Научная статья на тему 'MUHOFAZAGA OLINGAN HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI (KO‘HITANG DAVLAT QO‘RIQXONASI MISOLIDA)'

MUHOFAZAGA OLINGAN HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI (KO‘HITANG DAVLAT QO‘RIQXONASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
55
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
QO‘RIQXONA / KO‘HITANG / PAYG‘AMBAROROL / ZARAUTSOY / O‘ZBEKISTON QIZIL KITOBI / BUXORO BUG‘USI / MUHOFAZA OSTIGA OLINGAN O‘SIMLIKLAR / MUHOFAZA OSTIGA OLINGAN HAYVONLAR

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdimo‘Minov T.A., Yoqubova Q.F., Aliboyev E.H.

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan Ko‘hitang davlat qo‘riqxonasining muhofazaga olingan hududlarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO DEVELOP PROTECTED AREAS (EXAMPLE OF KOHITANG STATE SANCTUARY)

This article shows ways to develop the protected areas of the Kohitang state reserve located in the Surkhandarya region.

Текст научной работы на тему «MUHOFAZAGA OLINGAN HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI (KO‘HITANG DAVLAT QO‘RIQXONASI MISOLIDA)»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Abdimo 'minov T.A.

Termiz davlat pedagogika instituti "Geografiya va uni o 'qitish metodikasi" kafedrasi o 'qituvchisi

Yoqubova Q.F.

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

Aliboyev E.H.

Sherobod tumani 55-sonli umumta'lim maktabininggeografiya fani o'qituvchisi

MUHOFAZAGA OLINGAN HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI (KO'HITANG DAVLAT QO'RIQXONASI MISOLIDA)

Annotatsiya. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan Ko'hitang davlat qo'riqxonasining muhofazaga olingan hududlarini rivojlantirish yo'llari ko'rsatilgan.

Tayanch so'zlar: Qo'riqxona, Ko'hitang, Payg'ambarorol, Zarautsoy, O'zbekiston Qizil kitobi, Buxoro bug'usi, muhofaza ostiga olingan o'simliklar, muhofaza ostiga olingan hayvonlar.

Abdimominov T.A.

teacher

department "Geography and its teaching methodology"

Termiz State Pedagogical Institute

Yakubova Q.F. student

Termiz State Pedagogical Institute

Aliboyev E.H. teacher

geography at secondary school No. 55 of Sherabad district

WAYS TO DEVELOP PROTECTED AREAS (EXAMPLE OF KOHITANG STATE SANCTUARY)

Annotation. This article shows ways to develop the protected areas of the Kohitang state reserve located in the Surkhandarya region.

Key words: Reserve, Kohitang, Prophet, Zarautsoy, Red Book of Uzbekistan, Bukhara deer, protected plants, protected animals.

Mamlakatimiz turli sohalarda boy tabiatga ega, yil fasllari to'la ifodalanadigan betakror hududlari sirasiga kirishi ayni haqiqatdir. o'zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish hamda o'rganishda

"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru

qo'riqxonalarningahamyati juda katta. Qo'riqxonalar ma'lum bir hududdagi ekotizimlar va uni tashkil qiluvchi o'simliklar va hayvonot dunyosini hamda ularning ham irsiy yaxlitliginimuhofaza qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va yosh avlodni tabiat muhofazasi jonkuyarlari sifatida tarbiyalash ishida faol ishtirok etish maqsadida tashkil etiladi ana shunday qo'riqxonalardan biri Surxondaryo viloyatida tashkil qilingan Surxondavlat qo'riqxonasi hisoblanadi [1].

Surxon davlat qo'riqxonasi O'zbekiston Respublikasi Ministrlar Kabinetining 1986yil 8sentabrdagi№445 sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etilgan. o'sha davrda qo'riqxonao'z tarkibigaAmudaryoo'zanida joylashgan Payg'ambaroroli va Ko'hitang bo'limlarini birlashtirgan.

Surxon davlat qo'riqxonasihududi 10 ta aylanma va 14 kvartallarga ajratilgan bo'lib, umumiy maydoni 23802 gektarni tashkil etadi. Shundan o'rmon bilan qoplangan maydoni 12239,8 gektarni, ya'ni jami hududning 51,4% qismini tashkil qiladi [3].

Surxon davlat qo'riqxonasi Surxondaryoviloyati, Sherobod tumaniningshimoliy g'arbiy qismida joylashgan 2 mustaqil maydondanKo'hitang tog'ining

Sharqiy yonbag'ri va Payg'ambaroroldan iborat qo'riqxona. Payg'ambarorol uchastkasi vodiy-to'qayekosistemalari va Buxoro bug'usi (Xongul)ni muhofaza qilish maqsadida 1971-yilda tashkil etilgan[2].

Hozirgi kunda qo'riqxonamaqomifaqatgina Ko'hitang bo'limi hududida saqlanib qolgan bo'lib, Payg'ambarorol bo'limi hududi o'zbekistonRespublikasi Davlat chegaralarini qo'riqlash qo'mitasi ixtiyorigaberilgan. Surxon davlatqo'riqxonasining hududi hozirgikunda Sherobod tumani hududiga to'g'ri keladi.

Surxon davlat qo'riqxonasining g'arbiy chegarasi o'zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasiningdavlat chegarasiga to'g'rikeladi, sharqiy chegarasi Xatak, Xo'janqonota, Qizilolma, Shalqon, Kampirtepa, Sherjon va Vandob qishloqlari atrofidan o'tadi. Shimoliy chegarasi Ko'hitangva Boysuntizma tog'larini tabiiy ravishda ajratib turadigan Tangidevol darasidan oqib o'tuvchi Tangidevolsoy daryosining o'ng qirg'og'i bo'ylab o'tadi.

Ko'hitang davlat buyurtmaqo'riqxonasi 1986-yildaPayg'ambarorol qo'riqxonasi bilan birlashtirilib, Surxon davlat qo'riqxonasiga aylantirildi. Surxon davlat qo'riqxonasi Ko'hitang tog' tizmasida joylashgan bo'lib, qo'riqxona tashkil qilunguncha bu joylar o'rmon xo'jaligi bo'lgan. Qo'riqxona tashkil etilgunicha mo'rxo'rlar deyarli qirilib bitgan, Zarafshon archalari yoppasiga kesilgan edi. 1986-yilga kelib esa Surxon davlat qo'riqxonasi tashkil etilgan. Surxon davlat qo'riqxonasi tarkibiga kiruvchi Ko'hitang davlat buyurtma qo'riqxonasi dengiz sathidan 850-3157m yuqorida joylashgan bo'lib, Ko'hitang davlat qo'riqxonasida Turkiston va Zarafshon archalari (8033ga), Turkiston zarangi (104ga), turong'il (512ga), Buxoro bodomi (891ga), jiyda (183ga), shirin bodom, o'rik, yong'oq, xandon pista, saksavul, butalar va boshqalar o'sadi.

Экономнка h соцнумм №5(108)-2 2023

www.iupr.ru

5

o'simliklarning 810 turi mavjud, ularning 29 turi o'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan [2].

Tog' yonbag'irlarida Turkiston silovsini, morxo'r, Osiyo mufloni, bo'ri, tulki, quyon, bo'rsiq, har xil zaharli ilonlar va qushlarning 130ga yaqin turi uchraydi.

Qo'riqxonaning Payg'ambarorol uchatkasi Amudaryodagi kichik orol-uzunligi 8 km, eni 5 km, umumiy maydoni 3044 gektar o'rmonzor va to'qayzorlardan iborat. Shundan 970 gektarni o'rmonzor, qolgan qismini jiyda, yulg'un va terak aralash to'qayzorlar tashkil etadi.

To'qayzorlarda Buxoro xonguli, yovvoyi tong'iz, qamish mushugi, qushlardan qirg'ovul, burgut, tasqara, qirg'iy, hind jayrasi, sudralib yuvchilardan cho'l agamasi, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va boshqa ko'p hayvonlar uchraydi.

Surxon davlat qo'riqxonasining hozirgi kundagi vazifalari va ular bajaradigan funksiyalar quyidagilar qilib belgilangan:

-o'ziga xos ekologiktizimlarni o'z hududlaridagi tabiiy jarayonlar, o'simliklar, hayvonlarning genetik fondi, boshqa tabiiy obektlarvakomlekslar,ya'ni majmualarnidavlatetaloni

sifatidatabiiyjarayonlarningtabiiy kechishiga aralashmasdan daxlsizholatda asrab avaylashdaniborat;

-O'zbekiston Respublikasi hududidagi muhofaza etiadigan tabiiy hududlartizimida biologik va landshaft xilma-xilligini ta'minlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish;

-o'z hududida barchatabiiy obyektlar vamajmualar, tabiiy jarayonlar va hodisalarnitabiiy sharoitida o'rganish;

-Qo'riqxonaning etalon ekotizmlaridagi bioxilma-xillik va tabiiy jarayonlarningtabiiy kechishimonitoringini olib boorish;

Mazkurvazifalarni amalga oshirish uchun qo'riqxona quyidagi funksiyalarni bajaradi:

-muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoqda) o'zbekiston Respublikasi hududidagi xususan SharqiyKo'hitangtog'idagi biologik va landshaftlar xilma -xilligini ta'minlash, ekologik muvozanatni saqlab turish sohasidagi ishlar;

-qo'riqxonasidagi tabiiy obektlar va majmualarni muhafaza etishrejimini ta'minlaydi;

-ekologik- ma'rifiy faoliyatni amalga oshiradi.

-o'z hududida barcha tabiiy obyektlar va majmualar, tabiiy jarayonlar va hodisalarnitabiiy sharoitida o'rganish sohasidagi ishlarni bajaradi;

-ilmiy materialni to'playdi, qayta ishlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi; -ilmiy tadqiqotlar ishlarini, jumladan, mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etgan holdaamalga oshiradi;

-qo'riqxonabioxilma-xilligitog'risidama'lumotlar bazasini yaratadi;

Экономика и социум" №5(108)-2 2023

www.iupr.ru

6

-tabiatni muhofazaqilish sohasida ilmiy kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashga ko'maklashadi;

-monitoring ma'lumotlarini kameral qayta ishlaydi; -mazkur tabiiy hududda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hudud monitoringi haqida ma'lumotlarioladi, qayta ishlaydi va umumlashtiradi;

-ushbu ma'lumotlarni o'zbekiston Respublikasi ekologik va atrof-muhitni muhofaza qilish davlatqo'mitasiga va yuqori tashkilotlarga qaytaishlangan va umumlashtirilgan holda taqdim etiladi;

-monitoring ma'lumotlari asosida tabiiy jarayonlar holati, hodisalar va prognozlar to'g'risida tabiiyhududmiqyosidama'ruzalar tayyorlaydi.

Ko'hitang tizmasining geologik tuzilishi adabiyotlarda yetarlicha keltirilgan.

Hududning geologik tuzilishida proterazoy erasi, kembriy ordovik, silur, devon, toshko'mir, perm, trias, yura, bo'r, paleogen neogen davr yotqizlari uchraydi. Mazkur davrlarda hosil bo'lgan tog' hosil bo'lish bosqichi va geologik jarayonlar davrida hosil bo'lgan foydali qazilma konlarinini topish va ularni qazib olishning eng samarali yo'llari konsepsiyalariniishlab chiqish lozim.

Shuningdek ilm-fan ravnaqi va rivoji uchun yosh tadqiqotchi olimlar (botanika, zoologiya, geografiya, gidrologiya, geologiya, mineralogiya, iqlimshunoslik, gidrogeologiya, palentologiya kabi sohalar)ga qo'riqxona hududida maxsus tajriba uchun sharoitlar yaratib berish kerak.

Qo'riqxona hududida mavjud tabiiy landshaftlarni o'z holicha saqlab qolish va ulardan foydalanishda kelajak avlod manfaatini ko'zlagan holatda tadbirlar amalga oshirish orqali hududni yanada rivojlantirish imkoni paydo bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ballieva R., Turdimambetov I.R. "Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari".Nukus -2020. 291-b.

2.Rahimov A., Sobirov B., Qarshiyev H., Burxonov M. "Surxon davlat qo'riqxonasi rivojlantirish yo'llari" Toshkent-2016.

3.O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgano'simliklar.Toshkent2016

yil.

4.Kovalev S.A., Yefremov Yu.K., Komkov A.M., Kryuchkov V.G.,, Medvedkov Yu. V.,, Mirzaev E.M., Pokshisheviskiy V.V., Saushkin Yu. G., Solnisev N.A., Yusov B.V. "Geografiya turizmi". Moskva-1973.

5.Sobirov U.A., Yesimov A.B., Nasirov M.D. "o'zbekiston Respublikasining qo'riqxonalari va tabiatbo'g'lari" Toshkent-2010.

6.Komilova N.K., & Abdimo'Minov T.A. (2023). THE GEOGRAPHICAL BASIS OF STUDYING MINERAL SPRINGS. Экономика и социум, (1-2 (104)), 62-65.

7.Abdimo'Minov T.A., Bozorov S.O., & Raxmatov A.Yu. (2022). SUV OMBORLAR VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (OQTEPA SUV OMBORI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 19-23.

8.Abdimo'Minov, T. A. (2022). SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 810-814.

9. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Sh, S. M. (2021). Environmental Problems In The Navoi Region Cotton Field. Мировая наука, (4 (49)), 15-18.

10. Latipov, N. F. (2021). Factors influencing the territorial distribution of the population. Экономика и социум, (9 (88)), 105-108.

11. Латипов, Н. Ф. (2017). Locality and factors affecting the population. Наука и мир, 7(11), 74-75.

12. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.

13. Komilova, N. K., & Latipov, N. F. (2022). Classification of settlements on the basis of the ecological situation in the Navoi region and the factors affecting the health of the population. Visnyk of VN Karazin Kharkiv National University, series" Geology. Geography. Ecology",(56), 209213.

14. Latipov, N. (2022). Shaharlar va ularning ekologik muhit bilan bog'liqligi. Scienceweb academic papers collection.

15. Latipov, N. (2022). УРБОЭКОЛОГИЯ-ГЕОГРАФИЯ ВА ЭКОЛОГИЯНИНГ ФАНЛАРАРО СИНТЕЗИ. Scienceweb academic papers collection.

16. Комшова, Н., & Латшов, Н. (2022). Класифшащя населених пунклв регюну Навой на 0CH0Bi еколопчно! ситуаци та факторiв впливу на здоров'я населення. В^ник Харшвсъкого нацюналъного yHieep^memy iMeHi ВН Каразма, ceрiя «Гeологiя. Гeографiя. Екологiя», (56), 209-213.

17. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). The process of urbanization and its relation to the environment. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.

18. Latipov N.F., & Komilova N.K. (2022). INDICATORS OF URBAN ENVIRONMENT ASSESSMENT AND CRITERIA FOR THEIR SELECTION. Экономика и социум, (11-1 (102)), 129-134.

19. Faxriddin o'g'li, L. N., Ulugbek, U. A. N. M., & Erkaboevich, E. H. THE PROCESS OF URBANIZATION AND ITS RELATION TO THE ENVIRONMENT.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.