BINO-INSHOOTLARNI ОиК18ИВЛ MINORALIKRANLARDAN FOYDALANISHDA XAVFSIZLIKNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
YORDAMIDA LOYIHALASH
1Машя1оу Nurbek Ziyodullayeyich
2Tog'ayey Jaшshiddin Xujaшberdiyeyich
1•2Qarshi тикап&8ик - iqtisodiyot \nstituti, "ЫвкпМ тико/а2а81 уа 1вхтка
xavfsizligi" kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: Ц^Ши тадо1аёа Ыпо-тБИоо^агт qurishda minorali кгап1агёап foyda1anishda xavfsiz1ikni ta'min1ashda raqam1i texno1ogiya1arni joriy etishning ahamiyati tah1i1 qi1inadi. Quri1ish jarayon1arida xavfsiz1ik masofa1ari va kran tan1ash jarayon1arining raqam1i mode11ashtirish orqa1i optima11ashtiri1ishi ish1ab chiqarish samarador1igini oshirish va mehnat muhofazasini yaxshi1ash imkonini berishi ko'rsatib o'ti1adi.
Kalit so'zlar: ттогаИ ктап, xavfsizlik, raqamli texnologiyalar, qurilish, 1оуШа, mehnat muhofazasi, modellashtirish.
ПРОЕКТИРОВАНИЕ БЕЗОПАСНОСТИ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ БАШЕННЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬСТВЕ ЗДАНИЙ С ПОМОЩЬЮ
ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
1 Маматов Нурбек Зиёдуллаевич
2 Тогайев Джамшиддин Хужамбердиевич
1,2Доцент кафедры «Охрана труда и техника безопасность» Каршинского инженерно-экономического института
Аннотация: В данной статье анализируется важность внедрения цифровых технологий для обеспечения безопасности при использовании башенных кранов в строительстве зданий и сооружений. Показано, что оптимизация безопасных расстояний и процесса выбора кранов с помощью цифрового моделирования может повысить производственную эффективность и улучшить охрану труда.
WWW.INFOCOM.UZ
'^АОАМЫ 10Т1Б001УОТ" ILMIY-ELEKTRON ^N^1 | 8-SON
Ключевые слова: Башенные краны, безопасность, цифровые технологии, строительство, проект, охрана труда, моделирование. DESIGNING SAFETY MEASURES FOR THE USE OF TOWER CRANES IN BUILDING CONSTRUCTION THROUGH DIGITAL TECHNOLOGIES
1Mamatov Nurbek Ziyodullayevich
2Togayev Jamshiddin Xujamberdiyevich
1,2Associate Professor, Department of Occupational Health and Safety, Karshi
Engineering and Economic Institute
Abstract: This article analyzes the importance of implementing digital technologies to ensure safety in the use of tower cranes in building construction. It is demonstrated that optimizing safety distances and crane selection processes through digital modeling can enhance production efficiency and improve labor protection.
Keywords: Tower cranes, safety, digital technologies, construction, project, labor protection, modeling.
KIRISH
Kranlar va ko'tarma mexanizmlar bilan milliard tonnalab yuklar siljitiladi, ular yordamida Respublikamizda millionlab kvadrat metrdagi turarjoy va boshqa obyektlar qurilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida aytilganidek "Qishloq joylarida - 17100 ta, shaharlarda - 17600 ta, jami 34700 ta arzon va shinam uylar quriladi", agar bunga sanoat korxonalari va inshootlari qurilishlarini qo'shib hisoblasak, mamlakatimizda keng ko'lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari rejalashtirilgan. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki bunday obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik masalalari, shu jumladan kranlar va ko'tarma mexanizmlardan foydalanish davrida mehnat muhofazasini ta'minlash masalasi o'ta muhim va dolzarb masala hisoblanadi [1].
Qurilish ishlarinini bajarishda jahonda sodir bo'lgan avariyalarning ma'lumotlariga tayanib kranlarning avariyasiga, ishlab chiqarish fondlarining eskirganligi, texnologik tartibot (rejim)ning qoniqarsizligi, qurilish-montaj ishlarini bajarishda xavfsizlik talablarining bajarilmasligi asosiy sabab bo'la oladi. Yuqori darajadagi avariyalar va jarohatlanishlarning sabablari sifatida chet el ma'lumotlariga tayanib manbalarning izohlashicha ularga xizmat qiluvchi xodimlarning past malakadagi bilimlarga egaligi, yuk ko'tarish texnikalaridan foydalanish qoidalari va mehnat muhofazasi talablarining qo'pol ravishda buzilishi oqibatlaridir [2].
Qurilish sohasi har doim yuqori xavf-xatarlarga ega bo'lgan sohalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yirik bino va inshootlarni barpo etishda foydalaniladigan minorali kranlar bilan bog'liq xavfsizlik masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada, ushbu xavfsizlik masalalarini hal etishda raqamli texnologiyalarning qanday imkoniyatlar berishi tahlil qilinadi [3].
METODOLOGIYA
Maqolada ilmiy-tadqiqot metodlari sifatida raqamli modellashtirish va simulyatsiya usullaridan foydalaniladi. Xususan, minorali kranlarning harakati va yuk ko'tarish qobiliyati, xavfsizlik masofalari kabi parametrlar raqamli platformalarda modellashtiriladi va analiz qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Albatta yuqoridagi shartni bajarish uchun kranlar, ko'tarish mexanizmlari va boshqa qurilmalarni ishlatishda xavfsiz mehnat sharoitlarini maxsus chora-tadbirlar tizimini yaratish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi "Sanoatgeokontexnazorat" Davlat inspeksiyasi boshlig'ining 14.02.2006 yil № 32 buyrug'iga binoan tasdiqlangan "Ortish-tushirish ishlaridagi ishlarni xavfsiz bajarish QOIDALARI" me'yoriy hujjati QMQ 3.01.02-00 «Qurilishda xavfsizlik texnikasi». Qurilish me'yorlari va qoidalari. T. 2000 y., «Davlat sanitar nazorati to'g'risida» qonunlari QMQ 3.01.01-85 "Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish"; GOST 12.3.033-84 SSBT. "Qurilish mashinalari. Foydalanish davrida xavfsizlik talablari", GOST 12.4.059-89 SSBT. Qurilish. Inventar saqlovchi to'siqlar. Umumiy texnik shartlar. GOST 12.4.026-76* SSBT "Xabarlovchi ranglar va xavfsizlik belgilari" talablariga mos ravishda ish sharoitlarini yaratib berilishi kerak [4].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Kranlar, ko'tarma mexanizmlar va tashish texnikalaridan foydalanishda ishchilarga ta'sir qiluvchi ishlab chiqarish xavflariga quyidagilar kiradi: mehnat sharoitini yaratish, ishlab chiqarishda zararlari va xavfli omillari misol bo'la oladi. Bular o'z navbatida zararli moddalarning ta'siri, ishlab chiqarish changi, shovqin va tebranishlar, jismoniy zo'riqishlar, aqliy zo'riqishlar, monoton mehnat qilish sharoiti, ish joyining yoritish tizimidagi kamchiliklari, elektromagnit va boshqa xildagi nurlanishlarga bo'linadi. Buyum va ashyolarni siljitganda, taxlaganda va tashishda balandlikdan tushib ketishi mumkin bo'lgan xavflar ham mavjudki mexanizmlar bilan bog'liq faoliyat olib borayotgan ishchilar va xodimlarga ta'sir etuvchi mehnat sharoitlarining omillari mavjud va ularni paydo bo'lishiga quyidagilar sabablardan paydo bo'ladi: mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlarining xavfi, qurilish maydonidagi balandlik sathlarining tez-tez o'zgarib turishi, elektr tokining xavfi, to'satdan yong'in, portlash va avariyalar sodir bo'lishi va insonlarning
harakatida xatoliklar, kasbiy malakasining yetishmasligi, salomatligining yomonligi kabi omillarni keltirish mumkin [4].
Kranlar va mexanizmlarning qurilish maydonida ularga tegishli va ishchilarga doimo yashirin yoki ochiq ta'sir etuvchi xavfli zonalari mavjud bo'ladi. Doimiy ta'sir etuvchi xavfli zonalarga, elektr o'tkazuvchi simlarning izolyatsiyalanmagan qismlariga yaqin joylar, to'siq bilan chegaralanmagan 1,3 m dan balandlikka farq qiluvchi joylar, zararli moddalarning yo'l qo'ysa bo'ladigan chegaraviy miqdorlaridan oshiq bo'lgan joylar kiradi [5].
Potensial (yashirin) xavfli ishlab chiqarish omillariga qurilayotgan bino yoki inshootlarga yaqin joylar, konstruksiyalarni montaji yoki demontaji olib borilayotgan bitta qamrov hududidagi bino qavati yoki yarusi, mashina yoki ko'taruvchi qurilma va ularning qismi, ishchi organlarining siljuvchi zonasi, ko'tarma kranlar bilan qurilish maydonida yuklarni siljitishdagi hududlari kiradi. Kranlardan foydalanish borasidagi statistik ma'lumotlar va jahon tajribasidan kelib chiqqan holda shu narsa ma'lum bo'ladiki, kranlar va ko'tarma mexanizmlar va avtotransportlardan foydalanishda avariyalar va baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat bo'ladi:[5.6]
- kranlar va ko'tarma mexanizmlarini noto'g'ri tanlash va ularni binoga noto'g'ri bog'lash (o'rnatish);
- kranlar va ko'tarma mexanizmlarining xavfli zonalari chegarasini noto'g'ri aniqlanishi;
- kranlar va ko'tarma mexanizmlarini xavfli zonalarida mehnat xavfsizligini ta'minlashning yetarli emasligi;
- kerak paytida kranlarnirng xavfli zonasi chegarasini yo'qligi yoki chora tadbirlarning ishlab chiqilmasligi;
- kranlarni elektr tarmoqlari va qazilma inshootlari yonida o'rnatish qoidalariga rioya etilmasligi;
- qurilish maydonida materiallar, qurilmalar, buyumlar va jihozlarni taxlash qoidalarining buzilishi;
- ortish-tushirish ishlarini olib borish qoidalarining buzilishi.
Qurilish sohasi xavf-xatarlarga boy bo'lgan sohalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yirik bino va inshootlarni barpo etishda minorali kranlar kabi yirik texnika vositalarining xavfsizlik masalalari dolzarb ahamiyatga ega. Minorali kranlarning noto'g'ri ishlatilishi yoki noto'g'ri joylashuvi halokatli hodisalarga olib kelishi mumkin.
Minorali kranlar yuqori balandlikda ishlash uchun mo'ljallangan bo'lib, yirik yuklarni ko'tarish va ularni aniq joylashuvlarga yetkazish imkonini beradi. Ammo bu jarayonlarda texnik nosozliklar, noto'g'ri foydalanish yoki xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik jiddiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun xavfsizlikni ta'minlash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurati ortib bormoqda.
Raqamli texnologiyalar so'nggi yillarda turli sohalarda inqilobiy o'zgarishlar olib keldi, shu jumladan, qurilish sanoatida ham. Raqamli texnologiyalar, masalan, Building Information Modeling (BIM), qurilish jarayonlarini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va xavfsizlikni oshirish imkonini beradi [7.8].
Qurilishda BIM (Building Information Modeling) va boshqa raqamli texnologiyalar:
BIM texnologiyasi obyektlarning uch o'lchamli modellarini yaratish va ularni qurilish jarayonlarida samarali foydalanish imkonini beradi. BIM texnologiyasi yordamida qurilish jarayonlarining barcha bosqichlari oldindan raqamli modelda sinovdan o'tkaziladi. Bu esa, kranlarni joylashtirishdan tortib, ularning harakat trayektoriyasigacha bo'lgan barcha tafsilotlarni aniqlashga yordam beradi.
1-jadval
BIM texnologiyasining afzalliklari8
Aspekt BIM yordamida An'anaviy usul
Xavfsizlikni ta'minlash Yuqori Past
Loyihalash aniqligi Yuqori O'rtacha
Xarajatlarni optimallashtirish Yuqori Past
Loyihani boshqarish Integratsiyalashgan Fragmentar
Minorali Kranlar va Xavfsizlik. Minorali kranlarning turlari va xususiyatlari: Minorali kranlar turli ko'rinishlarda bo'lishi mumkin: statsionar, ko'chma, va o'zini o'zi o'rnatadigan kranlar. Har bir turli minorali kranning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, ular qurilish obyektining hajmi, balandligi va kran foydalanish shartlariga qarab tanlanadi [9.10].
Xavfsizlik masalalariga e'tibor qaratish: Kranlardan foydalanishda xavfsizlik asosiy o'rinni egallaydi. Qurilish maydonlarida kranning noto'g'ri joylashuvi yoki yuklarning noto'g'ri ko'tarilishi ko'pincha jiddiy avariyalarga olib keladi. Shuning uchun, xavfsizlikni ta'minlashda raqamli texnologiyalar muhim o'rin tutadi.
Raqamli texnologiyalar orqali xavfsizlikni loyihalash. Kranlar uchun xavfsizlik masofalarini hisoblashda raqamli texnologiyalarni qo'llash: Minorali kranlarning xavfsiz foydalanishini ta'minlash uchun, ularning qurilish maydonlarida qanday joylashishi, yuklarni qanday ko'tarishi kerakligini raqamli texnologiyalar yordamida oldindan hisoblash mumkin. Bu jarayonda ko'plab omillar inobatga olinadi, jumladan, kran balandligi, yuk og'irligi, shamol kuchi va boshqa tashqi ta'sirlar.
XULOSA
Qurilish sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishning foydalari:
8 Mualiflar tamonidan yaratilgan
Raqamli texnologiyalar qurilish jarayonlarini optimallashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi va xavfsizlikni oshiradi. Ayniqsa, minorali kranlar kabi xavfli texnikalar bilan ishlashda xavfsizlik masofalarini hisoblash va kranlarni joylashtirishda raqamli modellashtirish vositalari muhim ahamiyatga ega.
Xavfsizlikni oshirish va jarayonlarni optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar: Raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish, xodimlarni tayyorlash va mehnat muhofazasi qoidalariga qat'iy rioya qilish qurilish sohasida xavfsizlikni ta'minlashning eng samarali usullaridan biridir.
Raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish, xodimlarni tayyorlash va mehnat muhofazasi qoidalariga qat'iy rioya qilish qurilish sohasida xavfsizlikni ta'minlashning eng samarali usullaridan biridir. Raqamli modellashtirish orqali minorali kranlar xavfsizligini ta'minlashning ilmiy asoslari yaratilib, ularni amaliyotga tadbiq etish tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasi. 2021 yil.
2. Sultonova D.N., Siddiqova M.A. COLOR SCHEME IN THE FORMATION OF THE ARTISTIC ENVIRONMENT OF THE INTERIOR OF MODERN EDUCATIONAL CENTERS //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. -T. 2. - №. 14. - S. 109-115.
3. Muradov Sirojiddin Husan o'gTi, Xakimov Xurshid Hamidulla o'g'li, & Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30. Retrieved from http://www.eilss.indexedresearch.org/index.php/eilss/article/view/13
4. Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. - S. 301-308.
5. Sirojiddin M. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education, technology and management. - 2024. - T. 3. - №. 2. - S. 167-177.
6. Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY //Modern Science and Research. - 2024. - T. 3. - №. 2. - S. 786-792.
7. Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 1142-1152. https://doi.org/10.5281/zenodo. 10701651
8. Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O'RGANISH //Interpretation and researches. - 2024.
9. Muradov S. ECONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF LABOR PROTECTION //Modern Science and Research. - 2024. - T. 3. - №. 1. - P. 1239-1245.
10. Xidirova Dildora, Muradov Sirojiddin. O'zbekiston Respublikasi hududida seysmoaktiv hududlar va zilzilaning xavfliligi. //Innovative Development in Educational Activities. 2024. P. 167-172.