Научная статья на тему 'JIZZAX VILOYATI ZOMIN QO’RIQXONASIDAGI BIOTSENOZLARINING EKOLOGIK TAHLILI'

JIZZAX VILOYATI ZOMIN QO’RIQXONASIDAGI BIOTSENOZLARINING EKOLOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qo’riqxona / xilma-xil hayvonot dunyosi / ekologik holat / regional (mintaqaviy) va lokal (mahalliy) ekologik muammolar / o’simlik turlari / tog‘ echkisi / «Qizil Kitobi» / keltirib chiqarayotgan omillar / tabiatning tasiri / antropogen ta’sir.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Saparova Gulnaz Kalbayevna, Turabekov Shomaxsud Anvar O‘G‘Li

Mazkur maqolada Zomin qo’roqxonasi biotsenozlarining ekologik holatlari, ularning iqlim o‘zgarish sabablariga chidamliligi hamda ekologik jihatdan tadqiq etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VILOYATI ZOMIN QO’RIQXONASIDAGI BIOTSENOZLARINING EKOLOGIK TAHLILI»

JIZZAX VILOYATI ZOMIN QO'RIQXONASIDAGI BIOTSENOZLARINING EKOLOGIK TAHLILI

1Saparova Gulnaz Kalbayevna, 2Turabekov Shomaxsud Anvar o'g'li

1TIPI "Pedagogika" fakulteti professor v.b, ped.f.n, 2Pedagogika ta'lim yo'nalish 22/1 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11211517

Annotatsiya. Mazkur maqolada Zomin qo'roqxonasi biotsenozlarining ekologik holatlari, ularning iqlim o'zgarish sabablariga chidamliligi hamda ekologik jihatdan tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: qo'riqxona, xilma-xil hayvonot dunyosi, ekologik holat, regional (mintaqaviy) va lokal (mahalliy) ekologik muammolar, o'simlik turlari, tog' echkisi, «Qizil Kitobi», keltirib chiqarayotgan omillar, tabiatning tasiri, antropogen ta'sir.

Аннотация. В данной статье изучается экологическое состояние биоценозов Зоминского заповедника, их устойчивость к причинам климатических изменений, экологические исследования.

Ключевые слова: заповедник, разнообразный животный мир, экологическая ситуация, региональные и локальные экологические проблемы, виды растений, горный козел, «Красная книга», вызывающие факторы, воздействие природы, антропогенное воздействие.

Annotation. This article studies the ecological state of the biocenoses of the Zominskiy Reserve, their resistance to the causes of climate change, and environmental studies.

Key words: nature reserve, diverse wildlife, ecological situation, regional and local environmental problems, plant species, mountain goat, "Red Book", causing factors, nature impact, anthropogenic impact.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarorida so'nggi yillarda respublikada o'ziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlarni va majmualarni, o'simliklarning va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga bo'lgan salbiy ta'sirini oldini olish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni o'rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik ta'lim va tarbiyani takomillashtirish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Keyingi yillarda qo'riqxonalarda muhofaza qilinadigan biotsenozlarining ekologik holatlari to'g'risida ma'lumotlar va solishtirish imkoniyatlari juda kam olib borilmoqda. Shu sababli Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Jizzax viloyatining Zomin qo'qirxonasining biotsenozlarining ekologik holatini o'rganishni maqsad etib olindi. Shu sababli ham, qo'riqxonalarda muhofaza qilinadigan biotsenozlarining ekologik holatlari o'raganish mamlakatimizda e'tiborga olinmoqda va uning yana bir biotsenozlarni hisoblab, noyob turlar sonin ko'paytirishni jadal rivojlantirish zaruriyati paydo bo'lmoqda. Shu bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi muhim ahamiyat egadir.

Tadqiqot uslublari: Tadqiqotni amalga oshirish qo'riqxona hududlarida kuzatish uslublari, ekologik va biologik usullar, shuningdek matematik-statistik dasturlardan foydalaniladi.

Natijalar va namunalar. Zomin qo'riqxonasi 1960-yilda tashkil etilgan, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida 26840 gektar maydonda joylashgan, shundan 11322 gektarini o'rmon bilan qoplangan bo'lib, dengiz sathidan 1760-3500 m balandlikdagi tog'-archa ekotizimlari muhofaza qilinadi, 700 dan ortiq turdagi o'simlik mavjud, shundan Zarafshon, yarimsharsimon va Turkiston archalari o'rmon hosil qiladi. Zomin qo'riqxonasi asosan Tog'-archa landshaftlari. Archa o'rmonlari va uning hayvonot olamini muhofaza qilish uchun tashkiol etilgah bo'lib yer maydoni 26848,6 gektarini egalaydi. Qo'riqxona hududida G'arbiy Buxoro zoogeografik uchastkasiga qaraydigan anchagina xilma-xil hayvonot dunyosi yashaydi. Bu yerda qo'riqxona archa o'rmonzorlariga xos barcha turlar uchraydi. Har xil maydonlarda boy ozuqa bazasi, in va uyali joylar bioxilma-xillik majmuasining barcha tarkibiga yashash imkonini yaratgan.

Qo'riqxona hududida baliqlarning 1 turi, suvda va quruqliqda yashovchilarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi va sutemizuvchilarning 30 turi uchraydi. Qo'ng'ir ayiq va Turkiston silovsini TMXIning «Qizil Kitobi»ga kiritilgan. O'zbekiston Respublikasining «Qizil Kitobi»ga qo'ng'ir ayiq, Turkiston silovsini, tog' echkisi, tasqara, qora laylak, boltayutar, burgut, kichik burgut, itolg'i, oqboshli qumoy, mallabosh lochinlar kiritilgan. Qo'riqxonada «Qizil kitob»dagi oq tirnoqli ayiq, sibir tog' echkisi, Turkiston silovsini va qora laylak asosiy muhofazada hisoblanadi. Qo'riqxona hududida hayvonlar 152 tur bilan taqdim qilingan, shundan 16 turi Xalqaro «Qizil kitob» va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgani kuzatildi.

Archali kengliklar xususan qushlarga boy. Odatda qo'riqxona o'rmonlarida sariq va tog' dehqonchumchug'i, qorabuqoq bo'zshaqshaq, pungqush, hammayoqda hoziru nozir kakliklar, Turkiston chig'irchig'i ko'plab uchraydi. Sharsharali daralarda tog' maynasi va vohmaqush, toshli soylarda qo'ng'ir va oddiy suvchumchuq, tog' va niqobli jiblajibon yashaydi. Yuqori cho'qqilarda quyidagi yirik qushlar in quradi: oqboshli qumay, tasqara boltatumshuq-qo'zilar. Chortongi darasida, qoyaning oyoq yetmaydigan chuqur yorig'ida bir juft qora turna yashaydi. Bu juftlik har yili shu yerga ko'chib keladi.

Sut emizuvchilardan bu yerda bo'ri, to'ng'iz, quyon, oddiy ko'rsichqonlar doimiydir. Yuqori tog'liklar, archa zonasida ayiqlarni bolalari bilan uchratish mumkin, ular bu yerda ko'p uchraydi. Xilvat joylarda Turkiston silovsining shitir-shitirini eshitib turish mumkin. Erta tongda tun yirtqichi, jajjigina, yoqimtoy ariq sichqonini uchratish mumkin.

Tog' echkisi tog'liklar, qoyalar va tosh uyumlarida uchraydi, ular ham qo'riqxona hayvonat dunyosining oddiy a'zosi. Qoq toshliklarda turkiston echkiemarini uchratish mumkin. Qumli va tuproq qiyaliklarda bo'shilon, chiporilon, cho'l taqirko'zligi, sariqilon va boshqalar ko'zga tashlanadi.

Zomin - tabiatga sayohatni yaxshi ko'radiganlar uchun juda qiziqarli joy. Ushbu kichik shahar jizzax viloyati tog'li tumanining markazi hisoblanadi.Ishoning, siz tabiatga sayohat qilish uchun yaxshiroq joy topolmaysiz! Bu yerning tabiiy go'zalligi sizni befarq qoldirmaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytqanimizda Zomin qo'qrixonasi biotsenozlarini asrash, ekologik holatinin o'rganish, ularni kelajak avlod uchun asrab abaylash bugungi kunning dolzarb muommalardan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Saparova G.K.,Yuldosheva S.Sh. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasidan amaliy mashg'ulotlar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent. 2019 y.

2. Ergashev A.Ye. Umumiy ekologiya o'quv qo'llanma. Toshkent. 2006 y.

3. Ergashev A. Ye., Sheraliyev A. Sh., Suvonov X. A, Ergashev T. A. "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish" o'quv qo'llanma, «Fan» T.2009., 450 bet.

4. Haydarova H. N., Saparova G. K. Ekologiya va atrof - muhit muhofazasidan darslik Toshkent. 2021 y

5. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" 2 tomlii- T.: "Chinor ENK", 2019. 567 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.