Научная статья на тему 'QAXRAMON KOMILOV HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR'

QAXRAMON KOMILOV HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
336
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Sozanda / kompozitor / repertuar / cholg‘u / orkestr

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Fazilat Shukurova

Ma’lumki, yurtimiz iste’dodlarga boy diyordir. Bir necha sozanda-yu xonandalar yetishib, bugunki kun yoshlariga ko‘plab nodir asarlar qoldirib ketishgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu maqolada serqirra ijodkor, kompozitor Qahramon Komilov hayoti va ijodi haqida fikr yuritishga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QAXRAMON KOMILOV HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR»

QAXRAMON KOMILOV HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR

Fazilat Shukurova shukurovafazila@gmail.com O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Ma'lumki, yurtimiz iste'dodlarga boy diyordir. Bir necha sozanda-yu xonandalar yetishib, bugunki kun yoshlariga ko'plab nodir asarlar qoldirib ketishgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu maqolada serqirra ijodkor, kompozitor Qahramon Komilov hayoti va ijodi haqida fikr yuritishga harakat qildik. Kalit so'zlar: Sozanda, kompozitor, repertuar, cholg'u, orkestr.

A GLANCE AT THE LIFE AND CREATION OF THE HERO KOMILOV

Fazilat Shukurova shukurovafazila@gmail.com State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: It is well known that our country is rich in talented people. It would not be an exaggeration to say that many musicians and singers have left many unique works for today's youth. In this article, we have tried to reflect on the life and creative works of Khakhramon Komilov, a great artist and composer.

Keywords: Musician, composer, repertuire, musical instrument, orchestra.

Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbekiston ilm-fan va san'at va adabiyot kabi barcha sohalar rivojlanib bormoqda1. Mamlakatimizda yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini zamon talabi darajasida ko'tarish masalasiga eng ustivor vazifa sifatida qaralmoqda 2. Bizga ma'lumki, azal-azaldan yurtimizda mohir ijodkorlar yetishib chiqgan va kamol topgan. Ana shunday mohir sozanda-bastakor, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Qahramon Komilovdir.

Qaxramon Komilov 1948-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ularning oilasida farzandlar juda ko'p hammalari 10 nafar bo'lgan. Akalari Kommunar Komilovni xalqimiz yaxshi tanishadi, ular ham bastakor bo'lganlar, hamda yaxshi g'ijjak ijrochisi bo'lganlar. Ular ko'plab chiroyli qo'shiqlar muallifi bo'lgan.

1 О.Назаров -Чолгу ижрочилик санъатида "Сугдиёна" камер оркестрининг халкаро тажрибалари. Маколаси."Халк чолгулари ижрочилигининг замонавий омиллари" Республика илмий-амалий конференция маколалар туплами.Тошкент 2015 й.

2 А.Мамадалиев -Ансамбл синфи.Тошкент 2020 й.

ПМ^^^в 958 http://oac.dsmi-qf.uz

Xususan, "Bahor" raqs dastasida, keyinchalik Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida o'zbek xalq cholg'u ansamblida g'ijjakchi bo'lib faoliyat yuritgan. Otalari Sadriddin Komilov juda ham san'atsevar inson bo'lgani bois, farzandalarining qo'lidan yetaklab, musiqa maktabiga o'qishga olib boradi, ularni san'atga qiziqtiradi. Sadrin ota Komilov ulug' vatan urushi qatnashchisi bir necha yillar rahbar lavozimlarida ishlaganlar, ko'plab insonlarga beminnat yordam qo'lini cho'zganlar. Sadriddin ota Komilov vatanparvar, bolajon, oilaparvar, xojatbaror inson bo'lgan. Farzanlari ichidan Qaxramon Komilov sobiq Xamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi musiqa bilim yurtining g'ijjak sinfiga o'qishga kiradi. U yerda professor M.Toshmuxammedov sinfida tahsil olgan. Bilim yurtini tugatgandan so'ng, M.Ashrafiy nomli Toshkent davlat konservatoriyasining g'ijjak sinfiga o'qishga kiradi. O'qish bilan bir qatorda O'zbekiston televideniyesi va radiosi qoshidagi o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida g'ijjakchi sozanda ijrochisi sifatida ish olib borgan. Orkestrning rahbari va dirijori O'zbekiston xalq artisti bastakor Doni Zokirov edilar, ikkinchi dirijor Ubaydullo Abdullayev bo'lganlar. Oldinlari davrida harbiy xizmat ikki yil bo'lar edi. Qaxramon Komilov harbiy xizmat qilgan davrlarida Ikromjon Bo'ronov harbiylardan badiiy jamoalar ansambliga rahbarlik qilar edilar. Q.Komilov ham g'ijjakchi sozanda sifatida shu ansamblda o'z xizmat faoliyatini davom ettira boshlaydi. Skripka sozida ijro qilish bilan birga o'zlari ijod qilgan qo'shiqlarni ham kuylab, hamda bastakorlik qirralarini ochishga imkon yaratiladi. Shulardan biri "Ul kecha" qo'shig'ini Ikromjon Bo'ronovga taqdim etgan. Bu qo'shiq hozirgacha xalq orasida sevib tinglanib kelinmoqda. Xalqimiz tadbirlarida xonandalarga skripkada jo'r bo'lib, ijro qilishni birinchilardan bo'lib yo'lga qo'yganlar. Q.Komilovning ijodiy hayot yo'li o'zbek milliy musiqa madaniyatida, ayniqsa O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi ko'p yillar faoliyat olib borgan, hozirda esa madaniyat vazirligi tasarrufidagi "O'zbek xalq cholg'ulari orkestri" bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Q.Komilov kompozitorlik ijodi bilan bir qatorda g'ijjak cholg'usida ham o'zbek mumtoz asarlarini yakkanavoz sifatida orkestr jo'rligida ijro qilib, radio to'lqinlari orqali xalqimizga havola etib kelinmoqda. Bulardan: "Surnay chorgaho"-o'zbek xalq artisti, changchi, sozanda Tilash Xo'jamberdiyev bilan birgalikda ijro qilgan. "Nasrulloiy"-rubobchi sozanda Adham Xudoyqulov bilan ham duetlar ham xali hanuz elimizga manzur bo'lib kelmoqda.

Konservatoriyada o'qish davrida xalq cholg'ulari kafedrasida akademik ijroga ko'p e'tibor qaratilgan. Kafedra mudiri A.I.Petrosyans hamma g'ijjakchi sozandalardan kamonli skripkada ushlash uslubini talab qilganlar. Q.Komilov xalq yo'lida ko'plab ijro qilganliklari milliy asarlarga mos ijro chiqishi uchun komonli ana'naviy tarzda ushlaganlar.

A.I.Petrosyans Q.Komilovga ko'p bora tanbeh berganlar, "To'g'irilab ijro etmasang o'qishdan xaydalasan"-deb ko'p takrorlaganlar. Shu sabab, Q.Komilov

I [ccñ^^BI 959 http://oac.dsmi-qf.uz

o'qish faoliyatidan ketib qoladi va D.Zokirovning qo'l ostilaridagi orkestrga konsertmeystr lavozimiga ishga kiradi. Shu davrda D.Zokirovdan kompozitorlik sirlarini o'rgana boshlaydi. Orkestr uchun ilk asarlarini taqdim qila boshlaydi. Shu bilan birga yirik shakldagi asarlarga ham qo'l uradi. Bulardan: "Syuita", "Poema", "Uvertyura" kabi 500 dan ortiq asarlari radio efirlarida berib kelinmoqda. O'zbekiston xalq artistlari Matluba Dadabaeva, Xadiya Yusupova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gulbahor Erqulova, Dehqonboy Xusanov, Mehri Bekjonova, Nasiba Sattarova, Qozim Qayumov, Gulbahor Sulaymonova, Dilnoza Ismiyaminova, Mohira Asadova, Baxtiyor Xolxo'jaev, Ozoda Yorova va boshqa ko'plab ijodkorlarning ijodiga o'z xissalarini qo'shib kelganlar. G'anijon Toshmatov vafotlaridan so'ng O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi dutorchilar ansambliga rahbarlik qildilar. Ansambli a'zolaridan Sanobar Karimova, Mohira Asadova, Xursiya Esonova, Shaxnoza Ismoilova, Munira Muxammedovalarni yakka ijrochi san'atkor bo'lib tanilishida o'z xissalarini qo'shdilar. O'z davrida O'zbekistonning turli hududlarida bo'lgan iste'dodli yoshlarni tanitish maqsadida rafiqasi F.Shukurova bilan birgalikda viloyatlar bo'ylab safarlarda bo'lib, mahoratli yoshlarni topib, ularning iste'dodini yuzaga chiqarishda ko'plab say-harakatlar qilganlar va ularning kelgusi ijodlarini olib borishda bosh-qosh bo'lganlar.

Kelgusida Q.Komilov o'z ijod faoliyatini yanada boyitish maqsadida O'zbekiston davlat konservotoriyasining kompozitorlik yo'nalishi bo'yicha Boris Gienka va T.Tojiyev qo'llarida tahsil olishni boshlaydi. O'qish davomida ustozlar rahbarligida simfonik orkestr uchun simfonetta", kamer orkestiri, estrada orkestrlariga o'zbek xalq cholg'ulari orkestriga yirik shakldagi murakkab asarlar yozadilar. Ko'plab o'zbek xalq kuylarini va qardosh xalq kuylarini orkestrga xalqchil qilib moslashtirar edilar. Keyingi faoliyatlari davomida O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi estrada simfonik orkestri bilan bog'liqdir. Ish faoliyati davomida estrada orkestri uchun ko'plab asarlar yaratganlar. Birinchilardan bo'lib, estrada orkestri uchun "Gulzorda" asarini yozgan, bu asar milliy ruhda yozilgan bo'lib, orkestr cholg'ulari bilan uyg'unlikni ta'minlagan. Bu asar O'zbekiston davlat konservatoriyasining professori Ro'zbi Xojievaga bag'ishlangan bo'lib, unda milliylik ruhi saqlangandir. Bu asarga avvalo maqom (diotanik) dutori uchun yozilgan edi. R.Xojieva uni akademik (xromatik) dutor altga moslab konservatoriya talabalariga o'rgatib kelmoqdalar. Asar fantaziya shaklida yozilgan, tonalligi Re-minordan boshlangan, o'lchovi 4/4, asarning kirish qismi fortopianoda ijro etiladi. Uchinchi oktavada ijro etilgan ohang bulbulning sayrashiga o'xshaydi. 11 taktdan so'ng "Allegro" suratida kuy boshlanadi. Bu asarni chalganda o'zini gulzor oralab sayr qilgandek tasavvur qilish lozim. Kuy teskari zarb bilan boshlanadi. Bahordagi endi ochilgan gullar ko'zlarni qanday quvontirgani tasvirlangan. U ikki

960

http://oac.dsmi-qf.uz

ovozli qilib yozilgan bo'lib, undagi intervallar "kvarta", "kvinta" va "tersiyalarni" dan iborat. Yarimtalik notalar teskari zarbda ijro etilgan.

"Moderato" qismida tonallik o'zgaradi R-minordan r-mojorga o'tiladi. 6/8 o'lchoqini bastakor mahorat bilan o'tkazilgan. Bu qismda asar ruhiyati zarbalarda aks etgan. "Kodensiya" bo'limida tonallik yana o'z holiga r-minor bo'lib qaytadi. Bu qismda to'fon boshlanib, gullar va barglar to'kilgan tasvirlangan go'yo. Zarblari tremola, qo'sh zarb, yakka zarb, oddiy zarb, pizzicato chimdim chalish, tremolo va teskari zarblar ishlatiladi. Bezak sifatida ishlatiladigan forshlak, aksentlar, kvintol, sekstol, triollarni mahorat bilan yozganlar. Koda ya'ni tugallanish qismi 4/4 o'lchovga qaytadi, bu yerdagi zarb teskari va oddiy pastga balandga uriladi. Bu asar yirik shakldagi asar bo'lib, sonata shaklida yozilgan. Xulosa qilib aytganda O'zbekistonda kompozitorlik maktabi rivojlanganligi sababli dutor cholg'usi uchun maxsus asarlar yozildi.

Qaxramon Komilovning kompozitorlik faoliyatidan yana biri orkestr uchun yozilgan asarlarini to'g'ridan-to'g'ri orkestr uchun repertuariga yozar edilar. Shu sababli, ko'plab asralarini konservatoriya orkestr direjyorligi kafedrasi talabalari uchun 2 ta fortopeano uchun qayta moslashtirganlar. Bugungi kunda dirijorlik darslarida foydalanib kelinmoqda.

Davr taqozosi bilan badiiy jamoalarning madaniyat vazirligi qoshiga o'tkazilganligi sababli, sobiq M.Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat san'at institutida o'z ish faoliyatlarini davom ettirdilar. Musiqali drama fakulteti talabalariga Aria va qo'shiqlarni o'rgatib keldilar. Talabalarning diplom ishlari uchun A.Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani asosida "Otabek va Kumush" nomli musiqali dramasini sahnalashtirdilar.

Muqimiy nomli musiqali drama teatri uchun "Mening muhabbatim", "Garovga qo'yilgan muhabbat" spektakllariga musiqa yozdilar va bu asarlar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Q.Komilov Respublikamizda musiqa san'atiga qo'shgan xizmatlari uchun 1990 yil O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist faxriy unvoni berildi va bir qancha boshqa unvonlar bilan taqdirlanib kelganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O.Nazarov -Cholg'u ijrochilik san'atida "So'g'diyona" kamer orkestrining xalqaro tajribalari. Maqolasi."Xalq cholg'ulari ijrochiligining zamonaviy omillari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to'plami. Toshkent 2015 y.

2. A.Mamadaliev -Ansambl srnfi.Toshkent 2020 y.

961

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.