Научная статья на тему 'QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM'

QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1208
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
til / ona tili / noyob / chet tili / davlat tili / sof / o’zbek tili / xorijiy til. / language / native language / unique / foreign language / state language / pure / Uzbek / Foreign Language.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Madina Shavkatovna Umarova

Ushbu maqolada tilimizning sofligi va o‘ziga xosligini saqlash, uni boyitish va takomillashtirishga o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz darkor. Zero, noyob xazinamiz tilimizni asrash hammamizning burchimiz ekanligi, ona tilimizda yangrayotgan har bir so`z, insonga o`zgacha tuyg`u, o`zgacha ishonch berishi, g`ayratimizga-g`ayrat, kuchimizga-kuch qo`shishi, tilimizdagi iliq, betakror, serjilo so`zlar insonning qalb torlarini mohirona chertishi haqida ma`lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HIGH VALUE MOTHER TONGUE

In this article, we should contribute to the preservation, enrichment and improvement of the purity and originality of our language. After all, our unique treasure is the fact that it is the duty of all of us to preserve our language, every word that sounds in our native language, gives a person a special feeling, a special confidence, adds strength to our enthusiasm enthusiasm, strength -, warm, unique, serzhilo words in our language are given information that a person skillfully clicks the strings of the soul.

Текст научной работы на тему «QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM»

QADRING BALAND BO'LSIN ONA TILIM

Madina Shavkatovna Umarova

164-UO'TMning ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tilimizning sofligi va o'ziga xosligini saqlash, uni boyitish va takomillashtirishga o'z hissamizni qo'shmog'imiz darkor. Zero, noyob xazinamiz -tilimizni asrash hammamizning burchimiz ekanligi, ona tilimizda yangrayotgan har bir so'z, insonga o'zgacha tuyg'u, o'zgacha ishonch berishi, g'ayratimizga-g'ayrat, kuchimizga-kuch qo'shishi, tilimizdagi iliq, betakror, serjilo so'zlar insonning qalb torlarini mohirona chertishi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'z: til, ona tili, noyob, chet tili, davlat tili, sof, o'zbek tili, xorijiy til.

HIGH VALUE MOTHER TONGUE ABSTRACT

In this article, we should contribute to the preservation, enrichment and improvement of the purity and originality of our language. After all, our unique treasure is the fact that it is the duty of all of us to preserve our language, every word that sounds in our native language, gives a person a special feeling, a special confidence, adds strength to our enthusiasm - enthusiasm, strength -, warm, unique, serzhilo words in our language are given information that a person skillfully clicks the strings of the soul.

Key word: language, native language, unique, foreign language, state language, pure, Uzbek, Foreign Language.

"Ona tili avvalo, ona allasi bilan uning betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir" deya aytilgan davatkor fikrlari biz yoshlarga o'zgacha shijoat beradi Lekin hozirgi axbarot-texnologiyalari asrida turli xorijiy til so'zlari ham kirib keldi. Bu tilimizning boyishi bilan bir qatorda, uning ba'zi hollarda buzilishiga ham olib kelmoqda. Kitob varaqlab turar ekanman, e'tiborimni bir adibning bildirgan mulohazasi o'ziga tortdi: "Nega ko'cha harakati qoidasini buzgan kishiga milisiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi." Abdulla Qahhorning ushbu fikrlari ayniqsa, bugungi kun uchun juda o'rinlidir. Chindan ham o'zbek tilidek boy, ravon va go'zal til yo'q.

Asrlar davomida o'zligini yo'qotmagan, dunyoga Navoiy, Bobur, Uvaysiy,Nodiralarni yetishtirib bergan nazm bog'iga oltindan haykal qadagan bu ganjina nega endi nopisandlik bilan so'zlanishi kerak! Ijtimoiy tarmoqlarda "Ok",

"Paka", "Vapshe" kabi so'zlarni ko'p uchratamiz. Bu ham tilimizga nisbatan hurmatsizlikdir, aslida biz bu bilan nafaqat o'zbek tili, balki, ingliz, rus tillariga ham zarar yetkazib qo'ymoqdamiz. Tilimizda shunday so'zlar borki, ularni boshqa tilga tarjima qilishning iloji yo'q. Birgina "Mehr" so'zini oladigan bo'lsak, bu so'zni aynan tarjima qilishga ojizmiz. Chet el tillarini tarjimasida ham bu so'zga yaqin ma'noli, sinonimlardan foydalanib o'giriladi. Bizning tilimiz ana shunday dunyo filologlarini ham shoshiltirib qoyadi.

"Davlat tili haqida"gi Qonunning tarixiy o'rni va ahamiyatini inobatga olgan holda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning uzviy davomi sifatida 2020 yil 10 aprel kuni Prezidentimiz tomonidan O'zbekiston Respublikasining "O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida"gi Qonuni imzolandi. Unga muvofiq 21 oktyabr sanasi yurtimizda "O'zbek tili bayrami kuni" deb belgilandi. Bu bilan davlat ramzlaridan biri sanalgan ma'naviy qadriyatimiz - ona tilimiz qonun himoyasida ekanligi yana bir bor o'z isbotini topdi.

Ushbu bayramning mamlakatimizda keng nishonlanishi ona tilimizga e'tiborni yuksaltirish, uning mukammaligi va boyligini ko'rsatib bera olish, nafaqat o'zbek xalqi, balki boshqa millat vakillarini ham bebaho boyligimiz hisoblangan tilimiz va madaniyatimizni o'rganishga ilhomlantirishda xizmat qiladi. Biz esa o'z navbatida tilimizning pokligi va o'ziga xosligini saqlash, uni boyitish va takomillashtirishga o'z hissamizni qo'shmog'imiz darkor. Zero, noyob xazinamiz - tilimizni asrash hammamizning burchimizdir. Shunday ekan, o'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga doir hujjatlar ijrosini ta'minlash uchun Transport vazirligi va uning hududiy bo'linmalari, idoraviy mansub tashkilotlarida rahbarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi va hujjatlarning davlat tilida qat'iy yuritilishini ta'minlash ishlari bo'yicha mas'ul xodimlar tayinlandi, tegishli vazifalar belgilangan holda buyruqlar, chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Ona tilimizda yangrayotgan har bir so'z, insonga o'zgacha tuyg'u, o'zgacha ishonch beradi, g'ayrfatimizga-g'ayrat, kuchimizga-kuch qo'shadi. Tilimizdagi iliq, betakror, serjilo so'zlar insonning qalb torlarini mohirona chertadi, betobni sog'aytiradi. Bu haqiqat. Bir so'z bilan insonga dunyolarni hadya etish mumkin yoki aksincha. Eng qattiq berilgan zarba bu til bilan bo'lar ekan. Xalqimizda bejizga "Tig' yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi" deyilmaydi

Yaqin kunlarda insonni faxrlantiradigan, barcha o'zbek xalqini etini jimirlatadigan voqeaning guvohiga aylandik. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarlarida sof o'zbek tilida nutq so'zladilar. Bir yuz to'qson uch davlat vakillari va dunyo televideniyasida o'zbek tili yangradi.

Muhabbat, sadoqat koshonasida,

Humo qush parvozi peshonasida,

Uchinchi renessans ostonasida

BMTda yangragan Navoiy tili!

Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim...

Tarixdan so'z ochsalar, mag'rurlanadigan shonli tarixga egamiz. Hech ikkilanmay "Tarixim Navoiyning so'zida, Qoshg'ariyning baytida, Boburning o tli ruboiylarida", - deya olamiz. Taqdirim, shul Vatanning murg'ak farzandiman, u bilan qismatdoshman. Baxtim ham, iftixorim ham shu. Kelajakka ayta oladigan so'zim bor, Bu omadim, Olloh tomonidan berilgan imkoniyatdir. Men aminmanki, o'zbek tili mangu yashaydi. Yana ming yillar davomida qalblarnimizni zabt etaveradi.

Ona tilim, omon bol mangu, Sen borsanki, men ham olmayman.

Tildan qolsam, seni Oybekday, Men kozlarim bilan so'zlayman.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonuni 167-I 21.12.1995yil

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004-y., 51-son, 514-modda;

2010-y., 37-son, 313-modda

2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.

3. Nusratullo Atoullo o'g'li Jumaxoja. Istiqlol va ona tilimiz. T., 1998.

4. Qilichev B., Qilichev B.E. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002.

5. www.ziyonet.uz

6. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.