naqadar boy til ekanligi barchamizga ma'lum. Juda ko'plab so'zlar tarixiy va arxaik so'zlarga aylanib ketgan. Albatta, zamon o'tmoqda, sezishga ham ulgurmas darajadagi rivojlanish bo'lmoqda. Bugunga kelib, vazifasi ham, nomi ham yo'qolib ketayotgan yoki boshqa nom bilan atalayotgan istilohlarni tarixiy qo'lyozmalarda, bitiklarda va albatta, tarixiy asarlar matnida uchratish mumkin. Bugungi kunga qadar O'rxun-enasoy va Ko'k turk yozuvlarida bir qancha iqtisodiy matnlar topilgan bo'lib, ular davlatchilik tarixida amalda bo'lgan qadimgi tilning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi haqida yetarlicha ma'lumotlar beradi.

Misol sifatida o'tgan asr boshlarida ingliz sharqshunosi A.Steyn boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan qo'lga kiritilgan rasmiy yozishmalar, Mug' qal'asi xarobalaridan topilgan bitiklar, A.Gryunvedel boshchiligidagi nemis ilmiy ekspeditsiyasi tomonidan Sharqiy Turkistondan topilgan vasiqa, rus sharqshunosi S.F. Oldenburg ekspeditsiyasida Turfonda topilgan yuridik hujjatlarni keltirish mumkin. Mazkur topilmarani tadqiq qilgan olimlar ularni VII-VIII yuzyilliklarga tegishli ekanini aytadilar. 1911- yili Yorkent yonidagi Robul qo'rg'onidan Qoraxoniylar davriga oid 15ta matn topilgan bo'lib, ular asaosan turkiy yozuvda, to'rttasi uyg'ur va bittasi arab yozuvida bitilgan. Rasmiy matnlarda qayd etilgan sotuvchi, oluvchi, guvoh leksemalari odamlar ismi - Ali, Ahmad, Usmon, Hasan, Is'hoq, Yaqub, Sulaymon, Mekoyil, Muhammad singari musulmoncha otlar bilan atalgan [Sodiqov, 2004,6]. Bundan ko'zlangan maqsad savdo munosabatiga kirishgan kishilarning xato qilishlarini oldini olish bo'lgan va ularning arab yozuvida berilganlari o'qilishda ham adashmasliklari uchun harflar harakatlari qo'yib ketilgan. Ular tilxat, garovga qo'yish, omonatga berish, xo'jalik yuritish, xarajatlar, qarz, ijara, oldi-sotdi kabi faoliyatlar bilan bog'liq yozishmalar mavjud. Shu o'rinda mazkur yozishmalarda iqtisodiy aloqalarni ifdalovchi terminlarni ko'rib chiqamiz:

Satïg' - sotuv; savdo-sotiq ma'nosini anglatadi. Bu so'z o'z o'rnida "baho, narx"ni ham bildiradi: yer satïg'ï "yerning bahosi" degani;

Tut - "tutmoq", "ishlamoq"; sotilayotgan qul yoki yerga nisbatan ishlatiladi; taplasar, o'zi tutsun, taplamasar, adin kisika o'tkuru satsun - "(yerni) istasa, o'zi ishlatsin, istamasa, boshqa birovga sotib yuborsin";

Asïg' - "foyda" ma'nosida; asïg'ï bila koni berurman - "foydasi bilan to'liq qaytaraman" Hujjatlarda aswg' bilan tus o'zaro sinonim sifatida ishlatiladi.

Alïm - olim, olinadigan narsa, qarz; alïmchï - qarz beruvchi;

Uluslug' - ulushli; hissali.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Muhim jihati, ilk o'rta asr jamiyatining iqtisodiy munosabatlari narsa-buyum ishlab chiqarish, hunarmandchilik, to'qimachilik, dehqonchilik bilan bir qatorda, savdo-sotiq, oldi-berdi, ayirboshlashga ham tayanadi.

Terminlarga etimologik talqin berishda ularning tovush tarkibi jihatidan, mazmun jihatidan o'zgargan yoki o'zgarmagani, hozirgi o'zbek tiliga qadar ro'y bergab modifikatsiyalarni bilish ahamiyatlidir. Qadimgi turkiy tilda, shuningdek, unlilarning qisqa yoki cho'ziqligi ham so'z ma'nolarini o'zaro farqlashga xizmat qiladi.

Ayirboshla - ayir + bosh + la > az - alohida bo'l + iyr - orttirma nisbat qo'shimchasi > azîr > ayîr > ayir - alohida qil. Bu termin orfoepik va orfografik jihatdan î unlisi qattiqligining yo'qolishi hamda z unlisi y unlisi bilan almashishi kabi o'zgarishlarga uchragan, shuningdek, a unlisi cho'ziq a ga almashgan. Mazmun jihatdan azîr + bash > ayir + bosh > ayirbash - boshma bosh almash degan ma'noni anglatib, o'sha davrda bir xil qiymatdagi narsalarni o'zaro almashish orqali amalga oshirilgan savdoning asosiy turi hisoblangan. Garchi shu shakli bilan ham hozirgi ma'nosini ifodalagan bo'lsa-da, vaqt o'tishi bilan unga -la fe'l yasovchi qo'shimchasi qo'shilgan;

Navbatda keltiriladigan terminlarda ham ma'no saqlanib qolgan holda yozilishida o'zgarishlar bolgan: Tovar - talab, ehtiyojni ta'minlovchi barcha narsa, mahsulot; sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari obyekti[O'TIL, 2006, IV; 13], ayriboshlash, sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot [Rahmatullayev, 2000; 343]. Bu ot qadimgi turkiy tilda tavar tarzida talaffuz qilingan. Tavar boylik ma'nosida ham kelgan: tamu qapuyin acar tavar - boylik do'zahning darvozasini ochadi; olar ikki tavar satisyan alisyanlar ol - ular ikkisi bir-birlari bilan savdo qilishadi [17]. O'zbek tilida a unlilari a(o) unlilariga, almashgan: tavar - tavar. Bu so'z dastlab uy hayvonlari, mol-ho [Sevortyan, 2003;115] ma'nosini anglatgan umumiste'mol so'zi bo'lgan. "Qisasi Rabg'uziy [Rabg'uziy, 1991]"da ham tovar -tavar, mal - tovar, mol ma'nosida kelgan [Abdushukurov, 2008; 45]. Bu termin bugungi kunda rus tilida ham faol qo'llanadi.

Hozirgi zamon iqtisodiy termini sifatida tovar - sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot. Tovar ehtiyojlarni qondirish mumkin bo'lgan va bozorda sotib olish, foydalanish yoki iste'mol qilish uchun taklif etiladigan hamma narsa ma'nosini ifodalaydi [Mamanazarov, 2012; 404].

Boy - ba:y > bay > boy [Devon III 173] - keyinroq bu termindan boylik termini hosil qilingan; ish - qadimgi turkiy tilda i:sh deb cho'ziq talaffuz qilingan har qanday mehnatni nazarda tutgan; olibsotar - qadimgi turkiy tilda bu so'z sifatdosh bo'lgan va keyinroq otga ko'chgan. alib satadi > alibsatar > olibsotar; soliq - aholidan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

davlat foydasiga to'lanadigan mablag' - saldi so'zi qadimgi turkiy tilda chiqar degan ma'noni bergan [Devon II, 32], sal fe'liga -ig' qo'shish bilan yasalgan: sal + ig' = salig' > saliq > soliq.

Sot - kelishilgan pul evaziga berish ma'nosida qo'llanadigan bu termin pul paydo bo'lishidan avval biror narsa evaziga ber degan ma'noni anglatgan. Sat so'zi [sad] deb talaffuz qilingan, vaqt o'tishi bilan sot shakliga o'zgargan. Bu so'zga -ig' qo'shilib satig' (sotiq) - savdo muomalasi termini yasalgan; shuningdek, sotuvchi termini ham shu o'zakdan yasalgan otdan kelib chiqqan bo'lib, qadimgi turkiy tilda sat fe'liga -g'u sifatdosh yasovchi hamda -chi shaxs oti yasovchi qo'shimchalarni qo'shish bilan yasalgan. satg'uchi termini satig'dan tasalgan satig'chi terminniga variantdosh hisoblanadi [Devon, II, 342]. Shuningdek, Devonda satildi - sotildi fe'li tawar satildi - tovar(mol) sotildi birikmasi bilan qayd etilgan va uning satilur, satilmoq shakllari berilgan[Devon, II, 137].

Quyidagi terminlarda esa ham ma'noda ham yozilishida o'zgarishlar bo'lgan:

yalan (yalang) - hech narsasi yo'q -yal (hech narsasi yo'q) + in (bo'l) = yalin > yalan >yalon - hech narsasi yo 'q bo 'l - qadimgi turkiy tilda kambag'allikning eng past darajasini belgilagan bu termin hozir determinizatsiyaga uchrab, yalang shaklida (1) kiyimsiz; (2) nech narsa o'smagan tekis yer kabi ma'nolarda umumxalq tilida qo'llanadi;

yig'im - xalqdan hokimiyat foydasiga olinadigan pulyoki buyum, M.Qoshg'ariy bu so'zni jig'im topraq - yig'ilgan tuproq birikmasida sifat tarzida keltiradi va n tovushi m ga almashganini aytadi. Bu so'z tarkibidagi qattiq unlilar ha m o'z qattiqligini yo'qotgan.

Asli yasama bo'lgan terminlarga hozirgi o'zbek tilida tub deb qarash termin tarkibidagi o'zak va qo'shimchalar orasidagi chegaraning davrlar o'tib bilinmay ketgani sababdir. Asli qo'shma so'z bo'lgan ba'zi hozirgi zamon terminiga sodda o'zakli birlik deb qarashga ham yuqorida aytilgan holat sabab bo'lgan.

Qadimgi turkiy tilda quyidagi kabi pul birliklarini ifodalovchi terminlar mavjud bo'lgan:

So'm - yuz tiyinga teng pul birligi, talaffuzida o'zgarish bo'lmagan bu so'z ummumxalq tiliga tegishli bo'lgan metal parchasi, quyma ma'nolarin ifodalagan, pul birligi ma'nosida ishlatilmagan.

Tiyin - chaqa, bir so 'mning yuzdan biriga teng pul birligi; lekin qadimgi turkiy tilda bu o'lchov nazarda tutilmagan, asli "teyiq" - "olmaxon sozidan kelib chiqqan. O'sha davrlarda savdod-ayirboshlashda olmaxon terisidan vosita sifatida foydalanilgan. Bu so'z pul birligi ma'nosini olganda talaffuzida ham o'zgarishlarga uchragan: teyiq >tiyin;

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Paqir - ikki tiyinlik qiymatga ega bo'lgan pul miqdori, qadimgi turkit tilda mis ma'nosini anglatgan baqir so'zidan kelib chiqqan. O'TILda bir paqirga qimmat iborasi - juda past arzimas ma'nosini ifodalashi qayd etilgan. Hozirgi o'zbek tilida bir tiyinga qimmat shakli ommalashgan.

Turkiy xalqlarning tili muntazam ravishda O'rta Osiyoda azaldan yashab kelgan va qardosh bo'lmagan eroniy tillar bilan ham aloqada bo'lgan. Forscha-tojikcha o'zlashmalar qadim davrlrdanoq tilimiz lug'at boyligining o'sishiga hissa qo'shgan asosiy tashqi manbalardan biri hisoblanadi.

Fors-tojik tilidan umumiste'molso'zlari qatorida iqtisod sohasi terminlari ham turli shakllarda kirib kelgan:

Sodda o'zakli terminlar: arzon - qimmat emas; guzar - qishloq markazidagi savdo rastalari joylashgan maydon; daromad - olingan sof foyda; tim (t) - usti yopiq bozor; tovon (t) - evaz, badal sifatida to'lanadigan mablag'; xarid - sotib olingan tovar; savdo - oldi-sotdi jarayoni; rasta - savdo qilish peshtaxtasi;

Murakkab o'zakli terminlar: dastmoya (t. dast - birlamchi + moya - asos, kapital) - biror faolliyatni boshlash uchun asos bo'ladigan mablag'; sarmoya (t. sar -bosh + moya - asos) - biror faoliyat uchun tikilgan yirik mablag', kapital; sarmoyador - biror faoliyatga foyda olish maqsadida pul tikkan shaxs, investor; sarkor - (t. sar - bosh + kor - ish) - ish boshqaruvchi, menejer; sudxo'r - (t. sud -qarzga berilgan pul evaziga olinadigan foiz,savdodan tushadigan foyda + xo'r -yemoq) - sud termining brinchi ma'nosi nazarda tutiladi qarzga berilgan pul evaziga katta foiz olib boylik orttiragan kishi , tannarx - (t. tan - tana, gavda + narx - qiymat) mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar bahosi; mardikor (mard -erkak + kor - ish izofali birikma) - yollanib mehnat qiladigan ishchi;

Savdo-sotiq, savdo karvonlariga aloqador yana ko'plab terminlarni "Qissasi Rabg'uziy" asarida ham uchratishimiz mumkin: arqush "karvon", karavan -"karvon", rabat - "karvonsaroy"1. Savdo karvoni ma'nosidagi qafila so'zi turk tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, dastavval XIV asr Xorazm manbalarida uchraydi. Hijaz qafilasynda bir faqir bizim birla yoldash edi. Bir qach ayyamdyn son qafila ittifaq quldilar. Alisher Navoiy asarlarida bu so'z "karvon" ma'nosidan tashqari "yo'lga tushgan insonlar guruhi" ma'nosida ham keladi [Dadaboyev, 1991;84].

XULOSA.

Turkiy tilning o'z qatlamiga mansub bo'lgan boy bitim, chegirma, ishchi, ishbay, kirim, kimoshdi, kunbay, olibsotar, yo 'qsil, chiqim, soliq, sotiq,sotuv, sotuvchi tejam, tekin, tushum, tiyin,tovar, ulgurji, ustama kabi terminlar hanuz iste'molda

1Rabg'uziy Nosiruddin Burhonuddin. Qissasi Rabg'uziy. (ma'sul muharrir N.A.Asilova).

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'lgani holda, ayni shu davrda tilimizda qo'llanilmay, arxaizmga aylanib qolgan terminlar hamtalaygina: daftardor(xon oilasi xarajatlariga mas'ul amaldor), dafina (yerga ko'milgan boylik), istefoda, mutavalli(soliq yig'imiga mas'ul amaldor), musarrif/sarrof(pul maydalovchi), masrif(sarf-xarajat).

Ko'p hollarda o'z qatlamga tegishli so'zlardan foydalanib yangi terminlar hosil qilinadi: kunbay, moliyaci, sanoatchi, raqobatbardosh, xo'jalik, ijarachi, iqtisodchi, vositachi va boshqalar. Hozirgi kunda ham bu metod o'z samarodorligini saqlab kelmoqda

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Nazarov S. Istiloh masalasi// Til - imlo masalalari, - Toshkent-Samarqand. 1929,- B 46

2. Tursunov U. O'zbek terminologiyasi masalalari, - Toshkent, 1933; O'sha muallif. Terminologiya masalalari. -Toshkent, 1938; O'sha muallif . Til -terminologiyada burjuaziya intilishlariga qarshi// Науч. Работы УзНИИИС. T.I. Вып. I. - Ташкент. 1933,- Б 21

3. Tursunov U. O'zbek terminologiyasi masalalari, - Toshkent, 1933; O'sha muallif. Terminologiya masalalari. -Toshkent, 1938; O'sha muallif . Til -terminologiyada burjuaziya intilishlariga qarshi// Науч. Работы УзНИИИС. T.I. Вып. I. - Ташкент. 1933,- Б 21

4. Oybek. Falsafa terminlari ustida bir qancha so'z //Kitob va inqilob. - 1933, - 1-son B 58

5. Кары-Ниязов Т.Н. История создания узбекской математической терминалогии//Материалы к первому съезду ученых Узбеистана. - Ташкент, 1937, - Б 35

6. Musin E. Falsafa terminlari // Kitob va inqilob. Toshkent. 1932. - 2-son. B 112

7. Solihov M. Adabiy til va istiloh // Til - imlo masalalari. - Toshkent-Samarqand, 1929.B 152

8. Almuxamedov N. Til va atamachilik to'g'risida // Kitob va inqilob. - 1932. - 3-son. B 76

9. R.Doniyorov. Rus tili - o'zbek tili texnikaviy terminologiyasini boyituvchi muhim manba. // O'zbek tili va adabiуоti, 1976. 2-son.

10. Madvaliyev A. O'zbek terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari. To'plam. -Toshkent. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Н.А.Баскаков.Современное состояниетерминологии в язиках народов СССР. Институт языкознания. М., 1959

12. Dadaboyev H. O'zbek terminologiyasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent, Nodirabegim. 2020

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

13. Mahmud qoshg'ariy. (1967). Devonu lug'otit turk. Indeks lug'at.-Toshkent.

14. Mahmud qoshg'ariy.. (1960 - 63). Devonu lug'otit turk.. I-III. - Toshkent

15. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining etimologik lug'ati. I jild, Toshkent. Universitet. 2009. B 204.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.