CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
www.in-academy.uz
Central Asian Journal of
Education and Innovation
PSIXOLOG OLIM GALTONNING QOBILIYAT VA UNING XUSUSIYATLARI TO G RISIDAGI TADQIQOTLARI TAHLILI
Suyunova Dildora Halim qizi
TerDU Amaliy psixologiya yo'nalishi talabasi
E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.12604492
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 20-June 2024 yil Ma'qullandi: 25- June 2024 yil Nashr qilindi: 30- June 2024 yil
KEY WORDS
Galton, individuallik, qobiliyat, "Irsiy geniaUik", tug^ma layoqat, ijtimoiy muhit.
Bu maqolada taniqli psixologlardan biri Galton va uning olib borgan tadqiqotlari, insonning qobiliyati irsiymiyoki ijtimoiy muhit ta^sirida shakllanadimi kabi savollarga javob topishga harakat qilingan. Insondagi individual xususiyatlar, ular egallagan va erishgan yangi natijalar hayotda o^z ta^sirini ko^rsatadi.
Insonlar egallashi zarur bo'lgan faoliyat, u ta'lim, mehnat, o'yin, sport bo'lishidan qafiy nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, sensamotor sohasiga, xaraktereologik xususiyatlariga muayyan talablar qo'yadi va ularning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari tufayli muvafaqqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko'rsatkichga erishgan sifat qanchalik ustuvorlikka ega bo'lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo'lgan psixik xususiyat faoliyatining yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta'minlash qurbiga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan teng kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o'zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishiga ega bo'lgan psixik sifatlar majmuasidir deyish juda o'rinlidir. Shaxsdagi qobiliyatlarni quyidagi turlicha guruhlarga bo'lib olishimiz mumkin: intellektual, lingvistik, mantiqiy-matematik, badiiy, ijodiy, musiqiy, psixofiziologik, jismoniy, o'z-o'zini bilish va introspektsiya, nozik va muvofiqlashtirilgan harakatlarni bajarish, boshqa odamlarni bilish, tashkiliy, biznes, motorli-ixtiyoriy, muhandislik-texnik, axloqiy, estetik va boshqalar. Bu qobiliyatlar insoniyat jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida insonning genetik, tabiiy moyilligi bilan belgilanadi va turmush tarzi mobaynida o'zini namoyon qiladi. "Qobiliyat" tushunchasi nafaqat iqtidor, balki iste'dod tushunchalari bilan ham bog'liq. Individual psixologik xususiyatlarini o'rganish samarali amalga oshirish uchun shart bo'lgan shaxsiy qobiliyatlar faoliyati 19-asrda F.Galton asarlariga asos solingan paytda amalga oshirila boshlandi. Galton dastlab inson qobiliyati irsiymi, degan savol bilan qiziqdi va turli darajadagi taniqli odamlarning qarindoshlari sonini hisoblashni taklif qildi. U musiqa bo'yicha qobiliyatga ega 33 ta Baxlar sulolasini o'rgangan. Agar fazilatlar irsiy bo'lsa, qarindoshlar orasida oddiy aholidan ko'ra ko'proq obro'li erkaklar bo'lishi kerak edi. Buni sinab ko'rish uchun u tarixiometriya usullarini ixtiro qildi. Galton ko'plab biografik manbalardan keng ko'lamli ma'lumotlarni oldi, ularni jadvalga kiritdi va turli yo'llar bilan taqqosladi. Bu ilmiy ish 1869-yilda o'zining "Irsiy geniallik" kitobida batafsil bayon etilgan. Galtonning inson qobiliyatlarini o'rganishi oxir-oqibat differensial
www.in-academy.uz
psixologiyaning asosini yaratishga va birinchi aqliy testlarni shakllantirishga olib keldi. U odamlarni har tomonlama o'lchashga qiziqdi. Bunga ularning hissiy kamsitish qobiliyatini o'lchash kiradi, uning fikricha, intellektual qobiliyat bilan bog'liq. Galtonning ta'kidlashicha, umumiy qobiliyatdagi individual farqlar nisbatan oddiy sezgi qobiliyatlari va stimulga reaksiya tezligida aks etadi. Bu sensorli diskriminatsiya va reaksiya vaqti testlari bilan obyektiv ravishda o'lchanishi mumkin bo'lgan o'zgaruvchilar. U shuningdek, odamlarning qanchalik tez reaksiyaga kirishganini o'lchadi, bu esa keyinchalik aql-idrok qobiliyatini cheklaydigan ichki stimullar bilan bog'ladi. Galton o'z tadqiqotlari davomida tezroq reaksiyaga kirishadigan odamlar boshqalarga qaraganda aqlliroq bo'ladi, deb taxmin qildi. Inson qobiliyatlari maqsadlarning umumiy yo'nalishi bilan bog'liqligi, faoliyat motivlari, qobiliyatlarning shakllanishi va rivojlanishi o'rganilgan. Genetik tabiiy mayllarning ustuvorligi tasdiqlangan insonning o'z qobiliyatlari va ijodkorligining turli shakllarda namoyon bo'lishi ham kuzatiladi. Individual diagnostikaning maqsadga muvofiqligi talabalarning qobiliyatlari va ijodkorligi nafaqat natijalarni baholashga asoslangan, balki, o'rganilayotgan fanlar bo'yicha ularning bilimlari, asosan, shaxs xususiyatlari va fazilatlarini laboratoriya psixofiziologik tadqiqotlari orqali ham o'rgangan tadqiqotchilar bo'lgan. Mashhur psixologlarning nazariy pozitsiyalarini tahlil qilishimiz orqali, o'z qobiliyatlari bilan eng yuqori darajaga etgan shaxslarning biografik ma'lumotlarini o'rganib chiqishimiz va ularning individual xususiyatlarining o'zgacha va takrorlanmas ekanligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Individual qobiliyatlarning namoyon bo'lishi uchun tabiiy genetik moyilliklarning ustuvorligi va ijtimoiy muhit sharoitlariga ixtiyoriy bog'liqlik darajasi ham mavjud. Biz bundan tashqari kuchli xotira egalari bilan ham zamondoshmiz. Shunday insonlar borki, ular juda ko'plab ma'lumotlarni eslab qoladi va buni bemalol uzoq vaqt davomida qo'llay oladi. Aslida qobiliyatlar tug'ma va orttirilgan bo'ladi. Tug'ma qobiliyat egalari o'zini yoshligidan namoyon qila boshlaydi. Bu kabi insonlarni men ko'plab xorij jurnallarida o'qigan edim. Siz bularni o'qisangiz hayratlanarli va biz bilmagan mo'jizalar ko'pligiga amin bo'lasiz. Ba'zi insonlarda boshqa hech bir insonda uchramaydigan qobiliyat beriladi. Chunki inson individual o'ziga xoslikka egadir. Har bir inson bir mamlakat kabi bo'lib, uning o'z chegarasi, o'z xususiyatlari mavjud. Xuddi bir xil tuzilishga ega bo'lgan inson uchramaydi. Xattoki, egizaklar ham bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham biometrik ma'lumotlar yagona va bu orqali ko'pgina jinoyatchilar qo'lga olinadi. Orttirilgan qobiliyatlar esa yillar davomida takroriy mashqlar natijasida paydo bo'ladi. Aslida hech bir inson layoqatsiz bo'lmaydi. Shunchaki o'z ustida ishlamaydi. Kuchli xotira egalari uzoq vaqt harakat qiladi va chin dildan qilingan niyat albatta amalga oshadi. Hozirda ijtimoiy tarmoqlardan ko'p miqdorda foydalanish, doimiy keraksiz narsalarga vaqt sarflash inson umrini zavolga olib kelmoqda. Shu o'rinda, har bir narsadan to'g'ri foydalanish hech qanday ko'ngilsizlik olib kelmaydi. Ammo asalning ham ozi shirin. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, biz ijtimoiy tarmoqlarda tomosha qiladigan qisqa videolar shaxs diqqati, idrok va shu kabi bir qator kognitiv jarayonlar faoliyatida buzilishlarga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kayumova. G. N, Suyunova. D. H. Bola qobiliyatlarining yuzaga chiqishida ota-ona va o'qituvchining o'rni. Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi. 1-jild 1-son. 28-29 b.
2. Волченков. Э.И. УДК159.9:338.46 ЧЕЛОВЕК И ЕГО СПОСОБНОСТИ стр. 33 из 131.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. Л.—М., 1979.
4. Yorlaqobov H.U. qobiliyat va uning turlari. Innovative Academy 34-36-bet.