Научная статья на тему 'PUBLISTIK PAFOSNING BADIIY SO’ZDAGI KUCHI'

PUBLISTIK PAFOSNING BADIIY SO’ZDAGI KUCHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

48
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / filologiya / pafos / publistik pafos / so’z

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ziyada Adilbaevna Kojikbeva

Ijodkor insonlar qaysidir ma’noda kelajakni oldindan ko'ra oladi, o'ylar izmida uni samimiy sezib, umrning achchiq-chuchuk tomonlarini ochib bera oladigandek fikrlashi sir emas. Insoniyatning ma’naviy dunyosini boyitishda so'z ustalarining xizmati katta.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PUBLISTIK PAFOSNING BADIIY SO’ZDAGI KUCHI»

PUBLISTIK PAFOSNING BADIIY SO'ZDAGI KUCHI

Ziyada Adilbaevna Kojikbeva

Qoraqalpoq davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ijodkor insonlar qaysidir ma'noda kelajakni oldindan ko'ra oladi, o'ylar izmida uni samimiy sezib, umrning achchiq-chuchuk tomonlarini ochib bera oladigandek fikrlashi sir emas. Insoniyatning ma'naviy dunyosini boyitishda so'z ustalarining xizmati katta.

Kalit so'zlar: adabiyot, filologiya, pafos, publistik pafos, so'z.

KIRISH

Fikrlash olami keng, aqidasi mustahkam, hassosligi teran, yuqori madaniyatli, hayotini yaxshilik va go'zallik qonunlari bilan qura oladigan ma'naviyatli insonlar o'zlarining ijodi bilan e'tiborga molik tushuncha va hislarni tarbiyalab jamiyat rivojlanishida hissa qo'shayotganligi so'zsiz. T. Jumamuratovning badiiy asarlarini o'rganar ekanmiz, u yerda odil, insonparvar jamiyat haqidagi orzularga to'la ekanligining guvohi bolamiz. Hayotiy tajriba uning poeziyasiga publisistik pafos singdira olganligi so'z qudratini qanchalik o'zida jamlaganligini ko'rsak bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyotshunos olim, professor Q. Sultonov: «Bitta ilm-ilmshunos, bitta tilshunos, bitta adabiyotshunos qoraqalpoq tilini qancha darajada teran bilaman desa hamki , T. Jumamuratovdek bilishi mumkin emas. Buni farqli belgilab o'tish zarur » -degan ilmiy tanqidiy fikrda terang mano bor.[1-68-70]

«Jaqsiliqtin karamatli isi bar,

A'dilliktin qudiretli kushi bar! » degan mulohaza shoirning har xil janrlarda yozilgan asarlarining asosiy o'lchami desak ham bo'ladi. Sababi, takomillashgan jamiyatda insonlar munosabati haqidagi meroslardagi og'zaki qadriyat - yaxshilik va odillik. Yaxshilik - bu odillik munosabati, odil munosabatda bo'lmoq - yaxshilik manbai.

Ushbu haqiqat shoirning asarlarida o'z aksini topgan.

Masalan,

«Tan' qalarliq qiyal jetpes karamat,

Ken' aspannin' jaynap turgan aq kuni.

April, 2022

736

Onda bolmas ten'sizlik, ya alag'at,

Jer jahange birdey sepken jaqtini».[2-112]

Shu qatori, bu ijodiy jamiyatdagi odillikga bo'lgan munosabatlar undan ham kengroq ma'noni jamlab, yaratilishining o'zi - hamma uchun tenglik mezonida ekanligi haqidagi falsafiy xulosaga kelib taqaladi: «Dunya basta hamme ushin qurildi, Jasliq taxtim qashiqlasa buring'i. Barliq jannin' huquqi ten' biz benen, Kelgenlerge bocatamiz orindi».[2-123]

Mamlakat qurilishi va boshqarish to'g'risidagi eng muhim vazifalar mamlakatda qonuniy asosda belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyaga yarasha, O'zbekiston Respublikasida Oliy Majlis, Prezident, Vazirlar Kengashi , mahalliy davlat hokimiyati, sud hokimiyati organlari - davlat hokimiyatini ro'yobga chiqaradi .

Davlat hokimiyati organlari jamiyatda yuqori ma'naviyatga asoslangan targ'ibot-tashviqotlarni ta'minlab, milliy va umumiyinsoniy qadriyatlarni keng joriy qiladi, odamlarni yaxshilik yo'lida birlashish g'oyalarni yaratadi. Davlatning bu maqsadlaridagi mo'jizaviy tayanchlaridan biri - adabiyot, albatta.

Xohlagan ijodkor zamonining progressiv g'oyalaridan ozuqlanib, turmush faktlarini baholash munosabatini bildirish orqali odillik modelini taklif qiladi. T. Jumamuratovning:

«Adillik- daraq, adil bolsan darag'isan jurtinnin'», «O'zin emes jurt o'lsheydi bahandi,[264]

«O'zim Sharyarman dep shawqimdi salma,

To'bende koz tigip sinap tur xalqin»[2-266]- degan satrlarida, aholi xohishi jamoat fikri bilan hisoblashish shartligini eslatadi.

Yurtga rahbar bo'lishning, mamlakat taqdiriga mas'ulyatning og'irligi :

«Basshi kelip kelip ketedi xalq qaladi,

Jaqsi basshi sirtinan maqtaladi.

Aradan ketsede ol, o'tsede ol,

Adamlar jureginde saqlanadi.

Basshi bolsan elinin' ag'asi bol,

Bir jag'inan xizmetker balasi bol»[2-180]- degan fikrlarda yaxshilik ulug' ijodiy misolida, demokratik yangilanishlar haqidagi orzular har qanday progressiv ongning, demak xalqning

April, 2022

737

xohishi ekanligini bilishimiz va bu orzularni amalga oshirishda bugungi bizning asrimizning maqsadiga aylanganligidan sevinamiz.

Shoirning «Suwg'a ketken adam» degan asarining mazmuni g'oyat oddiy syujetga qurilgan. Bitta otboqar «julqinip aqqan daryag'a» qarab turib, u yerda «batip-shumip qaliqlap, demi qiship haliqlap» oqib ketayotgan odamni ko'rib qolib qutqaradi. Bu :

Iyesi barliq dunyanin' A'sfendiyar xan eken Xan ozin qutqariwshig'a Kereginshe alaber, G'aziynemnen malimnan Buginnen baslap sende ulken toresen Deb kop boylik, amal vada beradi. Otboqar bolsa, Bayliqqa joq jarisim Hamalga bolmas tarisim Qutqariw-isi hammenin' Adamshiliq ari ushin. [2-273]

Ergim kelmes qumartip

Miynetten qol qabartip

Xaliq penen dawran surgenim

Xanlig'imnan min' artiq. [2-273] deb javob beradi.

Shunda xon "nadansan sen jilqishi" deb otboqarni "siqaqlap soz aytip" kinoyalaydi. Otboqar:

Nadan desen nadanman Biraq mende adamman Senin menen dos bolsam Hamme ushin jamanman.

Elge qadrin qalmag'an Xanliq - baxit bolmag'an "Qutqardi" dep til qatpa

Ulken siyliq sol mag'an. [2-273]- deb javob qaytaradi. Bu javobda chin ma'noda turmush tajribasi va insoniylik fazilatlar yashiringan. T. Jumamuratovning

April, 2022

738

Jaslayimnan adebiyat ermegim Qisilsamda ardi qoldan bermedim Bazbirewler hamel menen ursa da Haqiyqatliq joldan tayip kormedim. [2-148] degan qatorlaridan shoirning

degan satrlaridan shoirning haqiqat uchun kurashda hech kimdan tortinmaganligi, lavozimdagi amaldorga ham, oddiy fuqaroga ham birdek insonparvarlik nuqtai-nazaridan baholovchi munosabatda bo'lganligini ko'ramiz.

MUHOKAMA

Mamlakatimizda keng joriy qilinayotgan demokratiya prinsipi birinchi navbatda insonning insonparvarlik, odillik, huqiqiy bilimi va ma'naviy barkamolligiga yo'naltirilgan.

Bu xususiyatlarning yetishmovchiligi har davrining progressiv mulohazasining asosiy tashvishi. T. Jumamuratov jamiyatning rivojlanishiga to'siq bo'lganlarni keskin tanqidga olishdan charchamadi. Uning «Tiriyek jutqan jayin» degan timsolida nafs balosiga yo'liqqan «bir aydik jayin»nmg taassuf yakuni, lavozim - bu xalq ishonchi, katta javobgarchilik ekanligini uqtirib, mas'uliyatni tushunmovchilik oqibatini bildirib ogohlikga chaqiradi: «Aqmaqqa xamal -Murnina batpan samal. «Saq bol» degendey, Hamalparasliq - kesel, Tiriyek jegendey: Kem-kemnen ma'siredi, Qoddaslap esiredi. Jaman degen attan da qashpas, O'tirik mag'lumattan da qashpas. Shalqiydi bilingenshe, Sag'aqtan ilingenshe»[2-275].

XULOSA

Demokratiyaning zarur sharti - erkinlik, terang mulohaza qilish. Biroq, erkinlik beboshlik emas. Demokratiya - shaxsning hamma uchun teng zarur qonunlarga to'liq itoatini, tartib-

intizomga suyanib yashashini taqazo etadi.

April, 2022

Inson umrining na fizik, na ijtimoiy aspektida cheksiz, absolyut erkinlikning bo'lishi mumkin emas, deymiz. Sababi, erkinlikning kafolati - bu inson borlig'ining o'z maqsadlariga yarasha qonun asosida, axloqiy-estetik munosabat doirasida yechim qabul qilish va harakat qilishi bo'ladi.

REFERENCES

1. Нурмухаммедов М.К. Шыгармаларынын, еки томлыгы. I том. Некие. «Каракалпакстан», 1983.

2. Султанов.К «Шайыр жолы», Некис«Каракалпакстан», 1986-ж

3. Жумамуртов Т. «Эмирицнин ези философия», Некие, 2005

4. Жумамуратов Т. Аралга келдим оралып. Алгы сез. -Некие. «Каракалпакстан». 2016.

5. Пахратдинов Э. Халык шайырларында шайыршыльщтын, келип шыгыу тарийхынан. Некие. 1986.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.