Научная статья на тему 'QIPCHOQ (JIZZAX VILOYATI BAXMAL TUMANI) DIALEKTIDA UNLI FONEMALAR TASNIFI'

QIPCHOQ (JIZZAX VILOYATI BAXMAL TUMANI) DIALEKTIDA UNLI FONEMALAR TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
798
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DIALEKT / FONEMA / DIFTONG / CHO'ZIQLIK / OLD QATOR UNLILAR VA ORQA QATOR UNLILAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qo‘ziboyeva G. S.

Ushbu maqolada “Qipchoq” shevasidagi unli fonemalarning so‘zlarda qo‘llanilishi ifodalangan. Unda diftonglashish, birlamchi va ikkilamchi cho‘ziqlik, old va orqa qator unlilari tasniflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLASSIFICATION OF VOLUME PHONEMAS IN THE DIALECT OF KIPCHAK (BAKHMAL DISTRICT, JIZAK REGION)

This article describes the use of vowel phonemes in Kipchak dialect. It classifies diphthongization, primary and secondary elongation, front row and back row vowels.

Текст научной работы на тему «QIPCHOQ (JIZZAX VILOYATI BAXMAL TUMANI) DIALEKTIDA UNLI FONEMALAR TASNIFI»

Qo'ziboyeva G.S. yo'nalishining III kurs talabasi Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O'zbek tili va Adabiyoti Universiteti

QIPCHOQ (JIZZAX VILOYATI BAXMAL TUMANI) DIALEKTIDA

UNLI FONEMALAR TASNIFI

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Qipchoq" shevasidagi unli fonemalarning so'zlarda qo'llanilishi ifodalangan. Unda diftonglashish, birlamchi va ikkilamchi cho 'ziqlik, old va orqa qator unlilari tasniflangan.

Kalit so'zlar: Dialekt, fonema, diftong, cho'ziqlik, old qator unlilar va orqa qator unlilar.

Koziboyeva G.S.

3rd year student uzbek language and literature Philology and language teaching: Uzbek language Tashkent State University named after Alisher Navoi

University

CLASSIFICATION OF VOLUME PHONEMAS IN THE DIALECT OF KIPCHAK (BAKHMAL DISTRICT, JIZAK REGION)

Annotation: This article describes the use of vowel phonemes in Kipchak dialect. It classifies diphthongization, primary and secondary elongation, front row and back row vowels.

Keywords: Dialect, phoneme, diphthong, elongation, front row vowels, back row vowels.

Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va xalq madaniyatini o'rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u sotsiolingvistika bilan uzviy bog'liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini o'rganishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushunishga yordam beradi. O'zbekistonda dialektologik tadqiqotlar o'tkazish zarurati kun sayin oshib bormoqda. Bunda sovet davridagidek ekspeditsiyalar o'tkazib, nazariy material to'plash bilangina cheklanib qolish kerak emas. Albatta, buning ham o'z o'rni bor — qaysi hududlarda qanday shevalar tarqalgani, bu shevalar qanday so'z boyligiga egaligini bilish foydali. Lekin zamonaviy, amaliy dialektologik tadqiqotlar ham o'tkazish lozim. Ular shevalar tarixini, ijtimoiy va madaniy hayotdagi o'rnini ko'rsatib beradi.

мЭкономнка h ^uyM" №8(87) 2021

www.iupr.ru

51

Akademik Reshetov hozirgi O'zbekiston hududida mavjud bo'lgan qardosh va qardosh bo'lmagan xalqlar tilining bir-biriga ta'sirini nazarda tutib, tarixiy-lingvistik jihatidan o'zbek tilini 3 ta katta guruh:

1. Qorluq-chig'il-uyg'ur Y-lovchi o'zbek shevalari (qarluq)

2. Qipchoq J- lovchi o'zbek shevalari (qipchoq)

3. O'g'uz dialektlaridan tashkil topganligini aytadi. Ikki tilda so'zlashuvchi shevalar

O'zbek tilining uch lahjasi turkiy tillarning uchta katta tarmog'i bilan bog'liq: qarluq-chigil (yoki uyg'ur), qipchoq va o'g'uz. Bu tillarda gapiruvchi qabilalar taxminan ming yil oldin bir-biridan ajralib chiqqan. XVI asrdan so'ng, o'zbek xonliklari davrida shu xonliklar hududida mavjud bo'lgan qarluq, qipchoq va o'g'uz tillari qaytadan yagona til kontiniumi (o'zaro yaqin shevalar jamlanmasi) bo'lib birlashgan. Ularni birlashtiruvchi kuch, siyosiy chegaralardan tashqari, Navoiy tili — chig'atoy yozma me'yori bo'lgan. Bu uch lahjaga mansub shevalar qachondan boshlab bu hududlarda tarqalgani borasida har xil qarashlar bor, lekin keng miqyosli tadqiqotlar o'tkazilmagan hisob. Bugungi tilshunoslikda qipchoq shevalarining Movarounnahrga kirib kelishi XVI asr, Shayboniyxon bilan bog'liq degan fikr hukmron. Qipchoq tilli aholining asosiy qismi sobiq Buxoro amirligi hududida istiqomat qiladi. Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida qipchoq shevalari yoyilgan; ular Termiz, Denov, Boysun, Sariosiyo va Uzundan boshqa barcha tumanlarda ko'pchilikni tashkil etadi. Qashqadaryoning ham barcha hududlarida qipchoq tilli aholini uchratish mumkin. Hatto Shahrisabz, Kitob, Yakkabog' singari qarluq tilli tumanlarning chekka qishloqlarida ham qipchoq shevalari saqlanmoqda.

Samarqand viloyati ham qipchoq shevalari zonasiga kiradi. Urgut, Pastdarg'om, Tayloq, Narpay, Kattaqo'rg'on kabi tumanlarda qipchoq shevalari qarluq shevalari bilan qo'shnichilik qilsa, Jomboy, Bulung'ur, Payariq, Ishtixon, Qo'shrabot, Nurobod, Paxtachi kabi tumanlar deyarli to'liq qipchoq shevalari-da gapiradi. Jizzax, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida ham qipchoq tilli aholi ko'pchilikdir.

Qipchoq shevasida a va d unlilarining qo'llanishi.

a- unlisi quyi keng, lablanmagan unli hisoblanadi. Bizning qarluq tip shevamizda a- orqa qator varianti bo'lmay balki old qator 3 tarzida talaffuz etiladi. Chunki bizning "Saroy" mahallamiz shevasida singarmonizm deyarli uchramaydi.

Aka - 9K9

Egar - erap,

Asal - Scan,

Uka - yKS

Idora - tgopa

-A unlisi lab-lab V tovushi oldidan kelganda lablashadi yani 3 unlisiga yaqin talafuz qilinadi:

'^KOHOMHKa h ^HyMM №8(87) 2021

www.iupr.ru

52

lavlagi - nsBnsrt davra - gaBpa

Til orqa a unlisi qipchoq 1-guruh shevalarida ko'proq uchraydi. 3 unlisi o'mida ba'zan t kelishi mumkin: o'qimaymiz- yKtMtMt3 yozmaysiz - H33MtCt3 so'rayman - copsMtMSH topmayman - TonMtMSH ko'rmayman - KopMtMSH

3 - orqa qator, quyi keng, qisman lablangan unlini ifodalaydi. Shahar va shahar tipidagi shevalarda keng qo'llanadi. 3 unlisi bizning shevamizda qo'llanadi:

somon -comoh omon - omoh qovoq kobok oson - 3C3H olov - OHOB tol - T3H tomon - tomoh

3 tovushi o'rnida 3 unlisi qo'llanadi: sopol - sapol - csnon tovoq - tavoq - tsbok yomoq - yamoq - hsmok sholg'om - shalg'om - msnroM

Birlamchi va ikkilamchi cho'ziq unlilar saqlangan unlilarga tasnifi.

Turkiy tillarning dastlabki davrlarida so'zlarning birinchi bo'g'inida unlilar cho'ziq talaffuz etilgan. Bunday cho'ziqlik boshqa tovush ta'sirida yuz bergan emas, balki qadimgi turkiy tilning tabiati bilan bog'liq. Unlilarning bunday cho'ziqligi hozirgi Xorazm, Forish va shimoliy o'zbek shevalarida saqlanib qolgan. Birlamchi cho'ziqlik mahallamiz shevasida uchramaydi, ammo ikkilamchi cho'ziqlik faol qo'llanadi : Maslahat - m9ch9:t Qishloq - Ktmno: Sol - co:

Kel - Ke:

Oyoq - ono:

Pichoq - ntno:

Ol - o:

Bor - 6o: Bo'l - 6o: Qol - ko:

Diftonglashish.

мЭкономнка h соцнумм №8(87) 2021

www.iupr.ru

53

Diftong bu talaffuzda tovush ortishi hodisasi hisoblanadi, ya'ni talaffuzda tovush ekskursiyasida boshqa tovush unsurlari qo'shiladi va to'xtam hamda rekursiyasida asosiy tovush talaffuz qilinadi. Diftong hodisasi singarmonizmli shevalarda, asosan, qipchoq va o'g'uz lahjasida kuzatiladi. Diftong ikki xil ko'rinishda yuz beradi :

1. So'z boshida tovush ortishi

2. So'z o'rtasida tovush ortishi. Bu mahallamiz shevasida 2-turi so'z o'rtasida tovush ortadi:

Doir - doyir - дэйър Shoir - shoyir - шэйър Orzum - orzuyim - эрзуйъм Oila - oyila - эйълэ Doimo - doyimo - дэйъмэ

Ma'lumki, til jamiyat a'zolari o'rtasida aloqa-aralashuv vazifasini, insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki hamda yozma ravishda bayon qila olish, o'z ichki kechinmalarini ifodalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ona tili ta'limi oldiga qo'yilgan bu ijtimoiy vazifa o'quvchilarni fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini savodli bayon qila olishga, ya'ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o'rgatishdan iborat. Shuning uchun ham bugungi kunda ona tili ta'limi oldiga mukammal shakllangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo'yilgan. Shu sababli adabiy tilimizning tub ildizlari bo'lmish dialektlarni o'rganish muhim masalalardan biri xisoblanadi. Qachonki, til chetdan o'zlashgan so'zlardan emas, balki, adabiy tilning asosi bo'lmish shevalardan yangi so'z olsagina rivojlanadi. Har bir til o'z tomirlaridan suv olib, o'sib borishi kerak degan fikrdaman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Jamolxonov H.A "Hozirgi o'zbek adabiy tili", Toshkent - "Talqin" 2005

2.Xolmonova Z.T "Tilshunoslikka kirish", O'quv qo'llanma Toshkent - 2007 3.Irisqulov M.T "Tilshunoslikka kirish", Toshkent - "Yangi asr avlodi" 2009

4. Xolmonova Z.T "Tilshunoslik nazariyasi", Toshkent - "Nodirabegim" 2019

5.Abduazizov A.A "Tilshunoslik nazariyasiga kirish", O'quv qo'llanma Toshkent - 2010

"Экономика и социум" №8(87) 2021

www.iupr.ru

54

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.