Научная статья на тему 'HISОB VА MОLIYАVIY HISОBОTLАRNI TАKОMILLАSHTIRISHНИНГ ZАRURLIGI VА АHАMIYАTI'

HISОB VА MОLIYАVIY HISОBОTLАRNI TАKОMILLАSHTIRISHНИНГ ZАRURLIGI VА АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mоliyаviy hisоbоtning xаlqаrо stаndаrtlаri / biоlоgik аktivlаr / investitsiyаviy kuchmаs mulk / trаnsfоrmаtsiyа / mоliyаviy hisоbоtni mоdernizаtsiyаlаsh.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Egаmberdiyevа S.R.

Ushbu mаqоlаdа mоliyаviy hisоbоtning xаlqаrо stаndаrtlаrining (MHXS) mоhiyаti, ulаrning tаrkibi vа tаsnifi keltirilgаn. Shuningdek, MHXSgа о‘tish zаruriyаti vа bu bоrаdа mаmlаkаtimizdа аmаlgа оshirilаyоtgаn ishlаr tаvsifi bаyоn qilingаn. О‘zbekistоn iqtisоdiyоtidа mоliyаviy hisоbоtlаrni xаlqаrо stаndаrtlаrgа mоslаshtirish jаrаyоnidа uning uslubiy аsоslаri, bоsqichlаri vа аsоsiy yо‘nаlishlаri tаdqiq etilgаn. Bu bоrаdаgi xаlqаrо tаjribа о‘rgаnilib, zаrur tаklif vа tаvsiyаlаr berilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HISОB VА MОLIYАVIY HISОBОTLАRNI TАKОMILLАSHTIRISHНИНГ ZАRURLIGI VА АHАMIYАTI»

УДК 657.3

Egamberdiyeva S.R., i.f.n.

dotsent

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

HISOB VA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAKOMILLASHTIRISHНИНГ ZARURLIGI VA AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining (MHXS) mohiyati, ularning tarkibi va tasnifi keltirilgan. Shuningdek, MHXSga o'tish zaruriyati va bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar tavsifi bayon qilingan. O'zbekiston iqtisodiyotida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida uning uslubiy asoslari, bosqichlari va asosiy yo'nalishlari tadqiq etilgan. Bu boradagi xalqaro tajriba o'rganilib, zarur taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, biologik aktivlar, investitsiyaviy kuchmas mulk, transformatsiya, moliyaviy hisobotni modernizatsiyalash.

Egamberdiyeva S.R., PhD associate professor Karshi Institute of Engineering and Economics

THE NEED AND IMPORTANCE OF IMPROVING ACCOUNTING AND

FINANCIAL STATEMENTS

Annotation. This article presents the essence of international financial reporting standards (IFRS), their composition and classification. It also describes the need to switch to MWSS and the work being carried out in our country in this direction. In the process of adapting financial reporting to international standards in the economy of Uzbekistan, its methodological foundations, stages and main directions were studied. International experience in this regard was studied and the necessary proposals and recommendations were made.

Key words: international financial reporting standards, biological assets, investment property, transformation, modernization of financial reporting.

«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori 2020 yil fevral oyida rasmiy matbuotda nashr etilgandi.[1]

Qarorda asosiy maqsad - xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta'minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, deb belgilangan.

Investorlar va boshqa moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar (masalan, davlat organlari, kasaba uyushmalari, biznes-sheriklar va h.k.) o'zlarini qiziqtirgan tashkilot haqidagi ma'lumotdan manfaatdor bo'ladi. Bu manfaat esa ularning iqtisodiy, investitsion va huquqiy qaror chiqarishlari zaruratidan kelib chiqadi.

Misol uchun, ular aksiyador kiritgan mablag'lari qanchalik foyda keltirishi, biznes mulki qanchalik o'sgani, qarzdorlik holati qanday ahvoldaligi kabi savollar bilan qiziqishlari tabiiy. Undan tashqari, salohiyatli investor biror biznesga mablag' kiritish yoki kiritmaslik haqidagi qarorini yaxshilab baholashga urinadi, bunda u tashkilotni ish yuritayotgan tarmoqdagi boshqa shirkatlar bilan solishtirib ko'rishiga to'g'ri keladi. Buning uchun mazkur tashkilotning iqtisodiy, mulkiy va moliyaviy holati va o'tgan davr faoliyati natijalari haqidagi raqamli va tushuntirish matnlaridan iborat hisobotga zarurat tug'iladi. Aynan shu zaruratni ta'minlash maqsadida, markazi Londonda joylashgan Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlar kengashi ushbu hisobot andozalarini ishlab chiqqan.

Prezident qarori yangi bilim o'zlashtirish, yangicha ishlashga o'tish ma'lum mashaqqatni talab qiladi. Ammo iqtisodiy reallik shuki, buxgalterning ishlash tarzini moliyaviy axborot foydalanuvchilari, ya'ni investor manfaatlari belgilaydi.

MHXSning yana bir ahamiyatli xususiyati, bu andozalar korxona rahbarlarini moliyaviy hisobot va shuningdek buxgalteriya hisoboti bilan ko'proq qiziqishga undaydi

Hoziri kunda mamlakatimizda korxonalar moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tayyorlash va taqdim qilishga ehtiyojlari paydo bo'lmoqda.

Moliyaviy hisobot, ichki va tashqi (mulkdorlar, investorlar, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, kreditorlar, davlat organlarini va keng jamoatchilik) subektlar bilan bo'ladigan munosabatlarda biznes tillashuvining muhim vositasidir. Agar korxona buxgalteriya hisobotlarini tayyorlashda xalqaro standartlarga rioya qilmasa, bu ba'zi nomuvofiqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, bunday nomuvofiqliklar yuzaga kelmasligi uchun moliyaviy hisobotlarning yagona xalqaro standartlariga talab mavjud. Bo'lajak xorijiy investor O'zbekiston tashkilotlari tayyorlagan hisobotlarni tushunmaydi, shuning uchun raqamlar to'g'ri aks ettirilganiga ishonmaydi. Moliyaviy hisobotlarni MHHSga tarjima qilish, audit o'tkazish juda qiyin, ko'p vaqt va qimmatga tushishi mumkin.

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni takomillashtirishga oid muammolar yuzasidan xorijiy iqtisodchi olimlardan Robert C., Recket M.[5], R.Libbi, R.H.Hermanson, R.Entoni, B.Nidlz, F.Vud, J.D.Spiselend, D.Alixander, va P.Astaxov, V.Kachalin, M.I.Kuter, V.F.Paliy, Y.V.Sokolov, V.G.Getman, T.Y.Drujilovskayava boshqa olimlar respublikamiz iqtisodi olimlardan Urazov K.B.[5],.Dusmuratov R.D. va U.I.Tulayev, K.B.Axmedjanov, A.K.Ibragimov, SH.I.Ilxamov, M.M.Tulaxadjayeva[9], I.N.Ismanov,B.I.Isroilov, A.A.Karimov,

B.Y.Maxsudov, S.U.Mehmonov, Djumanov S.A.[11], M.Q.Pardayev, I.T. Abdukarimov, A.X.Pardayev, M.E.Po'latov, A.J.Tuychiyev, K.B.Urazov, B.K.Xamdamov, B.A.Xasanov, R.O.Xolbekov, Z.N.Kurbanov, I.N.Qo'ziyev, I.Ochilov[4], M.Marpatov va boshqalar ilmiy izlanishlarni amalga oshirganlar.

Hozirgi iqtisodiy sharoitda mamlakatimiz buxgalteriya hisobi meyorlari hamda moliyaviy hisobotni tuzish qoidalari xalqaro standartlar talablariga moslashtirilmoqda.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish ayrim xo'jalik yurituvchi subektlarni hisob yuritish majburiyatidan ozod qiladi. Lekin ushbu korxonalarda barcha foydalanuvchilar guruhlari uchun sifatli va ishonchli axborot shakllantirish zarurati avvalgidek, dolzarb bo'lib qolaveradi. Korxona hisob siyosati esa buni amalga oshirishga imkon beradigan asosiy hujjat bo'lib qolaveradi.

Moliyaviy hisobotni boshqaruvning muhim dastagi sifatida modernizatsiyalash deganda, moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmunini axborot foydalanuvchilar manfaatlariga muvofiqlashtirish, axborotlarga ishlov berish va ularni uzatishda eng ilg'or usul va uslublar hamda takomillashgan hisobot shakllarini joriy qilish tushuniladi.

O'zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotni modernizatsiyalashda MHXSlarga bosqichma-bosqich o'tilmoqda.

Bizning fikrimizcha, dunyodagi moliyaviy hisob va moliyaviy hisobot jarayoni ilg'or tajribasidan kelib chiqib, transformatsion ishchi balans tuzish amaliyotiga o'tishimiz kerak. Ishchi balans schyotlarning qoldiqlarini transformatsion yozuvlar asosida moliyaviy hisobotning shakllariga o'tkazishni amalga oshiruvchi muhim jadval (registr) hisoblanadi.

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bosqichida ishchi balans va jadvallari yordamida moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot, foyda vazararlar hamda boshqa to'plam daromadlar to'g'risidagi hisobot, pul mablag'lari haqidagi hisobot, xususiy kapitalning o'zgarishi to'g'risidagi hisobotlar tuziladi. Hisobotlar ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo'lgandan so'ng top menejerlar tomonidan tasdiqlanadi va qaror qabul qiluvchilarga taqdimoti amalga oshiriladi.

S.N.Tashnazarov o'z tadqiqotlari natijasida "mamlakatimizda amaldagi meyoriy-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotning shakllarini quyidagi tarkibda belgilash maqsadga muvofiq" deb hisoblaydi( 1 -jadval).

1- jadval

Moliyaviy hisobotning asosiy majburiy shakllari [8]_

№ «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunda MHXSlariga muvofiq holda taklif etiladi

1 Buxgalteriya balansi Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot

2 Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot Foyda va zararlar hamda boshqa to'plam daromadlar to'g'risidagi hisobot

4 Pul oqimlari haqidagi hisobot Pul oqimlari haqidagi hisobot

5 Xususiy capital to'g'risidagi hisobot Xususiy kapitalning o'zgarishi to'g'risidagi hisobot

Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar Izohlar, hisob siyosatining qisqacha tavsifi va boshqa tushuntirishlar

MHXSlar va ílg'or tajribalar asosida moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi shart bo'lgan axborotlar qatoridan kelib chiqib, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun transformasiya maqsadlarida moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot shakli taklif etildi. Jumladan, ushbu hisobotning uzoq muddatli aktivlarga doir qismi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi (2-jadval).

Har bir korxona o'zining hisob siyosatida bir davrdan ortiq xizmat qiladigan ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish yoki ma'muriy boshqaruv jarayonida foydalanadigan «mulk: yer, bino, mashina va asbob-uskunalar» tarkibini standart talablaridan kelib chiqib mustaqil belgilashlari kerak, deb o'ylaymiz. 5-son BHMS «Asosiy vositalar»da «mulk: yer, bino, mashina va asbob-uskunalar»ning xalqaro standartlarga muvofiq tarkibiy moddalarini keltirish hamda ishchi va mahsuldor hayvonlar hamda ko'p yillik o'simliklarni biologik aktiv sifatida tan olish tamoyillarini belgilovchi standart ishlab chiqish kerak. Xalqaro standartlar talablariga muvofiq «investitsiyaviy ko'chmas mulk» (080-satr), «biologik aktivlar» (120-satr) hamda «sotish uchun mo'ljallangan deb tasniflangan uzoq muddatli aktivlar va chiqib ketayotgan guruhlar aktivlari» uchun balansda alohida (150-satr) 3satr ajratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

2-jadval

Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda uzoq muddatli aktivlarga doir axborotlarni aks ettirish (ming so'm)

Ko'rsatkichlar nomi Satr Hisobot yili Hisobot yili

kodi boshiga oxiriga

I. Uzoq muddatli aktivlar

Uzoq muddatli moddiy aktivlar, jami (040+050+060): 010 1 100 000 1300 000

Mulk: yer, bino, mashina va asbob-uskunalar boshlang'ich 020 1200 000 1250 000

qiymati (tarkibiy moddalari bo'yicha)

Jamg'arilgan amortizasiya (depresiasiya) 030 400 000 350 000

Mulk: yer, bino, mashina va asbob-uskunalar balans qiymati 040 800 000 900 000

(020-030)

O'rnatilmagan asbob-uskunalar 050 200 000 100 000

Tugallanmagan kapital quyilmalar 060 100 000 300 000

Uzoqmuddatlinomoddiy aktivlar balans qiymati (tarkibiy moddalari bo'yicha) 070 20 000 30 000

Investitsiyaviy ko'chmas mulk 080 50 000 70 000

Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar 090

Uzoq muddatli investitsiyalar (tarkibiy moddalari bo'yicha) 100 30 000

Muddati uzaytirilgan soliq aktivlari 110 - -

3 Muallif tomonidan taklif etilayotgan satr

Biologik aktivlar 120 60 000 48450

I-bo'lim j ami (010+070+080+090+100+110+120) 130 1 260 000 8873185

Sotish uchun mo'ljallangan deb tasniflangan uzoq muddatli va chiqib ketayotgan guruhlar aktivlari 150 - -

Axborot foydalanuvchilarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini to'laroq qondirish hamda standartlar talablariga muvofiq to'g'ridan-to'g'ri moliyaviyholat to'g'risidagi hisobotda yoki izohlar va tushuntirishlarda aks ettirilishi shart bo'lgan tarkibiy moddalari to'g'risida axborotlarga ega bo'lish maqsadida «Mulk: yer, bino, mashina va asbob-uskunalar harakati to'g'risidagi» hisobot tuzilishi maqsadga muvofiq.

Taklif etilayotgan hisobot shaklida aktivlarning tasarruf etilishi, xatolarni to'g'rilash va qadrsizlanishidan zarar kabi mazmunan yangi ko'rsatkichlar aks ettirildi hamda ularni hisoblashning metodologik tartibi keltirildi. Bu esa hisobotlar va ularda aks ettirilayotgan ko'rsatkichlarni MHXSlariga muvofiqlashtiradi hamda axborot foydalanuvchilarning ehtiyojlariga mos keladi.

Mamlakatimizda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida tashkil etishga keng e'tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda, avvalo, hisob siyosatini tuzish va unga rioya qilish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Zero aynan hisob siyosati xo'jalik yurituvchi subektlarda faoliyatni qonun talablariga muvofiq amalga oshirishda uslubiy vosita hisoblanadi.Shu boisdan hisob siyosatini tuzishda "Hisob siyosati, buxgalteriya baholaridagi o'zgarishlar va xatolar" 8-son BHXS talablariga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.

Xo'jalik yurituvchi subektlarda hisob siyosatining bekamu ko'st amal qilishi uchun u mukammal ishlab chiqilishi zarur. Mazkur maqolada hisob siyosatinishakllantirishga ta'sir etuvchi omillar taklif etilgan. Xo'jalik yurituvchi subektlarrahbariyati yuqorida sanab o'tilgan omillarni inobatga olgan holda hisob siyosatini tuzsalar, mazkur subektlarda buxgalteriya hisobi ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi va tadbirkorlik riskining pasayishi ta'minlanadi.

Ma'lumki, har qanday faoliyat, har qanday jarayon muayyan ketma-ketlik va aniq belgilangan tartib asosida tashkil etilsa, uning samaradorligi yanada oshishiga xizmat qiladi. Shu boisdan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hisob siyosatini shakllantirish bosqichlari taklif etildi. Xo'jalik yurituvchi subektlar tomonidan hisob siyosatining mazkur bosqichlar asosida shakllantirilishi amalga oshirilsa, ular o'z oldilariga qo'ygan strategik va taktik maqsadlarga erishishni ta'minlaydi.

Shuni ta'kidlash lozimki, respublikamizda bu borada ilmiy - tadqiqotlar olib borishni jadallashtirish lozim, chunki, mamlakatimiz jahon bozoriga shiddat bilan, dadil kirib bormoqda, bu esa iqtisodiyotimizni global bozor talablariga mos bo'lishini taqozo qiladi.

Xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotning asosiy (chiziqli) moddalariga tarkibiy quyi moddalarini

ochish axborot foydalanuvchilarning ehtiyojlariga mos axborotlarni taqdim qilish imkoniyatini beradi. «Mulk: yer, bino, mashina va asbob-uskunalar», tovar-moddiy zaxiralar, debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda xususiy kapitalni tan olish, baholash, tasniflash va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish metodologiyasini takomillashtirish asosida «Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot»ning shakli ishlab chiqilganligi uning zarur va kerakli axborotlarni qamrab olishi hamda moliyaviy holatga haqqoniy baho berish imkoniyatlarini kengaytiradi va qabul qilinayotgan qarorlarning sifatli bo'lishini ta'minlaydi. Ichki axborot foydalanuvchilar manfaatidan kelib chiqib, «Mulk: yer, bino, mashina va asbob-uskunalarning harakati to'g'risidagi hisobot», "Investitsion mulk turlari bo'icha hisobot" va "Biologik aktivlar to'g'risida hisobot" shakllarini joriy etish hamda hisobotga «mulk: yer, bino, mashina va asbob- uskunalar», «Investitsion mulk (turlari bo'yicha)», va «Biologik aktivlar»ning qiymati kelib tushishi, modernizasiya va rekonstruksiya, texnologik qayta jihozlash, tasarruf etilishi, qadrsizlanishi va boshqa omillar hisobidan o'zgarishini ifodalovchi ko'rsatkichlar kiritilganligi uzoq muddatli moddiy aktivlardan samarali foydalanishni nazorat qilish imkoniyatini yuzaga keltiradi.

Adabiyotlar:

l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevralda PQ-4611 "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida" Qarori. https://lex.uz/docs/4746047

2.Narbekov D., Raxmonov Sh., Turayev A. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. O'quv qo'llanma. -T.: Iqtisod-moliya, 2018.

3. Egamberdiyeva S.R. Xalqaro standartlar asosida aktivlar hisobini takomillashtirish. Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal.-№4/2 (100), Xorazm Ma'mun akademiyasi, 2023 y. - 206 b. - Bosma nashrning elektron varianti - http://mamun.uz/uz/page/56 21-24 betlar.

4.Ochilov I.K., Raxmatova SH.SH. Nodalat notijorat tashkilotlari hisob siyosati.//Xalqaro moliya va hisobot elektron jurnali. 2020 yil aprel.

5. ypa3oB КБ. Бухгэлтерия мoлиявий хдшби. Укув кyллaнмa. - Сaмaркaнд. СaмИСИ, 2013. -228 б.

6.Robert C., Recket M.Information content of IFRS versus GAAP financial statements //Journal of financial reporting and accounting. ISSN 1985-2517. 12 March 2018.

7. Эгaмбердиевa С.Р. Сoвершенствoвaние учетa aKraBoB no междунaрoдным стaндaртaм. Междунoрoднoй нaучнo-прaктическoй кoнференции Ha тему: «Экoнoмическoе pa3Brnre Рoссии: вызoвы и вoзмoжнoсти в меняющемся мире» 5-том Мaтериaлы Междунaрoднoй нaучнo-прaктическoй кoнференции Kрaснoдaр, 24-27 янвaря 2023 г. Kубaнский гoсудaрственный университет. - Kрaснoдaр: Kубaнский гoс. ун-т, 2023. - Т. 5. - 322 с. Ст 266273.

8. Тaшнaзaрoв С.Н. И^и^д^теи мoдернизaциялaш шaрoитидa мoлиявий x,исoбoтнинг нaзaрий вa метoдoлoгик aсoслaрини тaкoмиллaштириш.

Иктисодиёт фанлари доктори (DSC) диссертацияси автореферати ТМИ. 2019 й. 73 б. 18-бет.

9. Egamberdiyeva S.R., Rakhmonova T. M. Improvement of accounting of assets according to international standards. GOSPODARKA I INNOWACJE Volume: 30 | 2022 http://www.gospodarkainnowacje.pl/ © 2022 LWAB.page:55-63.

10. Тулахаджаева М.М. Финансовая отчетность в соответствии с МСФО. www.norma.uz. 2018.

11. Джуманов С.А. Молиявий хдсобот ахборотларини халкаро стандартлар асосида компиляция килиш. Phd докторлик диссертацияси ТМИ. 2019 й. 182-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.