Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATI ASALARICHILIK XO‘JALIKLARIDA TROPILELAPSOZ KASALLIGINING EPIZOOTOLOGIYASINI O‘RGANISH NATIJALARI'

QASHQADARYO VILOYATI ASALARICHILIK XO‘JALIKLARIDA TROPILELAPSOZ KASALLIGINING EPIZOOTOLOGIYASINI O‘RGANISH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Asalari / kasallik / kana / tropilelapsoz / xo‘jalik / qo‘zg‘atuvchi / tropilylaps clareae / asal / gul changi / asalari zaxri / ona ari suti.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Uraqova R.M, Baliyev Sh.K, Gaznakulov T.K

Maqolada Respublikamizda qishloq xo‘jaligining yuqori daromadli tarmog‘i hisoblangan asalarichilikni rivojlantirishda asalari mahsulotlari: asal, gul changi – o‘z xususiyatlari bo‘yicha oziq-ovqat, dorivor va kosmetologik mahsulotlari hisoblananishi, propolis, asalari zaxri, ona ari suti esa – tibbiyot va kosmetologiyada keng tarmoqda ishlatiladigan kuchli biostimulyator vazifasini bajaruvshi tabiiy maxsulot ekanligi talqin qilingan. Bundan tashqari keyingi yilllarda asalarichilik sohasini rivojlantirish, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish uchun sohani tartibga solish bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlar asos qilib ko‘rsatilgan. Ammo asalarichilik sohasini rivojiga aks ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bu hozirgi kunda dolzarb masala hisoblangan asalarilarda uchrayotgan tropilelapsoz kasalligi to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Shu bilan birga epizootologik holatni o‘rganish Qashqadaryo viloyati hududidagi asalarichilik xo‘jaliklariga ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish borasida tropilelapsoz kasalligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATI ASALARICHILIK XO‘JALIKLARIDA TROPILELAPSOZ KASALLIGINING EPIZOOTOLOGIYASINI O‘RGANISH NATIJALARI»

UDK.: 638.15.02.03.07.08.

QASHQADARYO VILOYATI ASALARICHILIK XO'JALIKLARIDA TROPILELAPSOZ KASALLIGINING EPIZOOTOLOGIYASINI

O'RGANISH NATIJALARI

Uraqova R.M. - kichik ilmiy-xodim Baliyev Sh.K. - v.f.f.d., katta ilmiy xodim Gaznakulov T.K. - v.f.n., katta ilmiy xodim Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada Respublikamizda qishloq xo'jaligining yuqori daromadli tarmog'i hisoblangan asalarichilikni rivojlantirishda asalari mahsulotlari: asal, gul changi - o'z xususiyatlari bo'yicha oziq-ovqat, dorivor va kosmetologik mahsulotlari hisoblananishi, propolis, asalari zaxri, ona ari suti esa - tibbiyot va kosmetologiyada keng tarmoqda ishlatiladigan kuchli biostimulyator vazifasini bajaruvshi tabiiy maxsulot ekanligi talqin qilingan. Bundan tashqari keyingi yilllarda asalarichilik sohasini rivojlantirish, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish uchun sohani tartibga solish bo'yicha Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlar asos qilib ko'rsatilgan. Ammo asalarichilik sohasini rivojiga aks ta'sir ko'rsatuvchi omillar bu hozirgi kunda dolzarb masala hisoblangan asalarilarda uchrayotgan tropilelapsoz kasalligi to'g'risida so'z yuritilgan. Shu bilan birga epizootologik holatni o'rganish Qashqadaryo viloyati hududidagi asalarichilik xo'jaliklariga ilmiy-amaliy yordam ko'rsatish borasida tropilelapsoz kasalligi bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan.

Аннотация. В статье в развитии пчеловодства, считающегося высокорентабельной отраслью сельского хозяйства в нашей республике, продукты пчеловодства: мед, пыльца- считаются пищевыми, лекарственными и косметическими продуктами по своим характеристикам, прополис, пчелиный яд, пчелиное молоко.-лекарственное средство и трактуется как натуральный продукт, действующий как мощный биостимулятор, широко используемый в косметологии. Кроме того, в качестве основы показаны принятые нашим Правительством решения по регулированию отрасли для развития отрасли пчеловодства, внедрения современных и инновационных методов производства меда и медовых продуктов в последующие годы. Однако факторами, влияющими на развитие отрасли пчеловодства, на сегодняшний день является актуальная проблема тропилалепсиоза у пчел. При этом особое внимание было уделено изучению эпизоотологической ситуации и оказанию научно -практической помощи пчеловодческим хозяйствам Кашкадарьинской области.

Annotation. In the article in the development of beekeeping, which is considered a highly profitable branch of agriculture in our republic, bee products: honey, pollen - are considered food, medicinal and cosmetic products by their characteristics, propolis, bee venom, bee milk. - a medicine and is interpreted as a natural product acting as a powerful biostimulant, widely used in cosmetology. In addition, as a basis, the decisions taken by our Government to regulate the industry

for the development of the beekeeping industry, the introduction of modern and innovative methods of producing honey and honey products in the coming years are shown. However, the factors influencing the development of the beekeeping industry today is the urgent problem of tropilalepsiosis in bees. At the same time, special attention was paid to the study of the epizootological situation and the provision of scientific and practical assistance to beekeeping farms in the Kashkadarya region.

Kalit so'zlar. Asalari, kasallik, kana, tropilelapsoz, xo'jalik, qo'zg'atuvchi, tropilylaps clareae, asal, gul changi, asalari zaxri, ona ari suti.

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda asalarichilik qishloq xo'jaligining yuqori daromadli tarmog'idir. Asalari mahsulotlari: asal, gul changi - o'z xususiyatlari bo'yicha oziq-ovqat, dorivor va kosmetologik mahsulotlari hisoblanadi; propolis, asalari zaxri, ona ari suti - tibbiyot va kosmetologiyada keng tarmoqda ishlatiladigan kuchli biostimulyator vazifasini bajaradi. O'zbekiston asalarilarni ko'paytirish va boqish bo'yicha tarixiy markazlardan biri bo'lib, quyoshli tabiati asalarichilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Keyingi yilllarda asalarichilik sohasini rivojlantirish, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish uchun sohani tartibga solish bo'yicha Respublikamiz Prezidenti tomonidan bir qator qarorlar qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini ta'minlash choralari ko'rilmoqda.

Jumladan, Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi PQ-3327-son qarori, hamda Vazirlar Mahkamasining 12.06.2023 yildagi asalarichilik tarmog'ini qullab-quvvatlash va qishloq xo'jalik ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qushimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarorlari asalarichilik tarmog'ini yanada takomillashtirishda xizmat qiladi. Asalari bejizga etti xazinaning biri deyilmaydi. Uning asali, zahri, suti propolisi, gulchangi ko'pgina xastaliklarga davo, mumi esa sanoatimizda muhim xomashyo hisoblanadi. Asalarilar o'simlik gulini chetdan changlantirishi natijasida, ularning turlarini sog'lomlashtirish va yuqori mahsuldor navlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi va ularning hosilini ma'lum darajada oshiradi. Er yuzida insoniyatga ma'lum bo'lgan o'simliklarning 80% ga yaqini oraliq changlanish natijasida tugun tugadi, meva, urug', hosil kiladi. Oraliq changlanishga muhtoj barcha o'simliklarni beshdan to'rt qismi hasharotlar yordamida changlanadi umuman asalarilarning insoniyatga foydasi beqiyosdir. Biroq xozirgi kunda bu noyob hashoratga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan asrash dolzarb mummolardan biri hisoblanadi. Jumladan asalarilar orasida hozirgi kunda ko'p uchrayotgan parazit kana chaqiruvchi Tropilelapsoz kasalligi asalarichilikka katta iqtisodiy zarar keltirishi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Tropilelapsoz: qo'zg'atuvchisi (Tropilaelaps clareae) kanasi och sariq jigarrang, o'lchami (0,9-1) x (0,5-0,6) mm. Ust qismi qisqa qattiq to'plamlar bilan qoplangan; orqa chekka to'plamlar uzun va elastik. Og'iz apparati ari nasli bilan oziqlanishiga imkon beradi katta asalarilarning segmentlararo bo'laklarini teshishga qodir emas. Urug'langan urg'ochi lichinka bilan hujayra devoriga 3-4 tuxum qo'yadi. 24 soatdan keyin tuxumdan protonimfa chiqib keyin deytonimfaga, so'ngra katta kanaga aylanadi. Hujayradagi erkak va urg'ochilarning nisbati 1:1. hujayralardan

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

chiqqan yosh urg'ochilar 1-2 kun ichida tuxum qo'yishga qodir bo'ladi. Butun rivojlanish davri 8-9 kun davom etadi. Kanalarning asosiy ari zoti bo'lgan hujayralar ichida joylashgan bo'ladi va katta asalarilarda arzimas miqdordagi parazitlar topiladi. Kana aridan transport vositasi sifatida foydalanadi va zararlanish natijasida asalari zotlarining o'limiga olib keladi.

1-2 rasm. Chapdan Qashqadaryo viloyati o'rmon xo'jaligiga qarashli lasalarichilik xojaliklarida epizootik holatni o'rganish o'ngdan zararlangan asalari romlai

Tadqiqot maqsadi. Respublikamiz aholisini sifatli asal mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda oilalari ko'payishiga, aholini da asalari kasalliklarining oldini olish va asalarichilik xo'jaliklariga amaliy yordam ko'rsatishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari. asalari kasalliklari tarqalishini aniqlash, diagnostik tekshirishlarni o'rganish, oldini olish va qarshi kurash choralarini amaliyotga tadbiq etish.

Tadqiqot materiallari va uslublari Tadqiqotlarimizni Qashqadaryo viloyati o'rmon xo'jaligiga qarashli lasalarichilik xo'jaliklarida olib borildi. Ushbu hududdagi asalarichilik xo'jaliklarida Tropilelapsoz kasalliklarining uchraganligi sababli epizootologik tekshirish ishlari olib borildi, veterinariya-sanitariya va profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi. Asalarichilik xo'jaliklarida ari oilalari orasida xozirgi kunda kana chaqiruvchi kasalliklar yangi paydo bo'lgan tropilelapsoz kasalligi tez-tez uchrab turishi aniqlandi va amaliy yordam sifatida oldini olish choralari amalga oshirildi.

Tropilelapsoz kasalligi tadqiqot jarayonlarida xarakterli klinik belgilari, hamda patologik materialning laboratoriya tekshiruvlari natijalariga qarab tashhis qo'yildi ya'ni tropilaelaps kanasi uyaga kirish joyi yaqinida va uyalar tubida lichinkalar, g'umbaklar va yovvoyi asalarilar topilishi katta arilarni ko'p zararlantirolmasligi asosan ona ari qo'yayotgan tuxumlarni lichinkalarni zararlashiga ahamiyat qaratildi. Kana arilarning tuxumlari va lichinkalari bilan oziqlangandan so'ng ramka mumkataklarida (gniliz) chikish xosil bo'lishi aniqlandi. trapilaelapsoz kasalligi varroatoz bilan aralash kechib, bunda ishchi arilar varroatoz bilan zararlansa, trapilaelapsozda esa ona ari quyayotgan tuxumlari va lichinkalari zararlanish natijasida nobud bo'lishi aniqlandi. Trapilaelapsoz bilan zararlangan asalari oilalarida lichinkalarning rivojlanishi kechikadi yoki rivojlanmay qolishi kana bilan zararlangan g'ummbaklarni olib tashlashga qaramay, aralar kaloniyasi tezda zaiflashib o'lishi asalarilar oilalariga katta iqtisodiy zarar keltirishi aniqlandi.

3-4 rasmlar. Chapdan Tropilaelaps clareae kanasi bilan zararlangan asalari g'umbaklari o'ngdan Tropilaelaps clareae kanasinig mikroskopik kurinishi

Tropilelapsozga diagnoz qo'yishda. Epizootologik ma'lumotlar, klinik belgilar, arilar tanasi va ramka mumkataklarida joylashgan ari lichinkalari sinchiklab tekshirildi, mikroskopik tekshirish o'tkazilib, morfologiyasi morfosistematikasi o'rganilib kana turi aniqlandi. Ajratib olingan kana turalari taqqoslanib yakuniy diagnoz qo'yildi.

Kasalllikning oldini olish va qarshi kurashish choralari.

Tropilelapsozini oldini olish va qarshi kurashishda tropilaelaps kanasiga qarshi kurashish va davolashda to'rtburchak salfetka 4-5 qavat qilib, tayyorlanadi va salafan paketchaga solinadi. Safetkaga solingan salafan usha arilar uyasiga qo'yilayotgan tomoni, ya'ni osti pichoqcha bilan yoriladi. Qo'llanayotgan preparatlarning ari uyasiga hidi chiqishi uchun. Asalari uyasi qutilardagi ramkalarga (1 ta ramkaga 1 ml xisobida) ya'ni har bir oilaga mos ravishda 85 foizli chumoli kislotasidan tayyorlangan salafan paketcha ichiga shprits bilan shimdiriladi va ari uyasiga qo'yiladi. Ushbu preparat bilan 5-6 kunda bir marta ishlov berish tavsiya etiladi. So'ngra preparatning samaradorligiga qarab ishlov muddati o'zaytiriladi. Asalarilar parvarishlanayotgan hududdagi 7 km radius joy nazoratga olinish lozim. Atrofda asalarichilik xo'jaliklari bor yo'qligi aniqlanadi usha xo'jaliklarda ham zararlanganmi yo'qmi ma'lumotlarni aniqlash zarur. Kasallangan asalari uyalarini boshqa erlarga kuchirib o'tkazish taqiqlanadi.

Tadqiqot natijalari. Qashqadaryo, viloyati asalarichilik xo'jaliklarida olib borilgan tadqiqotlarda asalarilarda uchraydigan tropilelapsoz kasalliklarining epizootologik holati aniqlandi diagnostik tekshirish usullari o'tkazildi va ushbu kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar tadqiqotlar amalga oshirildi asalarichilik xo'jaliklariga amaliy yordam ko;rsatildi hamda tavsiyalar ishlab chiqildi

Xulosa: Tropilelapsoz bugungi kunda asalarilarning eng xavfli kasalligi bo'lib, kanalar asalari lichinkalari etilayotgan g'umbaklari bilan oziqlanib, parazitlik qilib yashaydi. Agar kasallikka qarshi kurashilmasa asalari oilasi nobud bo'lishi bilan birga asaarilar avlodi yo'qolib ketishi mumkin. Asalari kasalliklarining oldini olishning eng asosiy yo'llaridan biri - bu veterinariya qoidalariga asosan har yili barcha asalari oilalarini veterinariya vrachi ko'rigidan o'tkazish va asalarilarga bahorda tarkibida vitaminli preparatlarni qo'shimcha oziqa sifatida berish maqsadga

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

muvofiq. Asalarilarni normal boqish tadbirlari ko'rilgan joylarda asalarilar juda kam kasallanadi. Asalarilardagi ko'pgina kasalliklar deyarli bir xil belgiga egadir. Shuning uchun ham faqat mutaxassislargina kasallikni aniqlay olishlari va unga qarshi muvaffaqiyatli davolash tadbirlarini qo'llashlari mumkin. Kasallikni aniqlash, ko'pincha turli tashhislar qo'yish yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lishi bilanoq, kasallangan asalarilardan va uning naslidan namuna olib, yaqin oradagi veterinariya laboratoriyalariga murojaat qilish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Элмуродов, Б., Давидов, О., Уракова, Р., & Рахимов, М. (2022). Распространение и меры борьбы с пчелиным тропилапсозом в Узбекистане. in Library, 22(4), 19-21.

2. Уракова, Р. М., Салимов, Х. С., Салимов, И. Х., & Джураев, О. А. (2021). Значение патологоанатомических исследований в диагностике брадзота овец. Academic research in educational sciences, 2(6), 912-917.

3. Уракова, Р., & Джураев, О. (2022). Баликларнинг лигулёз билан зарарланишидаги узгаришлар. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 219-223.

4. Рахимов, М., Давидов, О., Элмуродов, Б., & Уракова, Р. (2022). Распространение болезни тропилелапиоза пчел в Узбекистане и меры борьбы с ним. in Library, 22(4), 19-21.

5. Уракова, Р. (2022). Результаты биопробы у морских свинок при брадзоте. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 224-227.

6. Uraqova, R. M., & Salimov, H. S. (2021). The causative agent of bradzot's disease is CL. results of laboratory determination of 50% and 100% lethal doses (LD50 and LD100) of oedematiens strain. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(7), 136-140.

7. Салимов, И. Х., Салимова, Д. И., & Уракова, Р. М. ИЗУЧЕНИЕ КЛИНИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ И ПАТОЛОГОАНАТОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ БРАДЗОТЕ ОВЕЦ.

8. Салимов, Х., Уракова, Р., & Менглиев, А. (2024). Определение иммуногенности экспериментальной серии местной моновалентной вакцины ГОА против брадзоита овец на морских свинках. in Library, 2(2), 178-185.

9. Салимов, Х. С., Уракова, Р. М., & Менглиев, А. С. (2024). КУЙЛАР БРАДЗОТ КАСАЛЛИГИГА КАРШИ МАХДЛЛИЙ МОНОВАЛЕНТ ГОА ВАКЦИНА ТАЖРИБА СЕРИЯСИНИ ИММУНОГЕНЛИГИНИ ДЕНГИЗ ЧУЧКАЧАЛАРИДА АНЩЛАШ НАТИЖАЛАРИ. Ustozlar uchun, 1(1), 178185.

10. Урокова, Р. (2022). Клинические признаки лигулеза рыб. in Library, 22(4), 24-25.

11. Урокова, Р. (2019). Довольно опасное заболевание. in Library, 19(3), 1516.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.