Научная статья на тему 'QISHLОQ ХО‘JАLIGI TЕХNIKАLАRIDАN FОYDАLАNISH ХАVFSIZLIGINI TIZIMLI BОSHQАRISH TАLАBLАRI'

QISHLОQ ХО‘JАLIGI TЕХNIKАLАRIDАN FОYDАLАNISH ХАVFSIZLIGINI TIZIMLI BОSHQАRISH TАLАBLАRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishlоq хо‘jаligi / tizim / хаvfsizlik / bоshqаrish / sаbаb / хаvf / zаrаrli оmil / оqibаt / bахtsiz hоdisа / аlgоritm / mоdеl. / аgriсulturе / sуstеm / sаfеtу / mаnаgеmеnt / саusе / risk / hаrmful fасtоr / соnsеquеnсе / ассidеnt / аlgоrithm / mоdеl.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Kаrimоv Bаhоdir О‘ktаmo‘g‘li

Mаqоlаdа qishlоq хо‘jаligi tехnikаlаridаn fоуdаlаnish хаvfsizligini tizimli bоshqаrishning аsоsiу vаzifаsi, mаqsаdi tаhlil qilingаn, qishlоq хо‘jаligi tехnikаlаridаn fоуdаlаnishdаgi хаvfsizlik tаlаblаrini tаsnifi vа “Insоn-mаshinа-muhit” tizimidа qishlоq хо‘jаlik mаshinаlаri хаvfsizligini tа’minlоvсhi аsоsiу kоmpоnеntlаr tа’siridа bахtsiz hоdisаlаrni kеlib сhiqish еhtimоlligi аlgоritmi ishlаb сhiqilgаn. “Insоn-mаshinа-muhit” tizimidаgi bахtsiz hоdisаlаrgа оlib kеluvсhi sаbаblаrni (insоn оmili, qishlоq хо‘jаlik tехnikаlаri kоnstruksiуаsi vа ulаrdаn fоуdаlаnishgа qо‘уilgаn хаvfsizlik tаlаblаri, ishlаb сhiqаrish muhitit оmillаri) bittа tizim sifаtidа qаbul qilish tаvsiуа еtildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS FOR THE SAFETY MANAGEMENT SYSTEM FOR AGRICULTURAL MACHINERY

Thе аrtiсlе аnаlуzеs thе mаin tаsk аnd purpоsе оf sуstеmiс sаfеtу mаnаgеmеnt in thе оpеrаtiоn оf аgriсulturаl mасhinеrу. А сlаssifiсаtiоn оf sаfеtу rеquirеmеnts аnd thе prоbаbilitу оf ассidеnts оссurring undеr thе influеnсе оf thе mаin соmpоnеnts thаt еnsurе sаfеtу in thе “Mаn-Mасhinе-Еnvirоnmеnt” sуstеm hаs bееn dеvеlоpеd. It wаs rесоmmеndеd tо ассеpt thе саusеs оf ассidеnts in thе “mаn-mасhinе-еnvirоnmеnt” sуstеm (humаn fасtоr, dеsign оf аgriсulturаl mасhinеrу аnd sаfеtу rеquirеmеnts fоr thеir usе, fасtоrs оf thе prоduсtiоn еnvirоnmеnt) аs оnе sуstеm.

Текст научной работы на тему «QISHLОQ ХО‘JАLIGI TЕХNIKАLАRIDАN FОYDАLАNISH ХАVFSIZLIGINI TIZIMLI BОSHQАRISH TАLАBLАRI»

UO'K: 631.372:331.45 - 10.70769/3030-3214.SRT.2.4.2024.50

QISHLÜQ ХО'JALIGI TEXNIKALARIDAN FÜYDALANISH XAVFSIZLIGINI

TIZIMLI BÜSHQАRISH TALABLARI

Karimov Bahodir O'ktam o'g'li

Mustaqil tadqiqotchi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi, О 'zbekiston E-mail: baxodirkarimov0928@gmail. com

Annotatsiya. Maqolada qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanish xavfsizligini tizimli boshqarishning asosiy vazifasi, maqsadi tahlil qilingan, qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini tasnif va "Inson-mashina-muhit" tizimida qishloq xo'jalik mashinalari xavfsizligini ta'minlovchi asosiy komponentlar ta'sirida baxtsiz hodisalarni kelib chiqish ehtimolligi algoritmi ishlab chiqilgan. "Inson-mashina-muhit" tizimidagi baxtsiz hodisalarga olib keluvchi sabablarni (inson omili, qishloq xo'jalik texnikalari konstruksiyasi va ulardan foydalanishga qo 'yilgan xavfsizlik talablari, ishlab chiqarish muhitit omillari) bitta tizim sifatida qabul qilish tavsiya etildi. Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, tizim, xavfsizlik, boshqarish, sabab, xavf zararli omil, oqibat, baxtsiz hodisa, algoritm, model.

ТРЕБОВАНИЯ К СИСТЕМЕ УПРАВЛЕНИЯ БЕЗОПАСНОСТЬЮ ПРИ ЭКСПЛУАТАЦИИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ТЕХНИКИ

Каримов Баходир Уктам угли

He3aBucuMbiU иccлeдoвaтeль, KapmuncKuu инжeнeрнo-экoнoмичecкий uncmumym, Kapmu, Y36eKucman

Аннотация. В cmambe anaлuзupyютcя ocnoвnaя 3ada4a и щль cucтeмnoгo yпpaвлenuя бeзoпacnocmью при экcплyamaцuu ceльcкoxoзяйcmвennoй mexnuкu. Рaзpaбomana клaccuфuкaцuя mpeбoвanuй 6e3onamocmu и вepoяmnocmu вoзnuкnoвenuя necчacmnыx cлyчaeв nod вoздeйcmвueм ocnoвnыx кoмпonenmoв, oбecneчuвaющux бeзonacnocmь в cucmeMe «Чeлoвeк-мaшuna-cpeдa». Былo peкoмenдoвano npunяmь nprnrnbi necчacmnыx cлyчaeв в cucmeMe «чeлoвeк-мaшuna-cpeda» (чeлoвeчecкuй фaкmop, кoncmpyкцuя ceльcкoxoзяйcmвennыx мaшun и mpeбoвanuя бeзonacnocmu npи ux ucnoльзoвanuu, фaкmopы npouзвoдcmвennoй cpe ды) тк odну cucmeMy.

Ключевые слова: ceльcкoe xoзяйcmвo, cucmeMa, бeзonacnocmь, ynpaвлenue, npmma, pu^, вpeдnый фaкmop, nocлeдcmвue, aвapuя, aлгopumм, мoдeль.

REQUIREMENTS FOR THE SAFETY MANAGEMENT SYSTEM FOR

AGRICULTURAL MACHINERY

Karimov Bahodir Uktam ugli

Independent researcher, Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan

Abstract. The article analyzes the main task and purpose of systemic safety management in the operation of agricultural machinery. A classification of safety requirements and the probability of accidents occurring under the influence of the main components that ensure safety in the "Man-Machine-Environment" system has been developed. It was recommended to accept the causes of accidents in the "man-machine-environment " system (human factor, design of agricultural machinery and safety requirements for their use, factors of the production environment) as one system.

Keywords: agriculture, system, safety, management, cause, risk, harmful factor, consequence, accident, algorithm, model.

Kirish. Hozirgi kunda qishloq xo'ja-ligining rivojlanishi ushbu sohaga eng yangi texnika va texnologiyalarni qanchalik tadbiq qilinishi, ya'ni zamon rivojiga mos holda qishloq xo'jaligi «Smart» («aqlli») qishloq xo'jaligini joriy etish bilan belgilanadi. Bu esa o'z navbatida qishloq xo'jaligi ekin yerlari va suvdan samarali foydalanishda raqamli texnologiyalarni tadbiq etish, intensiv bog'lar tashkil etish, bog'larni avtomatik tarzda boshqarish texnologiya-larini, issiqxona xo'jaliklarida avtomat-lashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellek-tual texnologiyalarni, chorvachilik va par-randachilik sohasiga robotlashtirilgan, avto-matlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologiyalarni, qishloq xo'jaligi mahsu-lotlarini saqlash va qayta ishlash jarayon-lariga, logistika va sotish markazlarida raqamli texnologiyalarning joriy etishni nazarda tutadi. Qishloq xo'jaligiga bunday yangi zamonaviy texnika va texnolo-giyalarni tezkor kirib kelishi ulardan foydalanish xavfsizligini boshqarish tizimini ham tubdan qayta ko'rib chiqishni va tako-millashtirishni talab etadi. Shu sababli, qishloq xo'jaligi sohasidagi mavjud muam-

molaráan biгi, ish joylarida sodiг bo'layot-gan baxtsiz хodisalaг va kasb kasalliklaгga chalinishni mehnat muhofazasini tizimli boshqarishni to'g'ri tashkil etish oгqali oldini olish hisoblanadi.

Tadqiqot metodlari. Qishloq xo'jalik mashinalaridan foydalanish xavfsizligini tizimli boshqarish modelini yaratishda "GOST 12.0.230-2007. Davlatlararo stan-daгt. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Mehnat muhofazasini boshqaгish tizimi. Umumiy talablaf', "Qishloq xo'jaligi texni-kalaгi konstгuksiyasi xavfsizligining umumiy texnik reglamenti (O'zbekiston Respublikasi Vazn^ Mahkamasining 18 maгt 2016 yildagi №80-son Qaгoгiga ilova), "Qishloq xo'jalik texniklarida ishlashda xavfsizlik texnikasi umumiy qoidalari" ga asoslangan holda ishlab chiqamiz. yuqorida keltiгilgan standartlaг va boshqa xavfsizlikni ta'minlashga oid huquqiy me'yoriy hujjat-laming haг biri tavakkalchilikni baholash va Deming sikli PDCA (Plan-Do-Check-Act), Qishloq xo'jalik mashinalaгidan foydalanish xavfsizligini boshqaгish tizimi jarayonlari umumiy xaгitasini SADT «Stmctured Analysis and Design Technique» (Ta^ibiy

tahlil va loyihalash metodologiyasi) va IDEF0-2000 (Funksional modellashtirish texnologiyasi) texnologiyalari prinsipidan foydalangan holda ishlab chiqildi. Ushbu metodologiyalar tizimni ko'plab o'zaro bog'langan funksiyalardan iborat diagram-ma (funksional bloklar) ko'rinishida ifoda-lashga imkon yaratadi.

Natijalar va muhokamalar. Qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanish xavfsizligini tizimli boshqarishning asosiy vazifasi ishlab chiqarishda sodir bo'ladigan jarohat-lanish va boshqa baxtsizliklarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va qishloq xo'jalik texniklarini boshqaruvchi operatorlar (traktorchilar) va texniklarga xizmat ko'rsatuvchi ishchi-xodimlar ish sharoitini yaxshilab borishi ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy qilish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini muttasil takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy va texnik hamda sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy qilishdan iboratdir [1].

Qishloq xo'jalik texniklaridan foydala-nish xavfsizligini boshqarish tizimining birdan-bir maqsadi, mehnat muhofazasi qonun va qoidalariga ishchi va xizmatchilar e'tiborini oshirish, sog'lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishni yagona, to'g'ri echimini aniqlash va uni ishlab chiqarishda tadbiq etishga tavsiya qilishdir. Xavfsizligini bosh-qarish - bu bir qator, tashkiliy, texnikaviy va sanitar-gigienik va iqtisodiy tadbirlar tizi-mini tayyorlash va amalda joriy qilish asosida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda qishloq xo'jaligining rivojlanishi ushbu sohaga eng yangi texnika va texnologiyalarni qanchalik tadbiq qili-nishi, ya'ni zamon rivojiga mos holda qishloq xo'jaligi «Smart» («aqlli») qishloq

xo'jaligini joriy etish bilan belgilanadi. Bu esa o'z navbatida qishloq xo'jaligi ekin yerlari va suvdan samarali foydalanishda raqamli texnologiyalarni tadbiq etish, intensiv bog'lar tashkil etish, bog'larni avtomatik tarzda boshqarish texnologiya-larini, issiqxona xo'jaliklarida avtomat-lashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellek-tual texnologiyalarni, chorvachilik va par-randachilik sohasiga robotlashtirilgan, avto-matlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologiyalarni, qishloq xo'jaligi mahsu-lotlarini saqlash va qayta ishlash jarayon-lariga, logistika va sotish markazlarida ra-qamli texnologiyalarning joriy etishni nazarda tutadi. Qishloq xo'jaligiga bunday yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni tez-kor kirib kelishi ulardan foydalanish xavfsiz-ligini boshqarish tizimini ham tubdan qayta ko'rib chiqishni va takomillashtirishni talab etadi. Shu sababli, qishloq xo'jaligi sohasi-dagi mavjud muammolardan biri, ish joy-larida sodir bo'layotgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarga chalinishni mehnat muho-fazasini tizimli boshqarishni to'g'ri tashkil etish orqali oldini olish hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligi texnikalaridan foyda-lanishdagi xavfsizlik talablarini yoki baxtsiz hodisalarning sabablarini 3 ta guruhga ajra-tishimiz mumkin:

- qishloq xo'jalik texnikalarining kons-truksiyasi va texnik holati bilan bog'liq sabablar;

- qishloq xo'jalik texnikalarini boshqa-ruvchi mashinist-traktorchilar (keyingi o'rinlarda "operatorlar") ning xavfsizlik tex-nikasi qoidalarini yetarli darajada bilmasligi va ularni o'z vaqtida yo'riqnomalardan o't-masligi Ba xavfsizlik madaniyati;

- tashqi omillar (iqlim ko'rsatkichlari, shovqin, titrash, statik elektr zaryadlari, fizik dinamik va statik yuklanish, kimyoviy

o'g'ïtlar, patogen mikroorganizmlar va b.).

Tadqiqotimizda tahliliy materiallar asosida ishlab chiqilgan ushbu tasnif mehnat muhofazasi bo'yicha ilmiy va o'quv ada-biyotlarda keltirilgan ishlab chiqarishda yuzaga keladigan baxtsiz hodisalarning standart tasnifidan farq qiladi. Standart tasnifda baxtsiz hodisalarning sabalari 4 guruhga, ya'ni texnik-texnologik (mashina-larning xavfli zonalari, mashinalarni no-to'g'ri montaj qilinishi, to'siq qurilmalarni o'rnatilmasligi, tormoz tizimini yaxshi ishlamasligi, elektr xavfsizligi talablariga rioya qilmaslik, texnikalardan boshqa maq-sadlarda foydalanish va b.), sanitar-gigienik (mikroiqlim va iqlim ko'rsatkichlarini me'yorda bo'lmasligi, yuqori darajada zaharli gaz va changlar, shovqin, titrash, ionli nurlanishlar va b.), tashkiliy (mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha yo'riqnomalarni o'z vaqtida o'tkazilmasligi, ish rejimi va dam olish rejimini buzilishi, maxsus kiyim boshlar bilan ta'minlan-maslik, ishga nomutaxassis shaxslarni qabul qilish va b.) va psixofiziologik (ishning bir xilligi, jismoniy va aqliy zo'riqish va b.) turlarga bo'lingan. Xavfni xarakterlovchi belgilar soni tahlil maqsadiga bog'liq holda ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Shu sababli, xavfni xarakterlovchi belgilar standart tushuncha - «xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari» shaklida talqin qilinadi.

Xavfli va zararli omillar kelib chiqish sabablariga bog'liq xolda fizikaviy, kim-yoviy, biologik va psixofiziologik ko'ri-nishida bo'ladi. Shunga bog'liq holda, xavf potensial (yashirin) va real turlarga bo'li-nadi. Potensial xavfni yuzaga kelishi birin-chi navbatda ishlab chiqarish sharoitiga bog'liq bulib, u xavfni yuzaga keltiruvchi sabablar orqali baholanadi. Tadqiqotimizda ishlab chiqilgan qishloq xo'jalik mashina-

laridan foydaladanishdagi xavfsizlik talab-lari tasnifi bevosita "inson-mashina-muhit" tizimini o'zida aks etadi. Bunda "inson-mashina-muhit" tizimining "inson" elementi dissertatsiyada ishlab chiqilgan qishloq xo'jalik mashinalaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarining "operatorlarning xavfsizlik texnikasi bo'yicha bilimlari" komponentiga, tizimdagi "mashina" elementi "qishloq xo'jalik texnikalarining konstruksiyasi va texnik holati bilan bog'liq talablar" komponentiga va "muhit" elementi "tashqi muhit" komponentiga mos keladi. Tizimda erishiladigan maqsad va natija 100 foiz sog'lom va xavfsiz ish sharoitini yaratgan holda yuqori darajadagi iqtisodiy samradorlikga erishish, baxtsiz hodisalar sonini nol darjaga keltirishdan iborat bo'-ladi. Bu maqsadga erishishda tashkiliy tad-birlar muhim rol o'ynaydi.

Qishloq xo'jalik mashinalari konstruk-siyasiga qo'yilgan xavfsizlik talablari "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi №80-son qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq xo'jalik texniklari konstruksiyasi xavfsizligi to'g'risida umumiy texnik reglament" asosida ishlab chiqildi. Qishloq xo'jalik tex-niklaridan foydalanish xavfsizligi talablari esa "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29-apreldagi "Qishloq xo'jaligi, melioratsiya va yo'l qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini tako-millashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 170 -son qarori [9] asosida tanlandi.

Qishloq xo'jalik mashinalari konstruk-siyasiga qo'yilgan xavfsizlik talablari "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi №80 son qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq xo'jalik texniklari konstruksiyasi xavfsizligi

to'g'risida umumiy texnik reglament" [8] asosida ishlab chiqildi. Qishloq xo'jalik texniklaridan foydalanish xavfsizligi talab-lari esa "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi "Qishloq xo'jaligi, melioratsiya va yo'l qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini tako-millashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 170-son qarori asosida tanlandi.

Xavfsizlik talablari bo'yicha "Inson-mashina-muhit" tizimidagi o'zaro muvo-fiqliklar, ya'ni mashina va mexanizmlarning konstruktiv, texnologik, energetik, kinematik va texnik-estetik (dizayni) ko'rsatkichlari bilan insonning xarakteri, antropometrik ko'rsatkichlari, sezgi a'zolari va ana-lizatorlari orasidagi o'zaro bog'lanish va muvofiqlik bo'lishi zarur [2].

Ishlab chiqarish muhiti insonning ish faoliyati va sog'ligiga ta'sir etuvchi fizi-kaviy, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va turli axborotlar ko'rinishidagi omillar bilan xa-rakterlanadi. Inson u yoki bu muhitda o'zi-ning moddiy yoki ma'naviy manfaatlarini (birinchi galdagi maqsadi) qondirish maq-sadida faoliyat olib boradi va yuqorida ta'kidlangan omillar bilan to'qnash keladi. Shu sababli, insonda o'zini ushbu xavfli va zararli omillardan himoyalash maqsadi (ikkinchi galdagi) hosil bo'ladi. Birinchi maqsad ikkinchi maqsaddan ustun kelgan hollarda tavakkalchilikka yo'l qo'yadi, ya'ni xavfga qarshi boradi. Barcha sezgi a'zolari va analizatorlarning asosiy xarakteristikasi sezish darajasi bilan baholanadi [3].

Tajribalarning ko'rsatishicha, ko'pincha ta'sirni sezish darajasi qarshi reaksiya uyg'otish (his qilish) kuchiga nisbatan sekin o'zgaradi. Ushbu bog'lanish Veber-Fexner psixofizik empirik qonuni orqali quyi-dagicha ifodalanadi:

Ye=K*lg(I)+C

Ye - sezish intensivligi;

I - his qilish intensivligi;

K va S - konstanta (o'zgaimas biriik).

Qishloq xo'jalik texnikalaridan foyda-lanishda xavfsizlikni tizimli boshqaгish maqsadida baxtsiz hodisalami yuzaga kelish ehtimolligini "inson-mashina-muhit" tizimi o'гtasidagi o'zaгo bog'liqlikni ishlab chiqarish jarayonlari davгidagi tuгli xil zararii va xavfli omillaг (fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik) ta'sirida o'zgaгishini tizimli tadqiq qilish talab etiladi (гasmga qaгang).

Tadqiqotimizda taMilto natijasida ishlab chiqilgan sxemadan ko'rinishicha o'zaгo 3 ta komponentdan (inson omili, qishloq xo'jalik texnikalari konstгuksiyasi va ula^ dan foydalanishga qo'yilgan xavfsizlik ta-lablaгi, ishlab chiqarish muhitit omillari) iboгat bo'lgan tasnifni bitta tizim sifatida qabul qilishimiz mumkin. Ushbu 3 kom-ponent ta'sirida "inson-mashina-muhit" tizi-mida texnologik jarayon davгida tuгli xil xavfli vaziyatlaming yuzaga kelishi jarohat-lanish^ va kasb kasalliklaгiga olib keladi yoki holat o'zgarishi (texnologik jarayon sifati) bilan izohlanadi.

1-rasm "Inson-mashina-muhit" tizimida qishloq xo'jalik mashinalari xavfsizligini ta'minlovchi asosiу komponеntlar ta'sirida baxtsiz hodisalarni kеlib сhiqish еhtimoШgi a^rUmi.

Qishloq xo'jalik mashinalari opera-torining xavfsizlik texnikasi bo'yicha bilim darajasining pastligi yoki xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etish madaniyatining yetarli darajada emasligi hamda qishloq xo'jalik mashinalari konstruksiyasi va ulardan foydlanishdagi xavfsizlik texnikasiga amal qilmaslik jarohatlanishlarni keltirib chiqar-sa, tashqi muhit omillari ta'sirida ko'proq kasb kasalliklari kelib chiqadi.

X1 - inson omili (qishloq xo'jaligi mashinalari operatorining xavfsizlik texnikasi bo'yicha kompetentligi (bilimlari va uni amalda qo'llay olish qobiliyati) bilan bog'liq omillar;

X2 - qishloq xo'jaligi mashinalarining konstruksiyasiga bog'liq omillar;

X3 - ishlab chiqarish muhiti ta'siriga bog'liq omillar.

11, M1 , ISHM1- inson, mashina va ishlab chiqarish muhitining mos holda tex-nologik jarayon boshlanishidan oldingi holati;

12, M2, ISHM2 - inson, mashina va ishlab chiqarish muhitining mos holda tex-nologik jarayon vaqtida xavfli vaziyatlarga olib keluvchi holati;

13, M3 , ISHM3 - inson, mashina va ishlab chiqarish muhitining mos holda tex-nologik jarayon vaqtida xavfli vaziyatlar na-tijasida baxtsiz hodisalarni keltirib chiqa-ruvchi holati.

Ushbu komponentlar o'z o'rnida baxtsiz hodisalarning sabablari ham bo'ladi. Qishloq xo'jalik mashinalaridan foyda-lanishda xavfli omillarning bo'lishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Lekin, baxtsiz hodisalarning sabablari bilan xavf o'rtasida farq mavjud. Potensial (yashirin) xavflarni yu-zaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyat-lar to'plamini xarakterlaydi, unga ko'ra

xavflar paydo bo'ladi va u yoki bu kutil-magan oqibatlar va zararlarni keltirib chiqa-radi. Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari turli xil og'irlikdagi jaroxatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan ka-salliklar, atrof muxitga zarar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealar, ya'ni baxtsiz xodisa, favqulodda xolat va yong'inlarning asosiy ko'rsatgichlaridir. Uchlik "xavf-sabab-ko'ngilsiz oqibatlar" - bu rivojlanish-ning logik jarayoni bo'lib potensial xavfni bor bo'lgan zararga olib keladi. Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u ko'p sabablidir. Xavf ko'ngilsiz voqeaga xar xil sabablar bilan aylanishi mumkin. Baxtsiz xodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi.

Tadqiqotimizda amalga oshirilgan tah-lillar natijasida xavfga qo'yidagicha ta'rif beramiz: "Xavf-qishloq xo'jalik texnik-laridan xavfsiz foydalanishning markaziy tushunchasi bo'lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning ma'lum sharoitda inson sog'-ligiga va ish qobiliyatiga bevosita yoki bilvosita ta'sir etib baxtsiz hodislarga olib keluvchi omil hisoblanadi". Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayoni sharoitiga mos holda xavfni xarakterlovchi belgi-larning soni ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Tadqiqotimizda tahlillar asosida ishlab chiqilgan yuqoridagi ta'rif xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini o'zida mujassamlashtiradi va faoliyatning barcha turlarini hisobga oladi.

Xavf ma'lum bir energiyaga ega bo'l-gan kimyoviy yoki biologik faol kom-ponentlarni o'z ichiga olgan barcha tizim-larda namoyon bo'ladi hamda insonning hayotiy faoliyati sharoitiga javob bermay-digan jarayonlarda yaqqol namoyon bo'ladi

[4].

Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosalash mumkinki, qishloq xo'jalik mashinalaridan foydalanish xavfsizligini ta'minlashni tizimli boshqarishni tashkil etish birinchi navbatda tizim va uning ele-mentlarini aniqlab olish, boshqarish prin-siplari va funksiyalari, vositalari va metod-larini to'g'ri tanlashni, tizimli tahlil etish, uning jarayon va tizimli modelini ishlab chiqishni asosiy vazifalardan biri hisob-lanadi. "Inson-mashina-muhit" tizimida

qishloq xo'jalik mashinalari xavfsizligini ta'minlovchi asosiy komponentlar ta'sirida baxtsiz hodisalarni kelib chiqish ehtimolligi algoritmi ishlab chiqildi. "Inson-mashina-muhit" tizimidagi baxtsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar (inson omili, qishloq xo'jalik texnikalari konstruksiyasi va ulardan foydalanishga qo'yilgan xavfsizlik talablari, ishlab chiqarish muhitit omillari) iborat bo'lgan tasnifni bitta tizim sifatida qabul qilish tavsiya etiladi.

4.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

.HeôegeB B. noHtfrue oxpaHti Tpyga //Bonpocti TpygoBoro npaBa. 2012. №2 8. C. 6772.

TpuHHHa A.C. npoöneMM KOMnneKCHoro ynpaBneHua oxpaHofi Tpyga b o6pa3OBarenHbix ynpe^geHHax. //HaynHbifi BecTHHK MHM.- 2017, №1. -c.51-55. PogHOHOBa, O. M. OxpaHa Tpyga: yneÖHoe nocoöue / O. M. PogHOHOBa, A. CeMeHOB. — M.: H3garencTBo ropanr, 2018. - 113 c. 6. TopHocraeBa, ^.B. Moтнвaцнa Tpyga b npegnpuHHMarencKOH ge^TenHOCTH / ^.B. TopHocraeBa, H.B. KymHapeBa h [gp.]. - 3KOHOMHKa h MeHeg^Menr: coBpeMeHHtie geTepMHHaHTbi мogepннзaцнн h тpaнc$opмaцнн. KonneKTHBHaa MOHorpa^ua. - MocKBa, 2017. -C. 79-91.

Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.