Научная статья на тему 'MEHNAT XAVFSIZLIGINI TIZIMLI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASH'

MEHNAT XAVFSIZLIGINI TIZIMLI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mehnat muhofazasi / tizimli yondashuv / tizim / iqtisodiy-ijtimoiy tizim / mehnat xavfsizligini boshqarish / sun’iy intellekt / tashqi / ichki / komponentlar. / Occupational safety / systematic approach / system / economic-social system / occupational safety management / artificial intelligence / external / internal / components.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — D.Z. Xidirova

Ushbu maqolada, mehnat xavfsizligi boshqarish tizimi iqtisodiy-ijtimoiy tizimning bir elementi siftida kо‘rib chiqilib, tizim tushunchasi uning tarkibiy tuzilmasi va funksiyalari bayon etilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat xavfsizligini boshqarish tizimlarida qanday qo‘llanishi mumkinligini o‘rganadi. Sun’iy intellekt xavfsizlik holatini real vaqt rejimida tahlil qilish, tahdidlarni oldindan prognoz qilish va xavfsizlik chora-tadbirlarini avtomatik ravishda amalga oshirishda yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, mehnat jarayonlarini yanada xavfsiz va samarali qilishga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN SYSTEMATIC MANAGEMENT OF OCCUPATIONAL SAFETY

In this article, the occupational safety management system is considered as an element of the socio-economic system, and the concept of the system, its structural organization, and functions are explained. It explores how artificial intelligence technologies can be applied in occupational safety management systems. Artificial intelligence helps to analyze safety conditions in real-time, predict threats in advance, and automatically implement safety measures. This, in turn, allows for making work processes safer and more efficient.

Текст научной работы на тему «MEHNAT XAVFSIZLIGINI TIZIMLI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASH»

MEHNAT XAVFSIZLIGINI TIZIMLI BOSHQARISHDA SUN'IY

INTELLEKTNI QO'LLASH

D.Z. Xidirova

Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti, "Mehnat muhofazasi va texnika

xavfsizligi" kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: Ushbu maqolada, mehnat xavfsizligi boshqarish tizimi iqtisodiy-ijtimoiy tizimning bir elementi siftida ko'rib chiqilib, tizim tushunchasi uning tarkibiy tuzilmasi va funksiyalari bayon etilgan. Sun'iy intellekt texnologiyalarining mehnat xavfsizligini boshqarish tizimlarida qanday qo'llanishi mumkinligini o'rganadi. Sun'iy intellekt xavfsizlik holatini real vaqt rejimida tahlil qilish, tahdidlarni oldindan prognoz qilish va xavfsizlik chora-tadbirlarini avtomatik ravishda amalga oshirishda yordam beradi. Bu, o'z navbatida, mehnat jarayonlarini yanada xavfsiz va samarali qilishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: Mehnat muhofazasi, tizimli yondashuv, tizim, iqtisodiy-ijtimoiy tizim, mehnat xavfsizligini boshqarish, sun'iy intellekt, tashqi, ichki, komponentlar.

ПРИМЕНЕНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В СИСТЕМНОМ

УПРАВЛЕНИИ ОХРАНОЙ ТРУДА

Д.З. Хидирова

Каршинский инженерно-экономический институт кафедра «Охрана труда и

техника безопасность» доцент

Аннотация: В данной статье система управления охраной труда рассматривается как элемент социально-экономической системы, и объясняются понятие системы, ее структурная организация и функции. Изучается, как могут применяться технологии искусственного интеллекта в системах управления охраной труда. Искусственный интеллект помогает анализировать состояние безопасности в режиме реального времени, заранее прогнозировать угрозы и автоматически реализовывать меры безопасности. Это, в свою очередь, позволяет сделать рабочие процессы более безопасными и эффективными.

Ключевие слова: Охрана труда, системный подход, система, экономико-социальная система, управление охраной труда, искусственный интеллект, внешний, внутренний, компоненты.

APPLICATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN SYSTEMATIC MANAGEMENT OF OCCUPATIONAL SAFETY

D.Z. Xidirova

Karshi Institute of Engineering and Economics, "Labor protection and technical

safety" department Docent

Abstract: In this article, the occupational safety management system is considered as an element of the socio-economic system, and the concept of the system, its structural organization, and functions are explained. It explores how artificial intelligence technologies can be applied in occupational safety management systems. Artificial intelligence helps to analyze safety conditions in real-time, predict threats in advance, and automatically implement safety measures. This, in turn, allows for making work processes safer and more efficient.

Keywords: Occupational safety, systematic approach, system, economic-social system, occupational safety management, artificial intelligence, external, internal, components.

KIRISH

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi samaradorligi yetarli darajada yo'lga qo'yilmagan korxonalarda avariya va baxtsiz xodisalar sodir bo'lib turadi. Xalqaro ekspertlarning fikricha YAIMning 4 foizi mehnat jarayonida xodimlar bilan sodir bo'lgan halokatli jarohatlar va baxtsiz hodisalar tufayli mehnat nogironligiga va kasb kasalliklariga uchragan xodimalarni davolash va reabilitatsiya qilish hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlari uchun to'lanadigan kompensatsiya xarajatlari ish beruvchilar tomonidan byudjetdan yoki byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan sarflanadi. Albatta bunday salbiy unsurlarni bartaraf etish uchun avvalom bor mehnat xavfsizligini boshqarishni iqtisodiy-ijtimoiy tizimning bir elementi sifatida unga tizimli yondoshuvni talab etadi [1].

METODOLOGIYA

Tizim metodologiyasi asosida mehnatni muhofaza qilishning muhim jihatlarini aniqlash va tavsiflash tadqiqotchilarga ushbu hodisaning mavhum modelini yanada shakllantirish va uning aksiomatikasini qurishdek dolzarb vazifalarni qo'yadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqotni amalga oshirayotganda muallif, quyidagi mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy ishlariga tayangan: matematik modellashtirish nazariyasi, raqamli usullar va ularni tabiiy fanlar obyektlarini o'rganishda qo'llash sohasida - V.V. Vlasova, V.I. Keilis-Borok, A.I. Luri, A. Lyava, Ekologiya va atrof muxit muhofazasi

sohasida: Yu. Shodimetov, B. Ziyomuxamedov, A.S. To'xtaev, E.V. Qodirov, O. Qudratov, J. Xolmurodov; O'rta asrlarda yashagan o'zbek olimlaridan - Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg'ariy Zahiriddin Muhammad Bobur, Al-Xorazmiy va Albert Velikiylarning ilmiy ishlari o'rganildi.

Tadqiqot usullari. Tadqiqot asosini, mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy-texnik hujjatlar mazmuni va mohiyati, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy asarlari, shuningdek, sanoat obyektlarida sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini baholashda "Korxonada mehnat xavfsizligi iqtisodiyoti asoslari" o'quv moduli asosida olib borildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimining quyi tizimlari va elementlarini aniqlagan holda mehnat xavfsizligini boshqarish tizim modelini ishlab chiqishdir, bu esa zamonaviy iqtisodiyot sharoitida mehnat xavfsizligini boshqarish jarayonini amalga oshirish imkonini beradi [2].

Mehnat xavfsizligini boshqarishni o'rganishga tizimli yondashuv mehnat xavfsizligini boshqarishni o'rganishni tizimli tahlil metodologiyasi doirasida ko'rib chiqishni nazarda tutadi, bu tizimdagi barcha mumkin bo'lgan ko'rinishlariga ishora qiluvchi "tizimli" tushunchasini aniqroq belgilashni talab qiladi. Ba'zi tadqiqotchilar ushbu tushunchani uchta jihatini ta'kidlashadi [3] (tizim nazariyasi; tizimli yondashuv; tizim usullari).

Tizimlar nazariyasi "tizim" ni ilmiy bilim nuqtai nazaridan ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi va turli tabiatdagi tizimlar tuzilishi, ishlashi va rivojlanishini tushuniladi

[5].

"Tizim" tushunchasiga juda ko'p ta'riflar mavjud. Masalan, V.I.Joldak "axborot, energiya, materiya bir butunni tashkil etuvchi, uning tarkibiy elementlarida mavjud bo'lmagan, alohida olingan xususiyatlarga ega bo'lgan tizimli yoki funksional elementlari tartiblangan majmua" deb ta'kidlaydi. N.Y.Saibel va A.S.Kosarevlar tushunchasiga ko'ra, tizim "ma'lum bir obyektni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun o'zaro bog'langan elementlardan tuzilgan majmua" deb qaraydi [4].

"Tizimli" tushunchasi juda ko'p qirrali. Keng ma'noda bu atama tizimlikni shaxsning mustaqil va obyektiv xususiyati va voqelik tuzilishi bilan aniqlashni anglatadi. Tor ma'noda izchillik odamlar tomonidan obyektlar va hodisalar, ularning xususiyatlari to'g'risida to'plangan bilimlarni anglatadi.

Agar tizim tushunchasini batafsil tariflaydigan bo'lsak, mehnat xavfsizligini boshqarish o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra, ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iborat bo'lishi mumkin. Chunki ijtimoiy-iqtisodiy tizim butun ijtimoiy tuzilmani qamrab oladi va jamiyatdagi barcha ijtimoiy sohalaridagi subyektlar o'rtasidagi munosabatlar qoidalarini tartibga soluvchi ijtimoiy institutlardan iborat [6].

Ijtimoiy tizimdagi asosiy elementi - bu odamlar, ularning o'zaro munosabatlari va aloqalari bo'lib, ular avloddan avlodga o'tib, odamlar birgalikdagi faoliyati asosida tarixiy jarayonda barqaror takrorlanadi.

Iqtisodiy tizim - bu ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi tarkibiy elementi bo'lib, u shaxs va ijtimoiy guruhlar manfaatlariga asoslanadi va quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: ishlab chiqarish resurslari, boshqaruv mexanizmlari, xo'jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish va boshqarish shakllari, usullari va boshqalar.

Shunday qilib, mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi - iqtisodiy-ijtimoiy tizim elementi bo'lib, tashkilot faoliyati bilan bog'liq mehnat xavfsizligi sohasidagi xavflarni boshqarishni ta'minlaydigan umumiy boshqaruvdagi tizimining bir qismidir.

Sun'iy intellekt (SI) yoki Sun'iy aqliyot, odamlarning o'z aqliyotlarini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish va ularga aqliyot boshqarishni o'rganishdagi xususiyatlar to'plami hisoblanadi. SI, ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish, fikrlash, o'rganish va har qanday yo'nalishda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan avtomatlashtirilgan algoritm va modellar to'plamidir.

Sun'iy intellektning asosiy vazifalari quyidagilardir:

Ma'lumotlar tahlili: Sun'iy intellekt, katta miqdorda ma'lumotlarni o'rganib, bu ma'lumotlardan tarkibiy qonuniyliklar va o'lchovlarni aniqlaydi.

Mantiqiy javob berish: SI, berilgan axborotlar va shartlarga asosan qaror qabul qilish va mantiqiy muhokamalarni amalga oshirishda yordam beradi.

Amaliyotlar bajarganlik: Sun'iy intellekt, berilgan vazifalarni bajarish, xususan, masalani hal qilish, hisobot tayyorlash, va boshqa avtomatlashtirilgan amaliyotlarni amalga oshirishda yordam beradi.

Yaratuvchi ishlar: SI, yangi fikrlar generatsiyasi, tasavvurlar yaratish va yangi ma'lumotlarni yaratishda ham yordam beradi.

Sun'iy intellektning asosiy komponentlari shu jumladan, yadrosizlar, algoritm va modelni yasash, ma'lumotlar olish va tahlil qilish, va amaliyotlar bajarishdir. Sun'iy intellekt yaxshi natijalar olishi va amaliyotlarni bajarishda odam aqliyotini orqaga qoldirmaydi va hatto ko'paytirish imkoniyatlarini taqozo etadi.

Mehnat muhofazasida sun'iy intellektning unumdorligi bir nechta jihatlardan hisoblanishi mumkin:

Mehnat xavfsizligini tizimli boshqarishda sun'iy intellektni qo'llash bir nechta asosiy yo'nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

1. Xavfsizlik monitoringi: Sun'iy intellekt (SI) tizimlari xavfsizlik kameralaridan, sensorlardan va boshqa monitoring vositalaridan olingan ma'lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish orqali xavfsizlik holatini doimiy ravishda kuzatib boradi. Bu texnologiyalar noma'lum yoki xavfli holatlarni tezda aniqlash va ogohlantirish imkonini beradi.

2. Xavfni baholash va prognoz qilish: SI yordamida mehnat sharoitlari va ish jarayonlaridagi xavflarni baholash va ularga oid tahminlar yaratish mumkin. Masalan, tizim muayyan ishchilar va ish muhitlari uchun xavf darajasini baholash orqali, potensial xavflarni oldindan aniqlash va tegishli choralar ko'rish imkoniyatini yaratadi.

3. Avtomatlashtirilgan xavfsizlik chora-tadbirlari: SI texnologiyalari xavfli vaziyatlarda avtomatik ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar sensorlar xavfli gaz yoki kimyoviy moddalar mavjudligini aniqlasa, tizim avtomatik ravishda havoni tozalash yoki ogohlantirish tizimini ishga tushirishi mumkin.

4. Xodimlar uchun trening va ta'lim: SI tizimlari xavfsizlik treninglarini personalizatsiya qilish va xodimlarga real vaqt rejimida xavfsizlik qoidalarini o'rgatishda yordam beradi. Virtual reallik (VR) yoki kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalaridan foydalanib, xavfsizlik treninglarini yanada samarali va interaktiv qilish mumkin.

5. Ma'lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar: SI yordamida yig'ilgan ma'lumotlarni tahlil qilish orqali xavfsizlik tizimlarining samaradorligini baholash va yaxshilash imkonini beradi. Bu tahlillar yordamida xavfsizlik muammolarini aniqlash, tendensiyalarni o'rganish va kelajakda xavfsizlik strategiyalarini takomillashtirish mumkin.

Sun'iy intellektni mehnat xavfsizligini boshqarish tizimlariga qo'llash xavfsizlikni oshirish, xatolarni kamaytirish va ishchilarni himoya qilish uchun muhim vosita bo'lishi mumkin.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi asosiy sifati shundan iboratki, mehnat xavfsizligini boshqarish sohasidagi barcha mavjudlik, faoliyat yuritish va rivojlanish jarayonlari umumiy aloqada bo'lib, bir-biri bilan nisbatan izolyatsiya qilingan, sifat va miqdoriy tomonlarga ega bo'lgan, vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan obyektlar sifatida o'zaro ta'sir qiladi [6]. Xususan, bunday obyektlarga mehnat xavfsizligini boshqarishning quyi tizimlari kiradi:

- xodimlarni mehnat xavfsizligini boshqarish talablariga o'rgatish;

- normativ-huquqiy bazaning mavjudligi;

- tibbiy ko'rikdan o'tkazish;

-xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash;

- mehnat sharoitlarini maxsus baholashni o'tkazish;

- kasbiy xavflarni boshqarish;

- gigiyena standartlari va meyorlarini aniqlash;

- mehnat xavfsizligini boshqarishning majburiy talablariga rioya qilish;

- xavfsiz mehnat madaniyati mavjudligi va boshqalar.

1-jadval

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi va uning elementlari1

№ Quyi tizimlar Quyi tizim imkoniyatlari

1 Normativ- Normativ baza

huquqiy Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy tartibga solish

Ishchilarning hayot sifati

2 Ijtimoiy Sanoat jarohati darajasi Kasbiy kasallanish ko'rsatkichlari

Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish

Ishlab chiqarish samaradorligi

3 Iqtisodiy Mehnat unumdorligi Imtiyozlar va kompensatsiyalar Soliq solish

Xavfsizlik madaniyati

4 Tashkiliy Mehnatni ilmiy tashkil etish

Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish darajasi va sifati Ishlab chiqarish jarayonlarini xavfsiz tashkil etish

5 Texnologik Texnologik uskunalar xavfsizligi Ish joyida xavfsizlik

6 Texnika Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish

Ishchilarning mehnat sharoitlari

7 Ishlab chiqarish Xodimlarning ish sifati Xavfsiz jarayon texnologiyasi

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimi

8 Boshqaruv Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish darajalari (federal, mintaqaviy, shahar, korporativ)

Yangi bilim, ma'lumot

9 Innovatsiya Mehnatni muhofaza qilishda aqlli texnologiyalar Raqamlashtirish

Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini moliyalashtirish

10 Investitsiya Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi aqlli texnologiyalarga investitsiyalar Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga investitsiyalar

Mehnat psixologiyasi

11 Psixologik Inson omili Avlodlar nazariyasi

12 Sog'liqni saqlash Ishchilarning hayoti va salomatligi Gigienik meyorlar va standartlar

13 Ta'lim Mehnatni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash

Kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish

1 Пустовит А. Е., Козлов В. И. Охрана труда: системний подход к решению проблем безопасности производствий. Вестник научно-технический журнал № 2-2013

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi modelini shunday shakllantirish kerakki, uni bir butun sifatida ham va alohida elementlari ham takomillashtirish kerak. Shu bilan birga model tizimga mehnat xavfsizligini boshqarishda istalgan maqsadiga erishishga yordam beradigan asosiy elementlarga e'tibor qaratiladi, va quyidagi elementlardan iborat bo'lishi mumkin: [6]

- kirish signali;

- jarayon (boshqaruv, texnologiya, operatsiyalar va boshqalar bilan bog'liq faoliyat);

- tizimga kiritilgan resurslar;

- kirish ma'lumotlari (axborot oqimlari tizimning atrof-muhit bilan o'zaro ta'sirining eng muhim qismi sifatida);

- qayta aloqa;

- atrof-muhit bilan munosabatlari.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimiga tizimli yondashuv quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi [7.8]:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1) tizim maqsadi va tizim chegaralarini aniqlash;

2) obyektlar va mezonlarini shakllantirish;

3) tizim faoliyatidagi asosiy ko'rsatkichlari tizimini joriy etish;

4) tizim vazifalarini aniqlash;

5) tizim funksional strukturasini shakllantirish;

6) tizim faoliyatidagi asosiy ko'rsatkichidagi o'zgarishlar dinamikasiga qarab qaror qabul qilish;

7) tizimni takomillashtirish qoidalarini belgilash.

Shunday qilib, taklif etilayotgan mehnat muhofazasini boshqaruv tizimini umumiy maqsadga erishishga - korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan kuchlar va vositalar majmuasi sifatida ifodalanishi mumkin, bu uning barcha elementlari uchun dolzarb va muhim ishlab chiqarish vazifasidir [9,10].

XULOSA

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan unsurlarga asosan quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:

Mehnat xavfsizligini tizimli boshqarishda sun'iy intellektni qo'llash uchun turli dasturiy vositalar va platformalardan foydalanish mumkin. Bu dasturlar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:

1. Xavfsizlik monitoring dasturlari: IBM Maximo:

Xavfsizlikni monitoring qilish, tahlil qilish va boshqarish uchun ishlatiladi. SI texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi va real vaqt rejimida ma'lumotlarni tahlil qiladi.

Honeywell Safety Manager: Jarayon xavfsizligini monitoring qilish va boshqarish uchun keng ko'lamli yechimlarni taqdim etadi.

Sensorlar va IoT platformalari: Siemens MindSphere: Internet of Things (IoT) platformasi bo'lib, sensorlar orqali to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilish va xavfsizlik holatini kuzatish uchun ishlatiladi.

Azure IoT: Microsoftning IoT platformasi bo'lib, sensorlar va boshqa qurilmalardan olingan ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish imkoniyatini beradi.

2. Sun'iy intellekt tahlil dasturlari:

TensorFlow: Google tomonidan ishlab chiqilgan ochiq manba sun'iy intellekt kutubxonasi bo'lib, xavfli vaziyatlarni aniqlash va prognoz qilish uchun ishlatiladi.

IBM Watson: Sun'iy intellekt va mashinani o'rganish texnologiyalarini qo'llab-quvvatlovchi platforma bo'lib, xavfsizlikni boshqarish tizimlarida foydalaniladi.

3. Xavfsizlikni boshqarish platformalari:

SAP EHS (Environment, Health, and Safety): Xavfsizlik va sog'liqni saqlash bo'yicha to'liq integratsiyalashgan yechimlarni taqdim etadi, SI texnologiyalari bilan birga ishlaydi.

Enablon: Xavfsizlik va atrof-muhitni boshqarish tizimlari uchun keng qamrovli yechimlarni taklif etadi.

4. Virtual va Kengaytirilgan Reallik (VR/AR):

Pico Interactive: VR platformalari xavfsizlik treninglarini interaktiv qilish uchun foydalaniladi.

Microsoft HoloLens: AR texnologiyalari yordamida xavfsizlik treninglari va qo'llanmalarini taqdim etadi.

Bu dasturlar va platformalar sun'iy intellektni mehnat xavfsizligini boshqarish tizimlariga qo'llash uchun kerakli vositalarni taqdim etadi. Tanlangan dastur yoki platforma kompaniyaning aniq ehtiyojlari va mavjud infratuzilmasiga qarab tanlanishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Xolbayev B.M., Raximov O.D., Maxmatqulov N.I. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik (1-qism). - T.: "VORIS-nashriyot", 2020. - 304 b.

2. Ibragimov E.I., Gazinazarova S., Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi. - Toshkent, 2014. - 535 b.

3. Karimova V., Zaynutdinova M., Nazirova E., Sadikova Sh. Tizimli tahlil asoslari // Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2014. - 180b.

4. Самарская Н.А., Yeлин А.М. Охрана труда в системной методологии // Экономика труда. - 2023. - Том 10. - № 4. - С. 615-634.

5. Пустовит А.Е., Козлов В.И. Охрана труда: системний подход к решению проблем безопасности производствий. Вестник научно-технический журнал № 2-2013.

V. Maxmatqulov G.R., Murtazaeva I.T., Usmanxodjaeva. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. O'quv qo'llanma (1-qism). T.: «Voris-nashriyot», 2024. - 39V b.

S. Maxmatqulov N.I., N.Z. Mamatov. Mehnat muhofazasi va xavfsizlikni boshqarish tizimini takomillashtirish. Monografiya. 2024, - 120 b.

9. Maxhmatkulov N.I. Fire as a fado of technogenic disaster/ International Journal of Advanced Research in Education, Technology and Management. Vol..2, Issue 9. 2023. V0-VV.

10. Maxmatkulov N.I. Coirect conduct of the population in eme^ency situations// International journal of advanced research in education, technology and management. Vol. 2, issue 9, 2023. P. 1V5-1S2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.