INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMIDA MAXSUS FANLARNI O'QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN, PLATFORMALARDAN FOYDALANISH
Mambetova Sayyora Madraimovna
Ellik qal'a tumani xalq ta'limi bo'limida yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazi
psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6838698 Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi professional ta'lim tizimi holati, masofaviy ta'limni tashkil etishda mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari aks ettirilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim xalqaro standartlar, klassifikator, masofaviy ta'lim, elektron platformalar, ilmiy salohiyat.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ И ПЛАТФОРМ В ПРЕПОДАВАНИИ СПЕЦИАЛЬНЫХ ПРЕДМЕТОВ В СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В данной статье описывается состояние системы профессионального образования Республики Узбекистан, существующие проблемы и недостатки в организации дистанционного обучения, их устранение, вопросы подготовки конкурентоспособных кадров.
Ключевые слова: образовательные международные стандарты, классификатор, дистанционное образование, электронные платформы, научный потенциал.
THE USE OF INNOVATIVE METHODS AND PLATFORMS IN THE TEACHING OF SPECIAL SUBJECTS IN THE SYSTEM OF VOCATIONAL EDUCATION Abstract. This article describes the state of the vocational education system of the Republic of Uzbekistan, the existing problems and shortcomings in the organization of distance learning, their elimination, and the issues of training competitive personnel.
Key words: educational international standards, classifier, distance education, electronic platforms, scientific potential.
KIRISH
Respublika iqtisodiyotining barqaror va jadal taraqqiyotini ta'minlashda kelajak uchun keng qamrovli, oqilona asoslangan ustivor vazifalar va yo'nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning reja va dasturlari ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimizda shakllantirilayotgan, ko'pgina jabhalarda chuqurlashib borayotgan yangicha bozor munosabatlari uzluksiz ta'lim tizimiga, shu jumladan iqtidorli, tashabbuskor yuqori malakali kadrlar soni va salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan Professional ta'lim muassasalari faoliyatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. O'zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davrida fuqarolar daromatlari, turmush darajasi va respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, natijada yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish maqsadida aholi bandligini ta'minlash uchun yangi ish o'rinlari yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash bilan birgalikda mehnat resurslari intellectual salohiyatini oshirish vazifalari ham bugunning dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalari qatoridan o'rin egallaydi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Respublikada kollej va texnikumlariga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish hamda ro'yxatdan o'tkazishda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining idoraviy kollejlar uchun kollej edu.uz hamda texnikumlar uchun texnikum.uz onlayn elektron plotformasi ishga tushiridi. 2021 yilda esa professional ta'lim muassasalari bilim oluvchilari ham hamda O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda professional ta'lim muassasalarida tashkil etilgan ishsiz ro'yxatga olish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida plof-ta'lim-edu.uz elektron plotformalar yo'lga qo'yildi.
Yuqorida ko'rsatilgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda har bir ta'lim muassasasida , har bir ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mavjud o'quv jarayoni elektron plotformada aks etishi lozim. Bunda plotforma foydalanuvchilarini uchu guruhga bo'lish mumkin: Bilim oluvchi o'quvchi, talaba, tinglovchilar-bilim oluvchilar toifasiga kiruvchi foydalanuvchilar berilgan. Logen va maxfiy kodlar orqali tizimga kirib, dars jadvali asosida berilgan mavzu bo'yicha ma'ruza matni. Loborotoriya ishi, amaliy mashg'ulot topshirig'i, visual materiallardan, foydalanishlari mumkin bo'ladi, hamda bajarilgan nazorat ishlar, mustaqil ta'lim hamda boshqa vazifalarni elektron shaklda o'qituvchiga yuboradi. Pedogog xodim( o'qituvchi), ishlab chiqarish ta'limi ustasi, yo'riqchi va boshqalar, pedogog xodimlar uchun alohida login va maxfiy kod beriladi, hamda pedogog xodim toifasiga kiruvchi foydalanuvchilar tizimda o'quv mashg'ulotini tashkillashtiradi hamda olib boradi. O'quv mashg'ulotini tashkillashtirishda dars mavzusi bo'yicha barcha materiallarni tizimga joylaydi, bilim oluvchilarning mashg'ulotga qatnashishlarini nazorat qiladi, bajarilgan topshiriqlarni tekshiradi hamda baholaydi, o'quv mashg'ulot vaqtida jonli videokonferensiyalarni tashkillashtiradi.
TADQIQOT NATIJALARI
Hozirgi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi sharoitlarida har qanday tashkilot, korxona va muassasaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanishi xodimlarning keng dunyoqarashi va masuliyatliligi, eng muhimi, rahbar va jamoadagi yuqori malakali kadrlarning bilimi, ko'nikmasi iqtidori, ma'naviyati, boshqaruv qobiliyat, ilmiy salohiyati va boshqa xususiyatlariga bevosita bog'liqdir. Professional ta'lim muassasalarida raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ulardan yurtimiz osoyishtaligi va obodligi, xalqimiz farovonligi yo'lida maqsadli foydalanish qatiy raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotining asosiy talablaridan biridir. Chunki yuqorida keltirilgan global masalalarning ijobiy hal etilishida mamlakatimizning ulkan ilmiy, ijodiy, intellektual va mehnat salohiyatining tarkibiy qismi bo'lgan. Mustaqillik yillaridan hozirga qadar professional ta'lim muassasalarini bitirib, mehnat bozorida bozor iqtisodiyoti talablariga amal qilib, tashkilotlarda samarali mehnat ko'rsatib kelayotgan yuqori malakali kadrlarning o'rni ahamiyatlidir. Keyingi yillarda mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining ustivor yo'nalishlari hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan professional ta'lim tiziminik yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda
MUHOKAMA
Bugungi kunda Respublikamizda axborot texnologiyalari yo'nalishida qadrlar tayyorlash tizimida bir qancha ishlar amalga oshirilayotagan bo'lib, bunga misol tarzida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir necha hududlarida filiallari, "Bir million dasturchi" kabi yirik loyihalar tashkil etilganligini ko'rsatishimiz mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Shu barobarda, professional yaratish hamda ulardan foydalanish, doimiy ravishda takommilashtirilib borish maqsadida har bir muassasa ma'muriy xodimlarini innovasion elektron platformalar yaratish bo'yicha Davlat byudjetihisobidan maxsus o'qitish doimiy ravishta malakasini oshirish tizimini joriy qilinishi pedogog xodimlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishga zamin yaratadi. Malakali kadrlar tayyoralsh tizimini takomillashtirishda, agar mas'uliyatning bir qismini biznes hamjamiyati vakillari zimmasiga olgan bo'lsa, erishish mumkin. Shu bilan birga, davlat, ish beruvchilar va o'quv yurtlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning qo'shma zo'nasini yaratish kerak.
XULOSA
Ta'lim muassasalarida o'rnatilgan intizom ta'lim muassasalari jamoasini jipslashtirish, ta'lim muassasasi ichki hayoti va faoliyatining mo'tadil kechishini ta'minlaydi. Intizom o'quvchilardan hamjihatlik asosida faoliyat olib borish, o'quv yurti manfaati uchun birgalikda kurashish, rahbariyat hamda vakolatli o'quvchilar organlari, uning a'zolari talabalarni to'g'ri talqin etish va ularning bajarilishini talab etadi. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tishimiz joizki yoshlarimizni to'g'ri kasbga yo'naltirish , bu eng muhim vazifalardan biri ekanligini yana bir bor ta'kidlab o'tmoqchiman. Inson to'g'ri kasb tanlash orqali o'z oilasiga, jamiyatga juda katta naf keltirishi isbot talab qilmaydigan qonuniyatdir. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi zamon globollashuv sharoitida axborot texnologiyalari vositasida kadrlar tayyorlash muhim o'rin tutadi.
Zero kundalik hayotimizda iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda va hayot faoliyatimizning barcha sohalarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishimiz muqarrardir.
REFERENCES
1. Zimnyaya I.A. Shaxsning kompetentsiyasi - ta'lim natijasini yangi sifati // Ta'lim sifati muammolari. -2 kitob XII Butunrossiya materiallari- Uchrashuv. -M.; Ufa: Mutaxassislarni tayyorlashda sifat muammolari tadqiqot markazi, 2003.-B.4-13
2. Novikov A.M. Ta'lim metodikasi.M.: EGVES, 2006.-492 b.
3. Maxmutov M. I. Ta'limning kasbiy yo'nalishi printsipi / Zamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotda ta'lim tamoillari // Universitetlararo ilmiy ishlar to'plami.- Chelyabinsk, 1985.— S .52-56
4. Kasb-hunar ta'limi ensiklopediyasi: 3 jildda/ ED. S. Ya. Ba—tisheva.-M., 1999-yil.
5. G'oziyev E. Mamedov K. Kasb psixologiyasi.-T.: O'zMU ,2003. 156-b.
6. http s://Uzbekistan.ureport.in/story/364/
7. Nurumbetov, A. N., Mambetova, S. M., & Djumaniyazova, S. I. (2022). DUAL TA'LIMTA'LIM SIFATINI OSHIRISHNING SAMARALI USULI! ZAMONAVIY TA'LIMDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHISHNI QO'LLASH PRINSIPLARI. Academic research in educational sciences, 3(6), 598-601.
8. Niyazimbetovich, N. A., Madraimovna, M. S., & Qurbanbaevna, D. G. (2022). Developing Competencies in Students of All Ages through Communication and Hands-On Experience. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 5, 447-450.
9. Niyazimbetovich, N. A., Madraimovna, M. S., & Iskandarovna, D. S. (2022). ZAMONAVIY TA'LIMDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHISHNI QO'LLASH PRINSIPLARI. Science and innovation, 1(1), 669-673.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
10. Niyazmbetovich, A. N., Madraimovna, M. S., & Sharofat, J. (2022). The Role of ICT in Vocational Education and the Development of Information and Communication Technologies. Using the Opportunities of ICT in Education. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 15, 1-4.
11. Madraimovna, M. S. FORMATION OF INNOVATIVE PROFESSIONAL COMPETENCE OF TEACHERS OF PROFESSIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS.
12. Мамбетова, С. М. (2019). ПРОБЛЕМА ВЫБОРА ПРОФЕССИИ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ ОБЩЕСТВЕННОГО РАЗВИТИЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 48-49).