Научная статья на тему 'PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTLARNI XALQARO STANDARTALRDA SHAKLLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI'

PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTLARNI XALQARO STANDARTALRDA SHAKLLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pul oqimlari / pul oqimi hisoboti / pul oqimlarini aks ettirish usullari / axborotni oshkor qilish / muqobil ko‘rsatkichlar / moliyaviy hisobot / MHXS. / cash flows / cash flow statement / methods of cash flow presentation / information disclosure / alternative indicators / financial reporting / financial reporting.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Djumayeva G.A., Shakarov Sh.

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida tashkilotning pul oqimlarini tahlil qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hisobotning axborot ahamiyati kompaniyaning potentsial muammolarini va itisodiy xavflarini aniqlashga imkon beradigan birinchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan pul oqimlari ekanligi bilan bog‘liq. Tadqiqot milliy va xorijiy buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarining bir qismi sifatida pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotning axborot ahamiyatini va pozitsiyasini baholashga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMULATION OF CASH FLOW STATEMENTS IN INTERNATIONAL STANDARDS AND ITS SIGNIFICANCE

Analysis of the organization's cash flows based on the information of the cash flow report is becoming more and more important. The information value of the report is related to the fact that cash flows are one of the first indicators that allow identifying potential problems and economic risks of the company. The study is aimed at evaluating the information value and position of the cash flow statement as part of national and foreign accounting (financial) reports.

Текст научной работы на тему «PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTLARNI XALQARO STANDARTALRDA SHAKLLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI»

Djumayeva G.A. assistant SamISI Shakarov Sh. talaba SamISI

PUL OQIMLARI TO'G'RISIDAGI HISOBOTLARNI XALQARO STANDARTALRDA SHAKLLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI

Annotatsiya. Pul oqimi to'g'risidagi hisobot ma'lumotlari asosida tashkilotningpul oqimlarini tahlil qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hisobotning axborot ahamiyati kompaniyaning potentsial muammolarini va itisodiy xavflarini aniqlashga imkon beradigan birinchi ko 'rsatkichlardan biri bo'lgan pul oqimlari ekanligi bilan bog'liq. Tadqiqot milliy va xorijiy buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarining bir qismi sifatidapul oqimi to 'g 'risidagi hisobotning axborot ahamiyatini vapozitsiyasini baholashga qaratilgan.

Kalit so Zlar: pul oqimlari, pul oqimi hisoboti, pul oqimlarini aks ettirish usullari, axborotni oshkor qilish, muqobil ko'rsatkichlar, moliyaviy hisobot, MHXS.

Dzhumayeva G.A.

assistant SamIES Shakarov Sh. student SamIES

FORMULATION OF CASH FLOW STATEMENTS IN INTERNATIONAL STANDARDS AND ITS SIGNIFICANCE

Abstract. Analysis of the organization's cash flows based on the information of the cash flow report is becoming more and more important. The information value of the report is related to the fact that cash flows are one of the first indicators that allow identifying potential problems and economic risks of the company. The study is aimed at evaluating the information value and position of the cash flow statement as part of national and foreign accounting (financial) reports.

Key words: cash flows, cash flow statement, methods of cash flow presentation, information disclosure, alternative indicators, financial reporting, financial reporting.

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

151

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish har bir tarmoq iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bog'liq bo'ladi. Investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish investitsion siyosatni ham tubdan tubdan o'zgartirishni talab qilmoqda. Shu bilan birga investitsion siyosatni amalga oshirish chog'ida bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanishni, ya'ni investitsion jarayon ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashni, mamlakatda investorlar uchun to'laqonli raqobatni ta'minlashni, moddiy va intellektual boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni taqoza etmoqda.

Investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga tegishli qarorlarni qabul qilishga imkon beradigan zarur va eng muhim ma'lumotlar bu pul oqimlari to'g'risidagi hisobot va kelajakda kutilayotgan pul oqimlarini baholashga imkon beradigan boshqa ma'lumotlar. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot investitsiyalarni tahlil qilish uchun zarur bo'lgan eng muhim hujjatdir. Ushbu hisobotga moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotga qaraganda chiqarilganqarorlar, hukmlar va taxminlar kamroq ta'sir qiladi. Shu bilana birga, kelajakda tashkilotning pul oqimlarini yaratish qobiliyati ularga ko'plab moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan omillarning ta'siriga, shu jumladan debitorlik qarzlarini boshqarish siyosatiga, inventarizatsiyani shakllantirishga, etkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan o'zaro munosabatlarga bog'liq bo'lib, ular har

doim ham hisobotda to'liq aks ettirilmaydi, bu ham investitsiya qarorlarini qabul qilish jarayonini ta'minlaydigan moliyaviy modellarni prognoz qilish va qurish muammosi bildiradi.

Doimiy o'zgaruvchan iqtisodiy voqeliklar tufayli tashkilotning moliyaviy holatini ushbu o'zgarishlarga eng sezgir ko'rsatkichlardan biri sifatida pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni tahlil qilish va o'rganishga asta-sekin o'tilmoqda.

Tadbirkorlik sub'ekti o'zining MHXS bo'yicha moliyaviy holat to'g'risidagi boshlang'ich hisobotida qo'llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo'yicha xuddi shu sanaga qo'llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar MHXSlarga o'tish sanadan oldin ro'y beradigan operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo'ladi. Shu bois, tadbirkorlik sub'ekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o'tish sanasida to'g'ridan-to'g'ri taqsimlanmagan foydada (yoki, o'rinli bo'lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak.Shunga ko'ra, moliyaviy holat to'g'risidagi hamda foyda va zarar to'g'risidagi hisobotlarni tuzib bo'lgandan so'ng pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni tuzish imkoniyatini beradi.Moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuzish lozimligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 sonli "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qaroriga asosan belgilangan.Shundan kelib chiqqan holda, Pul

oqimlari to'g'risidagi hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzish lozimligi belgilanadi.

Xalqaro amaliyotda investitsiyalat asosiy e'tiborni moliyaviy hisobotning shakllaridanbiri bo'lgan pul oqimlari to'g'risidagi hisobotga qaratadi. Sababi, sub'ektga qancha pul kirishi va chiqishi ko'p bo'lganligi ularning qiziqishiga zamin uyg'otadi. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini takomillashtirish masalalari xorijiy hamda MDH mamlakatlarining iqtisodchi olimlari tomonidan ham o'rganilgan. Ular qatoriga A.Arens, B. Nidlz, V. Savitskaya, M. Bocharev, K. Lobbek, P. Kamtishanov, A. Ionova va boshqalarni kiritish mumkin. Pul oqimlari hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha respublikamiz olimlari ham ayrim natijalarga erishgan. Bu borada, respublikamizning yetakchi iqtisodchi olimlaridan I.T.Abdukarimov, M.Q. Pardaev, A.S. Sotivoldiev, A.V. Vahobov, M.M. To'laxo'jaeva, A.K. Ibragimov, A.H. Pardaev, O.M. Kuljanov va boshqalar tomonidan ilmiy maqola hamda risolalarida tadqiq etilgan. Ammo, bu ishlarda pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida bevosita usuldan foydalanib tuzish tartibi ochib berilmagan.Mazkur maqola tadqiqot jarayonida pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida bevosita usuldan foydalangan holda tuzish tartibi ochib berish maqsadida ilmiy-tadqiqotning tanlanma adabiyotlar tahlili, guruhlashtirish, analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya, qiyosiy taqqoslash, ma'lumotlarni yig'ish va iqtisodiy matematika kabi keng foydalanilgan.

Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanilganda,

foydalanuvchilargaxo 'jaliksub'ektiningsofaktivlaridagi o 'zgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi (likvidligi va to'lov qobiliyati)ni va o'zgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida o'zining pul oqimlari summasi va muddatlariga ta'sir ko'rsata olish qobiliyatini baholash uchun ma'lumot bilan ta'minlaydi.Pul oqimlari to'g'risidagi ma'lumotlar xo'jalik Sub'ektining pul mablag'lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil xo'jalik sub'ektlariga tegishli kelgusi pul oqimlarining joriy (keltirilgan) qiymatini baholash va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda foydalanilib kelinayotgan pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlarni xalqaro kompaniyalarda qo'llanilayotgan hisobotlar bilan deyarli bir xil tartibda qo'llanilib kelinmoqda. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlarni xalqaro standartlarda shaklantirish va milliy standartlarning asosiy farqi shundaki milliy standartlarda moliyaviy natijalarimiz va foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotlar asosida biz pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlarni shakllantira olish imkonsiz va bu ba'zi qiyinchiliklarga sabab bo'lib kelmoqda. Xalqaro standartlar asosidagi foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotlardan pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlarni shaklantirish imkoni borligini hisobga olib milliy standartlarimizni takomillashtirib xalqaro standartlarga o'tishimiz

zarurligini bilib olishimiz mumkin. Pul oqimlarini tuzish bo'yicha xalqaro standartalar aniq va malumotlarni olib qarorlar qabul qilishi osonligi tufayli milli standartlarimizning foyda va zararlari to'g'risidagi hisobotlar va pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlarni takomillashtirish zaruriyati tug'iladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni bevositausuldanfoydalanganholdatuzishvaunitaqdimetishnatijasida kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida shakllantirish

imkoniyatiyanadaoshadihamdaamaliyotdaushbushaklnituzishdayuzaga kelayotgan muammollarni bartaraf etishga va investorlar uchun pul oqimlari holatini ushbu shakldan aniqlashda qulayliklarga olib kelishga xizmat qiladi. Haqiqiy pul oqimi to'g'risidagi hisobot ko'rsatkichlari bilan bir qatorda investorlar, tahlilchilar va kompaniyalar o'zlari tashqi foydalanuvchilarga tashkilotning qiymat yaratish qobiliyatini ochib beradigan ma'lumotlarni taqdim etishga imkon beradigan muqobil ko'rsatkichlardan faol foydalanadilar. Shu bilan birga, ularni aniqlashning yagona protsedurasining yo'qligi hisobot beruvchi kompaniyalarga daromad va xarajatlarning ayrim moddalarini hisoblashda kiritish yoki chiqarib tashlash orqali taqdim etilgan natijalarga ta'sir ko'rsatishga imkon beradi. Bunday sharoitda foydalanuvchilar taqdim etilgan natijalarning ishonchliligiga pasaytiradi va eng muhimi, investitsiya jozibadorligini baholash jarayonida zarur bo'lgan ko'rsatkichlarni qiyosiy tahlil qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni 2016 yil 13 aprel.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-sonli "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori 5. O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari to'plami. -T.:Norma2016

10. TamHa3apoB C.H. MonnaBHH xucoôoTHHHr xan^apo CTaHgapraapH. AapcnHK - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2019

11. Ypa30B K.E. "MonnaBHH xucoô Ba xuco6oT»TomKeHT "Hнновaцнон pHBO^naHHm HampnëT-Marôaa yËH»2020, 370-6eT

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

154

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.