Научная статья на тему 'QADIMGI DAVR MANBALARIDA AMUDARYO SUV YO‘LI HAQIDAGI MA’LUMOTLAR'

QADIMGI DAVR MANBALARIDA AMUDARYO SUV YO‘LI HAQIDAGI MA’LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv yo‘li / kechuvlar / lazurit / forpost / Buyuk hind yo‘li. / waterway / crossings / lapis lazuli / outpost / Great Indian route.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Allamuratov, Shuxrat Ashurovich, Toshimov, Bahodir Bahriddin O‘G‘Li

Ushbu maqolada Amudaryo suv yo‘lining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, shuningdek, qadimgi davrga oid manbalardagi Amudaryo orqali olib borilgan savdo hamda madaniy aloqalarga oid ma’lumotlar tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFORMATION ABOUT AMUDARYA WATERWAY IN ANCIENT PERIOD SOURCES

This article highlights the history of the emergence and development of the Amudarya waterway, and also analyzes data on trade and cultural ties through the Amudarya in ancient sources

Текст научной работы на тему «QADIMGI DAVR MANBALARIDA AMUDARYO SUV YO‘LI HAQIDAGI MA’LUMOTLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

QADIMGI DAVR MANBALARIDA AMUDARYO SUV YO'LI HAQIDAGI

MA'LUMOTLAR

Allamuratov Shuxrat Ashurovich

tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Toshimov Bahodir Bahriddin o'g'li,

Termiz iqtisodiyot servis universiteti Tarix ta'lim yo'nalishi 2 bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Amudaryo suv yo'lining paydo bo 'lishi va rivojlanish tarixi, shuningdek, qadimgi davrga oid manbalardagi Amudaryo orqali olib borilgan savdo hamda madaniy aloqalarga oid ma 'lumotlar tahlili yoritilgan.

Kalit so'zlar: suv yo'li, kechuvlar, lazurit, forpost, Buyuk hindyo'li.

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещаются история возникновения и развития Амударъинского водного пути, а также анализируются данные о торговых и культурных связях через Амударъю в древних источниках.

Ключевые слова: водный путь, переправы, лазурит, форпост, Великий индийский путь.

ABSTRACT

This article highlights the history of the emergence and development of the Amudarya waterway, and also analyzes data on trade and cultural ties through the Amudarya in ancient sources.

Key words: waterway, crossings, lapis lazuli, outpost, Great Indian route.

KIRISH

Amudaryo suv yo'li haqidagi yozma ma'lumotlar, asosan, antik davrdan boshlab uchraydi. Lekin bu ma'lumotlar Amudaryo suv yo'lidan foydalanishning boshlanishi ancha oldingi davrlarda shakllanganini rad etmaydi. Xususan, arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Markaziy Osiyoning so'nggi bronza va ilk temir davri madaniyatlarining tarqalishi va migrasiyasini, ushbu madaniyatlarning Qadimgi Sharq va Kavkaz hududlari o'rtasidagi aloqalarini Amudaryo suv yo'li bilan ham bog'lash mumkin.

Tahlil va natijalar. Amudaryoning chap qirg'og'idagi bronza davriga oid Sho'rto'g'ay yodgorligini o'rgangan fransuz arxeologi A.P.Frangfortning fikriga ko'ra, Sho'rto'g'ay Xarappa madaniyatining shimoliy savdo forposti (chegaradagi mustahkam harbiy qal'a, savdo punkti) hisoblanib, lazurit ("lapis-lazuli" lotincha so'z

Research BIB / Index Copernicus

bo'lib, O'rta Osiyoliklar lojuvart yoki lal deb atashgan) savdosi yo'lida qurgan aholi manzilgohi bo'lgan [1]. Tadqiqotchilar Mesopotomiyaga lal (lazurit) ikki yo'l -quruqlik va suv yo'li orqali tarqalganligini e'tirof etishadi. Bundan shuni taxmin qilish mumkinki, Xarappa madaniyati vakillari lal (lazurit)ning aynan Amudaryo suv yo'li orqali tarqaladigan joyida savdo nazoratini boshqarish maqsadida ushbu manzilni barpo etganlar. Bu esa miloddan avvalgi III mingyillik oxirlaridan qadimgi Sharq madaniyatlarini bog'lovchi, Amudaryo orqali o'tuvchi Buyuk Hind yo'lining paydo bo'lishiga tarixiy zamin yaratgan [2].

Bundan tashqari, Amudaryo kechuvlardan foydalanish ham taxminan rivojlangan bronza davridan, ya'ni eramizdan avvalgi II ming yillik o'rtalarida Marg'iyonadan janubiy Baqtriya orqali Shimoliy Baqtriyaga qadimgi dehqonchilik madaniyati vakillari ko'chib kelgan vaqtdan boshlangan. Masalan, bronza davri yodgorliklari topografiyasi (Sopollitepa, Jarqo'ton va boshqalar) shuni ko'rsatadiki, ular Cho'chqaguzar kechuvidan to'g'ri shimol tomon yo'nalishda joylashgan, taxmin qilish mumkinki, aynan shu kechuv orqali Shimoliy Baqtriyaga Dashli vohasidan (Shimoliy Afg'oniston) qabilalar migratsiya qilgan. 1984-yilda E.V.Rtveladze Kampirtepa yaqinida joylashgan ahamoniylar davriga oid Sho'rtepa manzilgohida bronza davriga oid dafn xarobasining ochilishi [3] Amudaryo kechuvlaridan foydalanish to'rt ming yillik tarixga borib taqalishini isbotlaydi.

Karki, Kalif va Termiz yaqinidagi kechuvlardan bu davrda Marg'iyona va Baqtriyadagi kadimgi dehkonchilik qabilalari foydalanganlari istisno etilmaydi. Bu yerdan o'tuvchi yo'llarni nazorat qilib turuvchi ayrim kechuvlardagi dastlabki manzilgohlar va istehkomlarning kelib chiqishi miloddan avvalgi I ming yillik o'rtalariga to'g'ri keladi. Ahamoniylar zamonida Baqtriyadan shimolga - Sug'dga keladigan asosiy yo'llar Termiz, Kampirtepa, Cho'chqaguzar, Karki va Kalif kechuvlari orqali o'tgan. Shunday qilib, qadimdan bu kechuvlar orqali shimol va shimoli-sharqqa olib boruvchi yo'llarda madaniy aloqalar ancha rivoj topgan.

Qadimgi yozma manba ma'lumotlari (Skilak, Gekatey, Gerodot xabarlari) va mavjud arxeologik (Suvyorgan, Tozabog'yob, Amirobod, Quyisoy madaniyatlari) yodgorliklarning qiyosiy tahliliga ko'ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo bo'lishiga asos bo'lgan ilk shaharsozlik madaniyati o'lkaga miloddan avvalgi VI asrda janubdan qadimgi dehqonchilik madaniyatining sohiblari Amudaryo bo'ylab Baqtriyadan ko'chib kelganligi xususidagi farazlar ham mavjud. Akademik A.Asqarov yuqoridagi tarixchilar bildirgan fikrlarni rivojlantirib, qadimgi xorazmliklarning kelib chiqishi va yoyilishiga oid o'z ilmiy xulosalarini bayon etadi. Olimning fikriga ko'ra: "Miloddan avvalgi VI asrda Eron ahamoniylari imperiyasining podshosi Doro I ning soliq siyosati tufayli, Xilmend vodiysining

Research BIB / Index Copernicus

xorasmiylari o'z vatanlarini tashlab, Amudaryo quyi oqimi tomon ko'chishga majbur bo'ladilar. Kema va sollarda massagetlar yurtiga birinchi bor kirib kelgan xorasmiylar, bo'lg'usi Xorazm vohasining g'arbi va janubida Xumbuztepa, Xazorasp va Ko'zaliqirda birinchi bor makon topgan bo'lsalar ajab emas. Ungacha, xorasmiylar Xilmend vodiysida (Hirot vohasi) yashab, o'troq hayot kechirgan, sug'orma dehqonchilik madaniyatini rivojlantirishda boy tajribaga ega bo'lganlar" [4, B.76-84].

Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya hukmdorlari Amudaryo kechuvlari, suv yo'llarini mustahkamlash hamda rivojlantirishga katta e'tibor berishgan. Yunon tarixchisi Strabon o'zining "Geografiya" asarida Amudaryo suv yo'li haqida qo'yidagi ma'lumotlarni beradi: "Aristobul Oks (Amudaryo)ni Osiyoda ko'rgan Hind daryolaridan keyingi eng yirik daryo hisoblab, uning fikricha, Oks kema qatnoviga qulay bo'lgan. Ko'pgina hind tovarlari quyi oqim bo'ylab Girkan (Kaspiy) dengiziga, u yerdan ularni Albaniya (Ozarbayjon)ga va Kura daryosi hamda mahalliy daryolar orqali Pont Evksin (Qora dengiz)gacha yetkazib berilgan" [5, C.311; 6, C.172]. Albatta, Strabon ham, Eratosfen ham bu ma'lumotlarni Patrokldan olgan. Yuqorida Strabonning ellinizm davridagi suv yo'li haqida keltirgan ma'lumotlari bir qator olimlar tomonidan ilgari surilgan Buyuk Hind savdo yo'lining quyidagi marshrut yo'nalishiga mos keladi: karvon avval Hindiston shimolidagi Peshavordan Chitral orqali Ko'kcha, Qunduz daryolariga kelishgan, keyin esa bu daryolar orqali savdo mollari qayiqlarga yuklanib, Amudaryoga chiqilgan va undan keyin butun Amudaryo suv yo'li bo'ylab Kaspiybo'yi va Kavkazorti xalqlari bilan aloqalar olib borishgan [2, C. 89-93]. Bu esa, haqiqatan ham, Amudaryo suv yo'li bo'ylab Hindiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Old Osiyo xalqlari antik davrdan aloqalar olib borganini tasdiqlaydi.

Rim tarixchisi Gay Pliniy Sekund o'z kitobida Pompeyning zamondoshi bo'lgan Varron ma'lumotlari asosida Hindiston tovarlari 7 kunda Baqtriyaga, aynan Baqtr daryosining Oksga quyilishi joyiga, undan Oks bo'ylab Girkan (Kaspiy) dengiziga, dengiz orqali Kura daryosiga, Kuradan 5 kun quruqlik yo'li orqali Fasis va keyin Pont Evksin (Qora dengiz)ga kelganini ta'kidlagan [7, C.31]. Shuningdek, boshqa rim tarixchilari Gay Yuliy Solin va Ammian Marsellin asarlarida ham shu yo'nalishdagi Amudaryo suv yo'li haqida ma'lumot berilgan [6, C.204; 8, C.317].

Amudaryo suv yo'li haqidagi ma'lumotlar xitoy manbalarida ham uchraydi. Sima Syanning "Tarixiy yilnomalar" va Ban Guning "Syan Xan Shu" asarlarida Guyshuy (Amudaryo) daryosi bo'yida savdogarlar yashashi, ular quruqlik va suv yo'llari bo'ylab o'z mahsulotlarini qo'shni hamda uzoq o'lkalarga yetkazib b erishi haqidagi ma'lumotlar keltirib o'tilgan [9, C.183].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Zamonaviy tadqiqotlar ham Amudaryoning Kaspiy dengizi bilan bog'lovchi suv yo'li O'zboy o'zani orqali amalga oshirilganligi haqidagi qarashlarni tasdiqlamoqda. B.I.Vaynberg ma'lumotlariga ko'ra, miloddan avvalgi V - IV asrlardan O'zboy o'zanning ikkala qirg'oqlarida yashovchi xalqlar paydo bo'lgan va bu ko'chmanchi hamda yarim ko'chmanchi chorvador qabilalar qoldirgan ko'plab qarorgoh, mozorlar topilgan [10, C.20, 137-150]. Bu esa, antik davrda Amudaryo bo'ylab Kaspiy va Qora dengizgacha davom etgan suv yo'li Hindiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va shimoliy Qora dengiz sohillarini bog'lagan suv yo'li haqidagi malumotlar hamda izlanishlarni asoslagan [11, 12]. Shuningdek, bu suv yo'li bo'ylab olib borilgan aloqalarni Amudaryoning yuqori oqimidagi Taxti-Sangin, Xorazm vohasidagi Yelxaras, Sariqamish deltasidagi Qal'aliqir-2, O'zboydagi Ichanlitepa, Katta Bolxondagi Garraultepa, Kavkazdagi Vani kabi ibodatxona - diniy markazlar orqali ham kuzatish mumkin [13, 14]. Bundan kelib chiqadiki, Amudaryo bo'ylab o'tgan suv yo'llari nafaqat ichki va tashqi aloqa tizimida, balki madaniy aloqalar hamda diniy qarashlar yoyilishi rivojida ham muhim rol o'ynagan.

Amudaryoning o'rta oqimida suv yo'lini nazorat qilib turish maqsadida muhim kechuvlar yaqinida Kalif, Kuregin, Karkicha (Karki), Odoydepa, Usti kabi qal'alar barpo etilgan [15; 16, C.244-245]. Karkidagi qal'adan kushon-sosoniylar davriga oid madaniy qatlamlar topilib, u milodiy asr boshlarida Amudaryoning o'rta oqimidagi muhim kechuv hisoblangan. Karki kechuvi Samarqand va Buxorodan Ksenippa (Yerqo'rg'on) orqali Baqtriyaga o'tuvchi yo'lda joylashgani uning Amudaryo suv yo'lining o'rta oqimini nazorat qilib turganidan dalolat beradi [17, 18]. Kampirt epa yodgorligi esa nafaqat Baqtriyadan Sug'dga boradigan savdo yo'lidagi Amudaryo kechuvini, shu bilan birga Amudaryo bo'ylab olib borilgan Termiz - Urganch suv yo'lini ham nazorat qilib turgan [19, C.12-15]. Bu yerda kemalar to'xtashiga mo'ljallangan buxta (daryoning quruqlikka yorib kirgan yoki orollar bilan o'ralgan kichik bir qismi) va gavan (daryolarda suv sathining to'lqin, shamol va suv oqimlaridan sun'iy yoki tabiiy himoyalangan, kemalar to'xtaydigan va ta'mirlanadigan qirg'oq qismi) ham bo'lganligi aniqlangan [20, C.51-52; 21, C.38-47]. Bu shahar (qal'a)larni qadimgi davrlarda Amudaryo suv yo'li bo'yidagi muhim bekat bo'lganligini hisobga olsak, ularning mintaqa janubidagi savdo yo'llari tizimidagi ahamiyati yanada oshadi.

XULOSA

Shunday qilib, antik davrga oid manbalarda keltirilgan ma'lumotlar savdo karvonlari o'tuvchi Amudaryo bo'yidagi shaharlar, qo'rg'onlar va kechuvlar mintaqa aloqa yo'llarini bog'lovchi ko'prik vazifasini o'taganligini tasdiqlaydi. Buni daryoning qarama-qarshi sohillari yoki shimoli va janubidagi aholi manzillari

Research BIB / Index Copernicus

madaniyati mushtarak bo'lib, buni o'rganilgan yodgorliklarning joylashuvi, tuzilishi, shuningdek, xalqlarning xo'jalik faoliyati, uy-joy qurilishi kabi moddiy madaniyatlar isbotlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Frangfort H.P. Fouilles de Shortughai. Recherches sur L'Asie Central protohistoriques. V.I.II. Paris: Boccard, 1989.

2. Ртвеладзе Э.В. Великий индийский путь: из истории важнейших торговых дорог Евразии. - СПб.: Нестор-История, 2012. - 296 с.

3. Ртвеладзе Э.В. Кампыртепа - греческая переправа на Амударье // Мозийдан садо. - 1999. № 4. - C. 12-15; Александр Македонский в Бактрии и Согдиане. - Ташкент: MEDIA LAND, 2002. - 93 с.; Древний Термез в системе Амударьинских переправ // Общественные науки в Узбекистане. - Ташкент, 2002. № 2. - C. 57-61; Переправы и дороги Бактрии // Мозийдан садо. - 2003. №3,4. - С. 20-27.

4. Аскаров А.А. Кадимги Хоразм тарихига доир баъзи бир масалалар // Узбекистон этнологияси: янгича карашлар ва ёндашувлар. УзР ФА академиги Карим Шониёзов таваллудининг 80 йиллигига багишланган халкаро илмий анжуман материаллари. - Т.: 2004. - Б. 76-84.

5. Страбон. География. В семнадцати книгах/ Пер. с греч., вступ. статья и комм. Г.А. Стратановского. - М.: ОЛМА-ПРЕСС Инвест, 2004.

6. Лунин Б.В. История Узбекистана в источниках. - Т.: Фан, 1984.

7. Бартольд В.В. Сведения об Аральском море и низовьях Аму-Дарьи с древнейших времен до XVII века // Сочинения. Том 3. Работы по исторической географии. - М.: Наука, 1965.

8. Аммиан Марцеллин. Римская история. - М.: Ладомир, 2005.

9. Бичурин Н.Я.(Иакинф) Собрание сведений о народах, обитавщих в Средней Азии в древние времена. Том II. - М.: - Л., АН СССР, 1950.

10. Вайнберг Б.И. Этногеография Турана в древности. - М.: Восточная литература, 1999.

11. Ягодин В.Н. Древние кочевники Арало-Каспия на Великом шелковом пути // Вестник Карапалкского отделения Академии наук Республики Узбекистан. -Нукус, 1994. №2. - С.99-106.

12. Алимова Д., Ртвеладзе Э., Абдурасулов У. Средняя Азия - Закавказье -Рим: О значении водного пути по Амударье через Каспийское море в Закавказье // «Дорога Страбона» как часть Великого шелкового пути: Материалы международной конференции. Баку: 28-29 ноября 2008 г. -Самарканд - Т.: 2009. - С. 9-13.

Research BIB / Index Copernicus

13. Вайнберг Б.И. Водный торговый путь по Амударье и культовые центры вблизи него // Проблемы истории, филологии, культуры. Вып. XV. -Магнитогорск, 2005. - С. 15-18/

14. Алламуратов Ш.А. Марказий Осиё халкдари маданий-диний алокаларида Амударё сув йулининг урни // Утмишга назар. - 2019. - №. 24. - Б.23-29.

15. Пилипко В.Н. Древние городища Одай-депа на среднем течении Амударьи // Каракумские древности. - Ашхабад: Ылим, 1979. Вып.8. - С.27-54.

16. Пилипко В.Н. Побережье Средней Амударьи // Древнейшие государства Кавказа и Средней Азии. - М., 1985.

17. Массон М.Е. Прошлое города Карки // Памятники Туркменистана. -Ашхабад: 1973. - № 2. - С.7.

18. Буриев О.Б., Нарзуллаев У.М. Термиз шахри ва вилоятининг тарихий географик шархи // КарДУ хабарлари. - Карши, 2017. № 4 (34). - С. 53-56.

19. Ртвеладзе Э.В. Кампыртепа - греческая переправа на Амударье // Мозийдан садо. - 1999. № 4. - C. 12-15.

20. Дудаков С. Раскопки пристани Кампыртепа // Археология, история и культура Средней Азии: Тезисы докладов международной конференции. - Т.: 2002. - С. 51-52.

21. Ртвеладзе Э.В. Александрия Оксианская - Кампыртепа: город-крепость на берегу Окса. - Т., 2019.

22. Алламуратов Ш. А. ПАТТАКЕСАР-АМУДАРЁНИНГ МУ^ИМ КЕЧУВИ СИФАТИДА //ТАРИХИЙ МАНБАШУНОСЛИК, ТАРИХНАВИСЛИК, ТАРИХ ТАДКИКОТЛАРИ МЕТОДЛАРИ ВА МЕТОДОЛОГИЯСИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ. - 2021. - С. 514.

23. Турсунов Н. Н., Алламуратов Ш. А. Развитие торговых отношений и ремесел в бекствах Восточной Бухары //Бюллетень науки и практики. - 2021. -Т. 7. - №. 3. - С. 348-353.

24. Алламуратов Ш., Джураева У. Ремесленные и торговые отношения в бекствах восточной Бухары в конце XIX-начале XX вв //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 3/S. - С. 105-110.

25. Ashurovich A. S. MILITARY-STRATEGIC GOALS OF THE RUSSIAN EMPIRE ON THE AMU DARYA //American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769). - 2023. - Т. 1. - №. 7. - С. 151-155.

26. Кобулов Э., Алламуратов Ш. XIX Аср охири-XX аср бошларида Сурхон вохасининг Амударё сув йули ва кечувлари оркали савдо муносабатлари //Марказий Осиё тарихи ва маданияти. - 2023. - Т. 1. - №. 1. - С. 405-409.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.