Научная статья на тему 'PSIXOLOGIYA VА SOTSIOLOGIYADА METOD, METODOLOGIYA TUSHUNCHАLАRI, ULАRNING NАZАRIY MАNBАLАRI'

PSIXOLOGIYA VА SOTSIOLOGIYADА METOD, METODOLOGIYA TUSHUNCHАLАRI, ULАRNING NАZАRIY MАNBАLАRI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIYA VА SOTSIOLOGIYADА METOD, METODOLOGIYA TUSHUNCHАLАRI, ULАRNING NАZАRIY MАNBАLАRI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

PSIXOLOGIYA УА SOTSIOLOGIYADА METOD, METODOLOGIYA TUSHUNCHАLАRI, ULARNING NAZARIY MANBALARI

Ch. Nasriddinov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti dotsenti

Ma'lumki, fan rivojini, uning hosilasi sifatida esa, ijtimoiy taraqqiyotni ilmiy -tadqiqot usullarisiz tasavvur qilish qiyin. Ularning o'rni ijtimoiy-gumanitar ilm sohalarida, ayniqsa, psixologiya va sotsiologiyada katta ahamiyat kasb etadi. Avvalo, bu narsa mazkur fanlar ilmiy-tadqiqot usullarining ko'pligi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi sabab aynan psixologik va sotsiologik bilimlarning insonga, uning o'y-xayollari hamda o'zaro munosabatlariga bevosita va bilvosita yaqinligi, hatto aynanligi bilan ham izohlanadi. Ushbu fanlarning bugungi kundagi jadal rivojlanishining omili mana nimada!? Shugina emas, psixologik va sotsiologik bilimlar hayotimizga tobora shiddat bilan kirib kelmoqda. Oliy ta'lim muassasalarida shu fanlarga ixtisoslashgan kafedra va fakultetlar ochilmoqda, kitoblar chop etilmoqda, vaqtli nashrlar faoliyat yuritmoqda, radio va televidenieda maxsus dasturlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda. Yaqinda mamlakatimiz hukumatining Psixologiya universitetini tashkil etish to'g'risidagi qarorini ham bunga misol qilib keltirish mumkin. Unga ko'ra mazkur ta'lim muassasasi huzurida soha bo'yicha ilmiy-tadqiqot instituti ham faoliyat yuritadi. Shunday markazning bo'lishi juda yaxshi, chunki xohlaymizmi - yo'qmi, bugungi kunda har bir ta'lim muassasasi, har bir sotsiolog va psixolog o'z faoliyatini haminqadar, o'zi bilganicha tashkil etib yotibdi; sodda qilib aytganda, bunaqangi "o'z yog'iga o'zi qovurilish" uzoq davom etmasligi, bu sohada ham tizim yaratilishi zarur, toki faoliyatimiz samaradorligi yuqori bo'lsin!

Endi mavzu doirasidagi asosiy tushunchalar - metodologiya va metod to'g'risida gaplashsak. Odatda metodologiya ikki xil mazmunda qo'llaniladi: metodlar yig'indisi hamda muyayyan bir metodni qo'llash algoritmi, shart-sharoitlari ma'nosida. Uning lug'aviy ma'nosi ham aynan shunday: u paydo bo'lgan zamin - qadimgi yunon tilidan tarjima qilganda "tadqiqot yo'li, nazariyasi, ta'limoti" degan ma'noni anglatadi. Uni borliqni amaliy va nazariy tomondan bilishga yordam beruvchi usullar majmuasi, desak bo'ladi. Demak, metodologiya metodlar majmuasi bo'lsa, metod esa bir tizimga solingan usullar algoritmi ekan!? Keng ma'noda metodologiya bu - nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etishning vosita hamda tamoyillari tizimi. Shuning uchun ham metodologiya nafaqat ilmiy-tadqiqotchilik ishi, balki har qanday faoliyat, aytaylik, pedagogik, siyosiy, boshqaruvchilik kabi ishlarga ham xosdir. Bir so'z bilan aytganda, metodologiya, jumladan, metodlar ham insonning o'z mehnatini osonlashtirish ehtiyojidan kelib chiqqan. Bu ta'rif biz ko'rib chiqayotgan hodisaning tarixiy-falsafiy mohiyatini anglatadi. Fikrlarim tushunarli va to'liq bo'lishi uchun umumtaraqqiyotni ta'minlagan

May 3, 2024

338

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ikkinchi omil bu - odamlarga, umuman esa, tirik tabiatga xos xususiyat, ya'ni, himoyaga bo'lgan ehtiyoj ekanligini eslatib o'tmoqchi edim. Mana shu ikki omil, kuch o'zaro birlashib ijtimoiy rivojlanish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Psixodiagnostika - shaxsning yakka xususiyatlarini va rivojlanish istiqbollarini o'rganishga imkon beruvchi usullarni ishlab chiqadigan ilmiy soha. Bunday usullarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin: prognostik va diagnostik usullar. Bu soha xix asrda J. Kettel, F. Galton, G. Ebbingauz kabi olimlarning tadqiqotlari ta'sirida shakllana boshlagan. Ayniqsa, fransuz olimi А. Binening bolalardagi aqliy rivojlanish darajasini diagnostika qilish metodlari bu sohadagi dastlabki eng yaxshi ishlardan biri hisoblanadi.

Psixodiagnostikadagi metodlarni shartli ravishda 4 turga ajratish mumkin: testlar; proektiv texnika (proektiv testlar); shaxsdagi ustanovka va munosabatlarni aniqlashga qaratilgan anketa va so'rovnomalar; psixikaning dinamik xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi psixofiziologik metodikalar (faoliyat tempi, bir faoliyatdan boshqasiga o'tishning og'ir - yengilligi, faol ish layoqatini uzoq vaqt ushlab turish va h.z.). Muhimi, har qanday psixodiagnostik metodika aniqlik, ishonchlilik va asosiysi validlik talablariga javob berishi kerak.

Biz ko'rib chiqayotgan masalalarni o'zida jamlagan psixodiagnostika bugungi kunda quyidagi sohalarda keng qo'llanmoqda: xodimlarni joy - joyiga qo'yish, kasbiy tayyorgarlik va kasbga yo'naltirish; ijtimoiy xulq - atvorni bashorat qilish, masalan, oila barqarorligi, qonunga bo'ysunuvchanlik; ta'lim va tarbiyani maqbullashtirish; psixologik maslahat va psixoterapevtik yordam; psixologik - psixoterapevtik sud ekspertizasi; muhit o'zgarishining ruhiy oqibatlarini bashorat qilish. Bundan tashqari, shaxs psixologiyasi hamda shaxslararo munosabatlarni ilmiy tadqiq etishni psixodiagnostika metodlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning bilan bir qatorda psixodiagnostika usullarini qo'llash samaradorligi jamiyatdagi ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish darajasiga bevosita bog'liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Albatta, psixodiagnostika - murakkab soha. Ushbu murakkablikni yanayam chigallashtiradigan holat shuki, hozir soha mutaxassislari qo'llayotgan usullar asosan boshqa mamlakat, madaniyat va til vakillari tomonidan yaratilib, o'zbekchaga o'girilgan xolos. Bu qanchalik to'g'ri? Ularda bizning milliy mentalitet - zehniyatimiz qay darajada e'tiborga olingan!? Qolaversa, ularni sharoitimizga moslab o'rganadigan ilmiy markaz ham yo'q! Shu ma'noda psixodiagnostik testlarning ishonchliligi masalasi o'tgan davrlarda qanday bo'lgan bo'lsa, bugun ham shundayligicha turibdi. Fikrimni asoslash uchun shunday bir misol keltirmoqchiman. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda shunday bir testga ko'zim tushdi: unda inson qo'llarining bir nechta panja qismi bir - birining ustiga qadab qo'yilgan surat tasvirlangan bo'lib, ostiga "Siz birinchi bo'lib nimani ko'rdingiz?", deb yozib qo'yilgan. Javob variantlari esa ikkita: qo'l va miya. Men qo'lni ko'rganim uchun ham "Qo'l" deb yozilgan katak ustiga bosdim. "Siz olijanob inson ekansiz. Mehnat - sizning asosiy

May 3, 2024

339

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^

maqsadingiz" degan javob ekranda paydo bo'ldi. Tabiiyki, qiziqishib ortib ikkinchi, ya'ni "Miya" katakchasini bosgan edim, javobdan hayratim yanayam oshdi. Unda "Siz zo'r inson ekansiz. Sizdagi butun energiya faoliyatga yo'naltirilgan" degan yozuv chiqdi. Ba'zi bir so'zlarning o'rni yoki sinonimi o'zgarganligini e'tiborga olmaganda aynan bir xil javob! Mana sizga test!?

Psixologiya va sotsiologiyaning egizak fanlar ekanligi ular qo'llaydigan metod -usullarning bir xilligi, yoxud hech bo'lmaganda o'zaro o'xshashligi bilan ham izohlanadi. Bu hol, xususan, ijtimoiy psixologiyada ko'zga yaqqol tashlanadi, chunki u psixologiya va sotsiologiya chatishuvidan hosil bo'lgan fan tarmog'idir. Albatta, bu ikkala fan o'rtasida tafovut ham mavjud: sotsiologiya insonlararo munosabatlar hamda ijtimoiy fikrni o'zining tadqiqot ob'ekti qilib olsa, psixologiyada esa inson botinida yashiringan ruhiy hodisalar bunday vazifani bajaradi.

Har bir fan, jumladan, so'z yuritayotganimiz psixologiya va sotsiologiya ma'lum bir buyurtma, ijtimoiy ehtiyoj zamirida paydo bo'lar ekan, bugungi kunda bu soha vakillari qanday yumushlar bilan band, ular faoliyatidan insonlar, jamiyat qanday manfaat ko'radi, soha mutaxassislari ularning qanday ehtiyojlariga javob bera olayapti, degan haqli savol tug'iladi. Agar bu savolning javobini mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy psixolog, psixolog va yetakchi sotsiologlar faoliyati misolida ko'rib chiqadigan bo'lsak, uning salmog'i yetarli emas, degan xulosaga kelish mumkin. Qolaversa, mazkur muammolar tahliliga bag' ishlangan ilmiy va ommabop maqola hamda kitoblarning mavjud emasligi ham bu muhim masalaga jiddiy yondashmayotganimizni anglatadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ayni mavzuga ba g'ishlangan respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy konferensiyani bultur o'tkazgan, o'shanda yaqin o'rtada mudofaa vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy psixolog hamda yetakchi sotsiologlar ishtirokida harbiy qismlarning birida amaliy - ko'rgazmali seminar tashkil etishni rejalashtirgan edik. Afsuski, pandemiya tufayli bu ishlarimiz amalga oshmay qoldi. Epidemiologik vaziyat yaxshilanayotganligini e'tiborga olib, bu ishlarimizni qayta tashkil etsak, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

References / Adabiyotlar

1. Kratkiy psixologicheskiy slovar. М. 1985 г. St. 177

2. Obshaya psixodiagnostika. М. Izdatelstvo MGU, 1987 г. St. 3

340

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.