Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATIDA JOYLASHGAN KITOB GEOLOGIK QO’RIQXONASINI ILMIY VA AMALIY O’RGANISH'

QASHQADARYO VILOYATIDA JOYLASHGAN KITOB GEOLOGIK QO’RIQXONASINI ILMIY VA AMALIY O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paleontologik-stratigrafik obyektlar / ’’Qizil kitob’’ / Xo’ja Qo’rg’on darasi / Zinzilboy soyi. / paleontological-stratigraphic objects / «Red Book» / Khoja Kurgan gorge / Zinzilboy creek.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Normatov S.A., Raxmonova M.Z

Ushbu maqolada Kitob Davlat geologik qo’riqxonasining joylashgan o’rni, o’simlik va hayvonot dunyosi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND PRACTICAL STUDY OF KITB GEOLOGICAL RESERVE LOCATED IN KASHKADARYA REGION

This article describes the location of the State Geological Reserve, flora and fauna.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATIDA JOYLASHGAN KITOB GEOLOGIK QO’RIQXONASINI ILMIY VA AMALIY O’RGANISH»

Normatov S.A. Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Geografiya kafedrasi assistent o'qituvchisi

Raxmonova M.Z. 1-bosqich talabasi Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslariyo'nalishi

QASHQADARYO VILOYATIDA JOYLASHGAN KITOB GEOLOGIK QO'RIQXONASINI ILMIY VA AMALIY O'RGANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada Kitob Davlat geologik qo'riqxonasining joylashgan o 'rni, o 'simlik va hayvonot dunyosi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: paleontologik-stratigrafik obyektlar, ''Qizil kitob'', Xo'ja Qo 'rg'on darasi, Zinzilboy soyi.

Normatov S.A. assistant teacher Department of Geography Shahrisabz State Pedagogical Institute

Rakhmonova M.Z. 1st stage student

The direction of the basics of geography and economic knowledge

Shahrisabz State Pedagogical Institute

SCIENTIFIC AND PRACTICAL STUDY OF KITB GEOLOGICAL RESERVE LOCATED IN KASHKADARYA REGION

Abstract. This article describes the location of the State Geological Reserve, flora andfauna.

Key words: paleontological-stratigraphic objects, «Red Book», Khoja Kurgan gorge, Zinzilboy creek.

O'zbekiston Prezidentining "Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog'ini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qo'riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog'i tashkil etiladi. Bu bo'yicha tegishli hukumat qarori qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun, davlat qo'riqxonalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo'ladi. Uning hududida ilmiy-tadqiqot

faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritishdan tashqari har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Tabiat bog'larining hududlari zonalarga ajratilgan bo'lib, ayrim zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo'l qo'yiladi. 2019-yilning noyabr oyida Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qo'riqxonasini Kitob milliy geologiya bog'iga aylantirish haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingandi.

Kitob davlat geologiya qo'riqxonasi — Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidagi qo'riqxona. Zarafshon tog' tizmasining janubi-g'arbiy tarmoqlari, Jinnidaryoning so'l qirg'og'i va Qoratog'ning shimoliy yon bag'rida, Kitob shahridan 45 km sharqda joylashgan. Maydoni 5378 ga. Yerning geologik tarixiga oid tabiiy-ilmiy yodgorliklar bo'lmish noyob paleontologik-stratigrafik obyektlarni reja asosida o'rganish va muhofazalash maqsadida 1979 yilda tashkil etilgan. Kitob davlat geologiya qo'riqxonasida o'rta ordovik davridan boshlab devon va karbon davrlarining chegara qatlamlarigacha bo'lgan dengiz cho'kindi hosilalari paleozoy qatlami jinslarining yotish yo'nalishini kundalangiga kesib o'tgan bir qancha soy vodiylarida barqaror izchillikda kuzatiladi.

Qo'riqxonaning mutlaq balandligi 1300-2650 m, nisbiy balandligi 500 m.dan 1500 m.gacha. Qo'riqxona xilma xil jonli tabiat dunyosiga boy. Bu yerdagi 800 tur o'simlikdan 212 tasi, jumladan, ajoyib yunona, „buyuk", „Turkiston", foster va korolkov lolalari, fisherning gladiolus va shtenbergiyasi, chayqaluvchan allaxro'za, muskusli ferula, chinor, eremurus, cho'l pioni, korolkov shafrani, kiselring savrinjoni, poyasimon piyoz va boshqa o'simliklar O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.

Shuningdek, Qo'riqxonada nafaqat hududdagi ekotizimni saqlab qolish, Xalqaro va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan o'simlik, hayvonot olamini ham muhofaza etishga xizmat qiladi.

1-rasm

Kitob geologik qo'riqxonasidan olingan rasm

Uning umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadi. Yer sharining geologik tarixi bo'yicha tabiiy ilmiy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu geologik qo'riqxona o'z ahamiyati jihatidan jahon geologik merosining eng ajoyib ko'rinishi sifatida xalqaro maqomga egadir.

"Kitob" davlat geologik qo'riqxonasi nafaqat bir necha yuz million yillar avval yashagan, davrlar o'tib iqlim o'zgarishlari natijasida qadimgi dengiz jonzotlari tosh bo'lib qotgan kesmalari, balki bugungi kun hayvonot va nabotot olami bilan ham mashhurdir. Qo'riqxona hududida 300 xil manzarali o'simliklar o'sadi. Shundan 280 turi xalq tabobatida ishlatiladi. 22 turi esa O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi"ga kiritilgan. Shuningdek, sut emizuvchilarning 21 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 turi, baliqlarning esa 3 turi mavjud. Qo'riqxona hududida tarvaqaylab o'sgan yong'oqlar, hosili mo'l qizil olmalar, baland bo'yli, yovvoyi qizil do'lanalar va boshqa daraxt turlarini uchratish mumkin. Ammo ularning shoxlarida sayrayotgan qushlar soni uncha ko'p emas. 128 turi muhofaza qilinsa ham, aksariyati juda kam uchraydi. Shuningdek, Zinzilboy soyi bo'ylab yurganda daraxt turlari, archalar, jilg'alarni ham ko'rish mumkin. Bu yerda o'simliklar, hayvonlar, qushlarning nihoyatda noyob turlarini uchratsa bo'ladi. Ana shulardan biri hududimizda kam uchraydigan, o'ziga xosligi bilan ajralib turuvchi ko'k qushdir. Tabiatda ko'k va moviy tusli qushlar ko'p, ammo ko'k qush ularning hech biri emas. Uning ilmiy unvoni Myophonus caeruleus Scop deb nomlangan. Qo'riqxonada Zarafshon archasi ham muhofaza qilinadi. Archa uncha baland o'smagan, sarg'ayib qolgan o't-o'lanlar bilan qoplagan, tog' yonbag'riga yashilligi bilan chiroy bahsh etib turadi. O'zidan xushbo'y hid taratadi. Bu betakror hudud xalqaro tadqiqotlar markaziga aylangan.

Ko'k qush qo'riqxona soylarining maftunkor qushidir. U toshqin suvlarda qad ko'tarib turuvchi toshlarda uchraydi, to'q ko'k rangda tovlanib, ovozi nafis va jarangdor yangraydi. «Uni ko'rgan inson baxtli bo'larmish", - deb rivoyatlarda ham aytib o'tiladi. Soylar, daralar bo'ylab yurganda daraxtlarning ancha siyrak, shuningdek, soyli joylarda nisbatan qalinroq o'sganini ko'rish mumkin.

Kitob geologik qo'riqxonasida go'zal manzarali joylar juda ko'p. Atrofi bo'ylab "Xo'ja Qo'rg'on" kesmalari joylashgan Xo'ja Qo'rg'on darasi ham shular jumlasiga kiradi. Shovqinli, ko'plab sharsharalardan iborat tog' daryosi bo'ylab daraxt-butali va o'tli o'simliklarning deyarli barcha turlari o'sib yotganini ko'rish mumkin.

Shahrisabz yaqinidagi Kitob Davlat geologiya qo'riqxonasi Markaziy Osiyodagi birinchi geopark deya taxmin qilinmoqda. Tahminlarga ko'ra, dinozavrlargacha bo'lgan davrdagi topilmalarni aniqlash imkoni bor. Aynan bu imkonni Kitob tuman qo'riqxonasidan izlash ko'p sirlarni ochadi.

Avgust boshlarida Shahrisabz shahrida O'zbekistonda yangi sayyohlik yo'nalishlarini rivojlantirish istiqbollariga bag'ishlangan 15 mamlakat olimlari va soha mutaxassislari ishtirokida 1-Xalqaro geoturistik forum o'tkazildi. Buning

uchun 2500-yillik tarixga ega boy diqqatga sazovor Shahrisabz yaqinidagi Kitob Davlat geologiya qo'riqxonasi tanlandi.

YUNESKOning Markaziy Osiyodagi tabiiy fanlar bo'limi boshlig'i Kristina Tovmasyan ma'lum qildiki: " MDH davlatlari hududida YUNESKOning geoparkka oid global tarmoq tajribasi yo'q. Shuning uchun, biz tomondan O'zbekiston bilan hamkorlik qilish taklifi bor".

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Uzbekistan.Travel.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.

2. Isaho'jiyev Baxtiyor. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3.''O'zbekiston milliy ensklopediyasi'' (2000-2005)

4. Xudoyorov L.X., Mavlonova S.H. OROL DENGIZINING EKOLOGIK HOLATI-BUGUNGI DUNYONING DOLZARB MUAMMOSI. «Экономика и социум» №10(113)-1 2023.

5. Xudoyorov Lochinbek, Haydarova Noila. BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR. «Экономика и социум» №11(114) 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.