Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI PEDAGOG KADRLARINI KASBIY RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI'

PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI PEDAGOG KADRLARINI KASBIY RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
50
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
munosib o‘rin

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Komiljon Karimov

Ta’lim sifati va samaradorligiga qo‘yilayotgan talablar professional ta’lim tizimi pedagog kadrlari malakasini oshirishning mazmunini, shakllari va metodlarini ana shu talablarga mos ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmonida professional ta’lim dasturlari YuNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashmaganligi, o‘quv jarayoniga O‘zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga to‘sqinlik qilayotganligi ta’kidlangan[2].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI PEDAGOG KADRLARINI KASBIY RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMI PEDAGOG KADRLARINI KASBIY RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION AXBOROT-DIDAKTIK SHAKLLARI Komiljon Karimov

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti "Texnologiya

ta'limi nazariyasi va metodikasi " bo'limi boshlig'i. https://doi.org/10.5281/zenodo.10014599

Ta'lim sifati va samaradorligiga qo'yilayotgan talablar professional ta'lim tizimi pedagog kadrlari malakasini oshirishning mazmunini, shakllari va metodlarini ana shu talablarga mos ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-son Farmonida professional ta'lim dasturlari YuNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg'unlashmaganligi, o'quv jarayoniga O'zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to'laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o'rin egallashlariga to'sqinlik qilayotganligi ta'kidlangan[2].

Malaka oshirish sohasidagi sifat o'zgarishlar va yuqori samaradorlik ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog'liq. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlar va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish bilan belgilanadi. Bunday yangilikni kiritish jarayoni innovatsion jarayon bo'lib, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy qilib, ta'limda sifat va samaradorlikka erishishdan iborat bo'ladi. Bu esa kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi oldiga barcha soha mutaxassislarining, shu jumladan, professional ta'lim tizimi o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi saviyasini zamon talablariga mos tarzda uzluksiz takomillashtirib borish vazifasini qo'yadi. Mazkur dolzarb vazifalarni bajarishda professional ta'lim tizimi muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarining funksional vazifasiga mos ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarining mazmunini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyalarni tanlash hamda malaka oshirish jarayonlari sifat va samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ta'limning innovatsion axborot-didaktik shakllarini ilmiy tadqiq qilish, ishlab chiqish va ulardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'limning innovatsion axborot-didaktik shakllari - ta'lim oluvchining qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ta'lim - tarbiya mazmunini, ta'lim maqsadiga mos ravishda loyihalash hamda pedagogik, axborot-kommunikatsion uslublar, shakllar va o'qitish usullarini tadbiq etishga yo'naltirilgan psixologik, umumpedagogik, didaktik va shaxsiy uslubiy tartiblar asosida amalga oshiriluvchi ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi o'zaro ta'sir tizimidir. Professional ta'lim tizimi pedagog kadrlari malakasini oshirishning innovatsion axborot-didaktik shakllari -yuqori darajadagi samaradorlikni ta'minlovchi, pedagogik qonuniyatlar, maqsadlar, tamoyillar, mazmun, shakl, uslublar, o'qitish vositalari va AKT dan hamda tarbiyalash usullaridan tashkil topgan loyihalash va mos ravishda ushbu texnologiyani amaliyotda qo'llash tizimidir[3; 18-b.].

Ta'limni axborotlashtirishning maqsadi axborot va telekommunikatsion texnologiyalarni qo'llash hisobiga intellektual faoliyatni global jadallashtirishdan iborat. Ushbu muammolarni hal

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

qilish doirasida texnologiyalar va axborotlashtirish vositalarini bir tizimga birlashtirishning pedagogik, metodik va texnologik asoslarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan tadqiqotlar o'tkazish lozim. Bunday tizim sifatida axborot-ta'lim muhiti taklif qilinishi mumkin.

O'quv - tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta'minlash, malakaviy talablar, o'quv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko'maklashish uchun zarur bo'lgan kasbiy bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni yangilab borish malaka oshirish kurslarining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Uzluksiz pedagogik ta'limning muammosini hal qilish sohasidagi nazariy va amaliy tajribaga ijobiy baho berib, hozirda shakllangan tuzilmaviy-mazmunli va protsessual tarkibiy qismlar pedagog kasbiy faoliyatining tabiatiga mos kelmasligini ta'kidlash lozim. Professional ta'lim tizimi rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi zamonaviy talablarga to'liq javob bermaydi.

Mamlakatimizda professional ta'lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini isloh qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish"[1] ustuvor vazifalarga muvofiq ta'lim portallarida on-layn va off-layn texnologiyalariga asoslangan masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining joriy etish orqali pedagoglarning asosiy ishdan ajralmagan holda o'quv kurslari ta'lim dasturlarini mustaqil ravishda o'zlashtirish imkoniyatlarini yaratish, pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonlarida tinglovchilarning malakaviy tayyorgarligini rivojlantirish va ularda etarli bilim, ko'nikma va malakalarni ilg'or axborot-ta'lim muhitida shakllantirish dolzarb hisoblanadi.

Axborot-ta'lim muhiti - bu ta'limiy axborotlarni uzatish va tez almashishni ta'minlovchi vosita hisoblanadi. Ushbu muhit asosida ta'lim oluvchilarni bir-birini tushunishga, o'zgalar fikrini hurmat qilishga, o'z fikrini erkin bayon qilishga va birgalikda muammolarni hal etishga o'rgatishga imkoniyat yaratiladi. Natijada yagona ta'lim sohasiga kirib boriladi.

Axborot almashuvi tizim va muhit o'rtasidagi ko'plab o'zaro aloqalar axborot elementlarini o'zaro uzatish yo'li bilan yuz beradi. Shunday qilib muhit - tizimga resurslarni etkazib beradi, tizimdan esa uning pirovard mahsulotlarini oladi va iste'mol qiladi. Buning o'ziga xosligi shundaki, tizim faoliyatining mahsulotlari qoidaga ko'ra, muhitda yaratilishi mumkin emas. Shunga ko'ra muhit ta'lim tizimini shakllantirishning faol boshlanishi va ob'ektiv asosi bo'lib xizmat qiladi.

Muhitli yondashuv ta'lim, tarbiya va insonning rivojlanishi muammolari bo'yicha ko'plab ishlarda keng taqdim etilgan. Ularda muhit shaxsiy rivojlanishga hamda ta'lim muhiti salohiyatining yaqqol ko'rinishiga yordam beruvchi sharoitlar va imkoniyatlar nuqtai nazardan ko'rib chiqiladi.

H.F.Rashidov fikricha ta'limiy muhit quyidagicha shakllantiriladi: "Qachonki, ta'lim olishga motivatsiyasi bo'lgan shaxs paydo bo'lsagina, muhit ta'limiy bo'ladi. Bunda bitta muhit bir odamga ta'limiy bo'lsa, boshqasiga neytral bo'ladi, har bir odam muayyan ta'limiy makon chegaralarida o'zining ta'limiy muhitini shakllantirish imkoniyatiga ega" [4].

"Ta'lim muhiti" atamasi V.A. Yasvinning ishida etarli darajada aniq ta'riflangan, u ta'lim muhiti -deb "shaxsning berilgan namunaga ko'ra shakllanishining ta'sirlari va sharoitlari hamda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

ijtimoiy va fazoviy-predmetli qurshovda tarkib topgan uni, rivojlanishi uchun imkoniyatlar" ni tushunadi [5].

Axborotli-ta'lim muhitining nazariy yadrosi - pedagogika fanining yangi yo'nalishi bo'lib, axborot-ta'lim muhiti yangilanishga yo'naltirilganlik mohiyatidan kelib chiqib, pedagogik jarayonlarni tadqiq qiladi. Shuning uchun an'anaviy ta'lim jarayoniga u yoki bu shaklda yangi pedagogik tizimni kiritish ko'p hollarda samarasizdir. Shu bois yangi sifat tuzilmasiga, tizimni tashkil etishning yangi mezonlariga ega bo'lgan butunlay yangi didaktik modelni yaratish lozim.

Axborot-ta'lim muhitining ko'pgina ta'riflari tahlili - ta'lim jarayonini axborot, texnik va o'quv metodik ta'minoti hamda uning ishtirokchilarining o'zaro munosabat tizimidir - deb xulosa qilish imkonini beradi.

Axborot ta'lim tizimini shakllantirish tadqiqotimiz vazifasi doirasida axborot-ta'lim muhiti tushunchasi N.F.Abdunazarovaning ishida quyidagicha ta'riflangan: "Axborot muhiti, axborotni yaratish va qo'llashning individual-shaxsiy tomonlari bilan yuqori darajada bog'liq bo'lgan tushunchadan iborat. Ta'lim jarayonining har bir sub'ekti o'zining axborot muhitini mustaqil shakllantiradi. Axborot resurslarini yaratar va iste'mol qilar ekan, ta'lim jarayoni sub'ekti nafaqat o'zi rivojlanadi, balki axborot muhitini ham rivojlantiradi. Shu tarzda individual axborot muhitlaridan ta'lim jarayonining axborot tizimi bo'lgan axborot makoni paydo bo'ladi" [6]. Juda ko'pchilikni tashkil etadigan bunday ta'riflarda murakkab hodisa bo'lgan axborot-ta'lim muhitining mohiyatini tushunishda fikrlarning anchagina turlichaligini ko'rish va unda eng muhim xarakterli tomonlarni ajratib olish mumkin.

Amalda tatbiq qilingan yoki nazariy yondashuvlar ko'rinishida tavsiflangan quyidagi uchta asosiy turdagi axborot-ta'lim muhitini ajratish mumkin: bilimlarni taqdim etishga yo'naltirilgan muhitlar, bilimlarni olish bo'yicha mustaqil faoliyatga yo'naltirilgan muhitlar, muhitlarning aralash turi.

Axborot-ta'lim muhitini samarali tashkil etish uchun quyidagilar e'tiborga olinishi zarur: qo'yilgan muammoni echish uchun tabiiy, fizik, ijtimoiy va boshqa hodisalar ustidan ko'p, tizimli, bir martalik yoki uzoq muddatli kuzatish, turli mintaqalardan ma'lumotlar to'plash; turli joylarda yuzaga keladigan hodisalar, dalillar, voqealarning aniq tendensiyasini aniqlash uchun taqqoslab o'rganish, qarorlar qabul qilish va takliflar ishlab chiqish; tarmoq ishtirokchilarining madaniy, etnik, geografik shartlari o'rtasidagi farqlarni hisobga olgan holda har bir muammo yoki masalani echish yo'llarining (alternativ yoki turli usullarini) samaradorligini taqqoslab o'rganish; o'ziga xos madaniy, an'anaviy va boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy va madaniy qarashlarni qiyosiy tahlil qilish; birgalikda ma'lum bir muammoni hamkorlikda tadqiq qilish sharti bilan biror bir (amaliy, ijodiy, ilmiy va boshqa) ijodiy g'oyani ishlab chiqish; ta'limiy mummmolarni o'rganish va hal etish bo'yicha musobaqalar o'tkazish va bunda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni madaniy, ta'limdagi an'analar boshqa sohalar bilan bog'liq bo'lishiga qaratish.

Xulosa qilib aytganda, pedagog kadrlar malakasini oshirishning axborot-ta'lim muhiti kompyuterli telekommunikatsiya asosida tashkil etilgan, umumiy muammo, maqsad, kelishilgan uslublar va faoliyat usullariga ega, faoliyatning birgalikdagi natijasiga erishishga yo'naltirilgan ta'lim oluvchi - hamkorlarning o'quv-bilish, tadqiqiy, ijodiy, ilmiy faoliyati tushuniladi. Har qanday muammo echimi integratsiyalashgan bilimni talab etadi. Axborot-ta'lim muhiti chuqurlashgan bilimlar integratsiyasini, shuningdek, tadqiq qilinayotgan muammo yuzasidan fan bilimlari sohasini, balki hamkorning xususiyatlarini, uning dunyoni bilishi va tushunishini, qarashlarini bilishni ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

taqozo qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.// O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. -T., 2017. -B.39.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-son Farmoni.

3. Макаров С. И. Методические основы создания и применения образователных электронных изданий (на примере курса математики): дис.... д-ра. пед. наук: 13.00.02.- М.: ИОСО РАО. 2003.-242 с.

4. Рашидов Х.Ф. Теоретико-методологические и сотсиално-педагогические основы развития среднего спесиалного, профессионалного образования в Узбекистане (на материалах реализатсии натсионалной программы по подготовке кадров). Дисс. ...докт. пед. наук. -Ташкент, 2005. 311 с.

5. Ясвин В.А. Образователная среда: от моделирования к проектированию. -М.: Олма-Пресс, 2001.365 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.