Научная статья на тему 'QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN SO‘Z YASOVCHI AFFIKSLAR VA ULARNING OMONIMIYASI (TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI BO‘YICHA)'

QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN SO‘Z YASOVCHI AFFIKSLAR VA ULARNING OMONIMIYASI (TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI BO‘YICHA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
27
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
affiksoid / morfemik sath / prefiks / so‘z yasalishi / omonim.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boboqulova Mohina Norsafar Qizi

Ushbu maqola qadimgi turkiy tilda so‘zlarning yasalish jarayonida ishlatilgan qo‘shimchalarning turlari va ulaning ko‘p funksiyali shakllarining omonimlik xususiyatini To‘nyuquq bitiktoshi matni asosida o‘rganishlarni yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN SO‘Z YASOVCHI AFFIKSLAR VA ULARNING OMONIMIYASI (TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI BO‘YICHA)»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

QADIMGI TURKIY TILDA QOLLANILGAN SO'Z YASOVCHI AFFIKSLAR VA ULARNING OMONIMIYASI (TO'NYUQUQ BITIKTOSHI BOYICHA)

Boboqulova Mohina Norsafar qizi

mohinaboboqulova689@gmail.com Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat

universiteti filologiya fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13841736

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20- Sentabr 2024 yil Ma'qullandi: 23- Sentabr 2024 yil Nashr qilindi: 26- Sentabr 2024 yil

KEY WORDS

afflksoid, morfemik sath, prefiks, so'zyasalishi, omonim.

Ushbu maqola qadimgi turkiy tilda soZlarningyasalish jarayonida ishlatilgan qo'shimchalarning turlari va ulaning ko'p fUnksiyali shakllarining omonimlik xususiyatini To'nyuquq bitiktoshi matni asosida o'rganishlarni yoritadi.

Tilning hozirgi ko'rinishi ma'lum bir taraqqiyot bosqichlari asosida shakllangan bo'lib, uning dastlabki shakli uchun xizmat qilgan grammatik qonuniyatlari, lug'at boyligi va o'zga tillarning ta'sir darajasi ham turli farqlanishlarga ega. Ushbu jarayon shu tilda so'zlashuvchi jamiyatning ijtimoiy va siyosiy hayot tarzi rivoji bilan birgalikda davom etgan. Qadimgi turkiy xalqlarda davlatchilik asoslarining shakllanishi, iqtisodiy hamkorlik va diplomatik aloqalarning kengayishi qadimgi turkiy tilning turli sathlarida ham o'z ifodasini topgan. O'zbek adabiy tilining dastlabki namunalari bo'lgan obidalar, shu jumladan, To'nyuquq bitiktoshi ham qadimgi turkiy tilning o'ziga xos xususiyatlarini o'zida jamlagani bilan ahamiyatlidir. Bu bitiktosh matnida ishlatilgan so'z yasovchi affikslarini o'rganish barobarida o'sha davrda adabiy tili sifatida baholangan qadimgi turkiy til grammatikasidagi so'z yasalishi tarzi, asos va qo'shimchalar munosabati, so'z yasovchi qo'shimchalarning turlari va shaklldoshlik xususiyatlarining hozirgi o'zbek adabiy tilidagi holatlari bilan qiyoslagan holda o'xshashligi yoki farqlanishini ko'rish mumkin. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

So'z yasash hozirgi o'zbek adabiy tilida bo'lgani kabi, asosan, morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) usul bilan amalga oshiriladi [2,109].

Sintaktik usul ikki yo undan ortiq so'zlarni qo'shish orqali hosil qilinadi: apatarxan (bosh qo'mondon) (To'nyuquq, 35), yar sub (yer-suv) (To'nyuquq, 38), qïz quduz (qiz-juvon) (To'nyuquq, 48) va h.k.

Hozirgacha eng mahsuldor so'z yasash usuli morfologik usul hisoblanadi va u so'zlarga so'z yasovchi qo'shimchalarning qo'shilishi bilan hosil qilinadi: korug (josus, ayg'oqchi) (To'nyuquq, 8), sulalim (qo'shin tortaylik) (To'nyuquq, 20), colgi (cho'llik) (To'nyuquq, 23), ortca (o'tday, olov kabi) (To'nyuquq, 40) va boshqalar.

Hosil bo'lgan yasama so'zning ifodalaydigan ma'nosi va qaysi so'z turkumiga oidligi uni yasashda ishtirok etgan asosining turkumi va yasovchi affiksning turiga bog'liq. Ammo hozirgi

kunda ayrim so'zlar asos va yasovchi

qismlarga ajralmaydi (qishloq, belbog') yoki qadimgi turkiy tilda bo'lgan vazifasini va qisman shaklini ham (imlo, otlanmoq) o'zgartirgan. Shuning uchun ham bu o'zgarishlarga oydinlik kiritish uchun tilning tarixiy grammatikasini, xususan, qadimgi turkiy tildagi so'z yasalish tartibi va shakllarini o'rganib chiqish tavsiya qilinadi.Yodgorliklar tilidagi so'z yasovchi qo'shimchalar har bir turkum uchun alohida va ular omonimlik xususiyatiga ham ega bo'lishi mumkin. Qadimgi turkiy tilda so'z yasovchi affikslar vazifasiga ko'ra farqlanishidan tashqari ularning asos bilan munosabatiga ko'ra ham ayrim alohidaliklarga ega. Qadimgi turkiy til singarmonizm qoidalariga qat'iy amal qiladigan til bo'lgani uchun bir turdagi affikslarning ham turli xil shakllari mavjud bo'lgan. Bu asos tarkibidagi unlilarning lab uyg'unligi va undoshlarning jarangli yoki jarangsizlanishiga bog'liq tarzda yuz beradi [2,110]. NATIJALAR

Qadimgi turkiy til ham hozirgi o'zbek tili kabi agglyutinativ tillar sirasiga kiradi, ya'ni qadimgi turkiy tildagi yasama so'zlar ham flektiv tillardan farqli ravishda asosning shakli o'zgarmasdan unga maxsus affikslarning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Quyidagi jadvalda bir qancha namularni ko'rish mumkin:

T/r So'z va uning Asos va uning ma'nosi So'z yasovchi affiks va Manba

ma'nosi uning vazifasi

1 bilig bil -ig T, 6

(Bilim (flTC, 99)) (bilmoq [£TC, 98) (harakat bajaruvchi va

shu harakat bilan bog'liq

predmeti yasaydi)

2 ucuq Uc -uq T, 8

(Yirtqich qush (1-ma'nosi: qanot; (harakat natijasida paydo

(£TC, 604)) 2-ma'nosi: uchmoq (£TC, 603)) bo'lgan predmetni yasaydi)

3 korüg Kor -ug T, 8

(Ayg'oqchi (£TC, (ko'rmoq (£TC, 317)) (harakat bajaruvchi va

318)) shu harakat bilan bog'liq predmeti yasaydi)

4 aygucï ay 1) -gu T, 10

(Maslahatchi (^TC, (1-ma'nosi: aytmoq, (harakat quroli, harakat

28)) tushuntirmoq; asosida yuzaga kelgan

2-ma'nosi: ko'rsatmoq, predmetni yasaydi);

yo'naltirish (^TC, 25)) 2) -cï

(kasb yoki biror yumush

egasini bildiradigan ot

yasaydi)

5 irklig irk -lig T, 13

(Yig'in) (to'plamoq, yig'moq (£TC, 212)) (mavhumlik, makon va tanovar ma'nolarini

anglatadi)

6 otünc otün -c T, 15

(Iltimos, yalinish, (so'ramoq, iltimos (majhul fe'ldan kayfiyat

umid (£TC, 393)) qilmoq (£TC, 393)) yoki mavhum ot yasaydi)

yärci (Yo'lboshlovchi (flTC, 257))

yär

(yer, o'rin, yurt (^TC, 257))

-ci

(kasb yoki biror yumush egasini bildiradigan ot yasaydi)

T, 23

8

qar(a)gu (Qo'shinning ilg'or

qismida turib oldindagi pistirma

va tuzoqlarni aniqlovchi shaxs, qorovul (^TC, 424))

qara

(qaramoq, ko'rmoq (flTC, 424))

-gu

(harakat quroli, harakat asosida yuzaga kelgan predmetni yasaydi)

T, 34

yagïcï (Jangovor, jangchi (flTC, 224))

yagï

(dushman, yov (^TC, 224))

-ci

T, 50

(kasb yoki biror yumush egasini bildiradigan ot yasaydi)

10

qaganlïg (Xoqonlik, hukmdorlik (flTC, 406))

qagan (xoqon, hukmdor (^TC, 406))

-lïg

(mavhumlik, makon va tanovar ma'nolarini anglatadi)

T, 56

Jadvalda ko'rinib turganidek, siz yasovchi qo'shimchalar va ularning fonetik variantlari ham o'zining funksiyasiga ko'ra ma'lum bir ma'noviy guruhga tegishli so'zlarni yasayapti. Jadvaldagi so'z yasovchi affikslar hozirgi o'zbek tilidan ko'plab farqli jihatlari ham ko'zga tashlanadi. Bu holatlarga G'. Abdurahmonov va A. Rustamovlar: "1. Hozirgi zamon morfemalari qadimgi turkiy tildagiga nisbatan miqdoran ko'p va mazmunan boy.

2. Hozirgi o'zbek tilida yo'q bo'lgan yoki alohida element sifatida o'qilmaydigan morfemalari ham bor.

3. So'z va forma yasovchi chet til morfemalari yo'q.

4. Murakkab morfemalari juda kam", - deya izoh berishadi [1, 25]. MUHOKAMA

Qadimgi turkiy tildagi so'z yasovchi affikslar ham omonimlik munosabatiga kirishishi mumkin. Lekin omonim affikslarni ularning singarmonizmga uchragan variantlari bilan chalkashtirib yubormaslik lozim. Ularning omonimlik xususiyatlari uchun vazifaviy jihatlarini asos qilib olish kerak. Chunki ushbu variantlar "sof morfologik farq bo'lmay, fonetik farq" hisoblanadi [1, 25]. Misol uchun, -ll'g affiksi morfologik sathda mavhum ot yasovchi hisoblanadi. Uning -liq, -lik, -lüq, -luk, kabi fonetik variantlari mavjud. Ammo sifat yasash uchun xizmat qiladigan -l'lg, -lig, -lüg, -lug kabi affikslar yuqorida sanalgan variantlar bilan vazifasiga ko'ra farqlanib, shakldoshlik xususiyatini o'zida namoyon qiladi: qaganll'g (T, 56) -atll'g (T, 4). XULOSA

Qadimgi turkiy tildagi yasama so'zlar va ularni yasovchi affikslar hozirgi kunda biz ishlatadigan ko'rinishlaridan bir muncha farqlarga ega bo'lishi mumkin. Lekin ularning hozirgi kunda iste'moldan chiqib ketgan deb hisoblanadigan shakllari o'zbek tilining turli sheva vakillari tilida to'liq saqlanib qolgan. Yodgorlik tili morfolagiyasidagi affikslar

7

9

omonimlik xususiyatlariga ham ega va bu ularning vazifaviy jihati bilan farqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdurahmonov G'., Rustamov A. 1982. Qadimgi turkiy til, 25-30. - Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.

2. Abdurahmonov G'., Shukurov Sh., Mahmudov Q. 2008. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi, 109-110. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti;

3. Rahmonov N., Sodiqov Q. 2009. O'zbek tili tarixi, 109. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.

4. Древнетюркские словарь. 1969. Ленинград: Наука.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.